Telegram Web Link
​​Test natijasini ko‘rish yanada oson

❇️ Davlat test markazining interaktiv xizmatlar portalida test natijalarini ko‘rish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.

📊 Endilikda test sinovida ishtirok etgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingandan so‘ng my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirmagan holda ham o‘z natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.

👨🏻‍💻 Buning uchun mazkur saytdagi “Natijani ko‘rish” bo‘limiga test topshiriqlari kitobi raqami va sahifada keltirilgan arifmetik ifodaning qiymatini kiritish kifoya.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

👉 test topshirilgan fanlar;
👉 har bir fan bo‘yicha test topshiriqlari soni;
👉 har bir fan bo‘yicha to‘g‘ri javoblar soni;
👉 har bir fan bo‘yicha umumiy to‘plangan ball;
👉 har bir test topshirig‘iga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob berilganligi.

Ma’lumot uchun, diagnostik test sinovida ishtirok etgan talabgorlar ham o‘z natijalarini shu yerdan bilishlari mumkin.

@ABITURIYENTINFO || rasmiy yangiliklar kanali👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYDTtH1JEVAx2g
​​⚡️ Kutilmagan burilish.

2021-2022 o‘quv yilidan abituriyentlarga cheklanmagan tarzda ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati berilishi mumkin

Yangilik bilan batafsil tanishing:
https://oliygoh.uz/abituriyent/20212022-oquv-yilidan-abituriyentlar-cheklanmagan-tarzda-talim-yonalishini-tanlashi-mumkin

@ABITURIYENTINFO || rasmiy yangiliklar kanali👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYDTtH1JEVAx2g
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Маҳкумларга ҳам ОТМга кириш ва онлайн таълим олиш имкони берилади

Талабалик даврида жиноят содир этиб, жазони ижро этиш муассасаларига тушиб қолган маҳкумларга онлайн ўқишини давом эттириш имконияти берилади.

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYDTtH1JEVAx2g
2021-2022-o‘quv yilida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda?

2021-2022-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlar uchun qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda?

👉 https://youtu.be/UmWMCK3Siq4

@ABITURIYENTINFO || rasmiy yangiliklar kanali👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYDTtH1JEVAx2g
📣 DTM namunaviy testlar - 2021

DTM standartidagi testlar kerakmi? Unda
Oliygoh.uz dan barcha fanlardagi testlarni yuklab oling!

Har bir fan bo‘yicha:

🔸 30 tadan test topshirig‘i;
🔸 test topshirig‘ining yechilishi;
🔸 to‘g‘ri javob.

Yuklab olish: https://oliygoh.uz/abituriyent/dtm-namunaviy-testlar-2021

@ABITURIYENTINFO || rasmiy yangiliklar kanali👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYDTtH1JEVAx2g
​​Olis hududlarga borib ishlovchi pedagog hamda mutaxassislarga qanday imtiyozlar mavjud?

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 4940-son qarori asosida 2021-yil 1-yanvardan boshlab olis hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislarga:

50 BHM (1-fevraldan – 12 250 000 so‘m) bir martalik boshlang‘ich yordam puli;

uy-joylarni ijaraga olganlik uchun 2 BHM (1-fevraldan – 490 000 so‘m) har oylik pul kompensasiyasi beriladi.

Pedagoglarga qanday talablar qo‘yiladi? To‘lovlar aynan qanday toifadagi pedagoglarga to‘lanishi bo‘yicha uchta asosiy ko‘rsatkich bor:

1⃣ oliy yoki birinchi toifali bo‘lishi;

2⃣ boshqa hududdan kelib ishlashi (tumandan boshqa tumanga, viloyatdan boshqa viloyatga);

3⃣ oxirgi maktabida bir yil davomida ishlagan bo‘lishi kerak. Ya’ni «qizil» hududga jalb qilinayotgan o‘qituvchi «yashil» hududdagi maktabda oxirgi bir yilda ishlagan bo‘lishi talab qilinadi.
Qolgan talablarni Xalq ta’lim vazirligi ishlab chiqadi.

❇️ Pedagoglar uchun ustamalar ham mavjud.

🔹 2021-yil 1-martdan boshlab, «qizil» maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan pedagoglarga quyidagi miqdorda maxsus ustamalar to‘lanadi:

• bir ma’muriy - hududiy birlik doirasida boshqa tuman va shahardan kelib ishlayotgan o‘qituvchi - pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;

• boshqa ma’muriy - hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz.

📌 Boshqa hududlardan jalb qilingan pedagoglarga maxsus ustamalar ular borgan maktab «qizil» toifadan chiqqan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi.

⛔️ Bu tartib Olis hududlarda yashab, ishlayotganlarga taalluqli emas.

«Bundan ko‘zlangan maqsad – olis hududlardagi byudjet tashkilotlarida aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatini oshirish».

Manba: @huquqiyaxborot

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYDTtH1JEVAx2g
⚡️Vazirga taklif yuboring: oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziriga to'g'ridan to'g'ri takliflar yuborish uchun maxsus bot ishga tushirildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov talabalar bilan o‘tkazgan onlayn uchrashuvida doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ularning sohaga oid taklif-mulohazalarini o‘rganish maqsadida “Vazirga takliflar” boti ishga tushirilishini ma’lum qilgandi.

📲 Telegram tarmog‘ida “Vazirga takliflar” boti ishga tushirildi.

Endilikda professor-o‘qituvchilar, olimlar, tadqiqotchilar, talabalar va ularning ota-onalari mazkur bot orqali bevosita vazirga sohaga oid muammolarni bildirishlari, o‘z takliflarini yuborishlari mumkin.

Barcha takliflar shaxsan vazir tomonidan o‘rganib chiqiladi hamda oliy ta’lim tizimi faoliyatini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib boriladi.

Taklif yuborish: 👉🏻 @vazirga_takliflar_bot

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYDTtH1JEVAx2g
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu yilgi kirish imtihonlari ham ochiq havoda o'tkazilishi ehtimoli bor

👉 Bu yilgi test jarayonlari bo'yicha batafsil ma'lumot: https://oliygoh.uz/abituriyent/bu-yil-kirish-imtihonlari-qanday-boladi

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYDTtH1JEVAx2g
⚡️Oliy ta’limda davlat grantlari soni 25 foizga oshiriladi

O‘zbekistonda yangi o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni 25 foizga hamda ehtiyojmand oilalar farzandi bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat grantlari soni 2 baravarga oshiriladi.

Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi farmonda so‘z boradi.

Shuningdek, xususiy oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashga davlat granti berish tizimi joriy etiladi.

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYDTtH1JEVAx2g
“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijga o‘qishga yuboriladiganlar 5 barobarga ko‘paytiriladi

▪️Prezident farmoni bilan 2021-yil 1-apreldan magistratura va doktaranturaga o‘qishga yuboriladiganlar 5 barobar oshadi.

Shu yildan jamg‘arma hisobidan xorijda bakalavriat bo‘yicha o‘qitish boshlanadi va 2021-yilda xorijga 100 nafar talaba yuboriladi.

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYDTtH1JEVAx2g
Fevral oyi uchun hujjatlarni qabul qilish muddati uzaytirildi

📌 2021-yil 1-fevral kuni Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish boshlangan bo‘lib, 5-fevral kuniga qadar davom etishi belgilangan edi.

📆 Talabgorlarning murojaatlariga asosan, hujjatlarni qabul qilish 10-fevral kuniga qadar (10-fevral kuni ham) uzaytirildi.

Test sinovlari esa 24-25-fevral kunlari o‘tkazilishi belgilandi.

📋 Talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlarni topshirish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan bu yerda tanishishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYDTtH1JEVAx2g
#bilasizmi?

Istalgan bakalavriat yoʻnalishida oʻqiyotgan talabalar Global UGRAD'ga ariza topshirishi mumkin.

2008-yildan buyon ushbu stipendiyani 2500 dan ziyod talaba qoʻlga kiritgan. Bu siz uchun ham ajoyib imkoniyat, albatta ariza topshiring!

Deadline: 2021-yil 28-fevral

Batafsil ma'lumot: https://oliygoh.uz/grantlar/global-ugrad

🎓 Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYDTtH1JEVAx2g
⚡️ Bu yil abituriyentlar 1 mln 615 ming bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

▫️Ularga cheklanmagan tarzda yo‘nalishlarni tanlash imkoni berilishi mumkin.
▫️Bu yil imtiyozlar bilan bog‘liq muammo bo‘lmasligi uchun harakat qilinyapti.

DTM bosh boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayev

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYDTtH1JEVAx2g
#Savol

Majburiy blokdagi matematika tarkibida geometriya savoli bo‘ladimi?

Bu haqda abituriyentlardan ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Mana shu savolga DTM vakillari javobi quyidagicha:

“Matematika fanini geometriyasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Matematika (majburiy) fanidan test topshiriqlari geometriya fanining davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturida (7-11-sinflar uchun) berilgan mavzulardan shakllantirilmaydi. Lekin matematika fani davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturida (5-6-sinflar uchun) berilgan geometrik materiallardan foydalaniladi va test topshiriqlari shakllantiriladi".

Xulosa: demak, majburiy blokdagi matematika fanida 7-11-sinflar o‘tiladigan geometriya fanidan savollar bo‘lmaydi. Lekin matematikadan 5-6-sinf darsliklarida keltirilgan geometriyaga oid mavzulardan savol bo‘ladi.

Batafsil ma'lumot👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYDTtH1JEVAx2g
Hozirda nechta fandan tayorgarlik ko'rmoqdasiz
Anonymous Poll
13%
5
7%
4
15%
3
40%
2
12%
1
13%
Men abituriyent emasman.
​​❗️Abituriyentlar savollariga javob beramiz.

Qabul jarayonlari bo'yicha barcha eng kerakli ma'lumotlar bilan tanishib chiqing:

- Bu yil kirish imtihonlari qanday bo‘ladi?
👉 BATAFSIL MA'LUMOT

- Bu yil kirish imtihonlarida 5ta fandan test olinadimi?
👉 BATAFSIL MA'LUMOT

- Nechta fandan imtihon o'tkaziladi?
👉 BATAFSIL MA'LUMOT

- Har bitta savolga necha balldan hisoblanadi?
👉 BATAFSIL MA'LUMOT

- Fanlardan nechta savol tushadi?
👉 BATAFSIL MA'LUMOT

- Bu yil kirish imtihonida maksimal ball qancha bo‘ladi?
👉 BATAFSIL MA'LUMOT

🔹 Eng muhim ma'lumotlarni Oliygoh.uz sayti orqali tanishib boring.

@ABITURIYENTINFO || rasmiy yangiliklar kanali👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYDTtH1JEVAx2g
Bu yil 4ta viloyatda tibbiyot fakulteti ochiladi

▪️2021–2022-o‘quv yilidan Qarshi davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti va Guliston davlat universitetlarida tibbiyot yo‘nalishidagi fakultetlar ochiladi.

Kun.uz'ning SSVga asoslanib yozishicha, yil davomida 272ta xususiy shifoxona ochilishi ham rejalashtirilgan.

@ABITURIYENTINFO || rasmiy yangiliklar kanali👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYDTtH1JEVAx2g
#bilasizmi?

Bugungi kunda respublikada 130 ta OTM faoliyat yuritmoqda:

👉 davlat oliy ta’lim muassasalari – 96 ta;
👉 nodavlat oliy ta’lim muassasalari – 9 ta;
👉 xorijiy OTMlar va ularning filiallari – 25 ta.

Ushbu ro‘yxatga harbiy va diniy OTMlar kiritilmagan.

@ABITURIYENTINFO || rasmiy yangiliklar kanali👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYDTtH1JEVAx2g
2025/07/07 12:34:25
Back to Top
HTML Embed Code: