Telegram Web Link
"Muqaddima"ning 2-qismi chiqdi. Narxi 65000, muqovasi qattiq, o'lchami (60/90), beti 440 bet, qog'ozi oq. Nasib bo'lsa, yozga borib saytimiz ham ishga tushadi. Ungacha telegram yoki instagramdan buyurtma berishingiz mumkin.
Keyingi ikki kitobimiz. Ikkalasi ham ta'lim bilan bog'liq.

Suhbatlarda mutaxassislar rivojlanishning oqsashini akademik erkinlik, kadrlarning sifat darajasi, umuman ta'lim-tarbiya bilan ko'p bog'lashadi.

Ikki xil yo'nalishda bo'lsa ham, nashriyotimiz ushbu kitoblar orqali yurtimiz ta'limiga kichik bo'lsa-da xizmat qilishni xohlaydi.
Borgan sari odamlarni o'z mahsulotingizning afzalligiga ishontirish qiyinlashyapti. Stiv Jobs bugungi kunda bitta taqdimot bilan Iphoneni o'sha 2007-yildagidek ko'p ommabop qilolmas edi balki. Siz nima deb o'ylaysiz?
Bugun biz bir insonning (kim deb o'ylaysiz?) ofislarini o'zlari xohlagandek kitob bilan to'ldirdik. Juda chiroyli bo'ldi.

Kimga shunday xizmat kerak bo'lsa, telegramda @ibook_uzbekistan ga murojaat qiling yoki 95 677 99 11 ga qo'ng'iroq qiling.
2024-yilda eng ko'p kitob o'qigan davlatlar reytingi chiqdi. Qiziqarlisi, unda biz yo'qmiz. Ammo 4 ta qo'shni mamlakatlar bor. Tojikistonliklar boshqalardan ko'proq o'qirkan. Qozoqlar esa Markaziy Osiyoda eng oxirgi o'rinda.
Reytingdagi top 3 mamlakatlar kutilganidek AQSH, Hindiston va Buyuk Britaniya. Biz 200 yildirki anglo-sakslar hukmron bo'lgan dunyoda yashayapmiz.
Bugun shu studiyada navbatdagi podcast bo'ladi. Juda mashhur inson bilan "Diplomatik zabt etish. Xitoyning yumshoq kuch siyosati" kitobi haqida gaplashamiz.
Eslasangiz, bir vaqtlar ma'lum bir kitoblarni o'qib, g'oliblarga pul yoki vaucher tarzida sovg'alar berardik. Va nihoyat, shu loyihamizga qayta start berish uchun moderator topdik va marketing jamoa bilan ishga kirishdik.

Birinchi oyda - mayda "Falastin. Agar o'lishim lozim bo'lsa" kitobi o'qiladi. Marhamat, kanalga o'ting, g'olib bo'ling va 500 ming so'mlik vaucher yutib oling.

https://www.tg-me.com/bu1oyda1kitob
Futbol mayliku-ya, Hindiston-Pokiston bir-biriga harbiy urushni boshlavordi.
Nashriyotda ishlaydiganlar oyiga qancha daromad ko'radi deb o'ylaysiz? Tarjimon, muharrir, musahhih, sahifalovchilarni nazarda tutyapman.
Ba'zi tarjimon va muharrirlar O'zbekistondagi eng katta oylik maoshlardagi kabi pul topishadi (20 mlndan ko'p)

Musahhih va sahifalovchilar esa 10 mln atrofida ham daromad ko'rishi mumkin.

Shu to'rttala sohada ilm olishning imkoniyati bo'lsa, o'zingizni sinab ko'rarmidingiz?
ibookdan - Tirilishdan yana bir suhbat.
Forwarded from iBooK.uz
Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Yangi loyiha ustida ishlayapmiz. Ushbu loyiha siz uchun foydali bo‘lishiga ishonamiz. Shu sababli avvalo sizning fikr-mulohazalaringizni bilishni istaymiz.

Biroz vaqtingizni ajratib, quyidagi so‘rovnomani to‘ldiring. Sizning har bir javobingiz biz uchun muhim.

Havola
Pokiston-Hindiston urushidan ma'lumki, agar Rossiya Qozog'iztonga yurish qilsa, Turkiya shubhasiz dronlar bilan himoya qiladi yoki qarshi hujumga o'tadi. Pokistonga qarashgan, o'z qardoshiga albatta qarashadi.
Har bir sohada bir talay haromxo'rlar bor. Kitob sohasidayam birov qilgan mehnatni nusxalab sotadiganlar kam emas. Muqaddimani kopiya qilishganidan keyin endi Falastinni ham qilishayotgan ekan. Eng yomoni kim qilayotganini bilmaysiz, bilsangiz ham, isbotlay olmaysiz.
Youtubeda ibook kitob do'koni sahifasida "Diplomatik zabt etish: Xitoyning yumshoq kuch siyosati" kitobi haqida sobiq deputat Rasul Kusherbayev bilan suhbat qildik.

Blogdagilar uchun yangilik bo'ladigan ko'p gaplar gapirilgan.

https://youtu.be/rd0D3mSj31I?si=SMscTt-vdYVibv6N
Kitob o'qi deb boy, mashhur yoki amaldor inson aytishidan ham, oddiy inson aytgani ta'sirliroq bo'larkan-da. Xayrulla akani profili izohlarida yuzlab odamlar bugundan kitob o'qiyman deb yozibdi.
2025/06/30 00:13:10
Back to Top
HTML Embed Code: