Telegram Web Link
⚡️O'qishni ko'chirish imtihoni qachon bo'ladi?

O'qishni ko'chirish imtihonlari har yili 23-25 avgust kunlari bo'lib kelar edi.

Joriy yil davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishga hujjat topshirgan abituriyentlar kamligi sababli test jarayonlar ertaroq yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Shu sababli ham o'qishni ko'chirish imtihonlari ham bir necha kun ertaroq bo'lishi mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
❗️O'tish bali turli xil emas!

💬O'qishni ko'chirishda o'tish bali bir yo'nalishning barcha (kunduzgi, kechki, sirtqi) ta'lim shakllari uchun bir xil etib belgilangan.

⚡️Kunduzgiga alohida, kechkiga alohida ball belgilanmagan.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️9–10-avgust kunlari magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun imkoniyat berildi

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi.

Arizalarni ko‘rib chiqish natijasida ko‘plab murojaatlar turli sabablarga ko‘ra (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, hujjatlar sifatsizligi va b.) rad etilgan.

Shuni inobatga olib, davlat oliygohlari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabgorlarga 9–10-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 10-avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi.

Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Shuni alohida ta’kidlaymizki, xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bo‘lmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Abituriyentlar kirish imtihonlarida to'plagan bali bilan "Navoiy innovatsiyalar universiteti" talabasi bo'lishi mumkin!

Siz kirish imtihonlarida to'plagan DTM ballingiz bilan ushbu havola orqali ro’yxatdan o'ting va talaba bo'ling!

👉 https://www.niuedu.uz

Call-markazimiz 24/7 rejimida faoliyat yuritadi, hoziroq qong’iroq qiling👇

📞+998555000043 | @niueduuz

Telegram | Instagram | web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pasportini yo’qotib qo’ygan abituriyentlar nima qiladi?
#abituriyent

JAVOB: turli sabablarga ko’ra pasportini yo’qotib qo’ygan abituriyentlar yangi ID-karta olgan holda bemalol testga kirishlari mumkin.

Ruxsatnomadagi pasport seriyasi va raqami boshqa bo’lsa ham, bu muammo bo’lmaydi. Asosiysi o’sha abituriyentning shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo’lishi kerak. Bundan tashqari yangi pasport olganda seriya va raqam o’zgarsa ham, lekin har bir shaxsning JShShIR (identifikatsiya) raqami o’zgarmaydi, o’sha orqali aniqlab olishadi.

Xullas, bemalol yangi ID-karta orqali testga kira olasiz, xavotir olmang. Hozir ID-kartalarni olish ham oson, taxminan 1 kun vaqt ketadi xolos, avvalgidek uzoq kutilmaydi.

‼️DO’STONA MASLAHAT: hurmatli abituriyentlar, pasport yoki ID-kartangizni ehtiyotlab qo’ying. Agar zaruriyat bo’lmasa, test kunigacha ishlatmay turing, aniq bir joyda tursin. Chunki ko’pchilik testga 1-2 kun qolganda hujjatini yo’qotib qo’yadi va yangisini olishga ham ulgurmay, testdan qolib ketadi. E’tiborli bo’ling.


@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
⚡️Tezkor: O'qishni ko'chirish arizalarini tahrirlash imkoni berildi

2023/2024-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2023-yil 10-avgust kuni soat 12:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.

10-avgust soat 12:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.

Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q va arizalarni to‘la o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
⚡️Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi.

📜 Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

Kredit kimlarga beriladi?

Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

✔️ Kunduzgi;
✔️ Sirtqi;
✔️ Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.🙅🏻‍♀

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi?

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?

1️⃣ bankka ariza;
2️⃣ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
3️⃣ taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
4️⃣ talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
#Qabul2023
⚡️ Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyiga kirish test sinovlari

📆 2023-2024-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyiga kirish test sinovlari 2023-yil 14-avgust kuni 09:00 da Toshkent shahridagi O‘zekspomarkaz milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari huquq va chet tili fanlari hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat-u 50 daqiqa vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 126 ball bo‘lib, huquq fani bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 62 ball), chet tili fani bo‘yicha 2,1 balldan (jami 42 ball), IQ bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining litsey.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 08:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
⚡️O‘n birinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 2023-yil 11-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Quyidagi telegram botga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

Natijani aniqlaydigan botlar:
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nodavlat oliygohdan o'qishni ko'chira olmagan talaba o'qishdan chetlashtiriladimi?

Yo'q bunday emas❗️

O'zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan davlat, nodavlat, xorijiy oliygohlar va ularning filiallarida tahsil olayotgan talabalar boshqa oliy ta'lim muassasalariga o'qishlarini ko'chirishlari mumkin.

Talaba o'qishni ko'chirish imtihonlarida qatnashib yetarli ball to'play olmasa (o'qishini ko'chira olmasa), u tahsilni o'zi o'qiyotgan oliygohda davom ettirish huquqiga ega.

Hech bir davlat, nodavlat yoki xorijiy oliygohlarning rahbariyati tomonidan o'qishini ko'chira olmagan talabani ushbu sababga ko'ra o'qishdan chetlashtirishga vakolati yo'q.

☝️Agarda ichki tartib yoki nizom orqali "o'qishi ko'chirilmagan talabalar talabalar safidan chetlashtirilishi" haqida aytilgan vaji bilan ma'lumot berilsa (yoxud tahdid qilinsa), bu bevosita talabaning qonuniy huquqlari buzilgan hisoblanadi va bu holatda Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etish mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
⚡️Rasman: O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni o‘tkaziladi

📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
#Qabul2023
⚡️ O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi Islom bilim yurtlariga kirish test sinovlari

📆
O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi Islom bilim yurtlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2023-yil 17-avgust kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi va 09:00 da boshlanadi.

📌 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 08:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

🔖 Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan ta’lim muassasasi tomonidan tarqatilmoqda.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Men maktabda fizika va matematika fanlaridan dars beraman. Hozirda faqat fizika fani uchun Direktor jamg‘armasidan ustama olaman. Eshitishimcha, tarifikatsiyadan o‘tgan barcha fanlarga ustama olish mumkin ekan.
Men ushbu jamg‘armadan matematika fani uchun ham ustama olishim mumkinmi?

Javob: Umumta’lim muassasasi o’qituvchilarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarorida batafsil ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan tegishli nizom talablariga ko‘ra pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumta‘lim muassasa xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish, umumta‘lim muassasalarida tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy rag‘batlantirish va moddiy yordam berish bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.

Ikki va undan ortiq fandan dars beruvchi pedagoglarga direktor jamg‘armasidan har oylik ustama olishda mazkur ishchi guruh xulosasiga tayaniladi.

🔖 Nizomga asosan pedagog xodimlarga belgilangan ustamalar ularning tarifikatsiya ro‘yxatida ajratilgan dars soatlariga mutanosib ravishda to‘lanadi.

Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlarida o‘qituvchi bir nechta fandan dars bergan taqdirda uning faoliyati har bir fan bo‘yicha alohida tartibda baholanishi qayd etilgan.

Savolga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot kotibi javob bergan

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
​​​​⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha baholash mezonlari qanday?

📆 O‘zbekistondagi xorijiy OTM filiallari va nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 20-25-avgust oralig'ida bo‘lib o‘tadi.

2023-yilda baholash mezoni quydagicha bo'ladi:

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

👉 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta mutaxassislik fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 3,1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

📝 Umumiy holda, 2023/2024 oʻquv yilida o'qishni ko'chirish talabida bo'lganlar uchun 5 ta fan boʻyicha jami 90 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

— Nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish tartibi.
👉 Batafsil ma'lumot

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlarning deyarli yarmi 56,7 ball ham to‘play olmagan🤦‍♂️
#abituriyent

mandat.uzbmb.uz saytidagi ochiq maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilda 888 ming 472 nafar abituriyent testga kirgan.

439 ming 337 nafar (49,4%) abituriyent o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmagan. Demak, ular mandat chiqmasidan avval kurashdan chiqdi. Chunki 56,7 balldan kam to’plaganlar kvotada joy bo’lsa ham o’qishga kira olmaydi.

56,7 dan ko’p ball to’plagan abituriyentlar soni 449 ming nafarni (50,6%) tashkil qiladi.

Oʻtkan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz biroz yaxshilangan. O‘tgan yili 51,2% foiz, aniqrog‘i 550 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagandi, joriy yilda bu ko‘rsatkich 49,4% ga tushdi.

2023-yilda eng yomon ko‘rsatkich, Sirdaro viloyatida (54,9%), nisbatan yaxshiroq natija esa xuddi o‘tgan yildagidek Toshkent shahrida (40,8%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).

8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan. O’tgan yili 9 ta hudud edi, joriy yil Namangan viloyati natijani yaxshilab, 50% likdan pastga tushgan.

🟢 O’tgan yilga qaraganda natijasini eng ko’p yaxshilagan 5 ta hudud:

⬆️ Toshkent shahri — 4,4%
⬆️ Buxoro — 4,4%
⬆️ Toshkent viloyati — 3,5%
⬆️ Namangan — 3,3%
⬆️ Farg’ona — 2,4%

🔴 Sirdaryo va Andijon viloyatida esa natija o’tgan yilgiga qaraganda yomonlashgan.

56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Yaʼni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
❗️Talaba imtihondan o'tgandan keyin oliygohga qanday hujjatlar taqdim etishi kerak?

🔺O'qishni ko'chirish imtihonlaridan muvaffaqqiyatli o'tganlar talabalarga oliygoh tomonidan aloqa xati beriladi va aynan shu hujjatda qanday hujjatlar olib kelinishi lozimligi ko'rsatilgan bo'ladi, jumladan:

👉 Diplom yoki attest asl nusxasi;
👉 Transkripti yoki reyting daftarchasi asl nusxasi;
👉 Akademik ma'lumotnoma;
👉 1-kursga qabul qilinganlik bo'yicha buyruqdan ko'chirma;
👉 Kursdan-kursga o'tganligi to'g'risida buyruqdan ko'chirma;
👉 Talabalar safidan chetlashtirilganligi to'g'risida buyruqdan ko'chirma;
👉 Oliygoh akreditatsiya (sertifikat yoki litsenziya) hujjatlari

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sariq rang “perevod” qilish uchun yetarli ball to’plandi va ruxsat etildi degani, qizil rang o’tish bali to’planmadi va “perevodrad etildi degani.

Lekin xorijdan va nodavlat OTMlardan “perevod” qilayotganda yetarli ball to’planmasa, bir martalik super-kontrakt to’lovini to’lab, o’qishni ko’chirish mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
☄️Farmatsiya yo'nalishi uchun 79 nafar talabgorlarning birortasi o'qishini ko'chira olmagan

🔺 Andijon davlat tibbiyot institutining Farmatsiya yo'nalishiga xorijiy va nodavlat oliygohlardan o'qishini ko'chirish uchun ariza topshirgan 79 nafar talabgorlardan birortasi yetarli ball to'play olmagan.

👉 Rasmda ko'rib turganingizdek, eng yuqori ball 90,4 to'plangan bo'lib, o'tish bali 129,0 ballni tashkil etadi.

💬 Ushbu talabalarda super kontraktda o'qish yoki avvaldagi ta'lim muassasasida o'qishini davom ettirish yo'li mavjud.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👥 Ijodiy imtihon natijalari hali e'lon qilingani yo'q

📷 O'qishni ko'chirishda alohida iqtidor talaba etiluvchi ta'lim yo'nalishlari uchun yakuniy imtihon natijalari mandat.uzbmb.uz saytida hozircha shakllangani yo'q.

🎓 Oliygohlar kasbiy (ijodiy) imtihon natijalarini rasmiy sahifalarida allaqachon e'lon qilishgan. Biroq test natijalari hamda ushbu amaliy imtihon natijalarining umumiy qiymatlangan bali hozircha sobiq DTM saytida hozircha shakllangani yo'q.

📊 Tez orada mas'ullar umumiy natijalarni saytga yuklashadi degan umiddamiz.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/01 09:52:38
Back to Top
HTML Embed Code: