ChatGPT haqida (1-qism)
Oxirgi paytlarda yoshi kattalar emas, o'zini "ziyoli" deb biladigan yoshlarning ChatGPTga munosabati qanchalik jo'n ekanligini ko'rib ba'zi mulohazalarni yozishga qaror qildim.
Butun dunyoda eng zo'r mutaxassislar SI(sun'iy idrok)ni o'ziga dastyor qilib olgan, bu endi yangilik emas. Bizning sohada ham bir nechta kitoblar SI tomonidan yozib, nashr qilinyapti. Kitobning tarjimasi, dizayni, vyorstkasi va tas'hihi uyoqda tursin, muallifi ham SI bo'lgani va butun boshli gazeta nashrlarini SI yozib berayotganini balki bu "ziyoli"lar bilmas(bundaylar bilan jonli ko'rishganda sohadagi saviyasi qandayligini avvaldan bilganman).
O'zbek tilida muhim adabiyot va informatsiyalar hali juda kam, birinchi navbatda uning sonini oshirish kerak. Sifatiga urg'u bermoqchi bo'lsangiz, marhamat, Bugattidek bir yilda sanoqli mahsulot chiqaring. Lekin hozir kitob sohasidagi vaziyat - BYDdek dastlab songa, keyin sifatga ishlash va bozorda o'zbek tilidagi mahsulotni keskin ko'paytirish.
Sifat va sondagi balansni zamonaviy dunyoda qanday ta'minlash mumkinligini keyingi postda yozaman.

ChatGPT haqida (2-qism)
Ideal yechim - SI(sun'iy idrok) imkoniyatlaridan foydanalish va inson ijodkorligining uyg'unligi. Shunda ham son, ham sifat bo'ladi. Kimki sizga, SIdan bu sohada foydalanish noto'g'ri desa, bilingki, u bugungi kun bilan yashamayapti.
Nashriyot sohasidagi qaysi ish bo'lmasin, har bir jarayonda SI vaqtni va mablag'ni tejaydi. Endi Sizga tezroq va yaxshiroq kitoblarni tarjima qilish uchun 1-2 ta professional muharrirning o'zi yetarli bo'ladi.
Shuning uchun eng avvalo shaxsiy fikrga ega bo'lish va yangiliklarni tez qabul qilishni bilishimiz kerak. Sizning ham sohangizda SI yordamchi bo'ladi, dushman emas. Sifat u sabab emas, siz sabab tushadi.

Rossiya va Xitoy munosabatlari haqida
"Moskvadagi nufuzli tadbirda biz Xitoyning Rossiya bo‘yicha yetakchi tahlilchilaridan birining Dostoyevskiy iqtiboslari bilan boyitilgan ravon rus tilida nutq so‘zlab, oʻziga shubha bilan qarayotgan moskvalik auditoriyani qoyil qoldirganiga guvoh bo‘ldik. Tushlikda rossiyalik tanishimiz bu akademikning til ko‘nikmalariga qoyil qolib, hazil tariqasida uning ruschasi biznikidan ham yaxshi deb aytdi. Oradan bir yil o‘tib esa, biz aynan shu akademikni Pekindagi yevropalik mutaxassislar oldida Rossiyani tanqid qilib, ular bilan ishlash naqadar mushkul ekanini aytganiga guvoh bo‘ldik. U Xitoy G‘arb tomonidan rad etilgani sababli Rossiya bilan majburan hamkorlik qilayotganini, aslida esa Yevropaga yaqin bo‘lishni istashini bildirdi. Biz yillar davomida Moskvada ham rossiyalik ekspertlardan shunga o‘xshash fikrlarni eshitdik. Har ikkisi ham tinglovchisiga qarab gapirayotgan edi, ammo bu ularning chuqur ishonchsizligini ochiq ko‘rsatdi.
Xitoy-Rossiya munosabatlari har ikki tomon uchun strategik jihatdan muhim bo‘lishi mumkin va G‘arbga qarshi umumiy qarshilik fonida so‘nggi yillarda yanada yaqinlashgan, biroq ular bir-biriga ishonmaydi. Ilgari yuz bergan Xitoy-Sovet nizosi bu ishonchsizlikka mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi".
"Sinostan" kitobidan

"Badantarbiyani tark etgan odamlarning aksari halok bo'ladi. Zero harakatsiz qolgan a'zolarning quvvati zaiflashadi".
Abu Ali Ibn Sino
Abu Ali Ibn Sino
"Sinostan" kitobida aytilishicha, Tog'li-Badaxshon hududini bir necha yillardan buyon xitoy-tojik harbiylari Afg'oniston xavfidan birgalikda qo'riqlab kelishadi. Bu ruslarga yoqmaydi. Xitoylik amaldorlar esa tojiklarning o'zi chegarasini bizsiz himoya qila olishiga ishonmaymiz deb javob berishadi.
Eng qizig'i, bundan amerikaliklar xafa emas, chunki ular ruslar va xitoylar o'rtasida shu chegara sabab muammo bo'lishini xohlashadi.

Nega harbiy sanoatni davlat-xususiy sherikchilik yoki to'liq xususiy biznes asosida rivojlantirish haqida o'ylanmayapmiz? Axir bu soha ham suverenitet, ham biznes tomonlama eng muhimi emasmi?
"Dunyo ilgari Qo‘shma Shtatlardan xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashni kutgan edi, ammo 2018-yilda biz ham qatnashgan Toshkentda o‘tgan konferensiyada qozog‘istonlik bir mutaxassis bashorat qilganidek, endi “Pax Americana 2020-yilga borib yakuniga yetadi”. Ehtimol, endi yuzaga kelayotgan narsa – bu tobora kuchayib borayotgan Pax Sinica edi".
"Sinostan" kitobidan
P.s: Bir paytlar dunyoda "Pax Romano" – yaʼni, "Rim tinchligi" atamasi ishlatilgan boʻlib, bu Rimning dunyo boʻylab taʼsiri eng qudratli boʻlgani va natijada barqaror global tinchlik taʼminlangani bilan izohlanadi. Ushbu atama 2-jahon urushidan buyon Amerikaga nisbat berib aytilardi va bunga AQSH loyiq edi. Lekin hozir Amerikadan bu maqomni tortib olmoqchi boʻlgan yangi "Sin" ajdarhosi paydo boʻldi. Vaqti kelib, Pax Turcica ham boʻlib qolar...

Hamid Sodiqning siyosiy ilmlari haqida ko'pchiligimiz bilamiz. Bu suhbatda u kishining kitobga bog'liq ilmlarini ham o'zingiz uchun kashf qilishingiz mumkin. Maksimum qo'llab-quvvatlashingizni so'raymiz. 🤝🙂
https://youtu.be/7yBq_gviud8
https://youtu.be/7yBq_gviud8
YouTube
“Falastin. Agar o‘lishim lozim bo‘lsa” kitobi haqida gurung | Hamid Sodiq
"Falastin: Agar o‘lishim lozim bo‘lsa" – Hamid Sodiq bilan chin yurakdan suhbat
Bu podkastimizda siyosatchi Hamid Sodiq bilan dardli, ammo muhim suhbatga vaqt ajratdik.
Asosiy e’tibor – uning qalbda iz qoldirgan asari “Falastin. Agar o‘lishim lozim bo‘lsa”…

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"We don't care"
“Dahshatli darajada zo‘r… Ba’zi kitoblar juda qisqa… Koshkiydi, “Erkinlikning kelajagi”da yettinchi bob bo‘lganida”.
"National Review" gazetasi Farid Zakariyaning "The future of freedom" kitobi haqida

Sizningcha, so'nggi 100 yillikdagi eng katta voqea nima? Aynan nima ham madaniyatga, ham iqtisodga, ham siyosatga eng katta ta'sir o'tkazdi?
"Faraz qilaylik, saylovlar erkin va adolatli o'tkazildi, ammo saylanganlar irqchilar, fashistlar, ayirmachilar bo'lsa-chi?" - degan edi amerikalik diplomat Richard Xolbruk 1990-yillarda Yugoslaviya haqida gapirar ekan.
"Erkinlikning kelajagi" dan
"Erkinlikning kelajagi" dan
Demokratiya va liberalizm o'rtasidagi farqni qanday tushunasiz? Erkinlik va erkin xalq bo'lish o'rtasida farq bormi?
"Rim qulashi bergan saboq shuki, qonun ustuvorligi davom etishi uchun yaxshi niyatli hukmdorlarning o'zi kifoya emas, chunki ham niyatlar, ham hukmdorlar o'zgarishi mumkin. Buning uchun davlatdan mustaqil ravishda kuchga ega bo'lgan institutlar zarur".
"Erkinlikning kelajagi" kitobidan
"Erkinlikning kelajagi" kitobidan
"Amerikalik siyosiy faylasuf Judit Shklar ta’kidlaganidek, Amerika Respublikasi asos solinayotgan davrda “Monteskye vahiy beruvchi manba edi”. Jeyms Madison, Tomas Jefferson, Jon Adams va boshqalar yangi siyosiy tizimni yaratishda uning tamoyillarini ongli ravishda qo‘llashga harakat qilganlar".
"Erkinlikning kelajagi" kitobidan
"Erkinlikning kelajagi" kitobidan
"Erkinlikning kelajagi" kitobida rivojlanishning Sharqiy Osiyo modeli ham tahlil qilinadi. Unga ko'ra, bugungi kunda liberal demokratiyaga eng yaqin ushbu hudud mamlakatlari - Janubiy Koreya, Malayziya, Tailand - dastlab iqtisodiyotni, huquqiy tizimni, din erkinligi va sayohat huquqlarini liberallashtirgan, faqat o'n yillar o'tibgina erkin saylovlar o'tkazgan.
Yangi O'zbekiston ham shu yo'ldan ketyapti. Faqat huquqiy tizim va din erkinligi masalasida yana ham ko'proq ishlar qilinishi kerak. Erkin saylovni esa Sharqiy Osiyo davlatlari kabi barcha sohalarda qonun ustuvorligini to'liq ta'minlab, keyin o'tkazish ham mumkin.

Sizningcha, YaIMning aholi jon boshiga nisbati va demokratiya o'rtasida qanday bog'liqlik mavjud?
1959-yilda olim Seymur Martin Lipset oddiy va kuchli bir fikrni ilgari surdi: “Mamlakat qanchalik farovon bo‘lsa, demokratiyani saqlab qolish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi”. Bu fikrlar hozir ham toʻgʻri.
Soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, aholining jon boshiga YAIM $3000 dan $6000 gacha bo‘lganida mamlakat demokratiyaga o‘tishni muvaffaqiyatli amalga oshirishi mumkin degan xulosa qilindi. Bu faqat 500 dan 1 holatdagina amalga oshmaslik ehtimoli bor.
Oʻzbekistonning 2024-yilgi aholi jon boshiga YaIMi rasmiy statistikaga koʻra, 3093$ni tashkil etadi. Xulosa qilish mumkinki, Oʻzbekiston demokratiyaga tayyor.
Soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, aholining jon boshiga YAIM $3000 dan $6000 gacha bo‘lganida mamlakat demokratiyaga o‘tishni muvaffaqiyatli amalga oshirishi mumkin degan xulosa qilindi. Bu faqat 500 dan 1 holatdagina amalga oshmaslik ehtimoli bor.
Oʻzbekistonning 2024-yilgi aholi jon boshiga YaIMi rasmiy statistikaga koʻra, 3093$ni tashkil etadi. Xulosa qilish mumkinki, Oʻzbekiston demokratiyaga tayyor.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ibook va Tirilish nashriyoti nafaqat siyosiy, tarixiy, falsafiy kitoblarni nashr qiladi, balki shu o'zi muhim deb bilgan yo'nalishlarda xalqning saviyasi oshishiga xizmat qilishni ham xohlaydi.
#muhim
"AI (sun'iy intellekt) sizning ish o'rningizni egallamaydi. AIni ishlata oladigan odam ishingizni tortib oladi. Zudlik bilan eng tez fursatda AI ishlatishni o'rganing va ishingizni yo'qotmaysiz".
Jensen Huang - NVIDIA asoschisi