🐝20-may – Xalqaro “Asalarilarni asrash kuni” munosabati bilan maktabda ekologik tadbir o‘tkazildi
Bugun Buxoro shahrida joylashgan Prezident maktabida asalarilarning tabiatdagi o‘rni va ularni asrash zarurati haqida qiziqarli seminar o‘tkazildi.
Tadbir davomida:
✅ Asalarilarning biologik va ekologik roli, ular tabiatdagi florani ko‘paytirishdagi ahamiyati haqida ma’ruzalar tinglandi.
✅ Asalarilarning yashashi va rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan omillar, shu jumladan, ularni himoya qilish uchun zarur bo‘lgan ekosistema sharoitlari haqida so‘zlandi.
📌 Asalarilar – tabiatning ajralmas qismi, ularning yo’qolishi butun ekotizimga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ularni asrash har birimizning burchimizdir.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Bugun Buxoro shahrida joylashgan Prezident maktabida asalarilarning tabiatdagi o‘rni va ularni asrash zarurati haqida qiziqarli seminar o‘tkazildi.
Tadbir davomida:
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mansabdor shaxslar jarimaga tortildi
⚡️ Tuman va shahar hududlarida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarmagan mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.
🌳 Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, tibbiyot birlashmalari va Obodonlashtirish bo‘limlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlarining holati o‘rganildi.
💬 O‘rganish jarayonida kuzgi va bahorgi ekish mavsumlarida ekilgan daraxt ko‘chatlari yetarlicha parvarish qilinmagani, sug‘orish ishlari o‘z vaqtida olib borilmagani aniqlanib, aprel-may oylarida jami 18 ta huquqbuzarlik holati qayd etildi.
👮♂️ Mazkur qonunbuzarliklar yuzasidan mas’ul mansabdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 4-qismi asosida jami 67 500 000 so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.
🚨 Reyd tadbirlari davom etmoqda...
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 22-may - Xalqaro biologik xilma-xillik kuni nishonlanmoqda
Biologik xilma-xillik ekologiyaning ajralmas qismi sifatida ekologik tizimni saqlash, resurslarni muhofaza qilishda muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham bu kun BMT tashabbusi bilan alohida nishonlanadi.
Fursatdan foydalanib, bioxilma-xillikni asrash barchamiz uchun muhim vazifa ekanligini yana bir ta’kidlamoqchiman. Barchangizni tabiatni, qushlarni, hayvonlarni, o’simliklarni, tabiat resurslarini asrab-avaylashga chaqiraman. Tabiatni asrash yo’lida birlashaylik!

🌿Ekologik madaniyatni yuksaltirish — atrof-muhitni asrashda samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi
15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 184-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror 2030-yilgacha maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta ta’lim tizimi tashkilotlari o‘quvchilari, talabalar hamda davlat tashkilotlari xodimlarining ekologik bilimi, madaniyati va mas'uliyatini yanada oshirish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, bu borada bir qator targ‘ibot ishlari va samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
📱 Instagram | 📱 Telegram | 📱 Facebook | X | 📱 Linkedin

26-may – 1-iyun kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da ekologik muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan "Yoshlar ekologik oromgohi" (“Eko-oromgoh-2025”) oʻtkaziladi. Tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Turizm qoʻmitasi hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etiladi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/56356
С 26 мая по 1 июня в лагере «Yoshlar oromgohi» Бостанлыкского района Ташкентской области пройдёт «Молодёжный экологический лагерь» («Эко-лагерь-2025»), посвящённый экологическим проблемам и способам их решения. Мероприятие организуется при содействии Министерства экологии, охраны окружающей среды и изменения климата, Агентства по делам молодёжи, Комитета по туризму и хокимията Ташкентской области.|
https://gov.uz/ru/eco/news/view/56356
From May 26 to June 1, the "Yoshlar Oromgohi" camp in Bostanlyk District of Tashkent Region will host the Youth Environmental Camp ("Eco-Camp 2025"), dedicated to environmental challenges and solutions. The event is being organized with the support of the Ministry of ecology, environmental protection and climate change, the Youth Affairs Agency, the Tourism Committee and the Tashkent Regional Khokimiyat.
https://gov.uz/en/eco/news/view/56356
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jondor tumanida adashib kelgan abobil qushi vaqtincha hayvonot bog‘iga topshirildi
💬 Jondor tumani Maktab va maktabgacha ta’limi bo‘limiga noma’lum tarzda abobil qushi kelib qolgan. Bu holat yuzasidan Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasiga murojaat yuborilgan.
👮♂️ Murojaatga asosan, viloyat Ekologiya boshqarmasining Jondor tuman bo‘limi inspektorlari zudlik bilan joyiga yetib borib, qushni olib ketishgan. Qushni tabiiy muhitga qo‘yib yuborish rejalashtirilgan edi. Biroq, qush juda kichkina va holsiz bo‘lganligi sababli, uni vaqtincha parvarish qilish va saqlash maqsadida Buxoro shahridagi hayvonot bog‘iga topshirildi.
🐦⬛️ Qush parvarish qilingandan soʻng, tabiat qoʻyniga qoʻyib yuboriladi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
26-may kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da ekologik muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan “Eko-oromgoh–2025” tadbirining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/56993
26 мая в «Молодежном лагере» Бостанлыкского района Ташкентской области состоялась церемония открытия мероприятия «Эко-лагерь–2025», посвящённого экологическим проблемам и их решениям.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/56993
On May 26, the opening ceremony of "Yoshlar Oromgohi" (Eco-Camp 2025) took place at the Youth Camp in the Bostanlyk district of Tashkent region. The event is dedicated to environmental challenges and ways to address them.
https://gov.uz/en/eco/news/view/56993
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video murojaat Chor Minor hovuziga kanalizatsiya suvlari oqayapti deb tarqalgan murojaat yuzasidan xabar tarqaldi
Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi tomonidan o’rganish ishlari olib borilmoqda
Qo’shimcha ma’lumot taqdim etamiz..
Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda Kogon shahridagi bir tup daraxtning qiyshayib qolgan holati bo‘yicha murojaat tarqaldi.
Mazkur murojaat Kogon shahar Ekologiya bo’limi tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. Holat bo‘yicha dastlabki tekshiruvlar o‘tkazildi va xavfsizlik nuqtai nazaridan muammoga zudlik bilan chora ko‘rish lozimligi aniqlanib, tegishli tashkilot va mutasaddi xodimlarga topshiriq berildi.