Telegram Web Link
Bu yilgi maksimal ball qancha?

Majburiy fanlar blokida jami 45ta savol bo‘ladi va har bir to‘g‘ri javobga 2,1 ball beriladi. Mutaxassislik fanlari blokida esa 2ta fan bo‘ladi va bitta savol 3,1 ball bilan baholanadi.

Abituriyent maksimal 280,5 ball to‘plashi mumkin.

Batafsil:
https://oliygoh.uz/abituriyent/bu-yil-kirish-imtihonlari-qanday-boladi

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYDTtH1JEVAx2g
❗️Turli fanlardan olingan sertifikatlar abituriyentga maksimal ball berilmaydi

Ayni paytda ona tili, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat olish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari boshlangan. Oldindan imtihon topshirib, sertifikat olgan abituriyentlarga ular to‘plagan foizdan kelib chiqib, kirish imtihonida ball beriladi.

Batafsil ma'lumot 👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYDTtH1JEVAx2g
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu yilgi testlarda savollar o‘tgan yilgidek oson bo‘ladimi? Qanday savollarga ko'proq tayyorgarlik ko'rish kerak?

👉 Bu yilgi test jarayonlari bo'yicha batafsil ma'lumot:
https://oliygoh.uz/abituriyent/bu-yil-kirish-imtihonlari-qanday-boladi

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYDTtH1JEVAx2g
Bu yil savollar o‘tgan yilgidek oson bo‘lmaydi

Kirish imtihonlarida mantiqiy savollar soni ko‘paytiriladi. Hozirgacha shu turdagi savollar tuzilib, ularning aprobatsiyasi ham o‘tkazilmoqda. Bunday savollar matematika, tarix, biologiya, kimyo kabi fanlarda ko‘p bo‘ladi.

Batafsil: https://oliygoh.uz/abituriyent/qabul2021

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
⚡️⚡️ Тошкент шаҳридаги Инха университетида магистратура дастури очилди

Университетда бизнес ва бошқарувнинг фундаментал йўналишларига қўшимча бўлмиш сунъий интеллект, катта маълумотлар ва булутли ҳисоблаш мавзуларини қамраб олган “Рақамли трансформациядаги MBA” номли магистрлик дастурини очилиши ҳақида эълон қилинди.

Ушбу кундузги таълим шаклидаги дастур келажакдаги инновацион ёш авлодни рақамли трансформация ва илғор технологиялари билан боғлиқ мисли кўрилмаган бизнес муаммоларни ҳал қилишга ва рақамли технологиялар ва стратегияларни бизнесга самарали равишда бирлаштира оладиган профессионал менежерларни тайёрлашга мўлжалланган.

❗️Ноёб таълим ва ўзаро алоқалар тажрибаси икки семестр давомида Тошкентда ва икки семестр давомида Кореяда тақдим этилади. Барча дарслар инглиз тилида олиб борилади. Дастур муваффақиятли якунлангач, Кореядаги INHA университети томонидан диплом берилади.

2021/2022 ўқув йили учун ариза топшириш имконияти март ойида дастур ҳақида батафсил маълумот билан мавжуд булади.

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
⚡️Buxoroda psixologiya va xorijiy tillar universiteti ochiladi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “Buxoroda psixologiya va xorijiy tillar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Qarorga muvofiq, Kogon tumanida tashkil etiladigan universitetda o‘qitish O‘zbekistonda amalda mavjud ta’lim shakllari hamda o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

👉 Shuningdek, har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari tanlov asosida bepul o‘qishga qabul qilinadi.
Universitet granti asosida o‘qishga tavsiya qilinadigan mazkur toifadagi abituriyentlar ajratilgan kvotaning 10 foizidan kam bo‘lmagan qismini tashkil etadi.

☝️Bundan tashqari, universitetda bakalavriat bosqichi uchun quyidagi yo‘nalishlar tashkil etiladi:

— Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili;
— Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili;
— Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili;
— O‘zga tilli guruhlarda rus tili;
— Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili);
— Psixologiya (yuridik psixologiya);
— Psixologiya (sport psixologiyasi);
— Psixologiya (amaliy psixologiya);
— Psixologiya (oila psixologiyasi).

Shuningdek, magistratura bosqichi uchun esa quyidagi yo‘nalishlar tashkil etiladi:

— Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti;
— Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti;
— Lingvistika: rus tili;
— Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha);
— Psixologiya (yuridik psixologiya).

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari hamda to‘lov-kontrakt miqdori ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojdan hamda Universitetning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqqan holda muassis tomonidan belgilanadi.

Universitetda ta’lim faoliyati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda lisenziya berilganidan so‘ng boshlanadi.

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
Tibbiyot kollejlarining texnikumlardan qanday farqi bor?

▪️Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, tibbiyot kollejlarida qabul imtihoni osonroq bo‘lgan va talabga javob bermaydigan o‘quvchilar kam hollarda o‘qishdan chetlatilgan.

Texnikumlarda yangi yo‘nalishlar ochilgan, ularni tugatadigan hamshiralar faqat shifokorlar ko‘rsatmasini bajarmaydi, balki aholiga sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha ko‘rsatmalar bera oladi.

Tibbiyot texnikumlarining namunali bitiruvchilari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha OTMlarga 2-kursdan suhbat asosida, testsiz olinadi.

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
Toshkent viloyatida yangi universitet ochiladi.

⚡️Qibray tumanida ochilishi mo‘ljallangan International School of Finance and Technology (ISFT) universiteti xalqaro buxgalteriya hisobi va audit, biznes boshqaruvi, moliyaviy tahlil, moliyaviy risk boshqaruvi kabi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida keltirib o'tilgan.

Universitetda o‘zbek, rus va ingliz tillarida dars beriladi, diplomi O‘zbekistonda tan olinadi.

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
​​Yangi ochilayotgan universitetda qanday yo'nalishlar ochilishi rejalashtirilmoqda?

Batafsil:
https://oliygoh.uz/abituriyent/toshkent-viloyatida-yangi-universitet-tashkil-etiladi

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
❗️Turli fanlardan olingan sertifikatlar abituriyentga maksimal ball berilmaydi

Ayni paytda ona tili, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat olish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari boshlangan. Oldindan imtihon topshirib, sertifikat olgan abituriyentlarga ular to‘plagan foizdan kelib chiqib, kirish imtihonida ball beriladi.


Batafsil: https://oliygoh.uz/abituriyent/qabul2021

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
⚡️Vazirga taklif yuboring: oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziriga to'g'ridan to'g'ri takliflar yuborish uchun maxsus bot ishga tushirildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov talabalar bilan o‘tkazgan onlayn uchrashuvida doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ularning sohaga oid taklif-mulohazalarini o‘rganish maqsadida “Vazirga takliflar” boti ishga tushirilishini ma’lum qilgandi.

📲 Telegram tarmog‘ida “Vazirga takliflar” boti ishga tushirildi.

Endilikda professor-o‘qituvchilar, olimlar, tadqiqotchilar, talabalar va ularning ota-onalari mazkur bot orqali bevosita vazirga sohaga oid muammolarni bildirishlari, o‘z takliflarini yuborishlari mumkin.

Barcha takliflar shaxsan vazir tomonidan o‘rganib chiqiladi hamda oliy ta’lim tizimi faoliyatini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib boriladi.

Taklif yuborish: 👉🏻 @vazirga_takliflar_bot

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Harbiylarning bolalari imtiyoz bilan OTMga kirishi boshqa abituriyentlarga adolatsizlik emasmi?

▪️Savolga Mudofaa vazirligi rasmiylari javob berdi.

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
Yana bir hudud yoshlari OTMga imtiyoz bilan kiradi

▪️Prezident qarori bilan shu o‘quv yilidan keyingi 3 yil Uzun tumani Bobotog‘ hududidagi yoshlar uchun qo‘shimcha davlat granti ajratiladi.

Bu kvota Surxondaryo viloyatidagi pedagogika va tibbiyot yo‘nalishlaridagi OTMlari uchun beriladi. Qo‘shimcha kvotada o‘qigan yoshlar o‘z hududida kamida 5 yil ishlab beradi.

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
Buxoroda yangi universiteti ochiladi

👉🏽 Unda qanday yo'nalishlar ochilishi rejalashtirilmoqda?

Batafsil:
oliygoh.uz/5b1

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
Amerika Kengashlari 8 haftalik YPIP stajirovkaga arizalar qabul qilmoqda. Dastur sizni muvofiq mezbon korxonalarga joylashtirishga ko’maklashadi va Toshkentga kelib yashash uchun stipendiya ajratadi.

Dastur maqsadlari:
Kasbiy ko'nikmalarga ega bo'lish
Biznes ingliz tilidagi bepul kurs
Bitiruv sertifikati

Talablar:
- Biznes yoki STEM sohasidagi kasbga qiziqish
- O'zbekistondagi oliy o'quv yurtida talaba bo’lish
- Ingliz tilini bilish

📅 Asosiy sanalar
Qabul oxirgi sanasi: 2021 yil 24 mart
Dastur sanalari: 2021 yil 1 iyul - 31 avgust

https://rpst.uz/byR
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab grant asosida “Sun’iy intellekt” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash bosqichma-bosqich boshlanadigan OTM va ilmiy tashkilotlar ro‘yxati

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
4ta OTMda turizm bo'yicha magistratura mutaxassisliklari ochiladi

▪️Prezident farmoni bilan 2021–2022-o‘quv yilidan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida:
▫️Ziyorat turizmi;
▫️Transport logistikasi;
▫️Ijodiy sanoat (creative industry)
yo‘nalishlarida magistratura mutaxassisliklari ochiladi.

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
​​​​💪 Testlarni 100% to‘g‘ri bajarish: yuqori natijaga qanday erishiladi?

Testlarni to‘liq 100 foizlik to‘g‘ri natijani istasangiz, quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling:
https://oliygoh.uz/foydali/testlarni-100-togri-bajarish-yuqori-natijaga-qanday-erishiladi

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
CEFR topshiruvchilar diqqatiga!

Chet tili imtihonlari 24-26-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi


Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash bo‘yicha fevral oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanasi belgilandi.

📆 Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 24-fevral kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni esa 25-26-fevral kunlari o‘tkaziladi.

📍 Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test joyi, kuni va vaqtini Davlat test markazining interaktiv xizmatlar portali (my.dtm.uz sayti) orqali shaxsiy kabinetlaridan bilib olishlari mumkin.

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentning tegishli farmoniga binoan bu yil NamDUda tibbiyot fakulteti ochilar ekan. YANGI o‘quv yilida kamida 200 nafar talabani o‘qishga qabul qilish amalga oshiriladi.

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
2025/07/07 16:35:11
Back to Top
HTML Embed Code: