Telegram Web Link
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahar “Parizod” to’yxonasi oldidagi kottejlar yaqinida noma'lum shaxslar chiqindilarni yoqganligi yuzasidan video murojaat tarqalgan edi.

Ushbu holat yuzasidan Buxoro shahar inspeksiyasi inspektorlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish davomida, ushbu hududda yashovchi fuqaro A.B. uy-ro’zg’ordan hosil bo’lgan maishiy chiqindilarni yoqganligi ma’lum bo’ldi.

Holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
👍32
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro Davlat Texnika Universiteti roʻparasida  daraxtlarning tag qismi beton bilan qoplangani yuzasidan murojaat tarqaldi.

Mazkur murojaat Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi inspektorlari tomonidan o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasida holat tasdiqlandi va daraxtlar  beton qoplamalaridan ozod etildi 

Fuqarolardan shunday masalalarda hushyor bo‘lishlari, ekologik qonunbuzarlik holatlari haqida viloyat Ekologiya boshqarmasiga murojaat qilishlarini so‘raymiz!!

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
🔥2
📢 Buxoroda chiqindilar va mahallalarni toza hududlarga aylantirish boʻyicha matbuot anjumani oʻtkazildi

Bugun, Buxoro shahridagi Kasbiy ko'nikmalar (“Ishga marhamat” monomarkazi) viloyat Ekologiya boshqarmasi boshligʻi Jamol Nosirov hamda hamda Mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi ishtirokida chiqindilar muammolarini hal etish va mahallalarni chiqindisiz, toza hududlarga aylantirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda, blogerlar, jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari hamda tuman, shahar hokimliklarining axborot xizmati rahbarlari va viloyat mahalla raislari, ishtirok etdi.

Anjuman davomida chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish, ularning miqdorini kamaytirish va qayta ishlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan chiqindilarni ajratish, yig‘ish va qayta ishlashning samarali tizimlarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa mahalla fuqarolarini atrof-muhitni asrashga keng jalb qilish zarurligi ta’kidlandi.

Matbuot anjumani yakunida savol-javoblar bo‘limi bilan davom etdi, unda ishtirokchilar chiqindilar muammosini bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflari va mulohazalarini bildirdi.

Mahallalar ekologik toza hududlarga aylantirilishi bilan aholining sog‘lom yashash muhiti yaratiladi.



Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
👍53🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
8-iyul kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hamda Mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmalari hamkorligida “Mahallalarni chiqindidan xoli hududga aylantiramiz!” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi
👍5🔥21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda kengaytirilgan matbuot anjumani oʻtkazildi
🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Elon #Объявление

☄️ Chiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarning avgust oyidan boshlab elektr energiyasi toʻloviga cheklov o‘rnatiladi

Mazkur cheklov qarzdorlik bartaraf etilishi bilan avtomatik tarzda yechiladi. Eslatib o‘tamiz, mazkur tartib 2025-yilning 1-iyulidan chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun joriy yilning 1-avgustidan boshlab qo‘llaniladi.

Hurmatli abonentlar, sizda chiqindilarni boshqarish sohasi va xizmat sifatiga doir taklif va shikoyatlar yuzaga kelganda: Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining “1205” qisqa raqamiga 24/7 rejimda murojaat qilishingiz mumkin.
➡️ Batafsil
💬

С августа будет введено ограничение на оплату электроэнергии для абонентов, имеющих задолженность за услуги по вывозу отходов

Ограничение будет автоматически снято после полного погашения задолженности. Напоминаем, что новый порядок начнёт применяться с 1 августа 2025 года в отношении задолженностей за услуги по вывозу отходов, сформировавшихся с 1 июля 2025 года.

Уважаемые абоненты! При наличии предложений или жалоб, связанных с системой управления отходами и качеством предоставляемых услуг, вы можете круглосуточно обращаться в Агентство по управлению отходами и развитию циркулярной экономики по короткому номеру «1205».
➡️Подробно

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro-Kogon yoʻli yoqasida nimadir yonayotgan holat aks etgan video xabar tarqaldi.

Ushbu holat Kogon tuman boʻlimi tomonidan oʻrganib chiqildi.

Oʻrganish jarayonida fuqaro J.A. qurilishdan hosil boʻlgan chiqindilarni ochiq havoda alanga oldirib yoqgan.Fuqaroning ushbu hatti-harakatlari Oʻzbekiston Respublikasining "Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi Qonuni talablariga zid ravishda amalga oshirilgan.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi Kogon tuman boʻlimi xodimlari tomonidan fuqaro J.A.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasiga asosan jarima qoʻllanildi.

Hurmatli fuqarolar!

Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik muammolarni bartaraf etishga hissa qoʻshish oldimizda turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Zero, tabiatni asrash- insoniyatni asrash demakdir.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
👍4
2025/07/13 22:20:37
Back to Top
HTML Embed Code: