Telegram Web Link
Zamon sizga tezlikni sotyapti. Ammo haqiqiy boylik - xotirjamlikdir

Reels: “tez o‘rgan”
Reklama: “tez boyib ket”
Xabarlar: “tez javob ber”
Dunyo esa har lahza “shoshil” deya undayapti.

Natija: siz doim kechikayotgandek his qilasiz.
Aslida esa, o‘zingizni eshitishga hech qachon ulgurmaysiz.

Tinch hayot — hozir “ommabop” emas.
Lekin siz xotirjamlikni tanlang. Shoshilmang.
O‘zingizni nazorat qiling. Taslim bo‘lmang.

Ertaga 7.2-haftaning so‘nggi kuni.

Bugun ham:
🔕 21:00–08:00 — raqamli sukut
📖 Uxlashdan oldin 10 daqiqa kitob o‘qish
📝 Tongda reja
🛑 Beixiyor harakatlarni to‘xtatib boring

Bugun siz qaysi tomonda bo’lasiz: tezlikmi, tinchlikmi?

P.S: Kechagi natijalarimni izoh qoldiraman,
Siz ham ulashing!

@Doniyor_Nasriddinov
(Diqqat bilan eshiting, muhim!)

Moslashish bosqichlari yakunlandi.
🎉 Tabriklayman! Siz o‘zingizni tanish va nazorat qilish yo‘lida jiddiy bir bosqichni bosib o‘tdingiz.

Bugun 7.2-haftaning oxirgi kuni.
Endi esa oldinda qaramlikdan chiqish, yaxshi odatlarni shakllantirish va yangi hayot ritmini shakllantirish bosqichlari boshlanadi.

Oldinda sizni nimalar kutmoqda?

7.3-hafta: Tana, Ong va Ruh uyg‘onishi
«Harakat – miyani uyg‘otadi
Jismoniy faollik orqali miyada tabiiy dopamin uyg‘otamiz.

7.4-hafta: Foydali zerikish
«Bo‘sh vaqt – ong uchun nafas.»
Zerikish – ijod va tafakkur eshigidir.

7.5-hafta: Niyat va tartib haftasi
«Rag‘batga mezon bo‘lmasa – u seni boshqaradi.»
Telefon, kitob, sport – har bir narsani ongli tanlab, mezon bilan yashashni o‘rganamiz.

7.6-hafta: Shaxsiy kuchingizni tiklash
«Quvvat ichingizda yashiringan.»
Motivatsiyani tashqaridan emas, ichingizdan izlaymiz.

7.7-hafta: Yangi hayot boshlanishi
«Tabiiy ritm – eng barqaror kuch.»
Barqaror odatlar orqali raqamli hayotdan ozodlik sari o‘tamiz.

Har bir haftada alohida topshiriqlar, dalillar shakli, tushuntirish va audio bo‘ladi.
Siz esa faqat qatnashishda davom eting.
Qolganini — biz birga qilamiz In shaa Alloh.

@Doniyor_Nasriddinov
7.3-hafta: Tana, Ong va Ruh uyg‘onishi

00:00 Maqsad: Telefon emas, tana harakati orqali tabiiy dofamin chiqarishni o'rganamiz. Jismoniy harakatni rag'bat manbaiga aylantiramiz.

Yangi hafta topshiriqlari:
01:16 1-shart: Jismoniy faollik.
Ertalab yoki kechqurun 10–20 daqiqalik yengil yurish yoki yugurish qiling!
Foydasi: Miya va qalbdagi stressni kamaytirib, ruhiy holatni tiklaydi.

03:13 2-shart: Tabiatga qarab tafakkur qilish
Yaqin bog‘, hovli, yoki tabiatli joyga chiqing va kamida 5 daqiqa shunchaki yurib, kuzating, tafakkur qiling!
Foydasi: Tabiat miyani tabiiy ritmga qaytaradi, stressni kamaytiradi va ichki balansni tiklaydi.

Haqiqiy baxt oddiy hayot ichida yashirinadi. Faqat, uni ko‘rish uchun sekinlashish kerak.

04:29 Avvalgi shartlar o'z holicha davom etadi:
04:40 1-shart: 22.00-08.00 oralig'ida barcha ijtimoiy tarmoqlarni bloklang!
05:13 2-shart: Uxlashdan avval kitob o‘qing! (Kamida 10 daqiqa)
05:32 3-shart: Har tongda kunlik rejangizni yozing!
06:04 4-shart: Ongli nazoratni davom ettiring!

06:33 Dalillarni qanday ulashasiz?
Dalil yuborish shablonini post ostida qoldiraman.

08:30 Bugun nima qilamiz?

Yangi hafta shartlarini yaxshi tushunish uchun audioni to’liq eshiting!

@Doniyor_Nasriddinov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telefon sizga: “Yana bir daqiqa qol” deydi.
Video: “Bu eng qiziq joyi edi” deydi.
Xabar: “Javob bermasang, yo‘qotasan” deydi.

Kitob esa... hech narsa demaydi.
U kutadi.
Tinch. Sokin. Siz tayyor bo‘lishingizni kutadi.

Kitob sizni chalg‘itmaydi.
U sizga hech narsa sotmaydi.
U sizga faqat sizni qaytaradi.

Ilmiy izlanishlarga ko‘ra, chuqur kitob o‘qish — miyadagi stress gormonlarini 60% gacha kamaytiradi.
Kitob — bu ichki sokinlik bilan ulanishning eng qadimiy va samarali usuli.

Bugun kitob o’qidingizmi?

@Doniyor_Nasriddinov
Ko‘kka qaragan inson pastdagi muammolarni vaqtincha unutadi

Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadi:
tabiatga atigi 5 daqiqa qarash — yurak urishini me’yorlashtiradi,
stress gormoni kortizolni pasaytiradi,
miyada tinchlik va barqarorlik uchun mas’ul bo‘lgan alfa-to‘lqinlarni faollashtiradi.

Daraxtlar jim.
Quyosh har kuni chiqadi.
Yaproqlar shamolda bir xilda silkinadi.

Tabiat hech qachon shoshilmaydi.
Shunga qaramay, hamma narsaga ulgurgan.

Siz ham hozir chiqib, 5 daqiqa tabiatga qarang.
Nafas oling. Hech narsani o‘ylamang.
Faqat kuzating. Tabiiy ritmni his eting.

Tafakkur — faqat so‘zlarda emas.
U kuzatishdan boshlanadi.

Bugun siz atrofingizni ko‘rdingizmi, yoki faqat ekranni?

@Doniyor_Nasriddinov
Assalomu alaykum, Juma muborak bo’lsin azizlar )

Aybga buyurmaysiz, alohida post yozishga ulgurmadim. 24-aprel natijalarini ushbu xabar ostida qoldiring.

Hurmat bilan
@Doniyor_Narsriddinov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zini yenggan odam — eng katta g‘alabani qo‘lga kiritadi

Sky Camp 2025 musobaqasida 20 km masofani bosib o‘tdim.
Keskin qiyaliklar, tik ko‘tarilishlar va 1841 metr balandlik.
03:35:00 davomida har qadam, har nafasda o‘zim bilan kurashdim.

Maqsad natija emas, qiyin paytda ham oldinga bir qadam tashlay olishdir.

Sog‘lom turmush tarzi — bu rekord emas.
Bu tanangiz salomatligi uchun qilgan harakatingiz, undan zavqlanishingizdir.

Bugun o‘ziga g‘amxo‘r bo‘lgan, o’zini tanigan har bir odam g‘alaba qozonadi.

P.s: Musobaqa davomida qo’llab quvvatlab turgan barchaga rahmat!

@Doniyor_Nasriddinov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun bergan qaroringiz - 2-3 yildan keyin hayotingizni belgilaydi

Buni ko‘pchilik sezmaydi.
Sezganlar esa vaqtni kutmaydi.

Farzandingiz uchun tanlangan muhit, ustozlar va yo'nalish uning ertangi natijalarini shakllantiradi.

O‘z vaqtida qilingan to'g'ri tanlov - kelajakda pushaymonlik emas, minnatdorlik olib keladi.

Shu ma'noda, siz uchun yaxshi yangilik:
Colba maktabi endi Chilonzor tumanida ham o‘z eshiklarini ochdi.

Aynan, ushbu filialimizda 5-11-sinf o‘quvchilari uchun maktabga tayyorlov kurslariga qabul boshlandi.

Agar siz ham farzandingizni kuchli bilim va natija beradigan muhitda o'qishini xohlasangiz, hoziroq ro'yxatdan o'ting!

Ro‘yxatdan o‘tish

📞 Call center: +998781137818
📍Manzil: Qatortol ko'chasi, 8-uy

Farzandi uchun yaxshi muhit izlayotgan tanishlaringiz bo'lsa, bu xabarni ularga ulashishni unutmang!

@Doniyor_Nasriddinov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kontent ahamiyati

Kontent hayotimizning bir qismiga aylanib qoldi, buni hech birimiz inkor qila olmaymiz. Katta-yu kichik birday ekranlarimizga bog‘lanib qoldik. Ekranlarimiz oldida soatlarimizni sarflayotganimiz bir og‘rig‘imiz bo‘lsa, yana bir og‘rig‘imiz iste’mol qilayotgan kontentlarimiz turidir.

Voyaga yetgan insonlar sifatida biz kontentlarni filtr qila olishimiz mumkin, lekin hali aqlini tanib ulgurmagan farzandlarimiz qanday yo‘l tutsin?! Ular ko‘rayotgan kontentlarni guvohi bo‘lar ekanmiz, g‘arb qadriyatlari qanchalik bu kontentlarda o‘rin egallagani bizni xafa qiladi.

Ular hali nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘ri ekanini farqiga borishmaydi, biz kattalarning esa ular oldidagi asosiy burchlarimizdan biri - ularga mos kontent tanlab berish.

Yaqin vaqtlargacha yurtimizda farzandlarimizga ko‘rsata oladigan milliy kontentlarimiz yo‘q edi. Lekin Lola Animation jamoasi birinchilardan bo‘lib milliy multfilmlar yaratish tashabbusi bilan chiqdilar. Lola Animation tayyorlagan multfilmlar dunyoning eng katta animatsion studiyalari bo‘lmish Disney va Pixar darajasidagi, qiziqarli, rang-barang, va bolalarni fikrlashga undaydi va voqelikni tushunishga yordam beradi.

Hozirda Lola Animation jamoasi tomonidan tayyorlangan “Lulu Nana” multseriali televizor yuzini ko‘rishga ham ulgurdi. Bu, albatta, bizni xursand qiladi. Zero, farzandlarimizga qo‘rqmasdan ko‘rsata oladigan kontentlarimiz ko‘payishi bizni G‘arb kontentlariga muhtojlikdan qutqaradi.

Lola jamoasi endilikda o‘zlarining animatsiya kurslarini ham boshlashgan bo‘lib, o‘zlari kabi mutaxassislarni ko‘paytirishni maqsad qilishgan. Kurslarni onlayn va offlayn shakllarda o‘qishingiz va Lola Animation jamoasida amaliyot o‘tashingiz mumkin.

Animatsiya kurslari haqida batafsil ma'lumot olish uchun bu yerga yozib qoldirishingiz mumkin: @lolaanimation_studio
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
7.4-hafta: Foydali zerikish

"Bo'sh vaqt — ong uchun nafas"

Ko‘pchilik doimiy bandlikni hayotiy yutuqdek ko'radi. Aslida esa, vaqt-vaqti bilan ongli zerikish fikrlarimizni tozalab, ijod va tafakkur eshiklarini ochadi.

Zerikishni o‘rgangan inson o‘z ruhiy kuchini va diqqatini boshqarishni o‘rgangan insonga aylanadi.

