Telegram Web Link
👬Asosiy maqsad — bolalarning xavfsizligini taʼminlash

🚸 Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan Buxoro shahridagi 6-sonli maktabda amaliy oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.

🔹Shuningdek, maktab oʻquvchilariga voyaga yetmagan bolalar ishtirokida sodir boʻlgan yoʻl- transport hodisasi yuzasidan maʼlumotlar berilib, bu kabi holatlarni oldini olish boʻyicha bir qancha tushuntirish ishlari olib borildi.

👉 https://www.tg-me.com/Buxoro_YHXB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍Buxoro shahrining B.Naqshband ko`chasida yuzaga kelayotgan tirbandliklarni oldini olish maqsadida 3.27 "To`xtash taqiqlanadi" yo`l belgilari o`rnatib chiqildi.
👉 https://www.tg-me.com/Buxoro_YHXB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📱Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video oʻrganilib, qoidabuzarga nisbatan tegishli chora koʻrildi

🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda “VAZ-2106” rusumli 80E753RA davlat raqam belgili transport vositasini boshqargan haydovchi tomonidan Romitan tumani koʻchalarida amaldagi Yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzib harakatlanganligi holati aks etgan videotasvir tarqalib, keng jamoatchilik tomonidan haqli eʼtirozlarga sabab boʻldi.

🔹 Videotasvir yuzasidan Buxoro viloyati IIB JXX YHXB 2-safarbarlik guruhi xodimlari tomonidan surushtiruv ishlari olib borilib, qoidalarni chetlab oʻtgan haydovchiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 128*10-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik yuzasidan belgilangan tartibda maʼmuriy chora koʻrilishi taʼminlandi.

‼️ Barcha haydovchilardan, yoʻllarda qoidalarga rioya etgan holda harakatlanishlarini soʻraymiz.

🔹IIO sohasiga befarq boʻlmagan ijtimoiy tarmoq faollariga minnatdorchilik bildiramiz.

👉 https://www.tg-me.com/Buxoro_YHXB
Diqqat eʼlon !
SAYYOR QABUL

Hurmatli fuqarolar joriy yilning 13 sentabr kuni viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi Axmedov Anvar Raxmatovich boshchiligida navbatdagi sayyor qabuli Shofirkon tumanining Joʻyrabot mahalla fuqarolar yigʻini binosida mahalliy aholi vakillari bilan oʻtkaziladi.

Shu munosabat bilan hududdagi muammosi hamda taklifi mavjud fuqarolarni sayyor qabulga taklif etamiz.

Sayyor qabul oʻtkazilish joyi Joʻyrabot MFY binosida soat 11:00 da.

👉https://www.tg-me.com/Buxoro_YHXB
📢 DIQQAT, EʼLON!

⛔️ Buxoro shahridagi ayrim koʻchalarda transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklanadi!

Jumladan 2025-yil 13 sentabr kuni soat 14:00dan boshlab:
Buxoro shahrida oʻtkazilayotgan “Xalqaro zamonaviy sanʼat Biyennalesi” tadbiri doirasida Xalqaro “Bukhara Night Race 2025” tungi yugurish marafoni hamda konsert dasturi tadbirlarini oʻtkazish davomida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Buxoro shahar hokimining tegishli farmoyishiga asosan Buxoro shahrining B.Naqshband, Usto Shirin, I.Karimov, Ibn Sino, Mirdoʻstim, X.Nurobod, X.T.Buxoriy, M.Ambar, Vobkent, Gʻijduvon koʻchalarida transport vositalarining harakatlari vaqtinchalik cheklanadi.

‼️Bu borada, barcha haydovchilardan👮🏻‍♂️tartibga soluvchi xodimlarning ishoralari va yoʻl belgilari talablariga rioya qilishlarini soʻraymiz.


‼️Shu sababli fuqarolar hamda shahrimiz mehmonlaridan boshqa avtomobil yo‘llaridan harakatlanishlarini so‘rab, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

https://www.tg-me.com/Buxoro_YHXB
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu yo‘l belgi haqida biror bir ma’lumotga egamisiz

Buxoro viloyati IIB JXX YHXB Ekspluatatsiya-montaj bo‘limi xodimlari tomonidan Buxoro shahar ko‘chalarda 5.38. “Turar joy dahasi” 5.39. “Turar joy dahasining oxiri” ma’nosini anglatuvchi yoʻl belgilar oʻrnatib chiqildi.
Haydovchilardan ushbu belgilarga qat’iy amal qilishlarini soʻrab qolamiz.

👉
https://www.tg-me.com/Buxoro_YHXB
Piyodalar xavfsizligi taʼminlanmoqda

Buxoro viloyatidagi yoʻl patrul xizmati inspektorlari tomonidan, piyodalarni manzillariga xavfsiz yetib olishlari uchun oʻz yordamlarini koʻrsatishmoqda.

Xususan, viloyatdagi avtomobil yoʻllaridagi tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joylarida ertalabki tigʻiz-vaqt oraligʻida maktab oʻquvchilarining yoʻldan xavfsiz oʻtishlari taʼminlanmoqda.


👉https://www.tg-me.com/Buxoro_YHXB
⚡️Buxoro viloyati IIB JXX YHXBda, viloyat hududida harakat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan ertalabki yoʻriqnoma oʻtkazildi.

👉
https://www.tg-me.com/Buxoro_YHXB
2025/10/22 16:15:04
Back to Top
HTML Embed Code: