Telegram Web Link
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Yozgi talabalar festivali: faol yoshlar Xonobodda jam bo‘ldi

Bugun, 28-iyun kuni Andijon viloyatining so‘lim go‘shalaridan biri — Xonobod shahridagi “Turizm laboratoriyasi”da viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining faol va tashabbuskor talabalari uchun “Yozgi talabalar festivali” tashkil etildi.

Festival doirasida oliy ta’lim muassasalari rektorlari boshchiligida talabalar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, do‘stlik va ijodiy muhitni mustahkamlash maqsadida elimiz suygan san’atkorlar hamda iqtidorli yoshlar ishtirokida kechki konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Kechki ovqat chog‘ida talabalar o‘z rektorlari bilan birga dasturxon atrofida suhbatlashib, samimiy va iliq muhitda hordiq chiqarishdi. Bunday uchrashuvlar rahbariyat va talaba-yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro ishonch va hurmat muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Konsert dasturi davomida tantanavor kayfiyat, jo‘shqinlik va shukuh hukm surdi. Talabalar o‘zlarining ijodiy chiqishlari, raqs va kuylar orqali salohiyatini namoyon etishdi. Turli interaktiv o‘yinlar, viktorinalar va tanlovlar festivalga yanada fayz bag‘ishladi.

#Dolzarb90kunlik #Yoshlaroyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Xonobodda Yozgi talabalar festivali unutilmas lahzalarni taqdim etdi

Andijon viloyatining go‘zal maskani — Xonobod shahridagi “Turizm laboratoriyasi”da viloyatimizning turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan eng faol, ilg‘or va tashabbuskor yoshlar jam bo‘lishdi. “Yozgi talabalar festivali” doirasida ular ijod, do‘stlik, madaniyat va samimiy muloqot ruhida birlashishdi.

Festivalning eng yorqin va unutilmas lahzalari aks etgan fotolavhalar taqdim etiladi. Suratlarda talabalar ishtirokidagi ijodiy chiqishlar, samimiy suhbatlar, konsert dasturi va interaktiv o‘yinlardan lavhalar o‘z ifodasini topgan.

#Dolzarb90kunlik #Yoshlaroyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

📆Bugun 29-iyun, yakshanba.

🇺🇳BMT - Xalqaro tropiklar kuni.
🇬🇩Grenada - Baliqchilar kuni.
🇪🇨Ekvador - Muhandislar kuni.
🇲🇨Indoneziya - Oila kuni.

Tarixiy voqealar:

1916-yil
- Amerikada “Boeing” ning birinchi parvozi.
1925-yil - amerikalik Marvin Pipkin xira rang qoplangan lampochkaga patent oldi.
1964-yil - Televizorni masofadan boshqarish pulti yaratildi.
2007-yil - Apple kompaniyasi ''iPhone'' taqdim etdi.

🎊Tavallud ayyomlar:

1888-yil 29-iyun
- rus matematigi va geofizigi Aleksandr Fridman.
1894-yil 29-iyun
- haykaltarosh, rassom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Pavel Viktorovich Gan.
1900-yil 29-iyun
- fransuz yozuvchisi, shoir, jurnalist va uchuvchi Antuan de Sent-Ekzyuperi.
1995-yil 29-iyun
- oʻzbek futbolchisi, hujumchi Eldor Shomurodov.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/30 19:26:28
Back to Top
HTML Embed Code: