Telegram Web Link
Fanlar majmuasi, baholash mezonlari.pdf
1.5 MB
❗️Янгиланган фанлар мажмуаси масъул ходимларнинг техник хатолиги туфайли нотўғри жойлаштирилган!

Кеча бакалавриат кириш имтиҳонлари учун фанлар мажмуаси рўйхати эълон қилинганди. Рўйхатда дефектология, мактабгача таълим, олий ҳамширалик иши йўналишларида фанлар мажмуаси биология ва кимёга ўзгариб қолган. Олдин бу йўналишларда биология, она тили ва адабиёт фанидан тест ечилган.

ДТМнинг изоҳ беришича, янги тасдиқланган рўйхат масъул ходимларнинг техник хатолиги туфайли нотўғри жойлаштирилган эди ва ушбу хатолик тўғриланди.


Davlat Test Markazi


📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
​​⚡️Хорижий давлатлардан ўқишни кўчириш бўйича ариза берганлар диққатига!

Маълумки, 15-июлдан 5-августгача
transfer.dtm.uz сайти орқали хорижий давлатлардан ўқишни кўчириш бўйича аризаларни қабул қилиш бошланган.

Ҳозирда онлайн ариза топширган талабаларнинг маълумотлари Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳамда олий таълим муассасалари томонидан текширилмоқда ва уларга 3 хил статус берилмоқда:

ℹ️ Онлайн ариза берилганда – “Янги”.

Ўқишни кўчириш бўйича ариза белгиланган талабларга тўғри келса – “Қабул қилинди”.

Ўқишни кўчириш бўйича ариза белгиланган талабларга тўғри келмаса – “Рад қилинди”.

Aриза рад этилган тақдирда, бунинг сабаби ҳам кўрсатилади ва талабалар қайта онлайн ариза юборишлари мумкин бўлади.

Aгар аризанинг рад этилганлик ҳолати бўйича саволларингиз бўлса бевосита Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳамда олий таълим муассасаларига мурожаат қилишингиз мумкин.

Davlat Test Markazi

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
Qabul 2021
Test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar

📌 Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

🔹 Stadion yoki xiyobonning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Stadion yoki xiyobon nomi;
🔹 Stadion yoki xiyobon manzili;
🔹 Sektor raqami;
🔹 Test topshiradigan guruhlar;
🔹 Stadion yoki xiyobonning google xaritadagi geolokatsiyasi.

Test sinovlarini o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar:
👉
https://dtm.uz/page/maydon_2021

👨🏻‍💻 Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, mazkur hududdagi test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qabul 2021
Test materiallaridan foydalanish

Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasidan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
Мутахассислик фан блоки тестлари қайси мавзулардан тузилади? (1-қисм)

1⃣ Она тили ва адабиёт
- Она тили - 60 %;
- Aдабиёт - 40 %.

2⃣ Математика:
- Сонлар ва улар устида амаллар - 25 %;
- Функция ва алгебраик ифодалар - 35 %;
- Ҳосила, интеграл ва уларнинг тадбиқлари – 10%;
- Геометрия - 30%.

3⃣ Тарих:
- Сиёсий тарих - 50-60%;
- Ижтимоий-иқтисодий тарих - 10-20 %;
- Маданий ҳаёт - 10-15 %;
- Aмалий топшириқлар - 20-25 %.

4⃣ Физика:
- Механика - 35 %;
- Молекуляр физика ва термодинамика (мантиқий ва лаборатория ишларига оид
топшириқлар) - 25 %;
- Электромагнитизм - 30 %;
- Aтом ва ядро физикаси (оптика, нисбийлик назарияси) - 10%.


Davlat Test Matkazi

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
📌 Test sinovlarida noto‘g‘ri tuzilgan savol tushib qolsa nima qilish kerak?

DTM mutasaddisi xato tuzilgan savollar taqdiri haqidagi savolga javob berdi:

Kirish imtihonlarida noto‘g‘ri savol tushgan taqdirda masala mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, savol chindan ham noto‘g‘ri berilgan bo‘lsa, unga ball qo‘shib beriladi. Bu haqda DTM boshqarma boshlig‘i Bekzod Toshpo‘latov maʼlum qildi.

«Noto‘g‘ri savol tushgan taqdirda test yakuniga qadar eʼtirozlar varaqasida qayd etish mumkin. Masala mutaxassislar tomonidan o‘sha joyning o‘zida hal qilinadi va savol chindan ham noto‘g‘ri berilgan bo‘lsa, unga ball qo‘shib beriladi», dedi u.

B.Toshpo‘latov abituriyent test sinovlari chog‘ida hayajonda bo‘lishi va bu haqda o‘z vaqtida ogohlantirishga ulgurmay qolganda qanday yo‘l tutilishi haqida ham aytib o‘tdi.

«Bu holatda savollar kitobchasidan noto‘g‘ri savol o‘rin olgan abituriyent uchun qo‘shimcha kvota ajratiladi», degan u

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
Bugun – talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni

▪️Arizalar quyidagi tizimlar orqali qabul qilinmoqda:

▫️respublika OTMlari yoki bir OTM doirasida ko‘chirish, qayta tiklash –
transfer.edu.uz;

▫️xorijiy mamlakatlardagi hamda O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan respublika OTMga ko‘chirish –
transfer.dtm.uz.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
Mandat kechikyapti

▪️Bakalavriatga oxirgi imtihon 16-avgust kuni tugagan. Bugun – 1-sentabr, imtihon tugaganiga 16 kun bo‘ldi. Bu yil abituriyentlar oldingi yillarga qaraganda ko‘proq kutishyapti.

Oldingi yillarda abituriyentlar mandatni necha kun kutishgan?
▫️2020-yilda – 12 kun;
▫️2019-yilda – 9 kun;
▫️2018-yil – 1 kun
(OTMlarga alohida-alohida imtihon bo‘lgani uchun javoblar darrov chiqqan).

Vazirlar Mahkamasi va Prezident qaroriga ko‘ra, aslida, javoblar imtihon o‘tgach, 1 haftadan so‘ng chiqishi kerak edi. Tana harorati yuqori va koronavirus yuqtirgan abituriyentlar uchun 23-avgustda imtihon o‘tkazilgani hisobga olinsa ham (so‘nggi imtihon kuni deb qaralsa), qonunchilik bo‘yicha oxirgi kun 30-avgust edi. Mandat har qanaqasiga kech qolyapti.

@Abituriyentinfo
🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻
mandat.dtm.uz сайтида натижалар:

🟢 яшил ранг бўлса — давлат гранти;
🟡 сариқ ранг бўлса — тўлов-контракт;
🔴 қизил ранг бўлса — талабаликка тавсия этилмаган бўлади
.


👉@ABITURIYENTINFO
🟩Talabalikka tavsiya etilganlar quyidagi hujjatlarni oliygohiga taqdim etadi!

✔️ Rektor nomiga ariza;
✔️ Pasport nusxasi (asli koʻrsatilgan holda;
✔️ Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
✔️ Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (mavjud bo‘lsa) asli;
✔️ 3,5x4,5 foto surat 6 ta;
✔️ Talabalar turar joyi uchun (OTM belgilagan tartibda) ariza;
✔️ Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjatning aslini;
✔️ Roʻyxatdan oʻtkazilgandagi abituriyent qayd varaqasi.

🔰Talaba boʻlgan yaqinlaringizga yuboring

@ABITURIYENTINFO
“Ta'lim sohasining o‘zida 5ta organimiz bor” - adliya vaziri davlatni ixchamlashtirish haqida
“Xalqning soliqlaridan yig‘ilgan budjet puli ketyapti”, dedi ma'muriy apparatni kichraytirish zarurati haqida gapirgan Ruslanbek Davletov.


Adliya vaziri Ruslanbek Davletov davlat boshqaruvi, huquqiy soha va davlat xizmatlari masalalari bo‘yicha Telegram'da tashkil etilgan jonli podkastda davlat boshqaruvini ixchamlashtirish masalasiga yana bir bor to‘xtalib o‘tdi.

🔰Talaba boʻlgan yaqinlaringizga yuboring

@ABITURIYENTINFO
Davlat test markazi tomonidan Ilk bor TOEFL ITP imtihoni o‘tkazildi

2021-yil 10-noyabr kuni Davlat test markazi tomonidan ilk bor AQShning Educational Testing Service (ETS) tashkiloti bilan hamkorlikda TOEFL ITP imtihoni tashkil etildi.

Test sinovi Davlat test markazida maxsus jihozlangan kompyuter xonalarida onlayn tarzda o‘tkazildi.

Test sinovida talabgorlarning 3 ta ko‘nikma bo‘yicha bilimlari baholandi va test sinovi yakunlanishi bilan talabgorlarning natijalari e’lon qilindi.

Do'stlarimizga yuboramiz 😉

@ABITURIYENTINFO
Test sinovlari faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun o‘tkaziladi
Yangiliklar10-11-2021 | 3368
2021-2022-oʻquv yili uchun professional ta’lim muassasalariga sirtqi, kechki va dual taʼlim shakllari boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar test sinovida ishtirok etmaydi.

Ular professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish imtihonlarisiz toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Faqatgina kunduzgi taʼlim shakli bo‘yicha belgilangan qabul parametrlariga nisbatan tanlov ortgan kasb (mutaxassislik) larga kirish uchun test sinovlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari 2021-yil 12-noyabrdan 17-noyabrga qadar 2 smenada bo‘lib o‘tadi.



Davlat test markazi matbuot xizmati

Kim duch kelsa shunga jo'natamiz 😅😉

@ABITURIYENTINFO
Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

2021-2022-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2021-yil 12-noyabrdan 17-noyabrga qadar 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

1-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
2-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fandan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 20 tadan, majburiy fanlardan esa 10 tadan jami 70 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, mutaxassislik fanlari bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,15 balldan (jami 126 ball), majburiy fanlar bo‘yicha esa 2,1 balldan (jami 63 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining ruxsatnoma.dtm.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

@ABITURIYENTINFO
Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi
Yangiliklar05-11-2021 | 281
2021-yil 15-oktabr kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.dtm.uz sayti orqali bilishlari mumkin.

Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

Davlat test markazi matbuot xizmati

@ABITURIYENTINFO
Bitiruvchilarning baholari OTMga kirishda inobatga olinadi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 696-son qarori bilan “Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblash va uni oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.

Baholar ta’lim tashkilotlarining elektron platformalari orqali hisoblanadi va Davlat test markazining “ABITUR” dasturiga uzatiladi.

Baholarning o‘rtacha ko‘rsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig‘indisini o‘qitilgan fanlarga bo‘lish orqali hisoblanadi.

Baholash tizimidagi maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha konvertatsiya qilinadi:

86-100% uchun – 5 baho;
71-85% – 4 baho;
56-70% – 3 baho;
56% gacha – 2 baho

@ABITURIYENTINFO
Oltinchi kun natijalari e’lon qilindi

2021-yil 17-noyabr kuni professional ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

17-noyabr kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini ruxsatnoma.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.



Davlat test markazi matbuot xizmati

@ABITURIYENTINFO
🇳🇴 Norvegiyada ingliz tilini o'zini bilib turib o'qisa bo'ladimi ?

Javob :
Ha, ko'plab dasturlar va kurslar ingliz tilida o'qitiladi va boshqariladi. Umuman olganda, ingliz tilining yuqori darajasi xalqaro talabalarga mamlakatda yashash va o'qish uchun yordam beradi.

@ABITURIYENTINFO
2025/07/05 19:22:11
Back to Top
HTML Embed Code: