Telegram Web Link
#ekosana #экодата #ecodate

📆Bugun, 12-may Ekologik ta'lim kuni nishonlanmoqda

Ushbu sana – tabiatni asrash va barqaror rivojlanishni ta'minlashda ta’limning o‘rni muhim ekanligini ta’kidlash uchun muhim sababdir. O‘zbekistonda ekologik ta’lim masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/53094

📆Сегодня, 12 мая отмечается День экологического образования

Эта дата – важный повод напомнить о роли знаний в сохранении природы и устойчивом развитии. В Узбекистане вопросам экологического просвещения уделяется особое внимание.«экологические уголки».
https://gov.uz/ru/eco/news/view/53094

📆Today, May 12, is celebrated as Environmental Education Day

This date is an important opportunity to highlight the role of knowledge in preserving nature and promoting sustainable development. In Uzbekistan, special attention is paid to environmental awareness.
https://gov.uz/en/eco/news/view/53094

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 📗 WhatsApp
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vobkentlik fuqaro noqonuniy maymun saqlagani uchun javobgarlikka tortildi

💬Vobkent tumanida yashovchi fuqaro Q.Z. o‘z uyida "yavanski makaka" turiga mansub maymunni noqonuniy saqlayotgani aniqlandi.

👮‍♀️Ekologiya boshqarmasi va IIB xodimlari tomonidan hayvon, Somoniylar bog‘ida joylashgan hayvonot bogʻiga vaqtincha saqlash uchun topshirildi.

📜Qonunbuzarlik yuzasidan fuqaro Q.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 92-modda prim-1 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar sud organlariga taqdim etildi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sher to‘rt nafar bola dunyoga keltirdi

Buxoro shahridagi Somoniylar istirohat bog‘ida joylashgan hayvonot bog‘ida sher to‘rt nafar bola dunyoga keltirdi.

Yangi tug‘ilgan sher bolalari sog‘lom va faol bo‘lib, onasi bilan birga maxsus ajratilgan, xavfsiz va qulay sharoitda saqlanmoqda.

Hayvonot bog‘i xodimlarining aytishicha, sher bolalari muntazam ravishda veterinariya nazoratidan o‘tkazilmoqda hamda ularning ovqatlanishiga alohida e’tibor berilmoqda.

Hozircha ular ommaga ko‘rsatilmayapti, ammo yaqin kelajakda tashrif buyuruvchilar ularni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
🌿 Issiq havoda daraxtlarni asrash uchun muhim tavsiyalar

1. Qoplamalar va soyalar: Daraxtlarni to'g'ridan-to'g'ri quyosh nuridan himoya qilish uchun ular ustiga mato tortish mumkin. Bu daraxtlarning o'ziga xos haroratini saqlashga yordam beradi.

2. Sug'orish rejimi: Issiq havoda daraxtlar ko'proq suv talab qiladi. Kechqurun yoki ertalab erta sug'orish eng yaxshi natijalarni beradi, chunki shu vaqtlar havodagi bug'lanish pastroq bo'ladi.

3. Mulch qo'llash: Daraxtning atrofiga mulch (qalin yotqizilgan o't yoki tuproq) qo'yish yerning namligini saqlashga yordam beradi va ildizlarni issiqlikdan himoya qiladi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaromunosabatlar #международныеотношения

💬Ashxobodda Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha VII Markaziy Osiyo konferensiyasi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Iqlim o‘zgarishi milliy markazi direktori Farrux Sattarov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Ashxobodda boshlangan Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha VII Markaziy Osiyo konferensiyasida ishtirok etmoqda.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/53933

💬В Ашхабаде стартовала VII Центральноазиатская конференция по вопросам изменения климата

Делегация Министерства экологии, охраны окружающей среды и изменения климата Республики Узбекистан под руководством директора Национального центра по изменению климата Фарруха Саттарова принимает участие в VII Центральноазиатской конференции по вопросам изменения климата (ЦАКИК-2025), которая стартовала в Ашхабаде.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/53933

💬VII Central Asian Climate Change Conference Kicks Off in Ashgabat

The delegation of the Ministry of Ecology, Environmental Protection and Climate Change of the Republic of Uzbekistan, led by the Director of the National Center for Climate Change, Farrukh Sattarov, is participating in the VII Central Asian Climate Change Conference (CACCC-2025), which has started in Ashgabat.
https://gov.uz/en/eco/news/view/53933

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 📗 WhatsApp
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroning 7-nohiya yashovchilariga ifloslangan havo tufayli nafas olish qiyin boʻlmoqda Ehtimol yuqori harorat sababli chiqindilar yonib ketadi va havoni ifloslaydi, deb tarqalgan mazmundagi murojaat yuzasidan Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

O'rganishlar davomida videomurojaatda ko'rsatilgan manzil Buxoro tumanidagi "Qozi Said" MFY hududida joylashgan Buxoro shahar "Maxsusavtoxo'jalik" MCHJga qarashli chiqindi yig'ish poligonidagi yong'in ekanligi ma'lum bo'ldi.

Mazkur holatni bartaraf etish uchun "Maxsusavtoxo'jalik" MCHJga qarashli maxsus texnikalar jalb qilingan holda yong'inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, boshqarmaning tahliliy laboratoriya bo'limi xodimlari tomonidan Buxoro shahar 7-kichik noxiyasining turli nuqtalaridan atmosfera havosi tarkibidan namunalar olinib, tahlillar o'tkazilmoqda. Tahlillar yakunlari bo'yicha qo'shimcha ma'lumot taqdim etiladi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⌛️Markaziy Osiyodagi birinchi ekologik ko‘rgazmada ishtirok etishga shoshiling!

“Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasi Sizga nafaqat o‘z tashabbuslaringizni namoyish qilish, balki yangi bozorlarga chiqish, manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va global ekologik tendensiyaning bir qismiga aylanish imkoniyatini taqdim etadi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/53526

⌛️Спешите принять участие в первой экологической выставке Центральной Азии!

Выставка Eco Expo Central Asia 2025 предоставит вам не только возможность продемонстрировать свои инициативы, но и выйти на новые рынки, наладить взаимовыгодные партнерские отношения и стать частью глобальных экологических тенденций.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/53526

⌛️Don’t miss the opportunity to participate in Central Asia’s first environmental exhibition!

Eco Expo Central Asia 2025 will not only give you the opportunity to showcase your initiatives, but also to enter new markets, build mutually beneficial partnerships, and become part of global environmental trends.
https://gov.uz/en/eco/news/view/53526

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 📗 WhatsApp
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#️⃣ #Ommaviy_Yugurish_Marafoni
🏃‍♂️ “Eco – Save Aral – 2025” Ekologik Marafoniga START!
📅 16-may kuni, soat 07:00 da Buxoro shahrida “Atrof-muhitni asrash va Yashil iqtisodiyot yili” doirasida xayriya va ekologik ommaviy yugurish musobaqalari o‘tkaziladi.
🏅 Yugurish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:
• Talabalar uchun — Talaba-Yugur
• Maktab o‘quvchilari uchun — O‘quvchi-Yugur
• Harbiy xizmatchilar uchun — Harbiy-Yugur
• Atrof-muhitni muhofaza qilishga bag‘ishlangan — Eco-Save Aral 2025
• Barchamiz uchun — Inson Uchun
• Kichkintoylar uchun — Kids Run
🎁 G‘oliblar va sovrindorlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!
📜 Faol ishtirokchilar esa tashkiliy qo‘mitaning maxsus sertifikatlariga ega bo‘ladilar.
🔥 SHOSHILING! BU SIZ UCHUN BEQIYOS IMKONIYAT!
Sog‘lom turmush tarziga birinchi qadamingizni qo‘ying, biz bilan birga yuguring!
👟 Ishtirok eting va sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlang!

📍Musobaqa manzili:👉 LOCATION👈

@buxoroaokb
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
no comment

Buxoroda “Eco-Save Aral–2025” ekologik va xayriya marafoni boʻlib oʻtdi.
Buxoroda biologik xilma-xillikni saqlashga bag‘ishlangan ekologik seminar o‘tkazildi

15 may kuni Buxoro shahrida “Amudaryoning quyi qismi va Orolbo‘yi hududidagi suvlari botqoqliklarni saqlash va boshqarish” qo‘shma loyihasi doirasida ekologik seminar tashkil etildi. Tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Global ekologik jamg‘arma hamda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan o‘tkazildi.

Seminarda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi, ommaviy axborot vositalari va loyihada ishtirok etayotgan tashkilotlar vakillari qatnashdi. Buxoro hamda Navoiy viloyatlaridagi kuch ishlatar tuzilmalar xodimlari uchun biologik xilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘yicha bilim almashinuvi tashkil etildi.

Bugungi kunda ushbu ikki viloyatda 1,3 million gektardan ortiq muhofaza etiladigan tabiiy hududlar mavjud. Ularni samarali boshqarish va asrashda kuch ishlatar tizimlar bilan hamkorlik muhim ahamiyatga ega.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
❗️ESG nima va u ekologiya uchun qanday ahamiyatga ega?

ESG — "Environmental" (atrof-muhit), "Social" (Ijtimoiy mas’uliyat) va "Governance" (Korporativ boshqaruv) so‘zlaridan olingan bo‘lib, kompaniyalar faoliyatining ekologik himoya, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash, xodimlar va mijozlarga halol munosabatda bo‘lish hamda to‘g‘ri korporativ boshqaruv asosida qurilgan tamoyillari hisoblanadi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/55071

❗️Что такое ESG и какое значение оно имеет для экологии?

ESG — это аббревиатура от английских слов Environmental (окружающая среда), Social (социальная ответственность) и Governance (корпоративное управление). Она обозначает принципы деятельности компаний, построенные на защите окружающей среды, улучшении социальных условий, честном отношении к сотрудникам и клиентам, а также правильном корпоративном управлении.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/55071

❗️What is ESG and why does it matter for the ecology?

ESG stands for Environmental, Social and Governance — a set of principles that guide companies in conducting their business responsibly. These principles emphasize protecting the environment, improving social conditions, treating employees and customers fairly, and maintaining sound corporate governance.
https://gov.uz/en/eco/news/view/55071

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 📗 WhatsApp
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uyida maymunni noqonuniy saqlagan fuqaro javobgarlikka tortildi
2025/07/04 05:27:51
Back to Top
HTML Embed Code: