Telegram Web Link
OTMlarning milliy reytingi e’lon qilindi

▪️Ta’lim inspeksiyasi reytingiga ko‘ra, top beshtalikni:

– Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti;
– O‘zbekiston milliy universiteti;
– Toshkent tibbiyot akademiyasi;
– Samarqand davlat universiteti;
– Toshkent moliya instituti band qildi.

Reyting OTMlardagi ta'lim sifati tahlili asosida chiqarilgan.

Safimizga qoʻshiling👇

@ABITURIYENTINFO
⚡️⚡️ ASOSIY IMTIHON uchun Repetitsion tayyorgarlik sinov testi. Bilimingizni sinash imkoniyati ⚡️⚡️

📆28-noyabr yakshanba kuni 🌐
Prezident maktablariga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun☝️asosiy imtihon Repetitsion tayyorgarlik testi📝 bo'lib o'tadi💯.

☝️Asosiy imtihon Repetitsion tayyorgarlik testi📝da ishtirok etish narxi Respublika boʻylab hamma joyda bir xil: 40 000 soʻm. Toshkent shahri uchun 50 000 so'm

@ABITURIYENTINFO
Endi talaba davlat imtihonidan yiqilsa, bir yil kutmaydi

Adliya vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 1963-3, 2021 yil 16 noyabr).

Unga ko‘ra, yakuniy davlat attestasiya sinovidan o‘ta olmagan shaxs (talaba) keyingi har bir o‘quv yilida (3 yil davomida) o‘z arizasiga muvofiq 2 martagacha imtihonni qayta topshirish huquqiga ega.

Oldingi tartib bo‘yicha bitiruvchi yakuniy davlat attestasiyasi sinovidan o‘ta olmagan taqdirda keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega edi. Ushbu holat talaba uchun birmuncha qiyinchiliklar, xususan uning bir yillik qimmatli vaqtini maqsadli sarflay olmasligiga sabab bo‘lib kelgan.

@ABITURIYENTINFO
DXX akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovi natijalari e’lon qilindi

2021-yil 18-noyabr kuni Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan nomzodlar o‘z natijalarini dxx.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq dastlabki saralab olish test sinovlari natijalari bo‘yicha to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning kamida 30% (o‘ttiz foiz) ini to‘plagan nomzodlar saralab olish tadbirlarining keyingi bosqichlarida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.



Davlat test markazi matbuot xizmati

@ABITURIYENTINFO
Chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari bo‘lib o‘tdi
2021-yil 23-noyabr kuni chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari ingliz, nemis va fransuz tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 335 nafar talabgordan 321 nafari ishtirok etdi, 14 nafari esa test sinovlarida qatnashmadi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 24-25-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

@ABITURIYENTINFO
Контракт бўйича талабаликка тавсия этилганлар учун тўловни амалга ошириш муддати узайтирилиши кутилмоқда

Олий таълим вазирлиги тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилган абитуриентлар ҳамда ўқишини бир ОТМдан бошқасига кўчираётганлар учун контракт тўловини амалга ошириш муддатини узайтириш бўйича таклиф тайёрлади ва тўлов муддати узайтирилиши кутилмоқда.

@ABITURIYENTINFO
ONLINE SMM KURS 🚀 _o‘zbek tilida_ 🇺🇿

Samarali reklamani ishga tushiring, masofadan turib ishlang va har oyda
2 500 000 so‘mdan boshlab pul ishlang 🤑

- Amaliy kurs 👨‍🏫
- Yangi kasb va ko‘nikmalar 💻
- Sertifikat 🧑‍🎓

Eng yaxshi o'quvchilar ish bilan taminlaniladi 🔥

500 000 SO‘MGA YANGI KASBGA EGA BO‘LING
Ps: Joylar soni 10 ta 🏃‍♂️

Ro'yhatdan o'tish uchun: @choymediabot
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutiga kirish test sinovlari

2021-2022-o‘quv yili uchun Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutiga kirish test sinovlari 2021-yil 26-noyabr kuni 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

1-smenada 10:00 dan 11:00 ga qadar;
2-smenada 12:00 dan 13:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun majburiy 3 ta fandan, magistratura mutaxassisliklari uchun chet tili fanidan o‘tkaziladi.

Talabgorlarga bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun majburiy fanlarning har biridan 10 ta (jami 30 ta), magistratura mutaxassisliklari uchun chet tili fanidan 30 ta test topshirig‘i beriladi.

Test topshiriqlarini ishlash uchun ajratilgan vaqt javoblar varaqasini bo‘yash bilan birgalikda 1 soatni tashkil etadi.

@ABITURIYENTINFO
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi
Yangiliklar25-11-2021 | 65
2021-yil 23-noyabr kuni chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 24-25-noyabr kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

Imtihonlar barcha hududlarda Davlat test markazi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali onlayn tarzda o‘tkazildi.

Unda ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha 318 nafar talabgor ishtirok etdi.

Talabgorlarning gapirish ko‘nikmasini baholash uchun autsorsing asosida respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislar jalb etildi.

@ABITURIYENTINFO
🇨🇦 Kanadada taʼlim tizimi haqida sizni hayratga soluvchi 10 ta qiziqarli faktlar

Baʼtafsil👉 https://telegra.ph/XORIJDA-TA%CA%BCLIM-09-22

Bizning sahifamiz👇

@ABITURIYENTINFO
“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi Xorazm va Buxoro viloyatlarida ham o‘tkaziladi
Yangiliklar26-11-2021 | 82
Talabgorlarning murojaatlariga asosan “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi Urganch va Buxoro shaharlarida ham tashkil etiladi.

Bunda test sinovlari Urganch shahrida 10-dekabr kuni, Buxoro shahrida esa 24-dekabr kuni o‘tkaziladi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Ro‘yxatga olish Urganch shahri uchun 7-dekabrga qadar, Buxoro shahri uchun esa 21-dekabrga qadar davom etadi.

Shuningdek, dekabr oyida Jizzax (6-dekbar) va Toshkent (22-dekabr) shaharlarida ham “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi o‘tkaziladi.

@ABITURIYENTINFO
Farg‘onada o‘qiyotgan toshkentlik talaba qiz (1).mp4
22.9 MB
Toshkent viloyatidan kelgan Gavhar Yertayeva o‘zi va oilasi, tug‘ilib o‘sgan uyidan olisda bo‘lishiga qaramay, Farg‘ona davlat universitetida tahsil olish sabablari haqida kun.uz saytiga so‘zlab berdi.


👉 Matn formatida oʻqish
👉 HD formatda koʻrish
____
@ABITURIYENTINFO
❗️Davlat imtihonidan yiqilgan talabaga 1 yilda 2 marta imtihon topshirish huquqi berildi

▪️Shu paytgacha yakuniy davlat attestatsiya sinovidan o‘ta olmagan talaba yana 1 yil kutishi kerak edi.

Yangi tartibga ko'ra, endi talaba imtihondan yiqilsa, 3 yil davomida yiliga 2 marta imtihon topshirishi mumkin. Davlat imtihoni talabalardan yig‘iladigan arizalar soniga qarab tashkillashtiriladi.

Safimizga qoʻshiling👇

@ABITURIYENTINFO
Yashil yurt barpo etish uchun hissa qo‘shaylik!

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimizda keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda yoshu qari o‘lkamizni yanada go‘zallashtirish, kelajagini, sog‘lom hayotini ta’minlashda o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Umummilliy loyiha doirasida Davlat test markazining markaziy apparati va hududiy bo‘limlari tomonidan bog‘cha, maktab, akademik litsey, kollej hovlilarida mevali va manzarali daraxtlar ekishga jiddiy e’tibor qaratib kelmoqda. Bugunga qadar muassasamiz xodimlari 1000 ga yaqin ko‘chat ekdilar. Ushbu savob va dolzarb harakat davom etmoqda.

Sahifamizga qo'shiling 👇

@ABITURIYENTINFO
▪️Kollej va texnikumlarga kirish imtihonlarining oxirgi kun natijalari e’lon qilindi !

2021-yil 17-noyabr kuni kollej va texnikumlarga KUNDUZGI taʼlim shaklida oʻqishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

🌐 17-noyabr kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini
ruxsatnoma.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

@ABITURIYENTINFO
Халқ таълими вазири Жомбойдаги 28-мактаб ўқувчиларини вақтинча бошқа бинога кўчириш чорасини кўришни айтди

Халқ таълими вазири Бахтиёр Саидов бугун тунда Жомбой туманидаги 28-умумтаълим мактабига борди.

1975 йилда ҳашар йўли билан қурилган мазкур мактабнинг бугунги кундаги ўқувчилар сиғими 2 коэффицентдан ошиб кетган.

Халқ таълими вазири синфхоналарни кўздан кечирар экан қишки мавсумда ўқувчиларнинг муносиб шароитларда таълим олишини таъминлаш мақсадида яқин ҳудудда жойлашган касб-ҳунар коллежига қисқа муддатда кўчириш чорасини кўришни сўради.

Биринчи навбатда ўқувчиларнинг таълим олиши учун муносиб шароит яратишимиз зарур. Бино эски бўлганлиги сабабли имкон борича тезроқ болаларни бошқа бинога кўчириб, мактабни инвестиция дастурига киритиш чорасини кўришимиз лозим”, — дея қайд этди вазир.

Sahifamizga qo'shiling 👇

@ABITURIYENTINFO
28-noyabr talabgorlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni

Dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 28-noyabr kuni yakunlanadi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 28-noyabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Shuningdek, talabgorlar 29-noyabrdan 1-dekabrga qadar Davlat test markazi yoki uning hududiy bo‘limlaridan biriga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan borgan holda barmoq izi topshirishlari lozim.

Test sinovlari 15-dekabr kunidan boshlab, ingliz, nemis, fransuz va arab tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Tilni bilish darajasi B2 yoki undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

Shuningdek, ta’lim muassasalarining C1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilari

@ABITURIYENTINFO
Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda

2021 yil 26-noyabr kuni Davlat test markazida Cambridge Assessment tashkiloti bilan o‘zaro hamkorlikni yana kuchaytirish bo‘yicha navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Davlat test markazi direktori o‘rinbosarlari Sardor Radjabov va Sherzod Batirov, Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi boshlig‘i Javlonbek Nurmatov, Test sinovlari texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Zafarbek Olimbekov, Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi boshlig‘i Akmal Baratov, Xalqaro reytinglar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish bo‘limi bosh mutaxassisi Nasimbek Lutfiyev hamda Cambridge Assessment tashkiloti vakili Stephen King ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Davlat test markazi tomonidan baholash mezonlari, test topshiriqlari spetsifikatsiyasi, tashkiliy va xavfsizlik kabi yo‘nalishlar yangi bosqichga o‘tayotgani, bu borada Cambridge Assessment tashkiloti tajribasidan foydala

@ABITURIYENTINFO
⚡️ Professional ta’lım muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari

📌 2021-2022-o‘quv yili u
chun professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Professional ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shakliga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar tanlov natijalari bilan ruxsatnoma.dtm.uz sayti orqali tanishishlari mumkin.

🖥 Buning uchun ruxsatnoma.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

@ABITURIYENTINFO
⚡️ Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi

Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi yo‘lga qo‘yildi.

📆 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 6-dekabrdan 10-dekabrga qadar davom etadi.

Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

👨‍🏫 Malaka oshirish kursi Davlat test markazi va Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazining malakali mutaxassislari tomonidan o‘zbek tilida olib boriladi.

📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida chet tilini bilish darajasini baholash imtihonlariga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

👨🏻‍💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 5-dekabr kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

@ABITURIYENTINFO
2025/07/05 14:56:45
Back to Top
HTML Embed Code: