Internetda manqurt bo’lmaslik haqida
Bizning e’tiborimiz va vaqtimizni pullashadi. E’tiborimiz orqali bizdan foydalanishga harakat qilishadi. Butun boshli reklama dunyosi bizni e’tiborimizni tortishga, vaqtimizni va oqibatda pulimizni olishga asoslangan.
Inson miyasi minglab yillar davomida o’zini xatardan himoya qilishga asoslangan. Shuning uchun ham kelajakka nisbatan pessimistik qaraydiganlar ko’proq uchraydi.
Xatar bu inson hissiyotlarini tez uyg’otadi. Shuning uchun ham yomon xabar tez tarqaladi.
Bizning bu xislatimizdan o’z biznesi yoki egoistik maqsadlarida foydalanuvchilar juda ko’p.
Afsuski biror ma’lumot yoki xabarni eshitsak va u xabar bizning bugunimiz va kelajagimiz uchun muhim bo’lsa, uni atroflicha o’rganishga harakat qilmaymiz. Bizga kerak bo’lmagan, na foydasi, na zarari bor mavzu uchun soatlab vaqtimizni, umrimizni sarflashga rozimiz.
Internetda har qanday ma’lumotga ishonib ketaveradigan, manbasini, hujjatini surishtirmaydigan, o’zi fikr qilmaydigan manqurt bo’lib qolmaslikka harakat qilish muhim.
Umid qilamanki yaqin kelajakda internet deganda faqat telegram, facebook, instagram yoki youtube ni tushunadiganlar soni kamayadi. Internetni bilimlar makoni sifatida foydalanuvchi, eng muhimi tanqidiy yondashgan holda bir nechta manbalardan ma’lumot qidirib, o’zi erkin xulosa chiqaruvchilar soni ortishiga ishonaman.
Bilaman bu o’ta optimistik qarash. Shunday bo’lsada, biror mavzu manbasi haqida fikr yuritadiganlardan ko’ra, u mavzu haqida fikr bildirgan shaxslarni muhokama qiladiganlar kamayishidan umidim bor.
Optimistlik muhim!
Bek Olimjon
06.05.23
Norvegiya

Forwarded from Pediatr Nur Olimovna
Yana tug'ruqxona haqida
Assalomu alaykum qadrli obunachilar!
O'tgan safar tug'ruqdan keyin ayolni qo'llab quvvatlash haqidagi postimga qancha-qancha ayollar o'z kechinmalarini aytishdiki, bu negativ kechinmalar ularni bir umr tark etmasa kerak. Bunday holatlarda, ayollar tug'ruqdan keyingi depressiyani boshidan o'tkazgan bo’ladi.
Baxtga qarshi, bu muammo borgan sari ko'paymoqda va ona va bola munosabatiga jiddiy ta'sir qilmoqda.
Biz doim chet el tibbiyoti bilan o'z tibbiyotimizni solishtirar ekanmiz, ulardan tajriba olib o'tganish maqsadimiz bo'ladi.
Yaqinda eng yaqin insonim, ya'ni qizim Norvegiya tug'ruqxonasida nabiramni dunyoga keltirdi.
U juda ham o'z kechinmalaridan havotirda va qo'rquvda edi, hatto yaqinlarining daldalari ham uncha ta'sir qilmadi.
Lekin tez orada uning quvnoq va hotirjam ovozi diqqatimni tortdi.
Uning aytishicha, tug'ruqdan keyin doya bir soatlar chamasi qizim bilan suhbatlashibdi.
Doya tug'ruqning qanday kechgani haqida va qanday muammolar tahdid solganini sodda qilib tushuntiribdi va qizimga "sen juda yaxshi harakat qilding, dovyurak ayol ekansan, hatto farzanding ham sabr bilan o'zini yaxshi tutdi. Sen o'z hissiyotlaringni ko'proq o'rtoqlashgin va shunda sen yengil tortasan, agar bizga aytmoqchi bo'lsang, biz seni xohlagan vaqtingda tinglashimiz mumkin" degan so'zlarni aytibdi.
U qizimning qo'llarini siqibdi va bizga yordam berganing uchun senga rahmat debdi. Yana u ikkinchi tug'ruq bunday bo'lmaydi deb ta'kidlabdi.
Qizim bundan juda ta'sirlandi va o'zini ancha tetik va xursand sezdi.
Afsuski, tug'ruqdan keyingi depressiyani oldini olish va ko'krak suti bilan boqishni qo'llab quvvatlash haqida protokollar bizning yurtimizda ham bor, lekin...
Tug'ruqni olib borgan doya tug'ruqdan keyin ayollar bilan bu tarzda gaplashishi kerakligini o'z kasbini sevgan doyalarimiz va kelajakda xususiy tug'ruqxona tashkil qilmoqchi bolgan insonlar yoki tibbiyot talabalarining bilishini muhim deb o'yladim.
Hurmat bilan,
Pediatr Nur Olimovna

Bugun Norvegiya yangiliklarida bir qiziq narsa o’qib qoldim.
Sizlarga ham ulashay dedim.
Norvegiya bosh vaziri Jonas Stoere degan odam bor. Prezident emas. Qirollik bo’lgani uchun prezident yo’q. Qirol siyosiy kuchga ega emas.
Jonas Stoere Oslo shahridagi qimmat mahallada yashaydi. Mahalladagi boshqa boylar bilan birga uylarini tashqi fasadiga o’zgartirish kiritishmoqchi, qo’shimcha qurilish qilishmoqchi bo’lishgan.
Bu yerda qurilish qilish uchun hokimiyatdan ruhsat olish kerak.
Xullas bosh vazir va qo’shnilar hokimiyatdan rasman ruhsat so’rashgan. Hokimiyat esa rad javobi bergan 😁
Bugun jurnalistlarga shahar hokimiyati qaroridan shikoyat qilib gapiryapti bosh vazir.
Nima deydi deng: «Mahallada yo’lni narigi tomonidagi uylarda qurilishga ruhsat bor, biz tomonimizdagi uylarda qurilish qilishingizga esa ruhsat yo’q. Ahmoqlik bu» deydi.
Shahar hokimiyati keltirgan vaaji shuki haligi mahalla Oslo shahri uchun tarixiy qiymat va qadrga ega emish. O’sha mahalladagilar o’z uyi binosida har qanday o’zgartirishlar kiritishdan oldin hokimiyatdan ruhsat so’rashi shart emish endi.
Boshida bunday narsalarni o’qisam o’zimni chimchilab qo’yar edim… Ertakka o’xshaydi.
manba
Bek Olimjon
Oslo,
11.05.23

Bilim qadri
Postni har kim o’z vaziyatidan kelib chiqqan holda tushunadi. Kim uchundir ishonarsiz eshitilishi mumkin, kim uchundir bilim olishga kuch bo’ladi. Men keyingisidan umidvorman.
Kecha ishdan keyin bir uchrashuvga taklif etilgan edim. Oldingi postdagi aytib o’tilgan mahalladagi bir tadbirkor shifokor uyida edi uchrashuv. Telefonda gaplashganimizda maslahatli ish bor, o’tirib gaplashaylik degan edi.
Bordim. Hamkasbim juda iliq kutib oldi. Chiroyli va did bilan ishlov berilgan hovli. Tashqarida o’tirdik. Ro’paramizda 1996-yil chiqqan klassik Porsche 911 , yonida Audi E-tron, orqasida Tesla Model X. Chiroyli kofe olib keldi.
Maqsadga o’tishdan oldin ozgina tarixini gapirib berdi.
Xullas u bundan 4 yilcha avval bir start-up boshlagan. Start-up masofaviy tibbiyot bilan ishlaydi. Ko’z kasalligi bor bemorlarni rasmlariga asoslangan holda masofadan turib diagnoz qo’yish va davolashni yo’lga qo’ygan. Start-upga COVID vaqtida talab ancha oshgan va ish yaxshi bo’lgan. Bir yilda 500 ming dollar + bilan chiqqan. Bu yill 2,5 million tushum bo’lishi kutilmoqda ekan.
Natija yaxshi bo’lgani uchun investorlar qiziqish bildirgan. Bir yilcha oldin start-up qayta baholanishdan o’tgan. Baholovchilar anchagina konservativ yondashgani uchun haligi start-up qiymatini 10 million dollar deb baho berishgan. Buni arzon ekanligini ko’rgan 3-4 ta investor 2 millioncha investitsiya bilan kirib kelgan. Keyingi 3-4 yilda firma qiymati 50 millionga ko’tarilishi prognoz qilingan.
Endi haligi start-up kengayishi kerak bo’lgan. Haligi hamkasbim oldin hammasini o’zi boshqargan bo’lsa, endi rasman bosh direktor tanlanishi kerak bo’lgan. Bitta tajribali, lekin 40 yoshga kirmagan akani ishga olgan. Haligi aka maxsulotni nafaqat Norvegiya bozorida sotilishini, balki Yevropani boshqa 3 ta yirik davlatlarida sotilishini ham yo’lga qo’ygan.
Talab katta, ish qizg’in, bozor yaxshi, tushum zo’r. Maqsad kengayish. Bosh direktor yoniga bosh boshqaruvchi ham olishgan. Marketing va savdo bo’limi qurilgan. Yaxshigina jamoa tuzilgan. Zo’r natijalarga erishgan investorlar maslahatchi sifatida ishlashyapti. Masofadan turib ishlash ucuhn 10 ga yaqin oftalmologlarni ishga olishgan.
Endi ularga davolash ishlari bo’yicha bir inson kerak. Uni inglizchasini CMO - Chief Medical Officer deyiladi, o’zbekchada aytganda bosh shifokor. Ana shu bosh shifokorlik rolini menga taklif etish uchun maslahatga chaqirgan ekan.
Ayni vaqtda qaysi klinikalarda ishlayotganimni biladi. Norvegiya kichkina davlat. Ko’p oftalmologlar bir-birini taniydi.
Hamkasbim taklifi hozirgi klinikamdan qancha topayotgan bo’lsam undan ko’proq to’lashi bo’ldi. Miqdor haqida so’z ochilmadi. Asosiy urg’uni meni ishxonaga kelishim shart emasligi va ish tartibimni o’zim belgilay olishimni aytdi. Masofadan turib ishlashga 100% imkon borligini aytdi. Haftasiga 5 kun emas, hech bo’lmasa 2 kun vaqt ajrata olsam ham hursand bo’lishini aytdi. Yaxshilab o’ylab ko’rishimni va hozir javob berishim shart emasligini aytdi.
Taklif o’z kuchida turipti. Muhimi uni qancha $$$ ekanligi emas.
Eng muhimi hamkasbimni suhbat oxirida aytgan mana bu gapi bo’ldi: ”Bek, sen bizga keraksan, seni biliming bizga kerak. Bu loyiha orqali minglab odamlarga yordamimiz tegishiga ishonaman. Bunga sen hissa qo’shishingni xohlayman”.
Bir do’stim aytar edi: ”It feels good to be needed” (taxminiy ma’nosi ”o’zingni kerak ekanligingni his qilish juda yoqimli”).
Bilim olish muhim. U qadrlanadi. Qadrlovchilar albatta topiladi. Boshqa makondan topilar, lekin albatta topiladi.
Muhimi bilim olishdan to’xtamaslik, maqsad sari harakatda davom etish.
Bek Olimjon
13.05.23
Oslo

O’zbek o’zbek ustidan nemisga shikoyat qilmoqda. Mana ahvolimiz!
Post mazmuni hamyurtlarimizni Germaniyaga viza olishda duch kelayotgan muammolari haqida.
O’zbekistondan turib Germaniya yoki Shvetsiyaga viza olmoqchi bo’lsangiz Visametric degan tashkilot orqali hujjat topshirishingiz kerak. Bu tizim ham elchixona, ham viza oluvchilar ishini osonlashtiruvchi tashkilot. Siz u joydan vaqt belgilab, elchixona viza uchun talab etgan hujjatlarni topshirasiz. Ular esa hujjatlarni to’plab, bitta qilib elchixonaga olib boradi. Elchixona hujjatlarni ko’rib chiqadi va bitta qilib Visametric tashkilotiga qaytarib beradi. Samaradorlik oshadi. Ko’proq murojaatchilar hujjatlarini ko’rib chiqish imkoni bo’ladi, kutish vaqti kamayadi. Bu tashkilot ochilganda O’zbekistonda ham shunday edi, ammo bu yerdan soqqa qiluvchilar topilgani sabab sun’iy to’siqlar paydo bo’ldi.
Bu tashkilot tizimi boshqa bir nechta davlatlarda yaxshi ishlaydi. Bizda ham shunday edi. Bir necha yil avval oldin ochilganida hattoki ayrim viloyatlarda ham ochilgan edi, misol Andijonda. Keyinchalik viloyatdagilar yopilib ketdi. Sababini bilmadik.
Endi esa Toshkentdagi Visametric tashkilotiga murojaat qilish kerak. Muammo u yerdan hujjatlarni topshirish uchun vaqt topish juda mushkulotga aylangan. Germaniya yoki Shvetsiyaga kelmoqchi bo’lganlar (misol davolanish, turizm yoki farzandlarini ko’rish uchun) Visametric saytidan bo’sh vaqt topa olmaydi.
Nochor vaziyatda qolganlarga esa ayrim ”ishbilarmon” lar soqqa evaziga vaqt olib berishni taklif etishmoqda va bir kundayoq olib berishmoqda. Vaziyatni qarang. Tizim shaffof emasligi sabab qora xalq sarson.
Mana shu sabab Germaniyada yashovchi bir guruh hamyurtlar Germaniyaning O’zbekistondagi elchisi Tilo Klinnerga murojaat xati yo’llashmoqda.
Ahvolimizni qarang. O’zbek o’z hamyurtidan aziyat chekmoqda va bundan nemisga shikoyat qilmoqda. Mana ahvolimiz qay darajaga yetib keldi.
Bu vaziyatdan aziyat chekkan va mendan yechim so’rab murojaat qilganlarni kamida 10 tasi ma’lum menga.
Yechim bor yoki yo’qligini bilmayman. Lekin balki foydasi tegar qabilida mana shu postni yozdim.
Xullas siz ham bu vaziyatdan aziyat chekkan bo’lsangiz mana bu emailga ([email protected]), 21-may soat 16:00 gacha mana bu matnni yozishingiz mumkin ekan.
”Men Germaniyaning O‘zbekistondagi Elchisi Janob Klinnerga va Prezident Portaliga Visametric uchrashuv sistemasidagi muammolar ustidan yoziladigan shikoyatnomaga hissamni qo‘shaman“.
Ism - sharif, Germaniyada yashayotgan shahringiz (bu Imzo o‘rnini bosadi).
Menimcha bu emailni hamyurtlar ochishgan. Unga Germaniyada yashamasangiz ham yozsangiz bo’lar balki. Visametric orqali viza olishga bog’liq bo’lgan Shvetsiya yoki boshqa Yevropa davlatlarida yashaydiganlar aniq yuborsa bo’ladi. Muhimi eng kechi 21-may soat 16:00 gacha ekan.
Bek Olimjon
Balki foydasi tegar…

Telegraph
Visametric
Avvalgi postlarimni birida Elon Musk tomonidan asos solingan Neuralink kompaniyasi haqida yozgan edim.
Bu kompaniya bosh miyaga chip o’rgatishga ixtisoslashgan. Hozirgacha barcha tajribalarni hayvonlarda o’tkazgan edi.
Bugun insonlarda tajriba o’tkazish uchun ruhsat olishgani haqida e’lon qilishdi.
Bu chip imkoniyatlari nafaqat tibbiyot balki butun insoniyat taraqqiyoti uchun o’ta muhim ahamiyatga ega.
Hozir davosi yo’q bir qancha kasalliklar, misol uchun orqa miya shikastlanishi hisobiga qo’l va oyoqlar falaji, ko’rlik, semizlik, kuchli surunkali og’riqlar va hokazolarga davo bo’la olishi aniq.
Undanda muhimroq jihati biz insonlarni kompyuterlar bilan samaraliroq aloqa qilishimizni ta’minlaydi. An’anaviy, yodlashga asoslangan bilim olishga bo’lgan ehtiyojni yo’qqa chiqaradi, insonni tafakkuri rivojlanishiga turtki bo’ladi.
Bu texnologiyani xavf sifatida ko’ruvchilar ancha va bunga asoslari bor. Ammo insoniyatda ijobiyatga moyillik bor. Yaxshilikni ravo ko’radi.
Bek Olimjon
26.05.23

Wi-fi ni o'chirmoqchiman!
Assalomu alaykum qadrli ota-onalar!
Bugun sizlarga ajoyib mo'jiza haqida gapirmoqchiman. Bizning ko'chamizda Wi-Fi tarmog'i negadir uzilib qoldi.
Mahallada ungacha bolalarni har zamonda ko'rar edim . Qo’shnilar asabiy, tarmoqqa tinmay telefon qilishgan, do'q urishgan. Bolalar injiq, uyqusiz, onalar havotirda.
Uch kun ichida bolasining sog'ligidan shikoyat qilib bir necha qo'shnim chiqdi. Lekin 3 kundan so'ng ko'chada bolalar ko'rinib qoldi. Kimdir futbol, kimdir bekinmachoq o'ynagan...
Bolalar ikki kosadan ovqat yeb, qattiq uxlab ota-onalar bilan birga televizor atrofida o'tirishardi. Kimdir onasining tizzasiga boshini qo'ygan, kimdir dadasining yelkasiga suyangan...
Mahalla jonlangandek go'yo.
Afsuski, kattaroq ishda ishlaydigan qo'shnim borib tuzattirib keldi.
Yana ko'chalar huvvillab, ariqlar bo'shab qoldi. Shunda o'ylab qoldim, bu tarmoqni ota-ona nazorat qilsa, kunduzlari o'zlariga kerak bo'lmaganda o'chirib qo'ysa va buni hamma birga qilsa yaxshi edi.
Yoki, bolalarga bir kunda chegaralangan internet berish kerakligini belgilovchi jarima qo'llanilsa... Eng qizig'i, ota-onalar bolasini telefonsiz tasavvur qilolmayapti, men uni ovutolmayman, deb.
Qadrli ota-onalar, bolani ishtahali qilish uchun u jismoniy charchashi kerak va buni joni dili bilan o'ynashi kerak. Nosog'lom farzandlar uchun aybdor bo'lib qolmaylik.

Pul, kitob va statistika
Avvalgi postlarda moliyaviy erkinlik haqida yozgan edim. Umuman olganda shaxsiy moliya mavzusiga qiziqadiganlar aslida jamiyat katta qismini tashkil etmaydi. Sababi bu tahlil qilishni, undan keyin odam o'zi turgan vaziyatni tan olishini va undan keyin intizom shakllanishini talab etadi. Boshqacha so'z bilan aytganda bu mavzuga kirib borganingiz sari haqiqat sizni yuzingizga tarsakilar bilan solaveradi. Chunki arifmetikani, hisob-kitobni inkor etib bo'lmaydi, uni bo'yab bo'lmaydi.
Shu o'rinda ko'pchilikdagi bo'ladigan nisbiy qashshoqlik hissi haqida yozmoqchiman. Nisbiy qashshoqlik hissi nima? Nomi bilan aytib turganidek o'zini qashshoq his qilish. Chunki odam o'zini butun jamiyatga yoki insoniyatlarga emas, balki o'zidan ko'proq natijalarga erishgan odamlarga solishtiradi. U natijalarga qanday erishgani haqidaku unchalik bosh qotirmaydi. O'zini qishloqdagi yoki shahardagi eng boy odamga solishtiradiga, qanchalar qashshoq ekanligini his qiladi. Boshqalarni ayblashi ham mumkin ba'zilar.
Shu o'rinda ayrim qiziq statistikalar
(NB. statistikaga ishonmayman deydiganlar statistikani nima ekanligini bilmagan odamlar aslida)
Agarda bir inson bir yil davomida 60000$ pul topsa u butun dunyo aholisiga solishtirganda pul topish bo'yicha eng top 5% qatlamga kirar ekan. Uzbda esa top 1% ga kirar ekan (manba wid.world)
Yana bir qiziq mavzu bo'yicha statistika
AQSHda 2022 yilda odamlarni bir kunda kitob o'qishga qancha vaqt sarflashiga qarasak qiziq raqamlar ko'rinadi.
15-19 yoshlilar kitob o'qish uchun bir kunda o'rtacha 13 daqiqa,
20-24 yoshlilar esa 11 daqiqa,
25-34 yoshlilar esa 10 daqiqa,
35-44 yoshlilar esa 9 daqiqa vaqt sarflashgan ekan. (manba) (Uzb bo'yicha bunday statistikani topa olmadim)
Yanada qiziq mavzu bo'yicha statistika
Boy (puli ko'p) hisoblangan odamlarning 90% qismi kuniga kamida 30 daqiqa kitob o'qishadi. O'sha guruhdagi odamlarning 60% qismidan ko'prog'i kuniga internetdan bir soatdan kamroq foydalanadi. Ta'kidlab o'tish kerak bunga ishga va rivojlanishga oid foydalanish kirmaydi. Pulga qiynalayotganlarning 74% qismi internetdan kuniga 1 soatdan ko'proq foydalanadi. (manba Rich Habits by Tom Corley)
Bir o'ta muvaffaqiyatli millioner (Naval Ravikant) kuniga 1,5-2 soat vaqtini kitob o'qishga sarflaydi va o'zi aytishi bo'yicha bunday vaqt sarflashi uni kitob o'qish bo'yicha top 0,01% ga olib chiqadi. Topgan pullarini kitob o'qish orqali ekanligini qayta-qayta ta'lkidlaydi u.
Xulosa sizdan yaxshilar 🙂
Bek Olimjon
Norvegiya
23.07.23

Men deyarli hammaga, telegramda ham, haqiqiy hayotda ham ingliz tili o'rganishni maslahat beraman. (Germaniyaga ketishga harakat qilayotgan shifokorlar yoki 5 ta kam shifokorlardan tashqari).
Qayerda o'rganish kerak degan tabiiy savol bo'ladi. Internetda o'rganish mumkin, lekin til muloqot orqali o'rganiladigan ko'nikma. Uni o'rganish uchun gaplashish kerak. Yaxshi ustoz bo'lsa yanada muhim. Muammo ham shunda. Yaxshi ustoz topishni o'zi juda qiyin hozir. O'quv markazlari aptekalardagidek ko'p, lekin haqiqiy o'qituvchini topish qiyin.
Agar Andijonda bo'lsangiz bunga yechim bor. Iskandar aka Sattibaev degan akamiz bor. Haqiqiy ingliz tili o'qituvchisi, haqiqiy pedagog, zo'r ustoz va yo'lboshci inson. Men ham birinchi marta chet elga magistraturaga topshirishimda, keyinchalik Stockholmga ketishimda beton maslahatlar bergan aka. Bunga 14 yil bo'ldi. Aka 3000 dan oshiq o'quvchi tayyorlagan. Ohirgi 15 yil ichida Anjan tomonlardan chiqqan, hozirda chet elda karyera qilib, muvaffaqiyatga erishgan vatandoshlarimiz 95% qismi akadan foydali bilim olgan deya olaman.
Xullas akani bilimi, dars o'tishi, tushuntirishi va natijaga olib borishiga men ishonaman. Aka bir so'z bilan aytganda realexpert.
Faqat, faqat aytippo'ye oma. Iskandar akani uzqara, derzkiy gaplariga chidash kere, aytganini qilish kere. Akani gaplari hozirgi kunda Tateni 1-2 ta chala videosini ko'rvolip, men beta, delta, sigmaman deb yurganlani shunde o'tirgizip, ko'zlarini shatir ochippo'yadi. Bu juda muhim. Nafaqat ingliz tili, u bilan billa yaxshi hayotiy saboqlaram beradi aka. Xullas, Anjan tomonlada men AYL'S olaman deganla bo'sa, oma o'qituvchi topishga qiynalyapganla bo'sa, Iskandar akani tavsiya qilaman. Bilasla, men 150% ishonchim komil bo'masa bitamita kanalni tavsiya qimiman.
Iskandar aka bilan qanday qilib bog'lanish mumkin. Aka shaxsan o'zi olib boradigan telegram kanali @bisenglishuz

Post yozgim kelyapti, lekin nima yozish haqida qaror qila olmayapman. Ohirgi yarim soatda kallamda turli mavzular bilan olishyapman. Bir qarorga kela olmayapman, shuning uchun shunchaki kallaga kelganini yozishga qaror qildim. Tahlil qilmagan holda yozmoqchiman. Atrofga qarayapman.
Kechasi bilan 2 soat uxladim, o’tirgan holatda. Hozir aeroportdaman. Kofe ichyapman. Sifati uydagi kofedagi kabi yaxshi emas. Menimcha buning sababi kofedan ko’ra ko’proq suvga bog’liq. Bu joylar ”suvi shirin” emas aslida. Havosi issiq, o’rmon yo’q. Atrofga qarasam nosog’lom hayotni ko’ryapman. Ikki yasharcha bolasini aravaga solib ketayotgan ona telefonda, bola qo’lida ham telefon. Kofexonada barchaga bir martalik idishlarda ichimlik va ovqat. Odamlarni nimalar olayotganini kuzatdim. Asosan kofesidan shakari ko’p ichimliklar. Yoshi mendek erkaklar ichida vazni yaqqol ortiqlari juda ko’p. Qo’lida kitob ushlagan odamni ko’rganim yo’q hali. Balki men ham o’shalardan biridirman?!
Devorda o’t o’chirish uchun, yurak hurujida tok bilan ”jonlantirish” uchun vositalar. Qachon ishlatilgan ekan oxirgi marta? Yoki qachon tekshirilgan ekan? Ishlarmikan o’zi? Atrofdagilar ulardan foydalanishni bilisharmikin? Devorda bitta o’rgimchak tepaga qarab ketyapti. Yonimdagi tuvakdagi kaktusga suv quyilmagan shekilli, suvsiragandek. Bir stakan suv olib kelib quyaman hozir.
Hamma band. Kofe sotayotganlar qo’li bo’shagani yo’q. Aeroport hodimlari ham tingani yo’q. Ro’paramda ikkita xitoylik kompyuterida ishlab o’tiripti. O’ng tomondagi stolda (sudanlik bo’lsa kerak ko’rinishidan) bir amaki baland ovozda telefonda gaplashyapti.
Nariroqdagi katta ekranda Samsung reklamasi. Nega elektr avtomobillar haqida hech qanday reklama yo’q deyman o’zimga. Qurol ko’targan 2 ta erkak posbon o’tib ketyapti ekran oldidan.
Zerikyapman… Bu yaxshi. Zerikish muhim. Ayniqsa yangi muhitda zerikish muhim. Miyani o’ylashga majburlaydi. Nega muhim deb o’ylayman?
Biz zerikishni unutdik. Telefon yaraldi, zerikish o’ldi. Telefon bizni e’tiborimizni oladi. U bizga doimiy ma’lumot berib turadi. Miyamizni info-ozuqa bilan boqadi. Info-ozuqa miyaga kiraveradi, kiraveradi, uni miya yutaveradi. Natijada qorni shishgan moldek ishib ketganini his qilamiz. Miyadan ma’lumot chiqishi kerak. Ma’lumot bu fikr, g’oya.
Yangi muhit bizni sergak qiladi. Sababi miyamiz tinimsiz ravishda xatar signallarini o’rganishga ixtisoslashgan. Har soniyada xatar bor yoki yo’qligini nazorat qilib turadi. Yangi muhit bu bizga notanish, demak atrofda xavf bo’lish ehtimoli bor degani. Shunchun ham miya boshqacha sergak hozir menda. Demak tanqidiy fikrlay oladigan holatdaman. Men bir kompaniya boshlig’ini sun’iy intellektni oftalmologiyada ishlatish haqidagi emailiga hali javob bermagan edim. Hozir ayni vaqti…
Oradan 20 daqiqa o’tipdi. Emailga javob yozdim. Har bir savoliga bir nechta punktdan iborat fikrlar yozdim. O’zimda yaxshi hissiyot. Undan tashqari ertaga operatsiyaga yozilgan bemorlar haqidagi emailga ham javob yozdim. O’zimni yaxshiroq his qilyappan.
Ro’paramdagi ikkita xitoyliklarga qaradim. Ular ketib bo’lishipti. 40+ yoshlardagi bir juft o’tiripti. Er-xotin. Qo’l ushlashib olishgan, maza qilib suhbatlashishmoqda, hursand ikkisi ham, chin dildan hursandligi yaqqol ko’rinib turipti. Menimcha marokashlik, arabchasida fransuzcha so’zlar qulog’imga chalindi. Kofe tayyorlayotgan qiz jilmayib ishlayotgandek.
Bu aeroportda yana 2 soatcha o’tiraman. Bloknotimda yozilgan ”to do list” ga qarayman. Bugun uchun yozilgan narsalar hammasi qilingan. Uy bilan gaplashishim kerak. Keyin zerikishim kerak. Yo’q, birinchi joyimni almashtirishim kerak. Boshqa joyga boraman.
Boshqa kofexonaga borsammikin. Menimcha shunday qilaman. Birorta begona bilan suhbatlashaman. Bitta emas, ikkitasi bilan. Men turdim, men surdim. Hammaga salomatlik tilayman.
Bek Olimjon
9.8.23
Aeroport
Bugun bir do’stim tug’ilgan kuni ekan. Sanani qo’yayotganimda esimga tushdi.

Mening salohiyatim yetadigan, siz yoki jamiyat uchun foydali bo’lgan qanday mavzularda yozishim kerak deb o’ylaysiz?
Taklif qoldiring.
Takliflarni o’qib chiqaman, ma’qul kelganini tanlab olib yozishim mumkin. Hammaga oldindan rahmat.

Komfort zona
Juda mashhur, hamma gapirishni, gapirishdan ko’ra bilishni hohlaydigan mavzulardan biri.
Men qishloqda katta bo’lganman. 90-yillarda hech ham komfort yo’q edi. U paytda qishda elektr yo’q, mahallamizga ichimlik suvi tushmagan edi. Hovlida ichimlik suvi yo’q edi. Eng yaqin ichimlik suvi bu tahminan 500-600 metr narida edi. Ichimlik suvini o’sha joydan tashir edik. Ro’zg’orga uy oldidan o’tgan ariqdagi loyqa suvni tindirib ishlatilar edi. Gaz yetib kelmagan edi. Tog’am yoqmagan gaziga ham pul talab etaverishganlaridan uyiga tushgan gaz trubasini kestirib tashlagan edi.
Qishloqda yog’ va un davlat do’konlaridan biriga arzonroq kelsa unga navbatda turilar edi. Mahallalar qishda loy, yozda chang bo’lar edi. Chunki asfalt qilinmagan edi. Sinf xonamizda sovuqlik sabab qishda kurtka kiyib o’tirar edik. Uyda qishda sovuqlik sabab hamma bitta xonada qishlar edi. Biz tomonlarda sandal degan narsa bo’lar edi u paytlarda. Unga ko’mirni cho’g’ qilib, ustiga kul sepib, sandalga qo’yib uxlanar edi. Ayrimlar ko’mirni uzoqroq issiq bersin deb sal chalaroq yoqar, shu sababdan is gazidan zaharlanishlar bo’lar edi. Otam tibbiyot institutida professor bo’lib ishlar, onam esa maktabda chet tili o’qituvchisi bo’lib ishlar edi. Shunday bo’lsada yaxshigina iqtisodiy qiyinchiliklar bo’lar edi. U paytlarda korrupsiya, boshliqlar tomonidan adolatsizlik yuqori, shahar va qishloqda transport muammolari ko’p bo’lar edi. Chet elga chiqish bu juda uzoq va o’ta g’ayritabiiydek tuyuladigan tushuncha edi. Davlat tashkilotlarida ish bitirish juda murakkab va vaqt oladigan mushkulot edi. Har bir burchakda ichki ishlar hodimlari tomonidan boshqaruv bo’lar edi. Andijondan Toshkentga borish uchun bir nechta postdan o’tish kerak edi. Pasport nazorati katta muammo edi.
Bir oyog’i ishlamaydigan tanishimiz bor edi. Oyoqlari ishlamagani uchun qo’llari baquvvat edi. Bir usta yasab bergan nogironlar aravasida yurar edi uyida. Ko’chaga umuman chiqmas edi. Chunki u aravachasi ko’chalarga to’g’ri kelmas edi. Akam aytishicha 90-yillarda odamlar yashamagan, balki yashab qolishga harakat qilishgan. Onam aytishicha 4-5 oylab maosh berilmas edi.
Keyin kattaroq bo’ldim. Institutga kirdim. Chetga ketaman dedim. Birinchi marta chetga o’qishga ketishni orzu qilgan holda OVIR olish uchun oylab yugurgan edim. Domlalar yoki boshliqlar so’kishi, haqoratlashi oddiy holat edi. Achinarlisi sen haq bo’lsangda sening haqqinga turib beradigan hech kim yo’q edi.
Lekin menda ”o’zi shunday bo’lishi kerak” degan tushuncha bor edi. O’zi hayot shu, sabr qilish kerak, bir kun mo’jizaviy qandaydir kun keladi va hammasi yaxshi bo’ladi degan qandaydir umid bor edi. O’zim uchun tanish bo’lgan muhit edi. O’zimni o’ta qulay his qilmasamda meni nima kutayotganini bilish mumkin edi.
Ammo dadam bu fikrlarimga qo’shilmas edi. Hammasi shunday bo’lishi kerak emasligini qayta-qayta ta’kidlar edi. Hayotda farovonlikka erishish uchun pora olishdan boshqa yo’llar ham borligini ta’kidlar edi. ”Bolam men ko’p topay desam, menda savdo bilimi yo’q, kasbimga maosh zo’r emas, lekin pora olgim yo’q. Men bilgan yagona yo’l bu kitob o’qish, bilim olish. Boshqasini bilmayman, bundan boshqasini senga o’rgata olmayman” der edi.
Komfort zonani tushunib yetish uchun avval komfort zonada emasligimni tushunib yetishim shart bo’lgan ekan.
Material komfort zona haqida aytadigan bo’lsam bu postni hozir mehmonxona 26-etajida, yumshoq kresloda o’tirib, sifatli kofe ichib yozyappan. Xonada 21 gradus harorat, konditsioner ishlayapti, xonada xushbo’y hid, ro’paramda katta, yumshoq divan, ustida esa chiroyli qilib tayyorlangan choyshab. Nonushtaga kamida 80 xildan ortiq ovqat turi, hohlagan joyingizga olib boradigan, chaqirsangiz 2 daqiqada keladigan haydovchi, resepshnda sizni doim kulib kutib oladigan hodimlar, yukingizni qo’lingizdan olib xonangizgacha olib chiqib qo’yadigan hammol bor.
Komfort zona deb atayotgan holatimizni aslida komfort zona emasligini tushunishimiz muhim.
Bek Olimjon
10.08.23
mehmonxona

Bu davlatda telegra ph yaxshi ishlamayapti. Shu sabab ”Ijtimoiy tarmoqlarga sarflagan vaqtim haqida” degan postni boshqa saytda yozdim. Noqulayliklar uchun uzr.
https://medium.com/@bektashbayev/ijtimoiy-tarmoqlarga-sarflagan-vaqtim-haqida-814b5f6ef1e

Medium
Ijtimoiy tarmoqlarga sarflagan vaqtim haqida
2018–2019 yillarda ijtimoiy tarmoqlarga sarflaydigan vaqtim keskin oshib ketgan edi. Kuniga 4–5 soat vaqt sarflashim mumkin edi. Vaqt ko’p…