Telegram Web Link
🟦🟦🟦

“Dolzarb 90 kunlik”: Andijonda yoshlar kuni munosib nishonlanmoqda

Ayni paytda 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon shahridagi Navruz mall ko‘ngil ochar majmuasida “Yoshlar birlashaylik” shiori ostida estradamiz vakillari ishtirokida kechki konsert dasturi bo’lib o’tmoqda.

Mazkur tadbir “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida tashkil etilib, unda Andijon davlat universiteti rahbariyati boshchiligida talaba-yoshlar faol ishtirok etmoqda.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

📆Bugun 1-iyul, seshanba.

🇦🇲Armaniston - Prokuratura xodimlari kuni.
🇧🇬Bolgariya - Julaya bayrami (Yoshlar bayrami)
🇹🇷Turkiya - Dengiz harbiy kuchlari kuni.
🇰🇬Qirgʻiziston - Soliq xodimlari kuni.

Tarixiy voqealar:

1783-yil
- Sankt-Peterburgda Katta teatr ochildi.
1866-yil - Toshkentda o'gil va qiz bolalar o'qiydigan birinchi rus maktabi ochildi.
1994-yil - O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritilgan.
2020-yil - O‘zbekistonda 200 va 500 so‘mlik banknotlar muomaladan chiqarildi.

🎊Tavallud ayyomlar:

1925-yil 1-iyul
- taniqli aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti Muhtarama Nosirova.
1926-yil 1-iyul - amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi Robert Vogel.
1929-yil 1-iyul
- amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi Gerald Edelman.
1961-yil 1-iyul
- amerikalik sportchi, 9 karra Olimpiya chempioni, 8 karra jahon chempioni Karl Lyuis.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

❤️Pazandachilikda mahorat: talaba-qizlar bilan ijodiy darslar

Andijon davlat universiteti talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-qizlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, kasbiy malakasini oshirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni mustaqil hayotga tayyorlash maqsadida "Pazandachilik" to'garak mashg'uloti tizimli ravishda olib borilmoqda.

Navbatdagi mashg'ulotda to'garak rahbari Gulnozaxon Mirzayeva boshchiligida talaba-qizlar "Medavik" shirinligi, Iysti choyini tayyorlash bo‘yicha mahorat darslarida qatnashdilar. Mashg'ulot davomida qizlar nafaqat pazandachilik borasida yangi bilimlar egallashdi, balki birgalikda ishlash, ijodiy yondashuv kabi ko'nikmalarni ham o'zlashtirdilar.

To‘garak ishtirokchilari o‘z qo‘llari bilan tayyorlangan shirinliklardan zavqlanish barobarida, yangi retseptlarni sinab ko‘rish va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

🙋 “Oʻzbekiston yoshlari — Oltin avlod!”

🖋 Bu shunchaki soʻz emas — bu ishonch, bu yuksak e’tirof! Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan doimiy ta’kidlanayotgan ushbu fikr har birimizning yuragimizga kuch, tafakkurimizga yo‘l va kelajagimizga ishonch baxsh etadi!

🔎 Ey, Oltin avlod vakillari! Siz zamonamiz qahramonisiz!
Ijodingiz bilan ilhom bering, g‘oyangiz bilan yo‘l oching va mehnatingiz bilan Vatanimizni yuksaltiring!

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

“Dolzarb 90 kunlik”: Andijon davlat universitetida yoshlar uchun sport mashg‘ulotlari davom etmoqda


Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, sog‘lom hayot tarzini ommalashtirish va ularni sport bilan doimiy shug‘ullanishga jalb qilish maqsadida turli sport yo‘nalishlarida muntazam mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

Ushbu tashabbus doirasida boks, futbol, yengil atletika kabi sport to‘garaklari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular nafaqat universitet talabalari, balki mahalliy yoshlar uchun ham ochiq. Tajribali murabbiylar rahbarligida o‘tkazilayotgan ushbu mashg‘ulotlar yoshlarga jismoniy faollikni oshirishga va yangi ko‘nikmalar o‘rganishga yordam bermoqda.

Bugun, 1-iyul kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sport mashg‘ulotlarida 30 ga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Ular orasida talabalar va uyushmagan yoshlar birgalikda boks, futbol va yengil atletika bo‘yicha mashq qilib, jismoniy tayyorgarliklarini mustahkamladilar. Bu kabi tadbirlar yoshlarning nafaqat sog‘ligini yaxshilaydi, balki ularda do‘stona muhit va jamoaviy ruhni ham shakllantiradi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/01 21:36:03
Back to Top
HTML Embed Code: