Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qishda yugurishda qanday kiyinish kerak?
Bu video o’tgan kuni 2 soatlik yugurish davomida olingan.
Havo harorati -10, shamol bilan -13 atrofida.
Ust qismda 3 qavat tamoyili bilan kiyim:
1) eng ichki qavat (base layer) jun futbolka
2) sport uchun maxsus sintetik futbolka
3) shamol o’tkazmaydigan yengil kurtka/sportivka
Past qismda esa 2 qavat:
1) base layer (tursik)
2) old qismi shamol o’tkazmaydigan sport ishtoni
Boshda shamol o’tkazmaydigan qalpoq va bo’yinda oddiy buff.
Paypoq yugurish uchun jun paypoq. Nega jun? Namlikni shimib olib o’zidan o’tkazib yuborishi uchun.
Oyoqda yozgi yugurish krossovkasi, muzda sirg’anmaslik uchun maxsus «mixlar (spikes)» o’rnatib olganman. Nega yozgi? Namlikni tashqariga chiqarib tashlashi uchun.
Kiyinishdagi eng asosiy maqsad - tanani imkon qadar quruq ushlash.
Jismoniy harakatda bo’lganim uchun issiqlik ushlab turish asosiy maqsad emas bu yerda. Issiqlik yetarlicha chiqadi tanadan.
Balki foydasi tegar…
Bek Olimjon
04.01.25
Norvegiya

Oftalmologiyani o’rganayotganlar va oftalmologiyada ishlayotganlar uchun tekin video kurs. O’zbek tilida. Kurs diabet haqida.
Diabet kasalligida ko’zlar zararlanishi mumkin.
Oftalmologiyada bu yo’nalishga alohida e’tibor beriladi.
Diabeti bor bemorlar ko’zini tekshirish, kasallikni erta aniqlash va asosiysi to’g’ri davolashni bilishimiz o’ta muhim.
Shuning uchun aynan shu diabet kasalligida sodir bo’ladigan ko’z kasalligi haqida video kurs tayyorlaganman. Kursda diabetda ko’z nerv qavatida bo’ladigna o’zgarishlar haqida keng aytilgan. Unda to’r parda zararlanish mexanizmi, diabetik retinopatiya tasnifi, skrining va turli davo turlari haqida keng yoritilgan.
Marhamat 🙂
https://www.youtube.com/playlist?list=PLhPAlhM1eKzfUboP6aobZbrIHGjy-Hn0N

YouTube
Diabetik retinopatiya
Share your videos with friends, family, and the world
Qanday tezlikda yugurish foydali?
Jamiyatimizda o’z salomatligiga e’tibor berish sekinlik bilan bo’lsada rivojlanmoqda. Tog’larga chiqishlar ko’paymoqda, yugurish bilan shug’ullanayotganlar ko’paymoqda. Bu quvonarli.
Shu o’rinda yugurish bilan shug’ullanishdan asosiy maqsadimiz nima ekanligini aniqlab olishimiz zarur. Boshqalar yugurayotgani uchunmi yoki salomatligimizdagi uzoq muddatli foydasi uchunmi?
Maqsadimiz qay biri bo’lsada bu post yugurishda e’tibor berish zarur bo’lgan bir tamoyil haqida.
Uning nomi progressiv yuklama - ya’ni yugurishda ortib boruvchi jismoniy yuklama.
Yugurishda mana shu yuklama bu masofa yoki tezlik yoki ikkisini qo’shilmasi bo’lishi mumkin.
Oddiyroq bo’lishi uchun faqat masofani misol qilib olaylik. Oldin hech qachon yugurmagan inson yugurishni boshladi, 1-2km yugurdi. Endi shuni birdaniga 15km ga chiqarsa bu yuklama birnadiga oshib ketgan bo’ladi.
Bir-ikki marta qilsaku bilinmasligi mumkin, ammo bu ish davomiy bo’ladigan bo’lsa u insonda jarohat xavfi o’ta oshib ketadi. Jarohat olishga arzimaydi bunday harakatlar. 3-4 marta qattiq kuch berib ishlagandan keyin jarohat olishi 4-5 oy yugura olmay qoladi. Yutqazish katta bunda. Haddan tashqari shug’ullanish immunitetni tushishiga olib keladi. Inson ko’p kasal bo’ladi, uyqusi, ishtaxasi buziladi. Asabiy bo’lib qoladi.
Huddi bir mashinani birinchi ”skorostdan” birdaniga to’rtinchi ”skorostga” olsa motor dodlab qolganidek inson tanasi ham dodlab qoladi.
Shuning uchun bunday muammoni oldini olishda tavsiya etiladigan qoida bor. 10% qoidasi. Bu bir haftalik masofani 10% dan oshirmaslik. Aytaylik bu hafta 10km yugurilgan bo’lsa yanagi hafta 11km yugurish. Bunda tabiiyki bir xil tezlik nazarda tutilgan. 10km masofani sekin yugurish bilan tez yugurish tanaga butunlay farqli yuklama beradi. Bu yuklama inson o’tmishiga va hozirgi jismoniy holatiga qarab farq qilishi mumkin. Tajribali trener buni to’g’ri aniqlay oladi.
99% insonda tajribali trener yo’q. Ular nima qilishi kerak? Ular qanday tezlikda yugurishini qanday aniqlaydi?
Bir necha yo’li bor. Eng oson yo’li yugurib ketayotganimizda ovoz chiqarib bir nafasda 1001, 1002, 1003, 1004, 1005, 1006 deb sanay olishimiz. Agar ovoz chiqarib bir nafasda sanay olmasak demak keragidan ortiq tez yuguryapmiz. Sekinlashish kerak. Ko’pchilik uchun bu o’ta-o’ta sekindek tuyuladi. Ayrimlar tez yurganda ham buni eplay olmasligi mumkin. Sanay oladigan darajadan boshlash kerak. Zerikarli bo’lsada davomiy bo’ladigan bo’lsa tezlik ortishi kafolatlangan.
Zerikarli bu, ammo foydasi o’ta katta. Bunday ”gapira olish” tezligida yugura olish foydasi qayta-qayta ilmiy isbotlangan usul. Tana uchun eng foydali tezlik mana shu. Bu tezlik yurak urishni 2-zonasiga to’g’ri keladi.
Dunyodagi eng top yuguruvchilaru velosipedchi sportchilari yillik mashg’ulot hajmini 80-90% qismini 2-zonada bajaradi. Farqi shuki ular tez. Ammo ular o’sha baland tezlikda ketayotib ham 1001…1006 deb sanay olishadi.
Kipchoge, Pogacar, Kilian, KB, barcha-barchasi 80-90% vaqtini 2-zonada sarflaydi.
Ularning barchasi progressiv yuklama tamoyili bilan yillar davomida ishlab kelayotgan sportchilar.
Mana shu ikkita narsaga e’tibor bersak, yugurishimiz foydali va davomli bo’ladi.
Sekin yugurgan uzoqqa boradi, azizlar!
Bek Olimjon
11.01.25

Hafta davomidagi yugurish mashg’ulotlarini rejalashtirish haqida
Meni mentorim haftaning eng qiyin mashg’ulotini dushanba kunga qo’yib beradi. Bu sinalgan usul. Mental jihatdan ancha yordam beradi. Sababi eng qiyin qismi o’tgandan keyin qolganlari osondek tuyuladi va bajarish uchun energiya ko’proq bo’ladi.
Haftalik jismoniy yuklama 90% qismi past tempda, zona 1 va 2 da bo’ladi. 10% qismi esa zona 4. Bugun ana o’sha zona 4 dagi mashq - intervallar edi. Bugungisi piramida deb nomlanadigani.
Tartibi mana bunday, 3 ta qismdan iborat, buni sendvich ham deyiladi.
15 minut qizib olish - 5-6min/km tezlikda
Intervallar: 1-2-3-4-5-4-3-2-1 min - zona 4 da
Har bir intervaldan keyin oldingi interval yarmi muddatida dam olish. Misol 1-interval 1 minut bo’lsa, undan keyin 30 sekund dam olish, 2-intervaldan keyin 1 min, 5-intervaldan keyin 2,5 min va hok.
10 minut sovish - 6min/km tezlikda
Zona 4 bu ko’zga yulduzlar ko’rinmaydiyu, hansirash yaxshigina bo’ladi va to’xtatishni odam shunaqa xohlaydiki qo’yaverasiz 😁
Haftaning eng qiyin mashg’uloti o’tdi. Soat esa dushanba tongi 06:30
Hozirgi havoda, muz bosgan yo’llarda bu turdagi mashqni ko’chada qilib bo’lmaydi. Shuning uchun zalda bo’ldi. Hafta davomida qolgani endi quloqchinni taqvolib, muzdek havodan nafas olib, podcastni qo’yvolib muzlagan yo’llarda yuguradiganlari 😁
Hammaga salomatlik tilayman, azizlar!
Bek Olimjon
13.01.25

May oyida Germaniyada ko’z klinikasiga oftalmolog yordamchisi qidirgan edik va e’lon qo’ygan edik.
Anketa to’ldirganlar ichidan talablarga javob beradigan eng ma’qul insonni tanlab olishgan edi.
O’sha kishi 3 oy oldin o’sha klinikada yordamchi shifokor sifatida ish boshlaptilar. Yaqinda shifokorlik to’liq litsenziyasi uchun imtihon topshirar ekanlar. Hursand bo’ldik eshitib.
Shu desangiz yana qidiryapmiz!
Talab o’zgarmagan, yuqoridagi e’londagidek.
Vatandoshlar eng rivojlangan davlatlarda zo’r mutaxassis bo’lishlari men uchun eng katta orzulardan…

Telegram
Bek Olimjon
O'zbekistonda oftalmolog diplomiga ega, nemis tilidan B2 darajasida bilimi bo'lgan va Germaniyada oftalmolog bo'lib ishlash rejasida yurgan kim bor?
Germaniyadagi bir ko'z klinikasiga oftalmolog yordamchisi qidirilmoqda. Avvaliga oftalmolog yordamchisi…

Bundan bir yil oldin Milei haqida yozgan edim.
U Davosda qanchalik kuchli nutq so’zlaganligi haqida yozgan edim.
O’sha paytda Davosda yig’ilgan dunyo elitasi yuziga tarsaki solgan edi bu odam.
Unga o’sha paytda dunyo siyosiy davrasida «balandparvoz ahmoq» degan nom berishgan edi.
Bir yil ichida chuqur iqtisodiy inqirozdagi Argentinani olib chiqa oldi.
Aytishlaricha Argentina oxirgi 123 yilda birinchi marta yillik byudjet hisobi plyusda chiqqan bu yil.
Bugun yana Davosda nutq so’zladi amaki. Bu safargi tarsaklari o’tgan yilgidanda qattiqroq bo’ldi.
Nutqda g’arbni ichidan yemirayotgan g’oyalarni qanday qilib bartaraf etish haqida gapirdi.
Ko’p narsa o’rganish mumkin nutqdan. Ko’rishni tavsiya qilaman.
Qayerdan topish mumkin desangiz, ko’rmay qo’ya qoling. Tushunishga qiynalishingiz mumkin.
Bek Olimjon
23.01.25

Ushbu postni Sahroi Kabirdan turib yozyapman.
Bu hafta dunyodagi eng qiyin ultramarafonlardan biri bo’lgan Marathon Des Sables (Qum marafoni) 120km masofani yugurib o’tish nasib etdi.
Bu ultramarafon Marokko davlati Atlantika okeani sohili, Mavritaniya chegarasiga yaqin joyda bo’lib o’tdi.
Bu hozirgacha qilgan marafonlardan eng qiyini bo’ldi, ammo bundanda qiyinini uddasidan chiqa olishimni tushunib yetdim.
O’zim olgan video va rasmlar bor albatta, ammo tashkilot tayyorlagan mana bu qisqa filmni ko’rib men qanday tajriba va taassurotlarga ega bo’lganimni bir oz bo’lsada his qiling.
Jismoniy va aqliy qiyinchilikdan ko’ra men olgan tajriba, bilim va eng muhimi fikrlashi yaqin bo’lgan do’stlar orttirish eng muhimi bo’ldi. Xullas gapirsa gap ko’p. Filmni ko’ring!
https://youtu.be/Fpr257T0QJE?si=_amyrWV-IP4n40Tq

MDS Morocco - Atlantic Coast | The movie
Enjoy the videos and music you love, upload original content, and share it all with friends, family, and the world on YouTube.
Sahroi Kabirdagi Marathon Des Sables 120kmlik ultramarafonidan ayrim rasmlar.
Bu hayotimdagi unutilmas sarguzashtlardan biri bo’ldi.
Nega shuncha masofa, yana joy qurib qolgandek Sahroi Kabirda, qumda yugurish kerak degan savol bo’lishi tabiiy.
Yagona javob yo’q.
Javoblardan biri ”komfort zonadan tashqaridagi sarguzashtlar orqali inson rivojlanadi”.
Sarguzasht muhim, tajribalar muhim, undan olinadigan hissiyotlar muhim.
Bek Olimjon
09.02.25

Hozir Oslo universiteti talabalariga o’qiydigan ma’ruzamni oxirgisidan chiqdim.
2022-yildan beri Oslo universitetida associate professor lavozimida ishlab kelayotgan edim. Bu salkam to’liq professor degani. Bu lavozimda 2-3 yil ishlab, natija ko’rsatsangiz to’liq professorlik taklif etishadi. To’liq professorlik bu butun umrga. Na rektor, na hokim, na minzdrav sizni ishdan olib tashlay oladi.
Shunday ham bo’ldi.
Universitetda professor bo’lish imkonini taklif etishdi.
Professorlik talablariga javob berishimni aytishdi.
Yetarli darajada ilmiy layoqat, PhD, keragidan ortiq chop etilgan maqolalar, ish tajriba, yetarlicha H-index bor edi.
Ammo men ishdan bo’shashga ariza yozdim bugun.
Akademiyadan noma’lum muddatga tanaffus olishimni aytdim.
Tabiiy savol: «shuncha qiynalib narvonni eng yuqori qismiga yetganda pastga sakrash ahmoqlik emasmi? Yuqoridagi manzaradan maza qilish kerak emasmi?»
When you realize that you are not making a change, it is time to change yourself.
Bek Olimjon,
25.03.25
Oslo, Norvegiya

Faraz qilaylik meni universitetga borish yoshidagi farzandlarim bor. Agar ular Harvard, Stanford, Yale va shu kabi mashhur universitetlarga boraman desa chuqur o’ylab ko’rgan bo’lar edim. Birdaniga 100% qo’llab-quvvatlashdan o’zimni tiygan bo’lar edim. Nega…
2 yil avval yozgan ekanman.
Hali ham dolzarb.
Bu fikr menda yanada mustahkamlashib bormoqda.
Afsuslar bo’lsinki dunyo miqyosida oliy ta’lim qattiq inflyatsiyaga uchragan. Bundan top universitetlar ham istisno emas.
Bu inflyatsiya o’rta ta’limga ham ta’sir etgan.
Texnologik taraqqiyot ta’lim berishimiz va olishimizni tubdan o’zgartirish arafasida deb umid qilaman.
Ota sifatida havotirim tabiiy.
Bek Olimjon
28.03.25

1. O’zingizni ishga olarmidingiz?
2. O’zingizga qizingizni berarmidingiz? O’glingizga kelin qilarmidingiz o’zingizni?
3. Agar kimdir sizni bir hafta kuzatganida sizni maqsadi aniq va bu yo’lda tinmaydigan inson deb baholarmidi?
4. Hozirgi o’zingizdan 60 yoshli o’zingiz mamnun bo’larmidi?
5. Hozirgi holatingizga bolalikdagi o’zingiz havas bilan qarar edimi?
6. Agar hamma sizdek bo'lganida siz yashashni xohlagan jamiyat shakllanar edimi?
7. Hozirgi siz hurmatingizni chindan qozongan boshliq bo'larmidi?
8. O'zingiz maslahatingizga amal qilarmidingiz?
9. Asl siz boshqalar tasavvuridagi sizdan farqi bormi?
Qanday yashayotganimizni boshqalarga ko’rsatamiz.
Undanda qizig'i boshqalar qanday yashashi kerak ekanligini aytamiz (huddi shu postdagidek).
Baland aytiladigan fikrlardan ko’ra, sukutli savollar muhimroqdek.
Bek Olimjon
02.04.25

Kelajak shu yerda!
Bundan 10 yil oldin buni tasavvur qilish qiyin edi.
Bugun esa tekinga, osmonda, yerdan 10 000 metr yuqorida, 500km/s tezlikda harakatlanayotgan samolyotdagi internet tezligi 240Mbs. Tekinga!
Starlink texnologiyasi yordamida juda tez internetga endi butun dunyo ulana oladi. Bunga bir oz vaqt kerak xolos (2-3 yil yetadi).
Shu joyda qiziq kuzatuv. Bugun Oslodan uchdim. Starlink interneti bor deyishi bilan ulandim. Tezlikdan hayron qolganim tabiiy. Bu texnologiya hali insoniyat uchun, kambag'al davlatlar iqtisodi uchun juda keng imkoniyatlar olib kelishini o'ylab maza qivordim.
Orqa o'rindiqda o'tirgan ikkita yo'lovchi bir-biri bilan tinmay gaplashib kelishdi. Gaplashgan asosiy mavzusi yangiliklar, asosan Amerikada bo'layotgan siyosiy vaziyat haqida. Juda pessimistik nazarda, hayot qanchalik yomon bo'lib ketayotganligi haqida tinmay gaplashishar edi.
O'rnimdan turib, yoqasidan ushlab "baraka topgurlar, mana bu texnologiyani qaranglar, buni imkoniyatlarini qaranglar, kelajak qanday jozibali bo'lishini, imkoniyatlar qanchalik keng ekanligini o'ylab ko'ringlar. Bu texnologiya millionlab insonlarni qashshoqlikdan olib chiqadi, millionlab odamlarni kasalliklardan tuzatadi. Nahotki kelajakni qanchalik yorqin ekanligiga ishonmasangiz" degim keldi.
Kelajak juda rivojlangan bo'ladi, muhimi juda qiziq bo'ladi.
Unga tayyor bo'lish kerak.
Uni pessimistik fikrlar qurshovida, turli xil umri qisqa yangiliklar bilan bo'lib g'aflatda o'tkazmaslik kerak.
Kelajak juda qiziq bo'ladi hali.
Bek Olimjon
Norvegiya
03.04.25

Kecha oiladagi bolalar bilan baliq ovlagani bordik.
Andijon viloyatidagi baliq boqiladigan joylardan biriga.
Do’stlarimiz yaxshi kutib olishdi, mehmon bo’ldik. Ajoyib o’tdi.
Men o’lib ketgandan keyin bolalarim ham o’z bolalarini shunday joylarga olib borishini xohlayman.
Muammo shuki ularda shunday imkoniyat bo’larmikin?!
Axlat ko’pligidan inson kayfiyati buziladi.
O’zimiz o’tirgan joyni oz bo’lsada yig’ishtiray dedik.
Jiyanlarimdan biri orqasidan yig’ishtirmagani uchun qattiq dakki eshitdi mendan.
Tasavvur qilaylik, kimdir biz yangi kiygan kiyimga najas surkab ketdi. Qanchalik yoqmaydi. Urib, basharasini yorvorishga tayyor bo’lamiz.
Endi tili yo’q, ojiz tabiatchi? Undagi hayvonlarchi? O’simliklarchi?
Ularga biz axlatimizni tashlab ketsak bo’laveradimi?
O’zimizni hurmat qilishimiz kerak!