📌 Yangi hafta topshiriqlari:

1. Har kuni kamida 20 daqiqa mobaynida shunchaki o'zingiz va fikrlaringiz bilan yolg'iz qoling. Zeriking.

2. Yanada muhimrogʻi, telefondan har safar ongli ravishda foydalanayotganingizga diqqat qiling hamda kun davomida necha marta ongli ravishda foydalanganingizni hisoblab, ulashib boring!

Unutmang! Oʻzingizda "mindfulness" - onglilikni rivojlantirmaguningizcha hech bir qaramlikdan qutula olmaysiz!


P.S. Avvalgi shartlar o'z holicha davom etadi:

1. Ertalab yoki kechqurun 10–20 daqiqalik yengil yurish yoki yugurish qiling!
2. Yaqin bog‘, hovli, yoki tabiatli joyga chiqing va kamida 5 daqiqa shunchaki yurib, kuzating!
3. 22:00-08:00 oralig'ida barcha ijtimoiy tarmoqlarni bloklang!
4. Uxlashdan avval kitob o‘qing! (hatto 1–5 bet bo‘lsa ham)
5. Har tongda kunlik rejangizni yozing!
6. Ongli nazoratni davom ettiring!
7. Izohlarda Screen time (umumiy ekran vaqti) va kunlik hissiyotlaringizni ulashing!


Bugun, 29-aprel, soat 20:00 da aynan yangi hafta yuzasidan maxsus ovozli suhbat boʻlib oʻtadi. Oʻtkazib yubormang!

@Doniyor_Nasriddinov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
Hech narsa qilmaslik — miyani tiklaydigan eng oddiy mashq.

Zerikish bizga noto‘g‘ri tanishtirilgan.
“Bo‘sh o‘tirma”, “band bo‘l, foydali ish qil” degan gaplar ongimizga o‘rnashib qolgan.
Aslida esa, zerikish — miyani tiklovchi, diqqatni qayta yuklovchi tabiiy vosita.

Ilmiy tadqiqotlar tasdiqlaydi:
miyada ijodkorlik va diqqat faollashuvi ko‘pincha aynan hech narsa qilmayotgan paytda yuz beradi.

Lekin biz zerikolmaymiz.
Chunki har bo‘sh daqiqa — telefon.
Har tanaffus — scroll.
Har yolg‘izlik — signal izlash.

Shuning uchun zerikish endi jasorat talab qiladi.
20 daqiqa jim o‘tirish.
Telefonni boshqa xonada qoldirish.
Faqat o‘zingiz bilan qolish.

O‘zingiz bilan qoling.
Bo‘sh vaqtdan qo‘rqmang — u sizni yangilaydi.

@Doniyor_Nasriddinov
suhbat
Doniyor Nasriddinov
Kechagi ovozli suhbatni yozib olingan shakli:

00:00 Kirish
02:36 Foydali zerikish o'zi nima?
06:42 Nega chellenj susayib ketdi?
08:20 Har qanday qaramlikdan qutulishning kaliti - onglilik
13:23 Bir ishni boshlab, oxiriga yetkaza olmayman. Nima qilsam bo'ladi?
17:02 Chellenj boshida qo'shila olmaganlar nima qilsin?
20:45 Nega ko'pchilik zerikishdan qochadi?
22:12 Ko'p uxlayman. Nima qilsam bo'ladi?
23:58 Rivojlanish uchun bizga zavq beradigan "hobby" dan kechish kerakmi?
25:25 Bir ishni davomiy qilish uchun qiziqarli nuqtasida to'xtatish kerak
27:23 Barvaqt uyg'onish uchun nima qilish kerak?
28:55 Ba'zan shijoatlanaman, ba'zan o'zimda kuch topolmayman. Nima qilishim kerak?

📌 Audioni diqqat bilan oxirgacha tinglashingizni so'rab qolamiz!

@Doniyor_Nasriddinov
2025/06/29 10:42:32
Back to Top
HTML Embed Code: