Telegram Web Link
#Yozgi_talabalar_festivali

Xonobod shahrida o'tkazilayotgan "Yozgi talabalar festivali" doirasidagi jarayondan fotolavhalar.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

🏐 “Dolzarb 90 kunlik” doirasida OTM talaba-yoshlari o‘rtasida voleybol musobaqasi

Ayni paytda Andijon viloyatidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari ishtirokida o‘tayotgan “Andijon talaba-yoshlari: Yangi O‘zbekistonni birga quramiz!” shiori ostidagi “Talabalar yozgi festivali – 2025” doirasida sportga oid qiziqarli tadbirlar davom etmoqda.

Festival ishtirokchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida voleybol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Jamoalar ushbu bahsda nafaqat texnik va jismoniy salohiyatini, balki jamoaviylik, samarali muloqot va sog‘lom raqobat ruhini ham munosib darajada namoyish etishmoqda.

Mazkur sport musobaqasida Andijon davlat universiteti talabalari ham faol ishtirok etib, jamoaviylik va sport madaniyatini namoyon etmoqdalar.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

“Dolzarb 90 kunlik”: Andijon davlat universiteti professor-o’qituvchilari yoshlar bilan faol hamkorlikda


Andijon davlat universitetining Xorijiy tillar, Oziq-ovqat va kimyoviy texnologiya, Umumiy psixologiya hamda Rus tili kafedralari professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi asosida yozgi ta’til davrida o‘quvchi va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida faol ish olib bormoqda. Tashabbus doirasida reja-jadvalga muvofiq viloyatning turli hududlarida uchrashuvlar tashkil etildi.

Xususan, joriy hafta davomida Xonobod shahri va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotlarda o‘quvchilar bilan samarali suhbatlar o‘tkazildi. Professor-o‘qituvchilar yoshlarga kasb tanlash, oliy ta’lim imkoniyatlari, ilm-fanga qiziqishni oshirish va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha qimmatli maslahatlar berishdi.

Bundan tashqari, tashabbus doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari faol yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida yoshlar bilan birgalikda viloyatdagi turli bog‘lar va dam olish maskanlariga sayohatlar amalga oshirildi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/01 07:29:20
Back to Top
HTML Embed Code: