#iqtibos

“Insonning kibru havosi qanchalik katta bo‘lsa, uning aqli shunchalik kalta bo‘ladi”.

©️Muhammad ibn Husayn ibn Ali


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
Forwarded from Osmondagi bolalar
“Mutaxassislar qadrlanishi yoshlarga eng katta motivatsiya bo‘ladi!” — O‘zbekistonda IES qurgan yigit bilan suhbat

"Osmondagi bolalar" loyihasining navbatdagi mehmoni energetika sohasida faoliyat yurituvchi "ACWA Power" kompaniyasining bosh direktor o'rinbosari Alimardon Abdukarimov bo'ldi.

Suhbatdoshimiz Malayziyaning "PETRONAS" kompaniyasida ishlagan va yurtimizga qaytib 1500 Megavatt elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi IES va dunyoda ilk bor "yashil vodorod energiyasi" loyihalarini amalga oshirmoqda.

Suhbat davomida qahramonimizning faoliyati, IES qurishdagi qiyinchiliklar, O'zbekistonda energiya muammolari va kelajagi haqida bilib olishingiz mumkin.

Suhbatni hoziroq quyidagi havola orqali tomosha qiling.

👉 https://youtu.be/r91HLIV73rE
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Alloh bizga bergan ne’matlar haqida qanchalik tafakkur qilamiz?

Qay darajada bu ne’matlar shukrini qilamiz?

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
#Iqtibos

“Qalbingda siqilish, badaningda lohaslik, rizqingda yetishmovchilik sezilsa, bilginki, befoyda narsalar xususida ko‘p gaplashibsan”.

©️Molik ibn Dinor


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
Samarqandda BAA arxeologik koʻrgazmasi ochildi

Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Art-Rezidensiyada Sharja amirligining arxeologik topilmalari koʻrgazmasi ochildi.

Ochilish marosimida soʻzga chiqqan Oʻzbekiston ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov koʻrgazmaning ochilishi ikki davlat oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlanishiga hissa qoʻshishini alohida taʼkidladi.

“Sharja qadimiy tarixga ega. Bu hududda koʻplab eksponatlar topilgan. Ahamiyatli tomoni shundaki, bu topilmalarning 80 foizi ilk bor Oʻzbekistonda koʻrgazmaga qoʻyildi. Koʻrgazmadan Arabiston va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi munosabatlar tarixi hamda Sharja Amirligining neolit davridan Islomgacha boʻlgan davriga oid 170 dan ortiq arxeologik topilmalar oʻrin olgan”, – deydi u.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
#Iqtibos

“Aytilishicha, kunlar uch kun ekan xolos:

Kechagi kun. O‘z hikmatini senga tashlab ketgan donishmand hakimdir;

Bugungi kun. Sen bilan vidolashib turgan sodiq do‘st. Sendan juda yiroq edi, sen uning oldiga bormading uning o‘zi seni yo‘qlab keldi va tez jo‘nab ketish payida turibdi;

Ertangi kun. Sen unda bo‘lasanmi yo‘qmi? Bunisi nomaʼlum”.

©️Sufyon ibn Uyayna

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
#Milliydavlatchiligimiztarixidan

Amir Temur barpo qilgan qudratli saltanat hamda Samarqandda tashkil qilgan bog‘lari haqida bilasizmi?

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/ujxj

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
#Iqtibos

“Agar dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘lsang, bu ishni uylanishdan oldin qil! Uylangandan keyin televizordagi kanalni o‘zgartira olsang, shuning o‘zi dahshatli g‘alaba hisoblanadi”.

©️Doktor Ibrohim Sharqoviy


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Samarqandda “Kreativ bogʻ”lar, “Yoshlar sayli” va ijod koʻchalari qachon qilinadi?

Viloyat hokimligida ushbu masala muhokama qilindi.


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
​​#Iqtibos

“Jurnalistika bu – istalgan vaziyatlarda, jumladan, og‘ir va hayot uchun xavfli vaziyatlarda ham haqiqatni aytish kasbidir. Agar odam biron narsa haqida yozishni juda istasa, lekin haqiqatni yozishdan qo‘rqadigan bo‘lsa, u faqat unga aytib turiladigan yoki buyuriladigan narsalarni yozadigan referent-kotib bo‘lib ishlagani maʼqul”.

© Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mashinalar qaysi pulga xarid qilinyapti?

Kecha mazkur videoni e’lon qilgan Troll.uz muallifi Umid Gʻofurov yurtimizning toʻrt hududida yetimlarni moddiy ragʻbatlantirish maqsadida tashkillashtirilgan “Mehr daftari” hisobidan hokimlar uchun mashina xarid qilinganini ma’lum qildi.

Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari hokimliklari holatga izoh berdi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot kotibi Ahror Sodiqovga ko‘ra, davlat xaridlari portalida ma’lumotlarni ko‘rsatishda texnik xatolik yuz bergan bo‘lishi mumkin.  

«Ushbu holatda texnik xatolik yuz bergan bo‘lishi mumkin. Viloyat hokimligi xarid qilgan gibrid transport vositalari mahalliy budjetning 2024 yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan xarid qilingan. Ya’ni avtomobillar xaridi uchun «Mehr daftari» jamg‘armasidan mablag‘ o‘tkazilmagan», deyiladi hokimlik izohida.

Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan ham munosabat e’lon qilindi. Unda ham «Mehr daftari» jamg‘armasi mablag‘lari elektromobil sotib olish uchun ishlatilgani rad etiladi.

Ular davlat xaridlari portalida ma’lumotlarning noto‘g‘ri ko‘rsatilishini saytdagi kamchilik bilan bog‘ladi va tez orada kamchilik to‘g‘rilanishiga umid bildirdi.
“Buxoro viloyati hokimining 2023 yil 14 dekabrdagi farmoyishiga asosan, viloyat mahalliy budjetining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 (bir) dona BYD Song Plus Champion rusumli elektromobil xarid qilish bo‘yicha 412 mln so‘mga shartnoma imzolanib, avtomashina xarid qilingan. Ya’ni ushbu xarid belgilangan tartibda «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonun talablari asosida amalga oshirilgan va bunda «Mehr daftari» jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanilmagan», deyiladi Buxoro viloyati hokimligi izohida.

Agar xato boʻlsa, bir joyda boʻlar, ikki joyda boʻlar, toʻrtta hududda birdaniga shu holat kuzatilishi juda gʻalati.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
#Iqtibos

“Agar kishi aqlli bo‘lsa, boshqalar hamisha uni nimanidir boshlamoqchi, deb o‘ylashadi, fojia mana shunda”.

© Brendon Sanderson


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
#Iqtibos

“Agar oilada ota rasvo bo‘lsa –farzandlarning birortasi
rasvo bo‘ladi.

Agar oilada ona rasvo bo‘lsa – farzandlarning hammasi rasvo bo‘ladi”.

©️Yusuf Xos Hojib


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
Gaz “zapravkalar” qaysi biri, qayerda ishlayotganini 24 soat davomida ko‘rish mumkin bo‘lgan mobil ilova ishga tushiriladi

Bu haqda 22-aprel kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev ma’lum qilgan.

“Hududgazta’minot” tomonidan ishlab chiqilayotgan ushbu ilova orqali qayerda, qanaqa tiqilinch borligi haqidagi ma’lumotlar ham onlayn tarzda uzatiladi.

“Hududgazta’minot” tasarrufida bugungi kunda butun respublika bo‘yicha 1329 ta AGTKS bo‘lib, kompaniya bilan shartnoma tuzgan barcha shoxobchalar ilovaga kiritiladi.

“Ilova joriy yilning kuz-qish mavsumida ishga tushishi reja qilinyapti. Qishda haydovchilarning qo‘lida ilova bo‘ladi”, – degan Hasan Toshxo‘jayev.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
#Iqtibos

“Agar senga hasad qiluvchini topolmasang, bilki, sen muvaffaqiyatsiz inson ekansan”.

©️Muhammad Mutavalliy Shaʼroviy

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
Forwarded from Matn makon
“Matn Makon” bilan biznesingiz eshiklarini ochishingiz yanada oson

👇 Sizda mijozlarni jalb qilishning yangi imkoniyati mavjud. Biz sizga o‘z xizmatlarimizni taklif qilamiz. Endi siz kopirayter izlab, ovora bo‘lishingizga hojat yo‘q.

📌 “Matn Makon” – o‘zida tajribali kopirayterlarni jamlagan, o‘z qadriyatlariga ega agentlik ish boshladi.

Sahifalaringiz uchun quyidagi yo‘nalishlarda kreativ matnlar yozib beramiz:

• Sotuv postlari tayyorlaymiz;
• Videoroliklar uchun ssenariylar yozamiz;
• Tayyor matnlarni tahrirlab beramiz;
• PR maqolalar tayyorlaymiz;
• Maʼlum tillarga tarjimalarni amalga oshiramiz;
• Bannerlaringiz uchun kreativ matnlar yozamiz.

📞 “Matn Makon” administratori bilan bog‘lanish:

Telefon: +998 95 157 17 47
Telegram: @matnmakon_admin
#Iqtibos

“Sharq mamlakatlarida ikki toifadan biriga duch kelasan. Biri diniy ilmlar bilan kifoyalanib, dunyoviy ilmni rad qiladi.

Ikkinchisi esa moddiy ilm va moddiy vositalar bilan kifoyalanib, dinni inkor qiladi.

Bu ikki toifa mintaqadagi sivilizatsiya uchun falokatdir. Ular haqiqiy din va haqiqiy ilmning maʼnosini anglamaganlardir”.

©️Mustafo Mahmud


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
#Iqtibos

“Tibbiy izlanishlar shu qadar ilg‘orlab ketdiki, endi odamlar ichida sog‘lomi qolmadi”.

©️Oldos Haksli, ingliz yozuvchi va faylasufi


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
Forwarded from Shokirjonov news
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kun.uz’dagi yigitlar bilan Internetdagi onlayn firibgarlik haqida tushunarli rolik tayyorladik.

Iltimos, barcha guruhlar va kanallarda boʻlishishga yordam bering. Yaqinlaringizni ogohlantiring.

Kanalga obuna boʻling:
➡️ www.tg-me.com/shokirjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

“Besh ming yildan beri olamning ahvoli shu: raqqosa yozuvchidan ko‘p topadi, do‘mbirachi yo mashshoq novvoy, duradgor va temirchidan ko‘p pul ishlaydi.

Agar bugun siz Enshteynni ilmiy anjumanga chaqirsangiz, so‘ng yarim yalang‘och ayolni matbuot bilan uchrashuvga taklif etsangiz, olomon Eynshteyn va ilmini tashlab, yalang‘och ayolni qurshab oladi. Bunga biz aybdor emasmiz.

Balki, ayb aksar odamlarning hayvonsifat, nafs va shahvat quli bo‘lishlaridadir. Chunki bundaylar mayda ishlarni qo‘llab-quvvatlab, jiddiylaridan yuz o‘giradi”.

©️Mustafo Mahmud


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
2024/05/02 07:29:23
Back to Top
HTML Embed Code: