Telegram Web Link
Filologiya va madaniyatlararo aloqalar instituti direktori bilan uchrashuv

2021-yil 14-dekabr kuni Davlat test markazi va Rossiyaning Qozon federal universiteti huzuridagi Filologiya va madaniyatlararo aloqalar instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

@ABITURIYENTINFO
Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

2021-yil 30-noyabr kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o’tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

🖥 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.dtm.uz sayti orqali bilishlari mumkin.

👨🏻‍💻 Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

@ABITURIYENTINFO
TOEFL ITP imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga 3 kun qoldi

👨🏻‍💻 2021
-yil 1-dekabr kuni dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📆 Ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va 23-dekabrga qadar davom etadi.

🖥 Test sinovi esa 24-dekabr kuni Toshkent shahrida (Davlat test markazida) onlayn tarzda o‘tkaziladi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijasini bilib oladi.

📌 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati beriladi.

❇️ Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga binoan C1 darajaga to‘g‘ri keluvchi TOEFL ITP sertifikatiga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama beriladi.

Talabgorlar quyidagi havola orqali test namunalari bilan tanishishlari va test sinoviga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin:
👉 https://www.ets.org/toefl_itp/l1v3_ebook

@ABITURIYENTINFO
TOEFL ITP imtihoni o‘tkazildi

2021-yil 24-dekabr kuni Toshkent shahrida navbatdagi TOEFL ITP imtihoni bo‘lib o‘tdi.

🖥 Imtihon Davlat test markazidagi test sinovlari o‘tkazish uchun maxsus tayyorlangan xonalarda kompyuterda o‘tkazildi.

📋 Mazkur imtihonning eng ahamiyatli jihati imtihonda ishtirok etgan talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilib oldilar.

📆 Keyingi test sinovi 2022-yil 10-yanvar kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

@ABITURIYENTINFO
Forwarded from Alisher Rustamov
Эшитмадим деманглар😅.

Талабларга биноан Самарали Сервис курсининг 4-мавсумига қабул бошланди.

Мавзулар асосан қуйидаги йўналишларда:

- Сервис ва савдо-сотиқ асослари
- Махсулотни нархлаш ва тақдимот усуллари
- Менеджмент инструментлари ва бизнес ҳисоботлар
- HR ва ходим танлаш
- SMM режалаштириш ва стратегия
- Эътироз ва низоларни бошқариш

Кимлар учун:
- Бизнес эгалари ва бошқарувчилар
- Мижоз билан бевосита ёки билвосита ишлайдиган ходимлар
- Чакана савдо, улгуржи савдо, банкинг, меҳмонхона, ресторан, тиббиёт клиника, маиший техника соҳа вакилларига фойдали бўлади.

Баландпарвоз гапларсиз ўтилади.

Курснинг машғулотлари ҳар шанба ва якшанба кунлари соат 10:00-17:00 давомида олиб борилади. Нархи 3,9 млн сўм.

Рўйҳатдан ўтиш: 👇http://bit.ly/СС-4

Мурожаат учун
☎️+998909992535
📌 Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

a) o‘z xohishiga binoan;
b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
g) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
e) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
z) vafot etganligi sababli.

Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.

‼️ Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.

Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursdagi o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin.

Do'stlaringizga ulashing

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔞 #Diqqat
Onlayn darslar qanaqa boʻlyapti deb soʻraganlarga 🤦‍♂️😂

Sizdachi darslar qay tarzda bo'lyapti fikrlaringizni kommentariyada yozib qoldiring👇👇

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
❗️Pedagogika oliygohlari talabalari 1-kursdanoq ushbu fakultetlardagi darslarning 4 kuni oliygohda, 2 kuni bevosita maktablarda o‘qitiladi.

Bu haqda kuni kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Maktablarda o‘quv yuklamasi va darslar sonini qayta ko‘rib chiqish, o‘quvchilarni nazariy bilimlar bilan birga fikrlashga chorlaydigan metodikalarni joriy qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

“Bir narsani yaxshi tushunish kerak. Hozirgi sharoit, muhit va imkoniyat 30-40 yil oldingi davrdan umuman boshqacha. Shuning uchun o‘qitish metodikasi ham, darslik ham, pedagoglarning yondashuvi ham zamonga mos ravishda tubdan o‘zgarishi kerak”, dedi Prezident.

©Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

➡️ @ABITURIYENTINFO
Barchaga tarqating
Sessiya. Imtihon vaqtida kutilmagan savollar tushsa:

Sessiya payti 😅

@ABITURIYENTINFO
🎓 Talabalar 25-aprelgacha onlayn o'qishadimi?

Qishki ta’til 25 aprelga qadar uzaytirilgani haqida talabalar o‘rtasida onlayn tarzda ma’lumotlar tarqatilmoqda. Bu ma'lumot yolg'on va haqiqat emas.

Eslatib oʻtamiz, oliy oʻquv yurtlarida anʼanaviy oʻqishni boshlash yoki onlayn oʻqishni davom ettirish toʻgʻrisidagi qaror 24-fevralga yaqinroq maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi.

Kanalimizdagi yangiliklarni kuzatib boring👇

➡️ @ABITURIYENTINFO
❗️Oliy taʼlimda masofaviy oʻqitish sifati boʻyicha talabalardan soʻrovnoma.

Hurmatli talabalar!

Oliy taʼlim muassasasalarida olib borilayotgan masofaviy taʼlim olish sifati yuzasidan oʻz fikringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uchun juda ham muhim!

👉Ishtirok etish uchun havola: https://forms.gle/Su6Qzxh6ELrTMsX37

👆Ushbu so'rovnomani iloji boricha barcha kursdosh va guruhlarga yuboring.

➡️ @ABITURIYENTINFO
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Kun.uz muxbirlari Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasida yoshlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazishdi

Tasavvur qiling, siz Oliy ta'lim vazirisiz. Oliy ta'limda nimani o'zgartirgan bo'lardingiz?

Barchaga tarqating👇
⭕️ @ABITURIYENTINFO
❗️2026-yilgacha talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash darajasi 60 foizdan oshiriladi.

2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida qariyb 100 ming o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish belgilandi.

Strategiyaga ko‘ra, talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etishda loyihalarni moliyalashtirishning maqbul usullari yo‘lga qo‘yiladi.

2022-yilda 18 800 o‘rinli 47 ta talabalar turar joylarini, 2026-yilga qadar 72 400 o‘rinli 181 ta talabalar turar joylarini barpo etish natijasida talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash darajasi 60 foizdan oshiriladi.

➡️ @ABITURIYENTINFO
📌 Fevral oyining birinchi kunida yurtimizda 1087 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, 3 nafar bemor vafot etdi

🔺2022-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 225110 (+1087) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining:
📌41 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌30 nafari Andijon viloyatida,
📌30 nafari Buxoro viloyatida,
📌27 nafari Jizzax viloyatida,
📌33 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌18 nafari Navoiy viloyatida,
📌11 nafari Namangan viloyatida,
📌63 nafari Samarqand viloyatida,
📌9 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌39 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌71 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌12 nafari Xorazm viloyatida,
📌114 nafari Toshkent viloyatida,
📌589 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Barchaga yuboring👇
⭕️ @ABITURIYENTINFO
#Rasman

❗️Barcha oliy ta‘lim muassasa talabalari uchun an'anaviy dars jarayonlari 7-fevraldan boshlanadi.

Xususan, 2022-yil 7-fevraldan boshlab umumtaʼlim maktablari, professional, kasb-hunar taʼlim va oliy taʼlim muassasalari, akademik litseylar hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻquv jarayoni anʼanaviy shaklga o'tkaziladi.

Bunda, barcha taʼlim tashkilotlarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish va antiseptik vositalardan muntazam foydalanish talab etiladi.

©Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Barchaga yuboring👇
⭕️ @ABITURIYENTINFO
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Onlayn oʻqish tugab 7-fevraldan ananaviy darslar boshlanishini eshitgan ayrim talabalar holati 😂

👉 @ABITURIYENTINFO
2025/06/28 22:49:15
Back to Top
HTML Embed Code: