Telegram Web Link
Bu post bilan ari uyasiga cho’p tiqyapman 😊

Shunday bo’lsada fikrimni yozmoqchiman.


Inson hayotida uni keskin o’zgarishiga sabab bo’ladigan hodisalar barmoq bilan sanoqli darajada kam sodir bo’ladi.

Misol yurak xuruji sabab bir o’limdan qaytgan odam, jismoniy hayotini tubdan o’zgartiradi. Chekish, ichishni tashlaydi.

Yoki kimnidir o’limi inson ruhiyatiga qattiq ta’sir qiladi. Ko’p holatda ijobiy.

Har bir otada mana shunday ruhiy jihatdan ijobiy tomonga o’zgarish imkoniyati beruvchi lahza bor - bu ota bo’lish ne’mati.

Ayniqsa o’sha otani tug’ruq jarayonida bevosita ishtirok etishi erkak kishi dunyosini ijobiy tomonga yaxshigina o’zgartira oladi.

Shaxsan menda ana shunday bo’lgan. Atrofimdagi ko’p otalar ham buni tasdiqlashadi.

Men do’stlarimga bunday imkoniyatni aslo qo’ldan boy bermasliklarini qayta-qayta aytsamda urf-odatlarni ro’kach qilishadi.

Bunday imkoniyat juda ko’p otalarga 2-3 marta beriladi xolos.

Nafaqat farzand bilan munosabatiga, balki ayoligq bo’lgan munosabatiga ham yaxshigina ijobiy ta’siri bor.

Urf-odat < ruhiy rivojlanish


Bek Olimjon
17.09.25
Lillestrøm
Norvegiya
Bir norveg, fikri anchagina teran inson bor. Ismi Spetalen. 

Yoshi 60 dan oshgan. Intervyu yoki pocastlari 3-4 tagina xolos, lekin fikri anchagina o'tkir. 

Juda asosli va tanqidiy yondashadi. 

O'zini-o'zi ko'targan odam. Katta investor.

Qayd etilishicha 500+ million dollarga ega. 


Firklaridan ko'p narsa o'rganaman. 

Bir intervyusi yakunida undan boshlovchi so'radi: 

"Sizni yoshlarga tavsiya etadigan biror kitobingiz bormi?»


Savolga javobi shunday bo’ldi: «Yoshligimda o'qigan bir muallif kitoblari bor. Bozor qanday ishlashini tushunishimga yordam bergan eng muhim kitoblardan." deb muallif va kitob nomini aytdi. 

Kitoblar 1955 - 1962 yillarda chop etilgan ekan. 

Topdim o'sha kitoblarni. 

25 ta kitobni 100 kronga (10 dollar) oldim. 60km uzoqdagi shahardan olib keldim. «Bir bagaj» bo’ldi.

25 tadan birinchisini o'qib chiqdim.

Investitsiyaga yoki biznesga umuman aloqasi yo'q.


Bek Olimjon
18.9.25
Kongsvinger
Norvegiya
8 yilcha oldin yugurishni odat qildim.

Avvaliga asfalt yo’lda yugurdim.

Bir yilcha vaqtdan keyin tinchroq deb o’rmon ichida yugurib ko’rgan edim, shu bilan qaytib asfalt yo’lga yugurmaydigan bo’ldim.


O’rmon yoki tog’l-adir so’qmoqlarida yugurish (trail running) men uchun bir qancha afzalliklarga ega.

- yumshoqroq yuza, bo’g’imlarga kamroq kuch tushadi

- bir muskulga ko’p kuch tushmasligi hisobiga jarohat ehtimoli (overuse injury) kamroq

- yuza notekis bo’lgani uchun balansga foydasi katta. Tosh-tomirlardan qochish chaqqonroq bo’lishga yordam beradi

- balandlikka yugurishlar bo’lgani uchun yurakka foydasi ko’proq

- avtohalokat xavfi yo’q. Mashinalardan chiqadigan ekzos gazlar yo’q

- tabiat ichida bo’laman. Fasllar o’zgarishini yaqindan his qila olaman.

Men uyimdan 5 daqiqa narida mana shunday joylarda yugurish imkoniyati borligidan shukurdaman.

Rasmlar bugungi yomg’irli havodagi yugurishdan lavhalar 😊

Bek Olimjon
20.09.25
Tæruddalen
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endi buni ustida ter to’kish qoldi xolos 😁

Yangi marralar sari 🎯


Bek Olimjon

PS. Narhini so’rashimga yo’q. Menga berishdi buni 😉
Bu post juda qiziq va juda oddiy bir test haqida.

Aslida bu o'zbeklar uchun juda tanish, shunchaki test sifatida emas.

Nomi Sitting-Rising Test (STR) deyiladi.

Bu nima?

O'zbekona, yerdana chordana qurib o'tirish va turish testi.

Qanday bajariladi?

Tekis joyda turiladi va chordana qurib to'liq o'tirishga va turishga harakat qilinadi. Agar hech qanday yordamsiz buni bajara olsa 10 ball beriladi. Har bir ishlatilgan yordam uchun 1 ball ayirib tashlanadi.

Yordamlar qanday bo'lishi mumkin?
- qo'llarni tizza yoki polga qo'yish
- tirsak bilan suyangan holda turish
- tizzaga suyanish
- oyoqlar yoniga (son yoki boldir qismini) suyanish
- balans yo'qolsa unga minus 0,5 ball beriladi.

Misol uchun o'tirish paytida bitta qo'lni ishlatdi, minus 1 ball. Turish vaqtida qo'lni polga qo'ydi, tizzani polga qo'ydi, minus 2 ball. Turishda balans yo'qoldi, minus 0,5 ball. Natija 10-4,5=6,5 ball.

Mana bu shortsda 10 ballik natijani ko'rish mumkin.

Endi qiziq joyi, ilmiy joyi :)

Yevropa Preventiv Kardiologiya Jurnalida chop etilgan yangi tandirdan chiqqan mana bu ajoyib ilmiy tadqiqotda
46-75 yoshlar orasidagi 4282 ta odamni mana shu testni bajartirishadi va 12 yil davomida kuzatib borishadi.

Natijalari hayron qoldiradigan darajada.

12 yil davomida shulardan 665 tasi tabiiy sabablar bilan o'ladi.

O'lim ko'rsatkichi 10 ball to'plaganlarda 3,7% bo'lgan bo'lsa, 8 ballilar uchun 11,1% tashkil etgan (3 baravar oshgan 😞). 0-4 ball olganlar esa 42,1% ni tashkil etgan.

10 ball va 0-4 ball olganlar solishtirilganda past ball olganlarni tabiiy o'limdan o'lish ehtimoli 3,8 baravar, kardiovaskulyar sabab tufayli o'lishi esa 6 baravar yuqori bo'lgan 😳

Oddiy o'tirib tura olish salomatligimiz qay holatda ekanligini aniqlab bera olishi mumkin.

Ko’pchilik menda zo’r chiqdi deb yozishadi. Bu tabiiy yoshingizga ko’ra.

Kattalarimizda qanday ekan?


Bek Olimjon
13.07.25
Norvegiya
Klinika ochganimga 9 oy bo'libdi.

Ishchilar osni 6 ta.

Klinikada ishlovchilar 4 ta.

Bugun birinchi marta majlis qildik.

Majlis qilish fikri mendan emas, balki klinika menejeridan chiqdi.

Men majlisga bitta agenda bilan keldim.

Qanday qilib hamkasblar hayotini yaxshilashim mumkinligiga javob topish.


Xodim ishda maza qilib ishlashi uchun 3 ta omil muhim:

1. O'zini qilayotgan ishini ustasi deb his qila olishi (competence)

2. O'z ishi ustida mustaqil qaror qabul qila olishi (autonomy)

3. O'zini jamoa bir qismi deb his qila olishi(relatedness)


Bunga erishishlari uchun men ularga nisbatan quyidagi yondashuvim bor

1) qilgan ishini maqtab turish, xatosi bo'lsa ijobiy yondashish

2) hadeb ishiga aralashavermaslik va ular qabul qilgan qarorlarni hurmat qilish

3) ular salomatligi, oilasi, qarindoshlari haqida so'rash. Muammolari bo'lsa aytishlari mumkinligini eslatib turish. (Bu uchun o’z muammolarimni aytishim ham kerak bo’ladi)


Bu borada klinika menejerini bizga aytadigan gapi bor: "It is ok to have a bad day. Everyone has a bad day, some times."


Yuqoridagi yondashuvni asosiga qiziqqanlar "Self determination theory" haqida o'qishlari mumkin.


Majlis ohirida har oyda bir marta majlis qilib turishimiz kerak ekanligini aytishdi.

Men esa bunga qarshi bo'ldim.

Majlislarni yomon ko'raman.

Rahmatli buvim aytar edi: "Qichishmagan joyni qashlama, bolam!"


Bek Olimjon
23.09.25
Kongsvinger,
Norvegiya
Bugun ishga 15 daqiqa ertaroq kelishga qaror qildim, ertaroq chiqdim.

Yo'lda bitta traktor orqasiga tushib qoldim.

Yo'llar tor, obgon qilish qiyin. Ustiga quyuq tuman.

Traktor ham meni ishxonam yonigacha keldi o'ziyam :)

Naqd 45 minut sekin haydab kelishga majbur bo'ldim.

Yo'l bo'yi g'azablanganimdan na podcast, na kitob yo boshqa foydali narsa eshita oldim.

Uch yoshli o'g'lim 10 minutdan keyin ovqat yeymiz desam tushunmaydi.

Bolada vaqt tushunchasi yo'q. U ayni hozirda yashaydi. U uchun yoki hozir, yoki hech qachon. 10 minutdan keyin deganimni "ovqat yo'q" deb tushunadi. Ajoyib!

Adashmasam Eynshteyn aytgan edi: "Bir yigit bir chiroyli qiz bilan bir soat o'tirsa huddi 5 minut o'tirganday bo'ladi. Agar o'sha yigit qo'lini shag'am olovi ustiga 1 minut qo'yib tursa, huddi bir soat turganday bo'ladi".


Ishga 15 daqiqa emas, balki 5 daqiqa erta kelibman.


Shuncha kech qolayapman deb g'azablansam ham ertaroq kelibman.

Vaqt bu psixologik ta'siri juda kuchli omil.
Vaqt o’ta subyektiv.

Stres vaqt yo'qotayotganim hissiyotini yanada kuchaytirdi bugun.

Time management deb rejalar qilib siqilishlar hammaga tanish.

Vaqtdan maksimal darajada unumdor foydalanaman deb harakat qilishdan ko'ra, stresni pasaytirish ancha muhimroq.

Inson aqlan erishadigan natijalar sarflagan vaqti bilan birga-bir to’g’ri kelmaydi.

Bek Olimjon
25.09.25
Kongsvinger
Norvegiya
1. find what you really want*

2. research how you can get it as efficient as possible

3. eliminate all noise

4. work hard until you get it

5. repeat 1-4



*important to want things bigger than yourself
Ishim sabab har hafta 100 dan ortiq bemorlar qabul qilaman. 

Aksar qismi yoshi kattalar, 50+. 

Yoshi bir xil bo'lsada salomatligidagi farqni ko'rib hayron qolasan kishi. 

Ayrimlar 80 yoshda ham juda baquvvat, ayrimlar 60 yoshda hassada. 

Bemorlar ichida bir guruh ajralib turadi.

Odatda ko'zi ko'proq muammo bilan keladi shu guruh. Asosiy sababi diabet kasalligi sabab ko'zida muammolari bor ularni. 

Bu guruh truck haydovchilar, ya'ni yuk mashina haydovchilari. 

Ular aksarida o'ta ortiqcha vazn bor. 


Kasalliklariga sabablar aniq. 
- uzoq muddat bir joyda o'tirishadi
- uyqusida halovat yo'q
- stres baland, sabab mas'uliyat katta
- yeydigan ovqati odatda fast food kabi ko'cha ovqatlari
- oilasidan uzoq va hok


Mana shu ishda ishlaydigan bir qancha  do'stlarimiz ham bor.



Bek Olimjon
26.09.25
Kongsvinger
Norvegiya
Meni bir trend hursand qilmoqda.

Uznetda sog'lom holda uzoq umr ko'rish (longevity and health span) haqida u bu joyda fikrlar uyg'onmoqda.

Bu mavzuni avvaliga uch-to'rtta boy odamlar o'rganadi va o'z hayotiga tadbiq qilishni boshlaydi.

Ular bundan o'z hayotida ijobiy o'zgarish sezadi va kichik doiralarda gapirishadi.

Ulardan influencerlar eshitadi, ozgina o'rganadi, kengroq ommaga tarqatadi (amal qilishadi yoki yo'q savolligicha qoladi lekin)

Ulardan keyin ma'lumot jamiyat boshqa qismiga yetib boradi.

Shu tariqada g'oya va ixtirolar jamiyat boshqa qatlamlariga kirib boradi.

Bu "Ixtirolar diffuziyasi" qonuniyatiga to'g'ri keladi.



Today I was in a forest and wrote this in English. It seems more compressed
.

"Health span.

First a few wealthy learn about it and start implementing its principles in their lives. They find it useful, and then talk about it in small circles.

Then influencers pick it up and amplify the topic (implementation remains unclear though).

Then it reaches the commons
.

The Diffusion of Innovations, as usual."

Bek Olimjon
27.09.25
Mistberget
Norvegiya
Bestseller kitoblar o'qimay qo'yganim haqida yozgan edim.

Endi top podcastlarni ham eshitishim anchagina kamayganini sezdim. (98% holatda ingliz tilida eshitaman.

Top ro'yhatda turadigan podcastlardagi mavzular sayozlashib va negativlashib ketayotgandek tuyulmoqda.

Eski mediani (legacy media = tv, gazeta, radio va hok) negativ infolar sabab ko'rmay qo'yganimga yillar bo'lgan. Yangiliklar juda kam o'qiyman. Menga kerak infoni o'zim qidirib topaman.

Endi o'sha eski mediadagi illatlar men hurmat qilgan podcastlarga ham ko'chayotgandek. Tushunsa bo'ladi, sababi ijtimoiy tarmoqlarda "yeydigan" mavzu bu negativlik. Inson miyasi negativga ko'proq diqqat qaratadi (negativity bias)

Top podcastchilar ham mana shuni ustiga biznes qurishmoqda. Achinarli hol :(

O'sha podcast egalariga "Yetarlidan ko'proq puling borku, nima qilasan shu ishlarni qilib?" deydigan odam yo'qdek. Bo'lsa ham e'tibor berishmasa kerak. Chunki puldan ko'ra e'tiborga ehtiyoj yuqori.

Misol uchun, avvallari DOAC podcastini tanlab eshitar edim. U biznes bo'yicha top 5 talikda anchadan beri.

Uni "The No 1. Eye Doctor..." degan epizodidan keyin xafsalam pir bo'lgan. Sababi mehmon oftalmolog emas, optometrist. Ya'ni an'anaviy holda doktor (MD - medical doctor) emas. Mehmon o'zi ham bu haqida aytib o'tmagan.

Shundan keyin o'ylab qoldim, agar men bilgan sohada shu qadar sayoz gapirilsa, demak men ekspert bo'lmagan sohalarda ham shunday ekanda?!.

Shubham ortgan edi.

DOACni 2 hafta oldin o'sha afsonaviy Ray Dalio bilan epizodidan keyin endi eshitmayman shekilli. Dalio amaki juda negativi ko'payib ketgandek.

Bunday trendni boshqa juda ko'p top podcastlarda ham ko'rish mumkin. Xohlagan top podcastni ko'rishlar soni bo'yicha top videolarini ko'rsak negativlik juda ko'p.

Aynan mana shu post ham o'sha negativity bias ustida yozilmoqda.

Tahlil qilib ko'rsam podcast eshitishimdagi tendensiya, podcastni na pul, na status uchun qilayotgan odamlarni eshitish ko'paymoqda ekan.

Mashaqqat shuki, men qiziqqan sohalarda mana shunday na pul, na status uchun xolis ma'lumot berayotgan ekspertlarni topish. Oson ish emas, ammo imkonsiz ham emas.

Bek Olimjon
28.09.25
Norvegiya


PS: bu postga bugun o't o'rayotganimda sabab bo'lgan fikr mana bu. Telefonga yozgan eslatmam:

"The new media is following the legacy media. Top podcasts are becoming big media houses. Cycle continues. F.... those podcasts. Quit early!"
Hobbi < kasb

Bugun bir hamkasbim maslahat soldi.

Qizi maktabda 8-sinfga boradi.

Yo'nalishi salomatlik.

Bu yo'nalishda davom etsa va baholari yaxshi bo'lsa hamshira yoki shifokor bo'lishi mumkin. Yoki sog'liqni saqlashdagi boshqa sohada o'qishi mumkin.

Shu bilan birga raqsga juda qiziqadi. Sport darajasida shug'ullanadi.

Erishgan natijalari sabab unga maxsus sport maktabida o'qishga taklif tushgan.

Ota-onada ikkilanish.

Hozirgi maktabida qolsinmi yoki sport maktabiga o'tsinmi?

Men hech ham ikkilanmasdan hozirgi maktabida qolsin dedim.

Meni argumentim o'z qiziqishi orqali rosa harakat qilsada yaxshi karyera (shu bilan birga soqqali karyera) qura olish ehtimoli yuqori emas.

Hozirgi yo'nalishda davom etsa kamida hamshira bo'la oladi. Hamshiralik esa juda stabil karyera bera oladi. Ehtiyoj juda katta.

Sport bu zo'r, ammo undan karyera qilish juda qiyin. Raqobat juda yuqori va top bo'lish uchun faqatgina harakat o'zigina yetarli emas. Ekstraordinar bo'lish talab etiladi hozirgi zamonda.

Meni maslahatim riskni kamaytirish haqida bo'ldi.

Aytaylik hamshiralik yoki shifokorlikdagi o'qish bilan birga sportni olib borish mumkin.

Agar imkoniyat paydo bo'lsa o'qishni 1-2 yilga muzlatib professional darajada ham harakat qilib ko'rish mumkin.

Sportda, ayniqsa raqs kabi sportlarda pro sifatida zo'r natijaga erishganlar juda kam sonni tashkil etadi.

Trener sifatida tirikchilik esa ancha stresli vaziyat.

Bek Olimjon
30.09.25
Kongsvinger
Norvegiya

Original note for this post:
Danseskole vs spl utdanning?
Hobby vs career?
Hobby < career, all day, everyday. 100%
Hobby - 🥖 not guaranteed
Career - 🥖
Institutda o’qiydi

Maqsadlar katta.

Zo'r mutaxassis bo'lishni xohlaydi.

Bitirsam u qilaman, bu qilaman, chetda neyroxirurg, kardioxirurg bo'laman deydi.

Vashee zo'r mutaxassis bo'laman, yorvoraman deydi.

Lekin mana 3 yildirki bitta tilni chala bo'lsada eplab o'rgana olmaydi.

O'zini aldagan odamga qanday qilib boshqalar ishonsin?!


Bek Olimjon
02.10.25
Kongsvinger



Original note:
Wish vs goal?
Self-deception?
“Nima qilsam bo’ladi? Maslahatiz kk”
O’tgan kuni eshitdim

Berlinda shifokorlar konferensiyasi bo’lib o’tgan ekan.

Aytishlaricha Germaniyada ayni vaqtda 250 nafar atrofida O’zbekistonlik shifokorlar faoliyat yuritishmoqda ekan.

Yana 500 nafar yurtdoshlarimiz shifokorlik litsenziyasini olishga harakat qilishmoqda ekan.

Mana shunday yangiliklarni eshitsam hursand bo’lganimdan uvillavoraman rosti.


Bek Olimjon
02.10.25
Kongsvinger
O’zim bilan suhbatimdan

Bugun ishdan qaytayotib o’zim bilan bo’lgan suhbatdan barcha 😁

Energiya cheklangan. Diqqat cheklangan. Resurslar cheklangan.

Qayerga fokus qilishim kerak?

5, 10, 20 yilda eng katta natija beradigan loyihalarga fokus qilish zarur.

Bunday loyilarga nomzodlar talaygina. Biznes g'oya, pul topish, ijtimoiy loyiha…

Bu loyihalardan qaysi birini 20 yildan keyin foyda berish ehtimoli 80% dan yuqori? Qiyin savol…

Tahminiy ehtimollik bo'yicha tartibga solib, ehtimoli eng yuqorisiga ovoz berib, ro’yhat tuzish kerak.

Keyinchi?

Keyin, ana shu mavzu bo’yicha tinimsiz o'rganish kerak. Maqsadga eng samarali olib boradigan yo’l qaysi? Bu yo’lda kimlardan yordam so’rasam bo’ladi?

Men qanday o'rganaman o’zi?

O’ylab ko'rsam, muhim deb hisoblagan mavzuni maksimal darajada ichiga kirib o'rganaman ekan. Soatlab, kunlab, tunlab, haftalab. Bitta manba bilan cheklanmas ekanman. Internetni «kavlab tashlayman», huddi quyon in kavlashda tunellar tizimi qilganidek.


Hamma ham bunday o'rgana oladimi?

Menimcha yo’q, diqqat yetarli emas deb aytishadi ko’pchilik. Menimcha qiziqish yetarli emasdek. Agar qiziqish (curiosity) bo’lsa uni o’rgangani diqqat muammo emasdek.

Barchasi kundek ravshan…


Bek Olimjon
03.10.25
Kongsvinger
Norvegiya

Original note…

Where to 🎯?
🎯 in 10-20y?
🎯 on inaction than action, regrets!
Then,
Learn relentlessly
How do I learn?
«I 🐇 🕳️»
Is it for everyone?
Don’t think so.
Crazy how simple and crystal clear this sh
is
2025/10/19 20:57:34
Back to Top
HTML Embed Code: