Telegram Web Link
Statusga asoslangan o‘yinlar jamiyatda har qadamda uchraydi — ulardan qutulish qiyin. Insoniyat taraqqiyoti shunga asoslangan.

Biroq yakunli (finite) va yakunsiz (infinite) o‘yinlar orasidagi farqni anglash hayotga butunlay boshqacha nigoh bilan qarash imkonini beradi. Hayotdagi missiya va maqsadlarni aniqlab olishga yordam beradi.

O‘zimizni qaysi o‘yinda ekanligimizni tushunish — yo‘ldan adashmaslik va ichki hotirjamlik topishimizga xizmat qiladi.

Yakunli o’yinlar = doimiy behalovatlik.

Yakunsiz o’yinlar = o’sish va ruhiy hotirjamlik.

Bek Olimjon
10.04.25
Toshkent
Bugun 4 oy oldin reja qilingan, 3 oy tayyorgarlik ko’rilgan, 3 kun davom etgan Surxon 100 loyihasini tamomladik.

Tez kunda batafsil…
Puldor do’stlarimiz bor.

Suhbatlashsak puli bo’lmagan davrini eslab o’sha paytdagi hotirjamligini hozir yo’qotganini aytadi. Afsuslangandek bo’ladi.

Ular ko’pchiligi puldor bo’lish hotirjamlikni yo’qolishiga sabab bo’ladi degan xulosaga kelishgan. Ammo puldan voz kechisha olmaydi. Qopqonga tushgandek.

Pul topgandan keyin halovati yo’qolganlar ko’p.

Aslida muammo puldor bo’lishda emas, balki xohishlarimizni tushuna olmasligimizda.

Hedonic treadmill degan tushuncha bor. Hedonism - hayotdan maqsad faqat rohatlanish, kayf qilish degani, treadmill esa - yugurish yo’lakchasi.

Bu ibora tarjimasi rohatlar tugallanmasligi, biri ortidan ikkinchisi kelishi deb tushunsak bo’ladi.

Halovat yo’qolishi sababi bu xohishlarimiz tugallanmasligi.

Bir narsa xohlaymiz, unga erishamiz, 2 haftadan keyin yana yangi narsa xohlaymiz.

Buni iPhone yoki mashina misolida ko’rish mumkin. Avval Matiz mashina olganimiz uchun qanchalik hursand bo’lgan bo’lsak, oradan ko’p o’tmay Nexia xohlaymiz, keyin Lacetti, keyin Tracker va hok.

Yoki iPhone 12 bor edi, 15 olgimiz keladi, keyin 16 ga o’tgimiz keladi va hok.

Bir qarashda bunday bo’lishda muammo yo’qdek. Chunki atrofimizda hamma shunday.

Muammo shuki xohishlarni upgrade qilishimiz bizdan umrimizni pulga sotishni talab etadi.

Ishlaymiz, pul topamiz, xohlagan narsamizni olamiz, yana qimmatroq narsa xohlaymiz, yana ko’proq ishlaymiz unga yetarli pul topish uchun.

Tinmay harakat qilamiz, charchaymiz, ammo bir joydan qimirlamaymiz, huddi yugurish yo’lakchasida yugurgandek.

Biz xayotda aslida nima xohlaymiz?

Xohishlarimizni anglab yetishimiz muhim.

Bek Olimjon
Andijon,
16.04.25
Bek sen biznesga ancha qiziqasan, moliyani tushunasan deyishadi do’stlar.

Qayerga investitsiya qilish kerak deb so’rashadi.

Javobimdan qoniqishmaydi.

Eng katta foyda keltiradigan investitsiya bu salomatlikka qilingani.

Salomat bo’lsang pul topishda davom etasan.

Salomat bo’lmasang million pullar ham yordam bermasligi mumkin.

O’tgan kuni bir do’stim bilan uchrashgan edik. Ikkinchi qavatga chiqqunicha hansirab qoldi. O’zi yosh, hali farzanlari bor.

Biznesini rivojlantiraman deb, o’z salomatligini unutayotganlar katta xatoda.

Bu haqida avval ham yozgan edik. Ko’p tadbirkor do’stlarimiz afsuslar bo’lsinki bunga e’tiborli emaslar 😞


Bek Olimjon
18.04.25
Toshkent
Bugun 30 minutda boradigan joyimga 1 soatda bordim.

Yo’ldagi tirbandlik (probka) sabab.

Qachon tirbandlikda qolsam Seth Godin gapi qulog’imda yangraydi: «Sen probkada qolmading, seni o’zing probkasan!»

Seth bu so’zlarni marketing sohasi uchun aytgan bo’lsada, men undan chuqurroq dars olganman.

Men probkadan nolishim mumkin, lekin uni paydo bo’lishiga hissa qo’shayotgan ham o’zimman.

Probka menga yoqmaydimi, demak kunimni va hayotimni probkasiz bo’lishiga harakat qilishim kerak.

Buni boshqa sohalarda ham ko’rishim mumkin.

«You are not stuck in traffic. You are traffic.»

Bek Olimjon,
21.04.25
Toshkent
Omad haqida

Bugun Farg’onadan Toshkentga uchishim kerak, lekin Andijondaman.

Farg’onaga borish uchun «stoyanka»ga borishim kerak. Unga Yandex taksi, keyin Farg’onadagi pitakka taksi, keyin adroportga yana taksi.

Vaqt ketadi.

Bira to’la uydan Farg’onaga Yandex taksi buyurmoqchi bo’ldim. Kelmadi. Nailoj pitakka taksi chaqirdim.

Taksichi aka turishimni ko’rib turist deb o’yladi va aeroportga ketyapsizmi deb so’radi. Ha, lekin Farg’onadan uchayotganimni aytdim.

Farg’onadagi aeroportga haydayman pulini bersangiz dedi.

5 daqiqa oldin bunga rozi edim, ammo akaga yo’q dedim.

Sabab: mashinasi kir va salondam sassiq hid kelayotgan edi.

Akani «omadi» kelib yaxshi pul ishlab olish imkoniyati bor edi bugun.

Ammo unga o’sha «omad» kelmadi. Chunki u o’sha omadga tayyor emas edi.

Bizga omad har doim keladi, ammo biz tayyor bo’lmaymiz.

Biz zo’r biznes qilishni orzu qilamiz, zo’r biznes hamkor bilan uchrashib qolganda unga beradigan biznes taklifimiz bo’lmaydi.

Orzuimizdagu umr yo’ldosh bo’ladi, uchratamiz o’shandayini, «bortimizni» beradi.

Omadga erishish sharti, unga tayyor bo’lish.

Omad talablariga javob berish aslida.

Omad osmondan tushib qolmaydi.

Bek Olimjon
Farg’ona
23.04.25
Fikrlarimiz bir-biriga to'g'ri kelganlar bilan yaxshi chiqishamiz, do'st bo'lamiz, hamkor bo'lamiz. Bu zo'r.

Ko'pchilik o'z fikrlari to'g'ri kelmaydigan odamlardan uzoq bo'lishga harakat qilar ekan. Imkon qadar ular bilan muloqotga kirishmas ekan. Bu zo'r emas.

Fikr va ishonchlarimizga qarshi argumentlari bor insonlarni qidirib topishimiz va ular bilan suhbat qurishimiz zarur deb hisoblayman.

Men ana shunday qilishga harakat qilaman.

Maqsadim ular nega xato ekanligini isbotlash emas, balki ularning nazdida nega men xato fikrlayotganimni tushunishga harakat qilish.

Misol uchun, men O'zbekistonda biznes qilmoqchiman. Atrofimdagilar buni 100% qo'llab-quvvatlaydi, nega bu yaxshi ekanligini aytishadi.

Menga esa nega bu yaxshi fikr emasligini aytadigan odamlar kerak.

O'ziga ishongan inson fikrlarini tasdiqlovchilardan ko'ra, uning fikriga qarshi chiquvchilar ko'proq foydali bo'lishi mumkin.

Bu yerdagi kalit ibora "o'ziga ishongan" bo'lishlik.

Agar inson o'ziga ishonmasa, qarshi fikrlar ishonchni yanada tushirib yuboradi.

O'ziga ishonch qanday ortadi? Unga qarshi fikr bildirishsa ham, o'zi to'g'ri deb o'ylagan maqsadga yetishga urinish orqali. Mayli maqsadiga erishmasin, lekin unga qarab yurib ko'rdi, shunga iroda va shijoat topa oldi.

O'ziga ishongan odam hammadan fikr eshitadi va baribir oxirida o'zini bilganini qiladi 😊

Bek Olimjon
24.04.25
Toshkent
Befarq bo’lmaganlar ko’payishi davom etsin!
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda bahor, yashillik, yoshlik.

Uzoq vaqt g'arbda yashagan inson sifatida aytishim mumkinki, bu yerga kelsam vatanimizda yoshlar ko'pligi yaqqol bilinadi.

Toshkent ko'chalari, bog'lari yoki kafelarida vaqt o'tkazganing sari atrof to'la go'zallik va g'ayratga to'la ekanligini aniq his etasan. Ko'cha to'la yoshlar, ko'zi muhabbatga to'la, beg'am.

Do'st va tanishlaring bilan suhbatda ular yoshi ulg'ayib borayotganini ko'rasan.

Do'stlaring yuziga ajin tushgan. Ustozlaring sochi oqarib, yuzi nurli bo'lib qolgan.

Uzoq yillar avval seni tasavvuringda qolgan yuzlar endi 50 yoshga qarab ketayotgani yaqqol ko'rinadi.

Avvalgi yoshlik yo'q. Vaqt izlari bor u yuzlarda.

Aslida hech narsa o'zgarmagandek. O'sha shahar, o'sha ko'chalar, o'sha daraxtlar, metrodagi o'sha hid.

Ammo umr juda tez o'tib ketayotgani yaqqol seziladi. Kecha go'dak bo'lgan jiyaning 30 yoshda.

Bir fikri yetilib qolgan bola bilan gaplashsan u sendan 20 yosh kichik ekanligiga ishonging kelmaydi.

Odamlar bilan gaplashsang faqat ertani o'ylash bilan band. Nimadir yetishmaydi, o'sha nimagadir erishsa u baxtga erishadigandek. O'sha nimadir, qachondir keladigandek.

Kelarmikin?

Biz voqelikdagidan ko'ra tasavvurimizdagi muammolardan ko'proq azob chekayotgandekmiz.

Bek Olimjon
27.04.25
Toshkent
Ko'zlar qizarishi, noto'g'ri davolash va ko'r bo'lish haqida

Kecha men bir bemorga maslahat berishimga to'g'ri keldi. 18 yoshda. Bir ko'zi deyarli ko'rmaydi, ikkinchi ko'zi esa 40 foiz ko'radi xolos.

Bunday bo'lishiga sabab bolalikdagi noto'g'ri bo'lgan davo. Oddiy ko'z qizarishini davolashda katta xatolikka yo'l qo'yilgan.

Bahor keldi, yoz kelmoqda, havo quruqlashdi, chang ko'paydi.

Ayrimlarda mana shu mavsumda ko'zlarda qizarish bo'ladi. Bunday holatlarda ko'pchilik dorixonadan qizarishga qarshi deb tomchi so'rashadi.

Afsuslar bo'lsinki bizda dorilar savdosida nazorat yaxshi emas va shifokor resepti talab etilmaydi. Bu esa o'zboshimcha davolashga sabab bo'ladi.

Ko'pchilik ko'zlardagi allergiyani davolashda gormon dorilardan foydalanishadi. Eng ko'p ishlatiladigini bu DEKSAMETAZON yoki shunga o'xshash gormon dorilar. Sababi qizarishni tez oladi, ammo asoratlari juda og'ir.

Gormon tomchilarni 2-3 haftadan ortiq tomizish tavsiya etilmaydi. Ayniqsa bolalarda.

Nega?

Gormondan noto'g'ri foydalanish ko'z ichki bosimini ortishiga olib keladi. Natijada bosim ko'z nervlarini shikastlaydi. Buni glaukoma deyiladi. Glaukoma davolanmasa tiklab bo'lmaydigan ko'rlikka olib keladi. Gormon ko'zdagi tiniq gavhar loyqalanishiga (katarakta) sabab bo'ladi.

Iltimos, bolalarda gormon tomchi dorilardan foydalanmang. Allergiyaga qarshi kattalarda ham foydalanmang. Allergiya aniqlansa unga qarshi boshqa muqobil tomchilar bor.

Gormondan noto'g'ri foydalanish ko'rlikka sabab bo'lishi mumkin.

Ko'zingizni ehtiyot qiling, o'zingizni ehtiyot qiling.

Bek Olimjon
30.04.25
Toshkent
Azamat chiqishini kutyappan parkovkada.

Ro’paramdagi balandlik men yugurish va velikda chiqish uchun foydalanadigan joy. O’rmonli adirlik.

Bu yerdan masofa 15km chiqadi.

Aniq ko’rinyapti.

Toshkentdan qaytganimga 2 kun bo’ldi. Havodagi changlik sabab kasal bo’ldim.

Toshkentda meni atrofimdagilar aksariyati allergiya dorilar, burunga sprey, ko’zga tomchilar bilan yurishipti.

Atrofimizdagi ne’matlarni bizdan olib qo’ymagunicha qadriga yetmaymiz.

Uzoqdagi adirlikni tiniq ko’rinayotganini ko’rib shunaqa hursand bo’lyapman hozir.

Bek Olimjon
03.05.25
Eidsvoll
«Ko’rinsang asling kabi ko’rin, yo ko’ringaning kabi bo’l» - Rumiy


Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo’lgan «influencer va/yo tadbirkorlar» uchun aytilgandek bu gaplar.


- auditoriyangiz uchun siz ular tasavvur qilganidek insonmisiz? Agar auditoriyangizdan kimdir sizni ko’rsa ular online siz bilan offline siz orasida farq ko’radimi?

- qadriyatlar haqida gapirsangiz, ularga amal qilyapsizmi?

- hayot tarzingiz siz internetda ko’rsatganingizdekmi?

- vaziyatni haqqoniylik bilan baholay olyapsizmi? Yoki harakatlaringizda o’zingizni oqlash bormi?

- o’zingizni senzura qilyapsizmi? Sabab bu sizdagi egomi?

- oila muhimligi, farzandlar bilan vaqt o’tkazish shart ekanligi haqidagi videoingizni choyxonada olyapsizmi? Yoki shu haqidagi podcastni kechasi 12 da yozyapsizmi?

- postlaringiz ortidagi maqsad «soqqa» qilishmi? Shunday bo’lsa, nega buni ochiq aytmaysiz? Nega olib qochar gaplar ko’p?



Asling kabi ko’rinish => boshqalarda senga nisbatan ishonch shakllantiradi.


Aksi esa tanazzul kafolati.


«Aslingga filter qo’yma, aks holda hayoting filterdan iborat bo’lib qoladi. Filterli hayot bu sun’iy hayot. Yashashga arzigulik hayot emas u.

O’zgarish vaqti keldi»


Bek Olimjon
06.05.25
Gym, Eidsvoll
Toshkentda bir do'stim suhbat davomida: "Bizdagi bizneslar rivojlanayotgani bu bizni zo'r tadbirkorligimizdan emas, balki bunga bozor ruhsat berayotganidan" deydi.

Bunga 100% qo'shildim.

Yana bir Toshkentdagi tadbirkor do'stim soliqlar qanchalik baland ekanligini va undan qochishga bo'lgan harakatlar haqida aytib qoldi.

Men esa Uzbda biznes qilmoqchi ekanligimni, investorlar jalb qilishga harakat qilayotganimni aytdim.

O'zbekistondagi soliqlar biznes uchun anchagina past ekanligini aytsam tushuna olmadi.


Men biznes qilayotgan davlat Norvegiyadagi soliqlar qanday ekanligi haqida ayrim misollar.

Biznes egasi sifatida:
- qo'shilgan qiymat solig'i odatda 25%
- daromad solig'i 22%
- divident solig'i 38%

Bu degani agar menda yil davomida 1 million so'm daromad qilsam va buni o'zimga divident qilib olmoqchi bo'lsam 484 ming qo'limga tegadi. 516 000 so'm soliqqa ketadi.

Undan tashqari men soliqlarini to'lab undan qolganidan keyin to'plangan boyligimdan to'laydigan soliq 0,85%/yil.

Endi biznes egasi sifatida ishchilarim ustidan qancha soliq to'layman.
- har bir ishchiga ular oyligidan ish beruvchi uchun soliq 14,1%
- har bir ishchi uchun yozgi ta'til solig'i 10,1-12,1%
- nafaqa solig'i kamida 2%
- sug'urta 7,7%

Ishchilarimga past oylik yozib naqd bera olmayman. Sababi ishchi malakasiga ko'ra ularga belgilangan minimum oylik miqdori bor. Undan kam taklif eta olmayman.

Har bir ishchim uchun belgilangan 1 stavka 37,5soat/hafta. Agar undan ortiq ishlasa har bir soatiga 40% ustama to'lashim kerak. Shanba-yakshanba ishlasa 100% ustama.

Topgan pulni chetga olib chiqib ketmoqchi bo'lsangiz "exit" solig'i bor. Tahminan 40% atrofida bo'ladi.

Endi ishchi sifatida daromad solig'i 22% dan boshlanadi va yuqoriga qarab ketadi. Turar-joy solig'i esa 0,7%/yil.

Marhamat, eplasang biznes qil degan joyi shu bo'lsa kerak.

Ko'pgina bizneslar ularni bozor kechirgani uchun tirik qoladi, egasi/boshqaruvchisi zo'r bo'lgani uchun emas.

Uzbda bozor eng kechirimli bo'lgan sohalar bular ayni vaqtda ta'lim, oziq-ovqat, tibbiyot kabi xizmat ko'rsatish sohalari bo'lyapti. Ammo oson emas, oson bo'lganida hamma qila olgan bo'lar edi.

Bek Olimjon
07.05.25
Eidsvoll, Norvegiya
May 2023: 82 kg edim

May 2024: 92 kg bo’ldim

May 2025: 81 kg 😊



Bunday semirish va ozishga meni yugurishim va velikda yurishlarim ta’siri kam. Bir marta 600km masofalik veloturdan keyin 2 kg semirgandim 😁



Ozish og’iz orqali bo’ladi.

Semirish siri: qorin rosa to’ygunicha yeyish.

Ozish siri: ochlik hissi yo’qolgunicha yeyish.


You eat until you are no longer hungry, not until you are full.



Bek Olimjon
11.05.2025
Oslo
Oshga to’ygan norveg mehmonlar haqida

Bundan 2 yil avval klinikamizga investor bo’lib kirgan bir tadbirkor haqida yozgan edim.

Klinika sohasida hech qanday tajribaga ega bo’lmagan bu bola, 2 yilda 2 ta qo’shimcha filial ochdi, 6 million dollar pul jalb etdi. Klinikani 10 milliondan 100 million baholanishga olib chiqmoqchi.

Maqsadlari katta.

O’sha odamni va yana bir sherikni o’tgan oy O’zbekistonga olib bordim.

Birga ishlaymiz ular bilan. Ikkisida ham avvalgi bizneslaridan puli bor. Investitsiyaga biznes qidirishmoqda. Chetdan.

Mendagi maqsad ular pulini Uzbga olib kirish edi. Ma’qul bo’lsa yarim mil investitsiya haqida gaplashdik.

Uzb haqida uzoq suhbatlar qilganmiz oldin. Potensialini sota olganman. Shu sabab o’z ko’zlari bilan ko’rishmoqchi bo’ldi. Potensiali katta, yosh avlod, soliqlar jozibador, to’yinmagan bozor va hok.

Sayohat oxirida ular katta imkoniyatlarni ko’rishgan bo’lsada hozircha sabr qilishlarini aytdi.

Xohlasang bizsiz davom etaver deyishdi.

Sabablarini so’radim (tahminan bilsam ham).

To’rtta misol keltirdi haligi yigit.

- birinchi kecha yotgan mehmonxonasini Bookingdagi bahosi 9,1/10 edi. Asl sharoit esa unday bo’lmadi. Kirishda kanalizatsiya hidi kelib turar edi. Ertasiga chiqib ketishdi. Bookingda 4/10 baho berdi. Mayli bu ham tajriba bo’ldi dedi.

Ertasi kuni mehmonxona ular bilan bog’lanib past bahoni o’chirib tashlashini iltimos qilgan. Yalingan. Xulosa: «bu biznes yolg’on ustiga qurilgan. Mijozlarni aldayapti»

- oradan 2 kun o’tdi, yana bir boshqa hoteldan joy band qildik. Kechroq bordik, faqat uxlash uchun. Bizga «siz bron qilgan xonadagi tualet quvuri yorilib ketdi. Afsus boshqa xonamiz yo’q» dedi resepshndagi yigit. Yorilgan quvur rasmini ko’rsatdi. Ahmoqlikni qarangki rasmda u olingan sana turipti va u 2023-yilni ko’rsatmoqda. Xonalarni ortiqcha sotib yuborishgan. Boshqaruv joyida emas. Xulosa: «mijozni aldamoqda». Hech kim aldanishni xohlamaydi!

- bir xususiy maktab egasi bilan uchrashuv belgiladik. Birga tushlik qiladigan bo’ldik. Maktabga investitsiya haqida gaplashmoqchi edik. Akamiz 30 min kech qolib keldi. Kech qolayotganini aytmadi ham. Kelgandan keyin ham sababini aytmadi. «Uzr ozgina ushlanib qoldim» dedi xolos. Xulosa: «vaqtingni qadrlamagan, pulingni ham qadrlamaydi»

- klinikalar ko’p pul topadigan lazer operatsiyalari bor. Ularni qanday qilinishi haqida so’rashdi. Qoidaga ko’ra ko’zoynakdan qutulish uchun qilinadigan lazer operatsiyalar ko’z stabil holatda bo’lgandagina qilinadi. Ya’ni minus yoki plyus o’smagan bo’lishi kerak. Bunga ishonch hosil qilish uchun bemorni kamida 6 oy kuzatiladi. Bu eng muhim talablardan biri. Stabil bo’lmagan bemorlar operatsiya uchun yaxshi kandidat emas. Uzbda bunga ko’p xirurglar amal qilmasligini ko’rishdi. Xulosa: «daromad bemordan ustun»


Kelgan mehmonlarda baraka degan tushuncha yo’q. Qadriyatlar haqida bong urganini eshitmaganman. Ammo biznesi rivojlanishi uchun aldov bo’lmasligiga juda katta e’tibor berishadi. Mijozni aldagan, hamkorni ham aldaydi degan fikr bor ularda. Ishonch eng muhim ko’rsatkich, biznesdagi asosiy kompas darajasida.


Men esa o’zimcha hursand bo’ldim.

«Zato rosa osh bilan go’shtga mehmon qildim bularni» deb.


Bek Olimjon
Eidsvoll, Norvegiya
09.05.25

PS. Investitsiya fikridan butunlay voz kechilgani yo’q. Sababi uchrashgan tanishlarimiz ichida kelishuvga amal qilganlari ham ko’p edi. Ular biznesi hali katta bo’lgani yo’q, yo ular chetga ketmoqchi bo’lganlar. Umid katta.

Bu mavzuga yana qaytamiz…
Vatanda uzoq masofaga yugurish, triatlonda qatnashish kabi chidamlilik sport turlariga qiziqish ortib bormoqda.

Bu sohalar ko’plab yillik tarixga ega. Ilmiy asoslar va kuchli trenerlar tajribasiga asoslangan holda ko’p foydali ma’lumotlar bor.

Shunday bo’lsada bu sportlarga endi kirib kelayotgan odam ma’lumotlar o’rmonida adashib qolishi hech gap emas.

Menga bu sport turlarini tushunishga katta yordam bergan kitoblardan top 3 tasi:

- Training for the uphill athlete: a manual for mountain runners and ski mountaineers by Steve House

- The triathlete’s training bible by Joe Friel (boshqa kitoblari ham yaxshi, lekin eng ma’quli shu)

- Endure: Mind, Body … by Alex Hutchinson


Yuqoridagi kitoblar bu sport turlari asoslarini tushunishga yaxshi yordam beradi. Mashg’ulotlarni qanday rejalashtirish, nimalarga e’tibor berish, musobaqalarga qanday tartibda tayyorgarlik ko’rish kerakligi haqida juda yaxshi bilimlar beradi.

Hammaga omad. Jarohat olmang 😊

Bek Olimjon
18.05.25
Eidsvoll, Norvegiya
Bundan rosa bir yil oldin to’liq funksional testdan o’tgan edim.

Funksional test bu salomatlikni yurak va o’pka jihatdan qanchalik baquvvat ekanligini aniqlab berivchi tekshiruvlar to’plami.

Funksional testni Norvegiya oliy sport maktabi mutaxassislari qilgan edi. (Ular jahon chempionlari tayyorlashadi, dunyodagi top mutaxassislar)

Funksional test tarkibida 400m masofani 8 marta yugurish testi ham bor.

Bu 8 x 400metr yugurish klassik mashg’ulot turi hisoblanadi. Formani qanday ekanligini aniqlashda katta yordam beradi. Mashg’ulotlar rejasini tuzishda qo’l keladi.

Dastlab 15 min sekin yugurib tana qizdiriladi. Keyin 400m (1 krug) LT2 ga yetkazmasdan yuguriladi. Orada 1 minut dam. 8 Marta qaytariladi. Yakunida 10-15 min sekin yugurib tana sovishiga qo’yib beriladi.

O’tgan yili har bir krug uchun ko’rsatkich menda 4:45min/km edi (1:54/krug). Bir yil davomidagi muntazam shug’ullanish bilan buni 3:30kmga (1:24/krug) tushirishga erishdim.

3:30/km wow natija bo’lmasligi mumkin. Ammo genetika, yoshim, sportni qachon boshlaganim, tana vazni va umumiy formani e’tiborga olgan holda bu juda yaxshi ko’rsatkich.

Shuning uchun ham aytiladi.

«O’rin muhim emas, trayektoriya muhim» (trajectory is more important than the position)

Men boshqalarga nisbatan qayerda turganimdan ko’ra, oldin qayerda edim, hozir qayerdaman va qayerga ketyapman?

Mana shu savollarga javob topish muhimroq.

Bu nafaqat sportga tegishli…

Bek Olimjon
20.05.25
Eidsvoll, Norvegiya
2025/10/21 11:59:09
Back to Top
HTML Embed Code: