Fariz Zakariya "Liberal ta'lim himoyasida" kitobida aytishicha, Amerika otalaridan biri Tomas Jefferson erkin ta'lim demokratiyaning omon qolishini kafolatlashiga ishongan va qonunchilikka "Bilimni yanada kengroq yoyish qonun loyihasi"ni taqdim qilib, har qanday hukumat mustabid tuzumga aylanib qolishi mumkin deydi. Buni oldini olishning eng yaxshi yo'li esa "imkoni boricha ko'proq odamlarning ongini uyg'otish" deb yozadi Jefferson.
Tojikistonning Zarafshon oltin konidagi xitoyliklar bilan bogʻliq vaziyat haqida
"Biz konni ziyorat qilganimizda rahbariyat oddiy konchilar bilan suhbatlashishimizga ruxsat bermadi, biroq kon haydovchilari va mahalliy aholi bilan qisqa suhbatlar ham norozilik hamda xitoyliklarga qarshi hissiyotlar avj olayotganini tasdiqladi. Bu norozilik mehnat sharoitlaridan tortib, hududdagi barcha eshaklar, itlar va ilonlar xitoylik ishchilar kelganidan beri yo‘qolib ketgani haqidagi nazariyalargacha yetib borardi. Tojikistonda xitoylik erkaklarning tojik ayollariga, ayniqsa, Rossiyada mehnat qilayotgan migrantlarning xotinlariga uylanayotgani haqida deyarli universal shikoyat mavjud".
"Sinostan" kitobidan
P.s: Xitoyliklarning hayvonlarni yeyishi va migrantlarning xotiniga uylanishidan tashqari kon ishchilariga bor-yoʻgʻi 100$ dan biroz koʻp maosh berishini ham hisobga olsak, vaziyat ancha jiddiy ekanligini bilib olamiz.

Ilm insonni ozod va mustaqil qiladi
"Quldor egasi yosh Frederik yaxshi oʻqiyotganini eshitib qolganida gʻazablanib ketdi va quyidagi gaplarni aytdi: “Taʼlim dunyodagi eng yaxshi qorani (qora tanli qul insonni) ham buzadi. Agar u Injilni oʻqishni oʻrganib olsa, bu uni abadiy qul boʻlishiga toʻsqinlik qiladi”. Duglas: “Instinktiv ravishda bu fikrga qoʻshilganimni va oʻsha lahzadan boshlab, qullikdan ozodlikka olib boradigan yoʻlni anglab yetdim”, – deb eslaydi".
"Liberal taʼlim himoyasida" kitobidan
P.s: Qancha koʻp ilm olsak, shuncha mustaqil boʻlamiz. Bu butun boshli millatning tom maʼnoda erkin boʻlishiga ham birdek taalluqli.

Kichkina anons
Shanba kuni siyosatshunos Hamid Sodiq bilan podcast qilamiz. Mavzu yaqinda nashr qilingan va o'zlari tarjima qilgan "Falastin. Agar o'lishim lozim bo'lsa" kitobi. Lekin umuman olganda tarjima, mutolaa, keyingi rejalar bo'yicha ham suhbatlashamiz. O'ta muhim deb bilgan savolingiz bo'lsa, yozing. Ma'qul bo'lsa, Hamid akaga ham beramiz.

Kitobxonlar Falastin va Xitoy haqidagi kitoblarimizni juda iliq qarshi olishyapti. Bu orada esa Xitoy bilan bog'liq yana bir kitobning dizayni tayyor bo'ldi. Bunisi endi Chinlarning aynan Markaziy Osiyoga ta'siri haqida bo'ladi.
Samarqandda Markaziy Osiyo uchun tarixiy imkoniyat bo'lyapti. Soha mutaxassislari, keraksiz mavzularni chaynaydigan liberallarimiz Yevropa Ittifoqi bilan bunday yaqinlik bizga nima berishi haqida juda ko'p gapirishi va xalqqa tushuntirishi kerak. Axir Moskva va Pekindan boshqa boradigan joyimiz bor endi.
"Oy balki uzoqda bo'lgani uchun ham chiroyli ko'rinar".
arab xalq maqoli
arab xalq maqoli
Aktivist rus tili masalasida 100% haq. 70-80-yillarni bilmadiku, biz 2000-yillarga umuman rus tili qiziq emas, kerak ham emas. Juda zarur bo'lsa, ingliz tili bor o'rganishga arziydigan. U ham vatan ichida kerakmas. Biz O'zbekiston ichida o'zbek tilida gapiramiz va boshqadan ham talab qilamiz.
Bizning do'konga rus kirsa, o'zbekcha gapiriladi, chet ellik kirsa, inglizcha gapirishadi. Chunki 80% xodimlar ingliz tilini biladi, rus tilini deyarli hech qaysi bilmaydi. Talab ham qilmaganmiz ishga olishda. Bilsa o'zi uchun yaxshi, bizga qizig'i yo'q.

Rus tili haqida yana bir narsa. Aktivistni himoya qilganlar va uning o'zi ham uyalganidanmi rus tilini bilishini isbotlashga harakat qilyapti. Tushunmadim, rus tilini bilmaslik aybmi shunda? Umuman kerakmas rus tili! Biz turkiylarmiz va shu tilda sifatli kontent va adabiyotlarni ko'paytirish bizning burchimiz. Biz marginal millat emasmiz, kamida 50 mlnlik katta xalqmiz. Sal bir bunday "dux" olaylik endi.
"Agar kimdir yuqori lavozimlarni egallab, chiroyli uylarda yashasa, oliy ma'lumot va bank hisobiga ega bo'lsa, demak, bu odam shunga munosib deb o'ylagan paytlarim qanchalik ahmoq bo'lgan ekanman".
Jek London
Men ham yaqin-yaqingacha taxminan shunday deb o'ylardim. Bildimki, munosib emaslar yetarlicha topilarkan.

Agar ingliz tilini (turk tilini alohida o'rganish shart emas, menimcha) bilsangiz, endi 2-xorijiy til sifatida arab tilini o'rganing. Yo'q, gap dinda ham emas. Bu til haqiqatda juda go'zal va arab tilidagi ilmiy manbalar cheksiz.
G'arb buzuq emas
Eng yomon narsa dixotomik fikrlash. G'arb ijtimoiy hayotda biz o'ylaganchalik buzuq emas. Ularda hamma LGBT emas. Yomon ko'radiganlari qancha bu illatni.
"Where you go I go
What you see I see
I know I'd never be me
Without this security
Of your loving arms
Keeping me from harm
Put your hand in my hand
And we'll stand"
Ushbu 8 likni qayerdanligini balki bilarsiz. Nega aynan shu mavzu doirasida yuborganimni tushuntiraman. Adelning Skyfall qo'shig'i klassik g'arb insonlarining oddiy hayotini ifodalab bergan: erkak-ayol bir-birini sevadi va barcha qiyinchiliklarga qarshi birgalikda turib beradi. Albatta, Skyfallning falsafiy tomonlari ham bor.
Bu xuddi hozir bizda Mashhur Muhammadning "Siqilma" qo'shig'i o'zbekning bugungi kundagi dardlarini namoyon qilgani uchun ham yaxshi qarshi olinganiga o'xshaydi.
Xulosa: Sharq zo'r, G'arb yomon emas. Teskarisi ham emas. Oq-qora fikrlamaylik.

Bugun Rasul Kusherbayev bilan hamkorlik masalasida ko'rishdik. Kitoblar targ'iboti bo'yicha kelishuvga erishdik. Hamid Sodiq 2 kun oldin podcastda "Har bir kitobning ortida bir shaxs turishi kerak", degandilar. G'arb yoki Turkiyada shunday shaxsiyatlar ko'p va ularning har biri xalqqa doimiy kitob tavsiya qilib boradi. Bizda ham shu yaxshi an'ana boshlandi.
Kitob tor doiradagi bookblogerlar targ'ib qilishi bilan yetarli bo'ladigan narsamas, uni yurtning eng ko'zga ko'ringan insonlari tavsiya qilishi kerak.

Manipulyatsiya degan narsa rostdan ham bor. Massaning fikrini o'zingiz xohlagan tarafga yo'naltirishingiz mumkin. Kallangizga nega senga ishonishim kerak degan savol kelib qolsa, men sendan aqlliroqmanku, gapirgan gapim noto'g'rimi yo, menga ergash tamom, o'ylab o'tirma, mazmunida javob olasiz.
Edvard Bernaysning "Propaganda" kitobi bor, tarjima qilyapmiz. Chiqqanida o'qiysiz. Birovga ergashish shart bo'lganida, betayin, faqat gapni biladigan odamgamas, amalda jamiyatga jiddiy foydasi tegib kelayotgan odamga ergashish kerak.

Kecha nashriyot kitoblari bo'yicha ikki muhim inson bilan hamkorlik tuzdik. Kim va qanday hamkorlik ekanligini yaqin bir oyda ichida albatta qaysidir ijtimoiy tarmoqda ko'zingiz tushib, bilib olasiz.
Allohga shukr, bizni mana shunday hamkorlarimiz bor, nega marginal qatlam bilan bahslashib boshimizni og'ritib yurishimiz kerak? Shu savolni o'zimga berib, javobida har narsaga ham e'tibor beravermaslik kerakligini oldim.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ibookning marketing va sotuv bo'limi xodimlaridan shedevr ijro. Shoir Najmiddin Ermatovga ham alohida rahmat.
Bir narsa, ko'p kitob o'qigan bilan zo'r bo'lib qolmaysiz. Jamiyatga quruq gaplar emas, amaliy foyda berganning gapi olinadi. O'zi aslida massa nima desa, shu to'g'ri bo'lavermaydi. Har bir sohada ilmli va tajribali mutaxassis nima desa, shu to'g'ri bo'ladi.