Telegram Web Link
Kitobxonlar Falastin va Xitoy haqidagi kitoblarimizni juda iliq qarshi olishyapti. Bu orada esa Xitoy bilan bog'liq yana bir kitobning dizayni tayyor bo'ldi. Bunisi endi Chinlarning aynan Markaziy Osiyoga ta'siri haqida bo'ladi.
👍1063
Samarqandda Markaziy Osiyo uchun tarixiy imkoniyat bo'lyapti. Soha mutaxassislari, keraksiz mavzularni chaynaydigan liberallarimiz Yevropa Ittifoqi bilan bunday yaqinlik bizga nima berishi haqida juda ko'p gapirishi va xalqqa tushuntirishi kerak. Axir Moskva va Pekindan boshqa boradigan joyimiz bor endi.
👍135
"Oy balki uzoqda bo'lgani uchun ham chiroyli ko'rinar".

arab xalq maqoli
17🕊5👍3🔥3
Aktivist rus tili masalasida 100% haq. 70-80-yillarni bilmadiku, biz 2000-yillarga umuman rus tili qiziq emas, kerak ham emas. Juda zarur bo'lsa, ingliz tili bor o'rganishga arziydigan. U ham vatan ichida kerakmas. Biz O'zbekiston ichida o'zbek tilida gapiramiz va boshqadan ham talab qilamiz.

Bizning do'konga rus kirsa, o'zbekcha gapiriladi, chet ellik kirsa, inglizcha gapirishadi. Chunki 80% xodimlar ingliz tilini biladi, rus tilini deyarli hech qaysi bilmaydi. Talab ham qilmaganmiz ishga olishda. Bilsa o'zi uchun yaxshi, bizga qizig'i yo'q.
👍232
Rus tili haqida yana bir narsa. Aktivistni himoya qilganlar va uning o'zi ham uyalganidanmi rus tilini bilishini isbotlashga harakat qilyapti. Tushunmadim, rus tilini bilmaslik aybmi shunda? Umuman kerakmas rus tili! Biz turkiylarmiz va shu tilda sifatli kontent va adabiyotlarni ko'paytirish bizning burchimiz. Biz marginal millat emasmiz, kamida 50 mlnlik katta xalqmiz. Sal bir bunday "dux" olaylik endi.
👍155🔥42
Asaxiy bilan hamkorlik bardavom bo'lsin. Saytga kirish bilan topda turgan 4 ta kitobdan 2 tasi bizniki ekan.
👍11🔥61
"Agar kimdir yuqori lavozimlarni egallab, chiroyli uylarda yashasa, oliy ma'lumot va bank hisobiga ega bo'lsa, demak, bu odam shunga munosib deb o'ylagan paytlarim qanchalik ahmoq bo'lgan ekanman".

Jek London

Men ham yaqin-yaqingacha taxminan shunday deb o'ylardim. Bildimki, munosib emaslar yetarlicha topilarkan.
😁9💯4💔4👍3
Agar ingliz tilini (turk tilini alohida o'rganish shart emas, menimcha) bilsangiz, endi 2-xorijiy til sifatida arab tilini o'rganing. Yo'q, gap dinda ham emas. Bu til haqiqatda juda go'zal va arab tilidagi ilmiy manbalar cheksiz.
14👍112
G'arb buzuq emas

Eng yomon narsa dixotomik fikrlash. G'arb ijtimoiy hayotda biz o'ylaganchalik buzuq emas. Ularda hamma LGBT emas. Yomon ko'radiganlari qancha bu illatni.

"Where you go I go
What you see I see
I know I'd never be me
Without this security
Of your loving arms
Keeping me from harm
Put your hand in my hand
And we'll stand"

Ushbu 8 likni qayerdanligini balki bilarsiz. Nega aynan shu mavzu doirasida yuborganimni tushuntiraman. Adelning Skyfall qo'shig'i klassik g'arb insonlarining oddiy hayotini ifodalab bergan: erkak-ayol bir-birini sevadi va barcha qiyinchiliklarga qarshi birgalikda turib beradi. Albatta, Skyfallning falsafiy tomonlari ham bor.

Bu xuddi hozir bizda Mashhur Muhammadning "Siqilma" qo'shig'i o'zbekning bugungi kundagi dardlarini namoyon qilgani uchun ham yaxshi qarshi olinganiga o'xshaydi.

Xulosa: Sharq zo'r, G'arb yomon emas. Teskarisi ham emas. Oq-qora fikrlamaylik.
7👍7👀2
Bugun Rasul Kusherbayev bilan hamkorlik masalasida ko'rishdik. Kitoblar targ'iboti bo'yicha kelishuvga erishdik. Hamid Sodiq 2 kun oldin podcastda "Har bir kitobning ortida bir shaxs turishi kerak", degandilar. G'arb yoki Turkiyada shunday shaxsiyatlar ko'p va ularning har biri xalqqa doimiy kitob tavsiya qilib boradi. Bizda ham shu yaxshi an'ana boshlandi.

Kitob tor doiradagi bookblogerlar targ'ib qilishi bilan yetarli bo'ladigan narsamas, uni yurtning eng ko'zga ko'ringan insonlari tavsiya qilishi kerak.
👍2086💯4
Manipulyatsiya degan narsa rostdan ham bor. Massaning fikrini o'zingiz xohlagan tarafga yo'naltirishingiz mumkin. Kallangizga nega senga ishonishim kerak degan savol kelib qolsa, men sendan aqlliroqmanku, gapirgan gapim noto'g'rimi yo, menga ergash tamom, o'ylab o'tirma, mazmunida javob olasiz.

Edvard Bernaysning "Propaganda" kitobi bor, tarjima qilyapmiz. Chiqqanida o'qiysiz. Birovga ergashish shart bo'lganida, betayin, faqat gapni biladigan odamgamas, amalda jamiyatga jiddiy foydasi tegib kelayotgan odamga ergashish kerak.
👍18🔥4👏3
Kecha nashriyot kitoblari bo'yicha ikki muhim inson bilan hamkorlik tuzdik. Kim va qanday hamkorlik ekanligini yaqin bir oyda ichida albatta qaysidir ijtimoiy tarmoqda ko'zingiz tushib, bilib olasiz.

Allohga shukr, bizni mana shunday hamkorlarimiz bor, nega marginal qatlam bilan bahslashib boshimizni og'ritib yurishimiz kerak? Shu savolni o'zimga berib, javobida har narsaga ham e'tibor beravermaslik kerakligini oldim.
🔥14💯6👍52👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ibookning marketing va sotuv bo'limi xodimlaridan shedevr ijro. Shoir Najmiddin Ermatovga ham alohida rahmat.
13👍10😢8🔥4❤‍🔥2
Bir narsa, ko'p kitob o'qigan bilan zo'r bo'lib qolmaysiz. Jamiyatga quruq gaplar emas, amaliy foyda berganning gapi olinadi. O'zi aslida massa nima desa, shu to'g'ri bo'lavermaydi. Har bir sohada ilmli va tajribali mutaxassis nima desa, shu to'g'ri bo'ladi.
🔥10👍6💯64👏1
ChatGPT haqida (1-qism)

Oxirgi paytlarda yoshi kattalar emas, o'zini "ziyoli" deb biladigan yoshlarning ChatGPTga munosabati qanchalik jo'n ekanligini ko'rib ba'zi mulohazalarni yozishga qaror qildim.

Butun dunyoda eng zo'r mutaxassislar SI(sun'iy idrok)ni o'ziga dastyor qilib olgan, bu endi yangilik emas. Bizning sohada ham bir nechta kitoblar SI tomonidan yozib, nashr qilinyapti. Kitobning tarjimasi, dizayni, vyorstkasi va tas'hihi uyoqda tursin, muallifi ham SI bo'lgani va butun boshli gazeta nashrlarini SI yozib berayotganini balki bu "ziyoli"lar bilmas(bundaylar bilan jonli ko'rishganda sohadagi saviyasi qandayligini avvaldan bilganman).

O'zbek tilida muhim adabiyot va informatsiyalar hali juda kam, birinchi navbatda uning sonini oshirish kerak. Sifatiga urg'u bermoqchi bo'lsangiz, marhamat, Bugattidek bir yilda sanoqli mahsulot chiqaring. Lekin hozir kitob sohasidagi vaziyat - BYDdek dastlab songa, keyin sifatga ishlash va bozorda o'zbek tilidagi mahsulotni keskin ko'paytirish.

Sifat va sondagi balansni zamonaviy dunyoda qanday ta'minlash mumkinligini keyingi postda yozaman.
65👍5💯2😁1💔1
ChatGPT haqida (2-qism)

Ideal yechim - SI(sun'iy idrok) imkoniyatlaridan foydanalish va inson ijodkorligining uyg'unligi. Shunda ham son, ham sifat bo'ladi. Kimki sizga, SIdan bu sohada foydalanish noto'g'ri desa, bilingki, u bugungi kun bilan yashamayapti.

Nashriyot sohasidagi qaysi ish bo'lmasin, har bir jarayonda SI vaqtni va mablag'ni tejaydi. Endi Sizga tezroq va yaxshiroq kitoblarni tarjima qilish uchun 1-2 ta professional muharrirning o'zi yetarli bo'ladi.

Shuning uchun eng avvalo shaxsiy fikrga ega bo'lish va yangiliklarni tez qabul qilishni bilishimiz kerak. Sizning ham sohangizda SI yordamchi bo'ladi, dushman emas. Sifat u sabab emas, siz sabab tushadi.
👍76🔥2
Rossiya va Xitoy munosabatlari haqida

"Moskvadagi nufuzli tadbirda biz Xitoyning Rossiya bo‘yicha yetakchi tahlilchilaridan birining Dostoyevskiy iqtiboslari bilan boyitilgan ravon rus tilida nutq so‘zlab, oʻziga shubha bilan qarayotgan moskvalik auditoriyani qoyil qoldirganiga guvoh bo‘ldik. Tushlikda rossiyalik tanishimiz bu akademikning til ko‘nikmalariga qoyil qolib, hazil tariqasida uning ruschasi biznikidan ham yaxshi deb aytdi. Oradan bir yil o‘tib esa, biz aynan shu akademikni Pekindagi yevropalik mutaxassislar oldida Rossiyani tanqid qilib, ular bilan ishlash naqadar mushkul ekanini aytganiga guvoh bo‘ldik. U Xitoy G‘arb tomonidan rad etilgani sababli Rossiya bilan majburan hamkorlik qilayotganini, aslida esa Yevropaga yaqin bo‘lishni istashini bildirdi. Biz yillar davomida Moskvada ham rossiyalik ekspertlardan shunga o‘xshash fikrlarni eshitdik. Har ikkisi ham tinglovchisiga qarab gapirayotgan edi, ammo bu ularning chuqur ishonchsizligini ochiq ko‘rsatdi.
Xitoy-Rossiya munosabatlari har ikki tomon uchun strategik jihatdan muhim bo‘lishi mumkin va G‘arbga qarshi umumiy qarshilik fonida so‘nggi yillarda yanada yaqinlashgan, biroq ular bir-biriga ishonmaydi. Ilgari yuz bergan Xitoy-Sovet nizosi bu ishonchsizlikka mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi".

"Sinostan" kitobidan
👍64❤‍🔥2🔥2💯1
"Badantarbiyani tark etgan odamlarning aksari halok bo'ladi. Zero harakatsiz qolgan a'zolarning quvvati zaiflashadi".

Abu Ali Ibn Sino
👍12🔥7😱1
"Sinostan" kitobida aytilishicha, Tog'li-Badaxshon hududini bir necha yillardan buyon xitoy-tojik harbiylari Afg'oniston xavfidan birgalikda qo'riqlab kelishadi. Bu ruslarga yoqmaydi. Xitoylik amaldorlar esa tojiklarning o'zi chegarasini bizsiz himoya qila olishiga ishonmaymiz deb javob berishadi.

Eng qizig'i, bundan amerikaliklar xafa emas, chunki ular ruslar va xitoylar o'rtasida shu chegara sabab muammo bo'lishini xohlashadi.
🔥9
2025/07/08 23:27:01
Back to Top
HTML Embed Code: