Doimiy bandlik — diqqatni yemiradigan eng sokin dushman.
Ko‘pchilik shunday yashaydi:
Tik turib telefonga qaraydi.
Yurib ketayotib audio eshitadi.
Sukutda o‘tirgudek bo‘lsa — YouTube, telegram, instagram ochadi.
Miyaga hech qachon dam berilmaydi.
Shuning uchun u doim charchagan, lekin nimadan — o‘zi ham bilmaydi.
Tadqiqotlar ko‘rsatadi:
muntazam ravishda kuniga 20-30 daqiqa hech narsa qilmasdan o‘tirish — diqqatni oshiradi,
emotsional boshqaruvni yaxshilaydi,
ijodiy g‘oyalar oqimini tiklaydi.
Ushbu haftada aynan shuni mashq qilamiz.
20 daqiqa.
Telefon yo‘q. Ovoz yo‘q.
Faqat o‘zingiz va fikrlaringiz.
O‘zingizni noqulay his qilsangiz — bu yaxshi belgidir.
Demak, miyangiz nihoyat jimlikni sezdi.
❓Siz oxirgi marta qachon hech narsa qilmasdan, jimgina o‘tirgansiz?
@Doniyor_Nasriddinov

Hamma narsaga ulanganmiz. O‘zimizdan boshqa.
Bugun ko‘pchilik hamma narsadan xabardor.
Yangiliklar. Fikrlar. Komiklar. Podcastlar.
Lekin o‘z ichidan butkul uzilgan.
Miya tinimsiz axborotni qayta ishlaydi.
Lekin bu axborotdan hech narsa qolmaydi.
Chunki hech bir fikrga chuqur kira olmaydi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadi:
inson miyasi fokusda uzoq ushlanmaydigan bo‘lsa, u o‘rganishga qodir bo‘lmay qoladi.
Bu o‘z navbatida stressni oshiradi, fikrlashni tarqoq qiladi, diqqatni yemiradi.
Chalg‘ituvchilar bilan emas, o‘zingiz bilan ko’proq bog’laning.

Endi faqat sabr emas, o‘zgarishlar ham sezilyapti.
Kimdir avval faqat orzu qilgan intizomni his qilyapti.
Kimdir vaqtning qadrini, sukunatning qiymatini tushunib boryapti.
Va yana kimdir o‘zining asl kuchini endi seza boshlayapti.
Lekin bu ichki sayohatning faqat boshlanishi.
Shuning uchun sizdan so‘raymiz:
Bu 3 hafta ichida sizda nimalar o‘zgardi?
Siz o‘zingizni qanday his qilyapsiz?
Qanday odatlar sizni tark etdi, qanday yangilari kirib keldi?
3 daqiqa vaqt — 21 kunlik sayohatni bir zumda tahlil qilish uchun yetarli.
P.S. Bugungi kun natijalarini shu post ostida qoldiring!
@Doniyor_Nasriddinov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun ta’lim sohasida yana bir katta loyiha taqdimoti bo‘ladi.
Do‘stimiz Jahongir Pulatov boshlayotgan bu loyiha haqida eshitgandirsiz.
Ko‘pchilikning e’tiborini tortgan bu sirli tashabbus nima ekanligini bilaman), ammo tafsilotlarini birga ko‘ramiz
Soat 20:00 da YouTubeda.
Millat uchun ko’p foyda keltiradigan loyihalardan bo’lsin!

Ish ko‘p, vaqt yo‘q.
Lekin oxirida hech narsa bitmagan.
Ko‘rinishi tanishmi?
Bu - zamonaviy “barakasiz vaqt” alomati.
Vaqt oz emas.
E’tibor tarqoq. Diqqat bir joyga jamlanmagan.
Kun davomida nima qilganimizni o‘zimiz ham aniq eslolmaymiz.
Har safar telefonga qaraganimizda, miyamiz boshqa mavzuga o‘tadi.
Natijada birorta ishga to‘liq sho‘ng‘iy olmaymiz.
Qilgan ishlar ko‘p — lekin hech biri bizni ichimizdan xotirjam qilmaydi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadi:
kun davomida ko‘p chalg‘ish (masalan: xabar, tarmoq, videolar) — ish unumdorligini 40% gacha pasaytiradi.
Shuning uchun vaqt kam emas — barakasiz tuyuladi.
Bugun bitta ishni e’tibor bilan bajaring.
Signalga emas, ichki sokinlikka quloq tuting.
Baraka — soniyada emas, ongli harakatda yashiringan.

Sizni kutayotgan versiya bor
O‘zingizga va’da bergandingiz.
“Endi boshqacha bo‘laman,” degandingiz.
Bir necha kun chidadingiz ham.
Lekin keyin...
Biroz kech uyg‘onildi.
Reja yozilmadi. Kitob ochilmadi.
Telefon yana eski do‘stga aylandi.
O‘zingizni ayblamang.
Urinmasdan avval to‘xtasangiz, bundan ham yomon bo‘lardi.
Sizning yutug‘ingiz — hech bo‘lmaganda boshlagansiz.
Foydali odatlar qanday buziladi, bilasizmi?
Odam ularni birdan tark etmaydi.
Shunchaki “bir kunga” to‘xtaydi.
Keyin yana bir kun.
Va o‘zi sezmasdan, yana eski joyiga qaytadi.
Sizning eski versiyangiz orqaga tortmoqda.
Yangi versiyangiz esa jim turib kutyapti.
Siz qaysi tomonga yurmoqchisiz?

✅ 7.5-hafta: Niyat va tartib haftasi
"Rag‘batga mezon bo‘lmasa – u seni boshqaradi."
Ko‘pchilik telefonga qo‘l uzatadi, video ko‘radi, xabarlarni ochadi - nima uchun? Shunchaki zerikdi. Diqqat qochdi. Rag‘bat kerak bo‘ldi. Ammo, bunday yashashda siz emas, odatlaringiz hayotingizni boshqaradi.
Bu hafta biz hayotimizdagi har bir harakatni mezon bilan tanlashni mashq qilamiz. Telefon, kitob, sport, ish, dam - barchasini ongli tanlaymiz.
📌 Yangi hafta topshiriqlari:
1. Telefoningizga kategorik cheklovlar kiriting.
Aniq holatlar bo‘yicha o‘zingizga qat’iy “yo‘q” deyishni mashq qiling.
Masalan:
– Dasturxon atrofida telefonga umuman qo‘l tekkizmaslik;
– O‘qish yoki dars vaqtida telefonni boshqa xonaga olib chiqib qo‘yish;
– Uxlashdan oldingi 1 soatni telefonsiz biror foydali mashg'ulotga ajratish.
2. Rag‘batni ongli yo‘naltiring.
Telefonni ochgingiz kelgan payt - bu signal. O‘zingizni to‘xtating va o‘rniga ongli tanlov qiling:
– 5 bet kitob o‘qing;
– Yengil jismoniy harakat qiling;
– Qisqa tafakkur mashg‘uloti bajaring.
P.S Avvalgi shartlar ham kuchda qoladi!
👉 @Doniyor_Nasriddinov

Ota-onangiz yoningizda. Siz esa telefonga qarayapsiz.
Ekranda masxarabozlar kuldiradi.
Ular har kuni yangilanadi.
Ammo ota-onangizning nigohi — faqat bugun bor.
Telefonga qarab tursangiz — hech narsa o‘zgarmaydi.
Ammo ota-onangizga qarab tursangiz — bu ibodatga aylanadi.
Yuzlaridagi ajinlar chuqur ma’nolar so’zlaydi (agar o’qiy olsangiz)
Ekrandagi bemani narsalar topiladi.
Ota-onangiz esa — yelkangizga qo‘ngan qush.
Ular uchib ketsa... qayta topolmaysiz.
Bugun o‘zingizga qat’iy cheklov qo‘ying:
Ota-onangiz oldida telefonga qaramang.

Farzandingiz ulg‘aygach, nimani eslaydi?
“Dadam yonimda o‘tirardi,
lekin doim telefonda edi,”
— degan xotira qolmasin.
U biz bilan emas, bizni kuzatib o‘sadi.
Biz ekranga qanchalik qarasak,
ular bizdan shunchalik uzoqlashadi.
Farzandingiz eslab yursa arzigulik holatlar yasang.
U sizning aytgan gaplaringizni emas,
qaragan ko‘zingizni, kulgan chehrangizni, quchoqlab turgan holatingizni eslaydi.
Telefoningizni qo‘ying.
Sizga qarab turgan ko‘zlar — bir umr eslab qoladi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun velosipedda 43 km yo‘l bosib o’tdim
Har qadamda tafakkur qilishga harakat qildim.
Tezlik emas — barqarorlik.
Masofa emas — o‘zini yengish.
Velosiped bilan uzoq yo‘l bosib o‘tayotganingizda,
siz faqat oldinga emas, ichingizga qaraysiz.
U yerda sukut bor.
U yerda javoblar bor.
Bu safar — jismoniy mashg‘ulot emas edi.
Bu — ichki sokinlik tomon harakat edi.
P.s: Safardaman, duolaringizda yo’qlab qo’ying! Aybga buyurmaysiz, vaqtida post yoza olmayabman.

Xayrli tong.
Tabiat jim.
Hamma narsa o‘z o‘rnida.
Havo toza, yurak tinch.
Tafakkur qilinsa, har bir tong shukr qilishga, to‘xtab nafas olishga chaqiradi.
Bugun - har birimiz uchun yangi imkoniyat!

✅ 7.6-hafta: Shaxsiy kuchingizni tiklash
«Quvvat ichingizda yashiringan»
Motivatsiyani tashqaridan emas, ichingizdan izlaymiz.
📌 Hafta shartlari
1. Har kuni kechqurun o‘zingizdan so‘rang:
• Bugun meni ruhlantirgan narsa nima bo‘ldi?
• Bugun eng ko‘p kuchimni nimaga sarfladim?
2. Javobni yozib boring.
• Har kuni bittagina javob yetarli.
• Bu sizda o‘z kuchingizni boshqarish odatini shakllantiradi.
3. Agar kuchingiz pasaygan bo‘lsa, yozing:
• Qaysi lahzada charchadim?
• Bu kuchni qayta qanday to‘ldirishim mumkin?
📚 Ilmiy asoslar:
▪️ Har kuni ichki kuchingizni yozib borishmiyadagi "prefrontal korteks"ni faollashtiradi. Bu sizga barqarorlik va nazorat hissini qaytaradi.
▪️ Bu metod sizni qisqa muddatli dofamin emas, ongli qarorlar asosida harakat qilishga o‘rgatadi.
▪️ Tadqiqotlar (Fredrickson, 2009) shuni ko‘rsatadiki:
Har kuni ichki kuch manbaini qayd etish, bor-yo‘g‘i 2 haftada stressni 23% ga kamaytiradi.
📥 Izohlarda ulashamiz:
– Bugun o‘zimga eng ko‘p kuch bergan narsa: ________
– Bugun ichki kuchimni nimaga sarfladim: ________
P.S. Avvalgi shartlar o'z kuchida qoladi!

🧠 Charchoq, stress va unutuvchanlikning asl sababi - miyadagi yopilmagan “fayllar”
Hal qilinmagan rejalar, eslab qolingan vazifalar, bitmagan ishlar - bular shunchaki unutilgan topshiriqlar emas. Bu - miyangizni doimiy stress holatida ushlab turayotgan "ochiq fayllar" jamlanmasi.
Uxlaysiz, miyada “fondagi jarayonlar” ishlashda davom etadi. Fikrni jamlay olmaysiz, dam olsangiz ham charchoq ketmaydi.
Siz yolg'iz emassiz. Bu muammo deyarli hammada bor. Ammo, yaxshi yangilik - buning yechimi mavjud.
📌 Bu muammoni GTD – Getting Things Done tizimi orqali butunlay hal qilish mumkin. Bu dunyodagi eng mashhur, samarali va ilmiy asoslangan vazifalarni boshqarish tizimi.
“Sarchashma” loyihasining yangi sonida siz:
✔️ Miyani charchatadigan “yopilmagan fayllar” aslida nima ekanini;
✔️ GTD metodining asl mohiyati va qanday ishlashini;
✔️ Fikrni jamlash, stressdan chiqish va samaradorlikni oshirish yo‘lini o‘rganasiz.
Videoni hoziroq tomosha qiling:
👉 https://youtu.be/HeMl4_ufGpM

GTD TIZIMI, savollar to'plami.pdf
143.4 KB
Mana sizga sarchashma loyihasining 3-sonida va’da qilingan savollar to‘plami.
Bu shunchaki savollar emas.
Ular miyangizdagi ortiqcha yuklarni tushirish, ongni bo‘shatish va ichki sokinlikni tiklash uchun ishlaydi.
Har bir savol - sizni sizga yaqinlashtiradi.
Ular orqali faqat rejalashtirish emas, o‘zingizni anglash ham boshlanadi.
Yozing. Javob bering. Chalg‘imang.
Ko‘rasiz - miyangizdagi shovqin asta-sekin tiniqlikka aylanadi.
O’zingizni yaxshiroq taniy boshlaysiz.
Boshlang. Ichingizni tozalamasdan tashqarini tartibga solib bo‘lmaydi.

📌 GTD tizimi & Todoist — mobil telefoningizda samarali boshqaruv uchun video yo‘riqnoma
👉 Sarchashma loyihasining 3-sonida eng samarador usullardan biri — GTD tizimi tushuntirilgan. Endi bu tizimni mobil telefoningizda qanday ishlatishni bosqichma-bosqich ko‘rsatib beruvchi video qo‘llanma tayyorladik.
🎥 Video bo‘limlari:
▪️ 00:00 – Kirish & dastur o‘rnatilishi
▪️ 00:38 – Shaxsiy GTD shabloningizni tayyorlash
▪️ 01:54 – Miyani bo‘shatish bosqichi (Todoistda)
▪️ 04:40 – Aniqlashtirish & Joylashtirish (Todoistda)
▪️ 06:49 – Loyihalar bilan ishlash (Todoistda)
▪️ 13:50 – Taslim bo‘lmaslik tamoyili va tizim barqarorligi
▪️ 15:44 – Haftalik ko‘rib chiqish (Weekly Review)
P.S: Ushbu video yo‘riqnomani tayyorlashga deyarli 2 soat vaqt ketdi, umid qilamanki siz 15 daqiqangizni ajratib videoni to’liq ko’rasiz va hayotingizga tadbiq qilasiz.