Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Buxoro viloyati: tashkiliy masala va nazorat tahlili


⚡️ Kuni kecha Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasida kengaytirilgan yig‘ilish tashkil etildi. Tashkiliy yig‘ilish avvalida Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev tomonidan Kadastr agentligi direktori buyrug‘iga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib To‘xtayev Otabek Uzoqovich tayinlangani o‘qib eshittirildi. Katta maqsadlar bilan viloyat kadastr tizimini yuqori natijalarga olib chiqishda yangi rahbarga ulkan zafarlar tilab, kelgusi rejalar kelishib olindi.

🫥 Shundan so‘ng, viloyatdagi sohada mavjud muammolar tahlili ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra Palata raisi kadastr xizmatlari ko‘rsatish uchun kelib tushgan arizalarning ma'lum qismi bir qancha sabablarga ko‘ra rad etilgani bo‘yicha o‘rganish natijalari yuzasidan tanqidiy fikrini bildirdi.
👔 Davlat kadastrlari palatasida barcha murojaatlar qonuniy, xolis va adolatli tarzda ko‘rib chiqilishiga qat’iy amal qilishingiz zarur! – dedi palata rahbari.

◼️ Viloyatning har bir tuman rahbarlaridan izohi bilan arizalar tahlili va yo‘l qo‘yilgan xato kamchiliklari birma-bir ko‘rib chiqildi. Ayniqsa asossiz rad etilgan arizalar bo‘yicha xodimlarga choralar ko‘rish yuzasidan boshqarmaning yangi rahbariga topshiriq berilib, muddatlar belgilandi.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_yig_ilish #Buxoro

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I FacebookI Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2💯2
Президент Шавкат Мирзиёев молиявий технологиялар соҳасини ривожлантириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с предложениями по развитию сферы финансовых технологий.

#Mirziyoyev #taqdimot #iqtisodiyot #fintex

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda
murojaatlar uchun ishonch telefonlari

🌟 Davlat kadastrlari palatasi yurtdoshlarimizning kadastrga oid murojaatlarini tezkor tinglash maqsadida, hududiy boshqarmalarning Ishonch telefon raqamlarini e'lon qiladi.

🗣 O‘z hududingizga taaluqli kadastrga oid savollaringiz bo'lsa, soha xodimlari faoliyatida asosli kamchilik va xato kuzatsangiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri mutasaddilarga murojaat qilishingiz mumkin.

Hududiy boshqarmalardagi Ishonch telefon raqami:

▫️Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi
📲 +998 (74) 224-20-25

▫️Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi
📲+998 (65) 220-01-85

▫️Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi
📲 +998 (61) 224-91-13

▫️Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi
📲+998 (72) 226-75-23

▫️Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi
📲+998 (75) 227-51-13, (75) 227-51-14

▫️Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi
📲+998 (79) 222-27-38

▫️Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi
📲+998 (69) 233-08-13

▫️Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi
📲+998 (95) 508-81-50

▫️Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi
📲+998 (67) 236-50-05

▫️Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
📲+998 (55) 451-22-19

▫️Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi
📲+998 (90) 064-60-05

▫️Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi
📲+998 (73) 229-02-70

▫️Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi
📲+998 (62) 224-67-02

▫️Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi
📲+998 (71) 231-68-51 (250)


#DavKadastrPalata #hududlar #murojaat_uchun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

✍️ Bilishingiz muhim

📃 Fuqarolarimizdan kelib tushadigan savollar orasida ko‘p uchraydiganlariga mutaxassislarimizdan javob taqdim etamiz.

Xususiy mulkni elektron auksion orqali sotish mumkinmi?


➡️ Murojaatga aniq javob videoda.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ижтимоий тармоқларда қишлоқ хўжалиги ерларига бўлган ҳуқуқларни ижара ҳуқуқига ўтказилиши юзасидан тарқалган турли талқинларга аниқлик киритамиз.

Ер кодексига 2021 йилда киритилган ўзгартиришларга мувофиқ бугунги кунда ер участкалари 3 та ҳуқуқ турида берилади:

мулк ҳуқуқи – қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкаларини хусусийлаштириш тартибида, шу жумладан бўш ер участкалари электрон онлайн-аукцион орқали;
доимий фойдаланиш ҳуқуқидавлат органларига, муассасаларига ва корхоналарига, фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органларига жамоат эҳтиёжлари учун ҳамда кўп квартирали уй жойлашган ва туташ ер участкасига вилоятлар ва Тошкент шаҳар ҳокимлари томонидан;
ижара ҳуқуқи – электрон онлайн-аукцион орқали.

Ер кодексининг 24-моддасига мувофиқ қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ер участкалари ижара ҳуқуқи асосида берилади.


Ҳозирги вақтда ҳам доимий фойдаланиш ҳуқуқида берилган қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ер участкалари мавжуд.

Жорий этилаётган ўзгартириш ер участкаларини туман ҳокимлиги тасарруфига ўтказиш масаласи ҳақида эмас, балки айнан мана шу 2021 йилга қадар ижара ҳуқуқидан бошқа ҳуқуқларда берилган қишлоқ хўжалиги ерлари ҳақида.

Шу билан бирга, Ер кодексига мувофиқ ерга бўлган ижара ҳуқуқини бошқа шахсларга сотиш (қайта ижарага бериш) мумкин.

Ўзгариш киритилаётган жараён ерга бўлган ҳуқуқларга аниқлик киритиш билан бирга, ер ижарачиларига ушбу механизмдан фойдаланиш имкониятини ҳам яратади.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Nechta obyekt xatlov qilindi?

🗓 2025-yil 11-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘RQ-937-sonli qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat kadasrlari palatasi tomonidan o‘tkazilayotgan xatlov jarayonida jami 669 131 ta obyekt inventarizatsiyadan o'tkazildi.

◼️ Mazkur xatlov Qonunda belgilangan tartibda aholi turar joylari va boshqa obyektlarni aniqlash, hisobga olish hamda ularga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish maqsadida amalga oshirilmoqda.

#DavKadastrPalata  #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦

DIQQAT E'LON


⭐️🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi faoliyat olib boradigan axborot tizimlarida joriy yilning
12-sentabr, soat 20.00dan - 15-sentabr, soat 09.00ga qadar
texnik hamda profilaktik ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilganligi munosabati bilan uzilishlar kuzatilishi mumkin.

🫥 Shu bois profilaktika ishlari tugallangunga qadar ayrim turdagi kadastr xizmatlari vaqtinchalik to‘xtatilishi haqida ogohlantiramiz!

▪️ Yurtdoshlarimizdan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

#DavKadastrPalata #e_lon #texnik #profilaktika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I FacebookI Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Xatlovdan lavhalar

📍 Qashqadaryo viloyati
📍 Navoiy viloyati
📍 Jizzax viloyati
📍Qoraqalpog'iston Respublikasi

➡️ Xatlov jarayonlarini biz bilan kuzаtib boring.

#DavKadastrPalata #xatlovdan_xabarlar #no_comment

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda - videotest


Kadastr sohasi va ko'rsatilayotgan xizmatlar haqida qanchalik xabardorsiz?

✔️ Videotestni ko‘rib, o‘zingizni sinab ko‘ring!

#DavKadastrPalata #bilasizmi #videotest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Tashkilotda odob-axloq qoidalari – doimo e’tiborda!


🇺🇿 Davlat tashkilotlarida faoliyat ko'rsatuvchi xodimlar xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlariga bo‘lgan hurmatini, shu jumladan davlat xizmatining nufuzini oshirishga xizmat qilishi zarur.

🇺🇿 Xodim o‘z xizmat faoliyatida nafaqat vazifalarini bajarishi, balki fuqarolar bilan muloqotda ham odob-axloq qoidalariga amal qilishi shart.
Jumladan:

➡️ fuqarolarga xushmuomala, hurmatli va xolis bo‘lish;
➡️ murojaatlarga e’tibor bilan, sabr-toqatli yondashish;
➡️ shaxsiy manfaatlarni emas, davlat va jamiyat manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish;
➡️ korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
➡️ o‘z faoliyatida halollik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash;
➡️ xizmat intizomiga qat’iy rioya qilish.


🛡 Tashkilot xodimining muomala madaniyati fuqarolarda davlat organlariga nisbatan hurmat va ishonchni mustahkamlaydi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿😂😁〽️🔸

Xatlov jarayonlari OAV nigohida

🌏 “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida” gi qonuni ijrosi Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatining doimiy nazoratida.

▶️ Tafsilotlar "NavoiyMTRK" telekanalining "Diyor24" informatsion dasturida.

#DavKadastrPalata #xatlov2025 #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qayta ijaraga berish tizimi takomillashtiriladi


🇺🇿 “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini ta’minlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–172-son, 12.09.2025 y.) qabul qilindi.


🔰 Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

◼️ tuman (shahar) hokimliklari tasarrufidagi bo‘sh turgan yer uchastkalarini to‘liq hisobga olish va realizatsiya qilish;

◼️ qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qayta ijaraga berish tizimini takomillashtirish.

Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijarachilariga yer uchastkalarining bir qismiga nisbatan ijara shartnomasi bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) huquqi beriladi.


🇺🇿 Mazkur yerlar egalari va foydalanuvchilariga yer uchastkalariga bo‘lgan egalik qilish va foydalanish huquqlarini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarori asosida ijara huquqiga o‘zgartirish imkoniyati beriladi.

🗓 Bunda yerga egalik qilish va foydalanish huquqi ijara huquqiga o‘tkazilganda ijara muddati quyidagicha etib belgilandi:

◼️ O‘zbekiston fuqarolari va ular muassisligidagi yuridik shaxslar uchun – 30 yil;

🔸 chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun – 25 yil.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🤝1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr atamalari

▶️ Identifikatsiya qilishga oid ma’lumotlar — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan kuni, oyi, yili, shaxsiy identifikatsiya raqami, fuqaroligi, yashash joyi; yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning to‘liq nomi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik raqami va sanasi, yakka tartibdagi tadbirkorning tug‘ilgan kuni, oyi, yili, soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning identifikatsiya raqami, yuridik shaxs joylashgan yerining yoki yakka tartibdagi tadbirkor yashash joyining manzili.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Joy nomlari tarixiga nazar

🇺🇿 Respublikamizning hududlaridagi Joy nomlari, tarixi, geografik joylashuvi haqidagi maʼlumotlarni taqdim etamiz.

💮 Olot tumani – bu nom qanday kelib chiqqan?

◼️Tarix bu nom haqida nima deydi?

◼️Olot so‘zi - "Olov" ma'nosidan olinganmi?

▶️ Batafsil videoda

#DavKadastrPalata #toponimika #joy_nomlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1🤝1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DXM dagi xizmatlarimiz


🏠 Bir xarakatda Noturar obyektlarni kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida xabardormisiz ?

📲Siz onlayn tarzda – YIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, noturar obyektlarni kadastr pasportini shakllantirib ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishingiz mumkin.

💳 Ko'rsatilgan xizmat uchun umumiy maydoniga qarab

▪️Davlat ro'yxatidan o'tkazishda BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha
▪️Kadastr pasporti shakllantirishda BHMning 1 baravaridan 80.5 baravarigacha bo'lgan miqdorda yig'im undiriladi.

🕔 Xizmat ko'rsatish muddati:

Kadastr pasportini shakllantirish
umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
2 ish kunigacha.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori


#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I FacebookI Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Top-10 ilg‘or kadastrchilar!


⭐️🌟Davlat kadastrlari palatasida faoliyat yuritayotgan fidoiy, o‘z kasbiga sadoqatli mutaxassislarni e’tirof etish maqsadida avgust oyida xatlov ishlari natijasi bo'yicha “Top-10 ilg‘or kadastrchilar” aniqlandi!

✔️Ular o‘zining mehnatsevarligi, mas’uliyati va yuksak natijalari bilan quyidagi ko'rsatkichlar orqali respublika bo'yicha "Top-10"talikka kirib, Davlat kadastrlari palatasining pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

📊 Bir oy davomida ular mazkur ko'rsatkichlarda obyektlarni xatlovdan o‘tkazib, UZKAD axborot tizimida faollashtirdilar:
1️⃣ Xazratqulov Samandar Ilxom oʻgʻli, Sirdaryo viloyati Boyovut tumani, 175 ta.
2️⃣ Totliboyev Zehniddin Muhiddin oʻgʻli. Navoiy viloyati, Nurota tumani 136 ta.
Xolmatov Bobir Raximovich. Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumani, 136 ta.
3️⃣ Istatov Jamshid Ergashevich. Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, 128 ta.
4️⃣ Soybnazarov Uktam Botirovich. Jizzax viloyati, Zomin tumani, 127 ta.
5️⃣ Shoturayev Odil Xusanovich, Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani, 124 ta.
6️⃣ Tillayev Zuxriddin Xusniddin oʻgʻli. Namangan viloyati, Chust tumani, 122 ta.
7️⃣ Ulashov Abbos Roʻzi oʻgʻli. Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani, 118 ta.
8️⃣ Iskandarov Jaxongir Shokirjon oʻgʻli. Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani, 115 ta.
Ismailov Otabek. Andijon viloyati, Qoʻrgʻontepa tumani, 115 ta.
Amirqulov Zavqiy Yusupovich, Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, 115 ta.
9️⃣ Axmadjanov Foziljon Olimjon oʻgʻli. Andijon viloyati, Qoʻrgʻontepa tumani, 112 ta.
🔟 Tolibjonov Homidjon Turdializoda. Fargʻona viloyati, Soʻx tumani. 111 ta.
Mamathoʻjayev Ikromjon Xalim oʻgʻli. Fargʻona viloyati, Quvasoy shahri, 111 ta.


🇺🇿 Fidokorona mehnati bilan ajralib turgan barcha kadastr muhandislariga minnatdorchilik bildirgan holda, ular bilan faxrlanishimizni e'tirof etamiz.

#DavKadastrPalata  #top10_kadastrchilar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2🤝1
2025/10/27 03:37:44
Back to Top
HTML Embed Code: