Balki foydasi tegar…
(Nima bu deganlarga: Bolaga sanashni o’rgatishga o’yin)

Mitoxondriyalaringni pulingni boshqara olgandek boshqara olmaysan. Aqlliroq bo’l!
Bek Olimjon
05.10.25
Norvegiya
Original note:
U can’t controll your m-dria as your bank account. Be wise!

G’alabadan maqsad o’yinni tark etish
Nils Van Der Poel, 1996-yilda tug’ilgan shved sport shedevri.
U 2022-yilgi Olimpiadada uzoq masofaga konki uchish sporti bo’yicha 5000 va 10000m masofada oltin oladi, Olimpia va jahon rekordi o’rnatadi.
Sport karyerasining eng cho’qqisida, o’z sportida dunyodagi yagona eng tez konkichi sifatida, sportdan iste’foga chiqadi.
Sportdagi bu qadar darajaga qanday erishganligi haqida 62 varaqdan iborat ”manifesto” yozadi.
Manifestoda Olimpiadaga qanday tayyorlanganini haqida shu qadar detalli yozilganki hayron qolasiz.
Nafaqat qaysi oyda qanday mashg’ulot qilgani, balki har hafta, har bir kun qanday mashg’ulotni qanday tartibda qilgani haqida detallashgan hujjat yozib qoldiradi.
U 3 yil davomida yolg'iz shug'ullanadi. Hech qanday jamoasiz. Yolg'iz o'zi va murabbiysi.
Muvaffaqiyat "kalitini" butun jahon uchun tayyor "shpargalka" qilib ochib berdi.
Nega unday qilgani haqida so’rashganida: ”Bu hujjat men qo’ygan rekordlarni boshqalar yangilashiga yordam beradi degan maqsadda qildim.” deydi
Olimpiadada olgan oltin medallardan birini Xitoy hukumatini tanqid qilgani uchun qamalgan bir jurnalist qiziga sovg’a qiladi.
Oltin medalni u Beijingda olgan edi.
Uning fikricha u o’z muvaffaqiyati uchun mehnat qilgan. Boshqalar ham mehnat qilsa erisha olishini qayta-qayta eslatib o’tadi.
U va uning murabbiysi qo'llagan usulni dunyodagi eng zo'r murabbiylar qanchalik olqishlashiga qaramay, milliy terma jamoa uning usulidan foydalangani yo'q. Sababi - bunday qiyinchilikka sportchilar ruhiy kuch topa olishmasliklari.
G'ayriodatiy natijalarga erishish uchun, g'ayriodatiy harakatlar qilish kerak.
NVDP mediada kam ko'rinadi. Intervyulari ham ko'p emas. Na shved tilida, na ingliz tilida.
O'zi maqsad oltin medal olishmidi, yoki? 😊
Bek Olimjon
05.10.25
Norvegiya
Original note:
NVDP, crazy volume training, isolation, extreme focus, it was not about OL afterall.

Noto’g’ri ekanligingni o’zingga ochiq aytadigan insonlarni qadrla.
Ayniqsa ular sendan hech narsa kutishmasa.
Undaylar juda kam uchraydi.
Bek Olimjon
Original note:
🙏 friends, your 🐂 💩

O'ziga bo'lgan ishonch faktlardan so'ng paydo bo'ladi.
Erishilgan natijalardan, raqamlardan keyin.
Faktlarsiz o'ziga bo'lgan ishonch bu voqe'likdan uzoq bo'lgan orzu (wishful thinking).
Nima qilish mumkin?
kichik maqsad -> natija -> kattaroq maqsad -> natija (micro-goal -> achieve it -> raise the bar... Repeat)
Bek Olimjon
08.10.25
Norvegiya
Original note:
Self-confidence, numbers/facts, wishful thinking, micro-goal, raise the bar

O'tgan kuni Nils Svensson haqida yozgan edim.
Nils sportni ilm sifatida o'rganadigan, kasb qilgan mutaxassis odamlar ichida geniy va o'ta intizomli inson sifatida tan olinadi.
Legendaga aylangan murabbiylar ham u haqida gapirishadi.
O'tgan kuni postdan keyin Nils haqidagi taassurotlarimni xotinimga aytib bersam, nima deydi deng.
"Sizga o'xshagan ekanda! Qilaman degan narsasini qilar ekan" deydi.
Ot dushi hursand bo'ldim lekin, bildirmasam ham.
Nils kabi intizomli odamlardan 100 chaqirim uzoqdaman oma.
Tushunmasdan, shunchaki aytib qo'ygandirda deyman desam, sport jargonidan xabari bor xo'jayinni.
Shunaqa gaplar, azizlar.
Onam aytadi doim: "Nega qila olmas ekansiz? Qila olaman deng. Alloh yetkazadi!" deb.
Atrofimizda bizga ishonadigan insonlar bor ekan, energiya kelaveradi.
Bek Olimjon
09.10.25

Har birimizda nimagadir addiksiya bor.
Shaxsga yoki jamiyatga zararli addiksiya bu yomon deb tushuniladi (e.g. alkogol, narkotika, CS, porno, reels, ovqat)
Aksi esa yaxshi addiksiya deb qaraladi (e.g. sport, kitob o'qish, biznes, yozish...)
Yaxshi shakllangan odat va addiksiya orasidagi masofa katta emasdek.
Odatni addiksiyaga aylanishi oson. Bu sirg'anchiq pastlik kabi (slippery slope) bo'lishi mumkin.
Bu yo'lda oynaga qarab o'zimiz bilan 150% ro'stgo'ylik bilan gaplasha olishimiz muhim (self awareness).
"Menda nimaga nisbatan addiksiya bor?" degan savolni o'zimizga bera olishimiz muhim.
Maybe our first (bus) stop is this question? 🤷♂️
Bek Olimjon
10.10.25
Norvegiya
Original note:
addiction, habits,🪞, 🚌⛔️

Qanday soha tanlay?
Hozir qaysi yo'lni tanlashga ikkilanyapman.
Hozir nima qilishim to'g'ri bo'ladi?
Bu kabi savollar juda ko'p uchraydi. Ayniqsa kasb karyera qurishga kelganda.
Biz insonlardagi katta kamchiliklarimizdan biri vaziyatni katta masshtabda (zoom out) ko'ra olmasligimiz.
Muammoga juda tor qaraymiz.
Misol uchun bitiruvchi tibbiyot talabasi neyroxirurg yoki kardioxirurg bo'lmoqchi. Chunki bu zo'r, status jihatdan top soha.
Mana shunday tanlovlarga kelganda faqatgina sohaga fokus qiladi ko'pchilik. Hayotning boshqa jabhalarini unutadi.
Yaxshiroq, oqilroq, foydaliroq variant faqat sohaga emas, balki siz erishishni orzu qilayotgan narsaga allaqachon erishib bo'lganlar hayotiga qarash.
Keyin o'zingizga savol berish: "Men hayotda ana shunday mutaxassis bo'lmoqchiman, lekin ana shunday inson bo'lmoqchimanmi?"
Umrimizni ko'p vaqtini o'tkazadigan faoliyatlar bizni kim ekanligimizni belgilab beradi, vaqtlar o'tishi bilan bizni inson sifatida shakllantiradi.
Bunday yondashuvni fandagi atamasi "surrogation" deyiladi. Boshqalar tajribasidan foydalangan holda o'zimiz kelajagimiz haqida tasavvur hosil qila olish.
Yana bir misol. Aytaylik men 10 million dollar pulim bo'lishini xohlayman deylik. Bu birinchi qarashda zo'r fikrdek. Ammo mana shunday puli bor odamlarni yaqinroqdan tanishga harakat qilsak, ulardagi problemalar meni hayotimda ham bo'lishini xohlaymanmi degan savollar yuzaga keladi.
Agar yuqorida aytib o'tganimdek o'zini taftish etish savollari bizda yo'q bo'lsa, demak juda katta ehtimol bilan biz avtopilotda ketmoqdamiz.
Bek Olimjon
11.10.25

Bugungi 1,5 soatlik yugurish davomida rasmga olish uchun 10 marta to’xtadim shekilli o’ziyam.
Norvegiyani Alloh tabiat bilan ne’matlagan.
Daraxt ko’pligi sabab kuz juda ajoyib bo’ladi. Daraxtlar turiga qarab turli vaqtda rangini almashtiradi.
Biz yugurish vaqtida tezlikka, yurak urishiga, puls zonalariga, yugurish formasi kabi mayda narsalarga e’tibor berib yugurishdan bo’lgan asl maqsadni unutamiz ko’p holllarda.
Xayotning boshqa jabhalarida ham shunday.
“Shoshilishdan bir ozga to’xta, atrofga qara, sen istagan va izlagan barchasi shu yerda” degan ovoz yetishmaydi bizga.
Asosiy narsalar qolib, ahamiyatsiz narsalarga e’tibor qaratamiz.
Bek Olimjon
11.10.25
Norvegiya
Original note:
Don’t rush; 👀 around; beauty is here, wealth is here. Happiness is here. Everything you want is around. Don’t be blinded. You can 👀 through

Olish mumkin bo'lgan ma'lumot juda ko'p. Internet to'la ma'lumot.
Bilim kaliti esa nimani o'rganmaslikda.
Undanda muhimrog'i avval o'rganganlarni esdan chiqara olishda, ulardan voz kecha olishda.
Bek Olimjon
12.10.25
Norvegiya
Original note:
Too much to learn, the key is what not to learn, more important question is "what to unlearn?"

Forwarded from Data science - Azamat
Ish topish uchun lifehack
Kecha Behzod aka bilan qilingan 2 soatlik velosayohatda qiziq lifehackni aytdilar.
Ish beruvchi ishchidan kompaniya muammolarini hal qilishi kutadi. Shu sabab, 100 lab nomzodlar orasidan 1 kishini tanlab, tavakkal qiladi.
Yaxshi ishchi topish juda qiyin, qimmat va bosh og’riq jarayon.
Endi keling shu jarayonni sal o’zgartiramiz. Ish beruvchi emas siz tanlaysiz.
1. O’zingizga yoqadigan 4-5 ta kompaniyani tanlab oling.
Har birini mahsulotini ignasidan ipigacha o’rganib chiqing. Internetdagi, telegram postlardagi fikrlarni o’qing.
2. Sizning sohangiz bo’yicha hal qilish mumkin bo’lgan muammoni aniqlang.
3. Muammoga yechib toping va uni amalga oshiring. Misol, Uzum ilovasiga yangi feature qo’shish kerak.
4. Muammoni yechimini topib. Kod bo’lsa Gitga qo’yib yoki file bo’lsa xabarga qo’shib kompaniyadagi kattaroq odamga yozing.
PS: Bu life hack ishlaydi hayotda.

O'tgan kuni 8 yoshli qizim bilan mashinada bo'layotgan suhbat.
Qizim: "Dada, men katta bo'lsam mashinangizni menga me'ros qilib berasiz."
Men: "Nega unday deyapsiz qizim?"
Qizim: "Shunda men pulimga mashina olishim shart bo'lmaydida. Pulimni boshqa narsaga ishlatishim mumkin."
Men: "Men mashinamni sotmoqchi bo'lsamchi? Xohlasangiz sizga bozor narhidan pastroqqa sotaman, lekin tekinga bermayman"
Qizim: "Bozor narhi nima u?"
Bozor narhini tushuntirdim. Qizim katta bo'lganda mashinamni sotib oladigan bo'ldi.
Ko'pchilik uchun g'alati tuyuladigan suhbat bu.
Ammo qizimga doim aytaman. "Men sizga pul bilan yordam bermayman. O'zingiz ishlab topishingiz kerak."
Bek Olimjon
12.10.25
Norvegiya
Original note 06.10.25:
Surest way to ruin your kids life is to leave inheritance. Nuanced topic.

Orzularimizdan nafratlanamizmi?
O'z orzularimizni shunchalik yomon ko'ramizmi?
O'z maqsadlarimizni...
Agar unday bo'lmasa nega biz ularga erishish uchun yetarlicha qattiq harakat qilmaymiz?
Bek Olimjon
14.10.25
Norvegiya
Original note 01.10.25
U hate your dreams?

Klinika ochganimda ishchi kerakligi haqida oilada suhbatlar bo'lgan edi.
Shunda 7 yoshdagi qizim ham klinikada ishlash xohishini bildirgan edi.
Kelishdik, u tozalash ishlarini qiladigan bo'ldi. Uning vazifasi stollarni tozalash va qog'ozlarni maydalagichdan (shredder) o'tkazish. Kuniga 100 kron (100 000 so'm) ish haqqiga kelishdik.
Bir-ikki haftada bir boradi ishga.
Qog'ozlarni maydalash shu qadar zerikarli va monoton ish. U ishni qilishni xohlamaydi. Qilmasa haq olmaydi. Ishdan ketishga xohlagan vaqtda ariza bersa bo'ladi. Og'zakisi yetadi. Huddi shunday men ham xohlagan paytda uni ishdan bo'shatishim mumkin.
Hozircha 2 million so'mcha pul to'pladi.
Uni endi qanday qilib investitsiya qilish haqida bosh qotiryapmiz.
Farzand ko'rishni xohlamaydiganlar bu jarayonni, bunday suhbatlarni qanchalik rohat berishlarini bilishmaydi. Agar farzandli bo'lishmasa bunday rohatdan butun umr bebahra qolib ketadi.
Farzand inson hayotini ijobiy tomonga o'zgartirishi tabiiy holat.
Shu o'rinda juda katta mas'uliyat olib kelishi ham o'ta tabiiy holat.
Hech narsa oson kelmaydi hayotda!
Ayniqsa, uzoq muddatli rohat beruvchi ishlar!
Bek Olimjon
15.10.25