Telegram Web Link
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi bosh yuristkonsulti ishtirok etdi va davra suhbati qatnashchilariga “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtiish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon va Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta'minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir yakunida mavzuga oid bir qator fikr mulohazalar bilan almashilib, o‘zaro savol-javoblar o‘tkazildi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i Jamol Nosirov hamda viloyat Turizm boshqarmasi boshlig‘i Suxrob Bobokalonov Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida bo‘lishdi.

Rahbarlar pitomnik hududida qurilgan mehmonxona, sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, ekologik turizmni rivojlantirish, hududga mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish, “Jayron” pitomnikining noyob tabiiy resurslarini keng targ‘ib qilish, hamda pitomnik hududida ekologik yo‘lakchalar tashkil etish, bo‘yicha fikr almashishdi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahri, Taraqqiyot ko‘chasi 1/2-uy orqa tarafida joylashgan tashlandiq bino va uning atrofidagi maydon chiqindixonaga aylanib borayotgani, bu esa atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida murojaat tarqaldi. Unda mutasaddilardan holatga chora ko‘rish va ushbu hududni obodonlashtirish so‘ralgan.

Mazkur holat Buxoro shahar Ekologiya boʻlimi inspektorlari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Natijada, murojaatda ko‘rsatilgan muammo tasdiqlandi va qisqa muddat ichida holat to‘liq bartaraf etildi hamda hudud tozalanib, chiqindilar olib chiqildi

Shuningdek, ushbu hududga chiqindi tashlagan fuqaro T.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91-moddasi 1-qismi asosida 1 125 000 soʻm miqdorda jarima qo‘llanildi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Koʻrsatuvning navbatdagi soni bugun 7-may kuni soat 18:30 dan boshlab toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatiladi.Unda Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish,va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar haqida soʻz boradi.

📣Spikerlar:

1.Jamol Nosirov - Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi boshligʻi;

2. Sardor Usmanov - Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;

3.Muzaffar Aslonov - Oʻrmonlarni rivojlantirish va choʻllanishga qarshi kurashish shoʻbasi boshligʻi;

4. Nodir Ibodov - Atmosfera havosini muhofaza qilish shoʻbasi boshligʻi;

5. Jobir Toshev- Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi inspeksiya boshligʻi;

Savol va murojaatlaringizni efir vaqtida 65-223-66-01, 65-223-66-02 telefon raqamlari, shuningdek, telegramdagi @btvuzbot manziliga yoʻllashingiz mumkin.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
🐓 Tovuqxonalar faoliyatida qanday ekologik talablarga amal qilinishi lozim?

Tovuqxonalar tashkil etish jarayonida Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun bir qator talablar mavjud.

🟢Birinchidan, tovuqxonaning joylashadigan hududi muhofaza etiladigan hududlardan yiroq bo‘lishi, shuningdek, suvlarni muhofaza zonalariga kirmasligi va sanitariya-himoya hududidan tashqarida joylashgan bo’lishi lozim.

🟢Shu bilan birga, tovuqxonaga yaqin masofada istiqomat qiladigan fuqarolarning roziligini olish, ya’ni jamoatchilik eshituvini o’tkazish ham talab etiladi.

🟢Shuningdek, agar obyekt hududida daraxt hamda butalar mavjud bo‘lsa, hududiy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalaridan daraxt va butalarning navlari, soni, diametri va balandligi to‘g‘risida tasdiqlangan ma’lumotnoma olinishi kerak.

➡️ https://ecoekspertiza.uz/uz/readmorenews/109

🌍Veb-sayt 🕊 Telegram 📱 Facebook 📺Youtube
📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Dolzarb Mavzu" koʻrsatuvida Buxoro viloyatida ekologiya sohasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida fikr yuritildi
9–may -  Xotira va qadrlash kuni!

Bu kun vatanimiz ozodligi, tinchligi va farovon kunlar uchun jon fido qilgan ajdodlarimizni yod etish, yuksalish va barqarorlik yo‘lida mehnat qilgan va harakatda bo‘lganlarni qadrlash va sharaflash kunidir.

Vatan tinchligi, xalq farovonligi uchun aziz jonini fido qilgan bobolarimizni xotirlash, urush atalmish maydondan omon qaytgan qahramonlarimizni esa qadrlash kunida ularning har birlari uchun duoda bo‘lish va borib yo‘qlash yosh avlodning eng mas’uliyatli vazifasidir.

Xotira va qadr go‘zal odat, ezgu an’ana va boqiylik mezoni bo‘lib saqlanib qolsin!

Bugungi qutlug‘ bayram – Xotira va qadrlash kuni barcha yurtdoshlarimizga muborak bo‘lsin!

Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi jamoasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бугунги тинч, озод ва эркин ҳаёт учун ўзининг азиз жонини ҳам аямасдан курашган фидойи инсонларнинг олдида доимо қарздормиз.

Мы находимся в постоянном долгу перед отважными людьми, которые, не жалея своей жизни, боролись за сегодняшние мир и свободу.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2025/07/04 10:30:03
Back to Top
HTML Embed Code: