Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Muborak tumani namunaviy arxivi


🌟 Davlat kadastrlari palatasida “Namunaviy idoraviy arxiv” loyihasi asosida 21 ta filiallarining idoraviy arxivlarini moddiy-texnik bazasini takomillashtirish va zamonaviy arxiv jihozlari bilan ta’minlash ishlari olib borilgan. Shundan 17 ta filial idoraviy arxivlarida zamonaviy mobil stellajlar o‘rnatildi.

➡️ Ular qatorida Qashqadaro viloyati Muborak tumani filialining idoraviy arxivida saqlanayotgan 23 262 ta (21 100 turar, 2 162 noturar) kadastr yig‘majildlarining mavjudligi va holatini tekshirish ishlari davomida bugungi kunda 12 048 ta hujjatlar raqamlashtirildi.

#DavKadastrPalata  #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda - videotest


Kadastr sohasi va ko'rsatilayotgan xizmatlar haqida qanchalik xabardorsiz?

✔️ Videotestni ko‘rib, o‘zingizni sinab ko‘ring!

#DavKadastrPalata #bilasizmi #videotest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat reestri nimalardan iborat?


🌏O'zbekiston Respublikasi 803-sonli qonuni 23-moddasiga asosan davlat reyestri ko‘chmas mulk, unga bo‘lgan huquqlar, shuningdek huquq egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasi tarzidagi tizimlashtirilgan ma’lumotlar to‘plamidan iboratdir.

➡️ Batafsil: Infografikada

#DavKadastrPalata  #Qonun #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿😂😁〽️🔸

Yer resurslaridan samarali foydalanishda yangi qadamlar


🌏 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–172-sonli Farmoni bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qayta ijaraga berish tizimi joriy etiladi.

➡️ Batafsil: "Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturi lavhasida.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚖️ Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga chiqarilishi statistikasi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qaroriga asosan Davlat kadastrlari palatasi tomonidan yer uchastkalarini auksionga chiqarish ishlari shaffoflik va qonuniylik tamoyillari asosida tashkil etilmoqda.

📊 Mazkur infografika orqali Respublika miqyosida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga chiqarilishi statistikasi haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Shaffof va korrupsiyasiz tizim – taraqqiyot garovi


⭐️🌟 Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi tizimida ish unumdorligi va faoliyat samaradorligini oshirish bevosita shaffoflik va halollik tamoyillariga tayanadi. Shu bois hududiy boshqarmalarda muntazam ravishda profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, xodimlarga:

▫️korrupsiyaning oldini olish,
▫️xizmat vazifalarini halol va mas’uliyat bilan bajarish,
▫️fuqarolarga ochiq va sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilmoqda.

🎛Korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik kabi jinoyatlar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida tizimda o'tkazilgan profilaktik tadbirlar:

Farg'ona viloyati
Namangan viloyati
Jizzax viloyati
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Xorazm viloyati



#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yurtdoshlarimiz orzulari ushalgan damlar


🌏O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘RQ-937-sonli qonun asosida ko‘plab yurtdoshlarimizning uy-joylariga nisbatan egalik huquqlari eʼtirof etish davom etmoqda. Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida ham Davlat kadastrlari palatasi kadastr xodimlari tomonidan olib borilgan xatlov ishlari o'z samarasini berdi. Xususan:

✔️Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida 1 017 nafar fuqarolarning;
✔️Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida 370 nafar fuqarolarning yer uchastkalari va bino inshootlariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

📄 Mazkur jarayonni sifatli amalga oshirishda kadastr xodimlarining mashaqqatli mehnatini alohida ta’kidlash joiz. Ularning tizimli ishlari natijasida tartib bosqichlaridan so‘ng ko‘chmas mulkka oid huquqlar eʼtirof etilib, fuqarolarga qulaylik yaratilmoqda.

#DavKadastrPalata #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2💯1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Asossiz rad etish - rahbariyat tomonidan qat'iy tanqid qilindi


⚡️ Kecha Samarqand viloyatida Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K. Valiyev boshchiligida tahliliy-tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi.

◼️Uchrashuvda aholi va tadbirkorlardan kelib tushayotgan arizalarning asossiz rad etilayotgani, murojaatlarga bee’tiborlik va mas’uliyatsiz yondashuv keskin tanqid ostiga olindi. O'rganilgan asosli faktlar tahlili bo'yicha viloyatning filial rahbarlaridan izoh so'raldi.

🌟Palata raisi "Ariza va murojaatlarga belgilangan muddatlarda va qonuniy asosda javob berish, asossiz radlar uchun javobgarlik belgilanishi" - haqida ogohlantirdi

➡️ Nazorat yanada kuchaytirilishi belgilandi. Bunday holatlarga yo‘l qo‘yayotgan 10 ga yaqin xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari belgilanib, 7 nafar kadastrchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

🇺🇿 Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisining murojaat va arizalar bo'yicha o'rganish ishlari davom etmoqda.

#DavKadastrPalata #Samarqand #tanqidiy_yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥1🤝1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov ishlari davom etmoqda

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni ijrosi doirasida tasdiqlagan reja-grafikka asosan mahallalarda uy-joylarni xatlovdan o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Ushbu jarayonda shakllangan obyektlar ro‘yxati etirof.kadastr.uz platformasi hamda mahalla fuqarolari yig‘inlari orqali ochiq shaklda e’lon qilinmoqda.

✔️ Hududlarda jadal olib borilayotgan xatlov ishlari haqida quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

Navoiy viloyati
Surxondaryo viloyati
Namangan viloyati
Qashqadaryo viloyati
Buxoro viloyati
Toshkent viloyati
Sirdaryo viloyati
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Farg'ona viloyati
Jizzax viloyati
Toshkent shahri
Andijon viloyati


#DavKadastrPalata #xatlov2025


Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:

Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наманган шаҳрида Жаҳон банкининг глобал директори Луис Фелипе Лопес-Кальвани қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в городе Намангане принял глобального директора Всемирного банка Луиса Фелипе Лопес-Кальву.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Jahonbanki #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DXM dagi xizmatlarimiz


📃 O'zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro'yxatidan o'tkazish haqida xabardormisiz ?

📲Siz onlayn tarzda – YIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, o'zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro'yxatidan o‘tkazishingiz mumkin.

🫂 Ariza beruvchi kelishuvni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun so'rovnomaga servitut yoki sudning qarori ilova qilinadi.

🧑‍💻 QR-kod (shtrixli kod) qo'yilgan Reyestrdan ko'chirma ariza beruvchining elektron manziliga jo'natiladi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

💳 Ko'rsatilgan xizmat uchun
Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 1.125 BHM miqdorda yig'im undiriladi.

🕔 Xizmat ko'rsatish muddati:
1 ish kuni
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori


#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I FacebookI Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi doirasida amalga oshirilgan xatlov natijalari

🗓 2025-yil 18-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘RQ-937-sonli qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasi tomonidan o‘tkazilayotgan xatlov jarayonida jami 692 137 ta obyekt inventarizatsiyadan o'tkazildi.

◼️ Mazkur xatlov Qonunda belgilangan tartibda aholi turar joylari va boshqa obyektlarni aniqlash, hisobga olish hamda ularga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish maqsadida amalga oshirilmoqda.

#DavKadastrPalata  #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🤝1
2025/10/25 15:30:00
Back to Top
HTML Embed Code: