Ishdan qaytyapman hozir, onam so’rayapti:
«Charchamasdan ishladingizmi bolam?»
Savolga «ha, ishladim, hammasi yaxshi» deb dejurniy qilib javob berib qo’ysam bo’ladi. Ammo onam bilan yuzaki gaplashmaymiz.
Shunda javobim:
«Bugun ishlab charchadim ona.
Agar odam ish kuni oxirida o’zini charchagan his qilmasa demak u kunidan 100% foydalana olmagan bo’ladi. Kun davomidagi imkoniyatlardan to’liq foydalanmagan bo’ladi.
Ish kunidan huddi anorni siqib, uni suvini oxirgi tomchisigacha ichib olgandek, har bir daqiqasidan foydalanish kerak deyman.
Odam o’zini charchagan his qilsa, kuni manfaatli o’tganidan ko’ngli taskin topadigandek.
Ana o’shanda baraka bo’ladi kunidan.»
Bek Olimjon
22.05.25
Kongsvinger,
Norvegiya
PS. Ish yoqmasa o’zgartirsa bo’ladi

Insoniyat har doim bilim izlagan.
Har doim bilim manbalariga tayangan.
Dastlabki manbalar tabiat hodisalarini kuzatish va xulosa qilish orqali tanilgan shomonlar yoki hikoya aytib beradiganlar bo’lgan bo’lsa, keyin tajriba o’tkazgan olimlar bo’ldi.
Undan keyin o’sha olimlar yozgan kitoblar, keyin kitoblar to’plami, keyin kutubxonalar, keyin kutubxonalar atrofida to’plangan olimlar jamoasi bo’ldi.
Keyin esa o’sha olimlar boshqa olimlar tayyorlaydigan maskanlar (universetlar), keyin internet (e.g. Google) va hozirga kelib endi AI.
Har bir bo’g’imda o’rganuvchining bilim olish ko’lami va tezligi oshib borgan.
Avval bir olimdan ma’lumot olmoqchi bo’linsa uni uyqudan turishini kutish kerak bo’lgan.
Kutubxonada esa 24 soat qolish mumkin bo’ldi.
Google orqali butun dunyo kutubxonasi uyimizga keldi.
Ingliz tili bilmagan Googledagi ingliz tili bilmagan ma’lumotni tushuna olmas edi. Endi AI orqali bu muammo hal.
Bilim olish tezligi va ko’lami kengaymoqda.
Har doim yangi bilim manbalari tanqidga uchragan.
AI ham bundan mustasno emas.
Ammo AI bilim olishni tezligi va ko’lamini oshirsa, ming harakat qilmaylik, foydalanmaslikni oldini olib bo’lmaydi.
Fikrimcha, bugun ma’lumot olishda Googledan emas AI dan foydalanish, huddi 20 yil avval shahar kutubxonasiga borib kitoblar ichidan ma’lumot qidirish o’rniga Googledan foydalanish kabidek.
Menga AI borasidagi salbiy fikrlarni sotisha olgani yo’q hozircha…
Bek Olimjon
23.05.25

“Agar bola yaxshi o’qimayatgan bo’lsa birinchi navbatda ko’rishini tekshir!” - Kevin Kelly
Bola kelajagi uchun uning o’qish qobiliyati rivojlanishi eng muhim omil.
Bola o’qish ko’nikmasi rivojlanishi uchun uning ko’rish qobiliyati yaxshi bo’lishi zarur.
Bola ko’rishi yaxshi emasligini ayta olmaydi. Chunki u har doim shunday ko’rgan.
Bir yilcha avval Aziz Rahimov bilan reja qilgan loyiha yakuniga yetdi bugun.
Loyiha Rahimov School o’quvchilari korish qobiliyatini tekshirish edi.
Shu yil Aprel oyi boshida bir norveg yordamchim, Germaniyada ishlaydigan bir shifokor ukamiz, Toshkentda ishlaydigan bir oftalmolog do’stimiz, Farg’onada tibbiyot sohasida ishlayotgan do’stlarimiz, bir tashkilotchi yaqin do’stimiz va mendan iborat guruh Rahimov Schoolning 650 nafar o’quvchisining ko’rish qobiliyatini tekshirdik (skrining o’tkazdik).
Ko’rishda muammosi bor o’quvchilarni aniqlab, ular ota-onasiga yozma va video tarzda murojaat yetkazdik. Mutaxassis sifatida o’z tavsiyalarimizni berdik.
Bunday tekshiruvlar ko’payishi tarafdorimiz.
Domino effektidan umidvormiz.
Tekshiruvni tashkil etganlarga va Rahimov School jamoasiga rahmat aytamiz.
O’quvchi bola salohiyati yuqori bo’lsayu, ammo doskani ko’rmasa befoyda.
Biz ana shu o’quvchini topdik va doskani ko’rishiga yordam bera oldik degan umiddamiz.
Balki foydasi tegar…
Bek Olimjon
27.05.25

Bugun ikki do’stimiz bilan suhbat jarayonida aytilgan insight
"Bir biznesni barpo etishda uning 2 xil shaklini tasavvur qilish kerak.
1) biz orzu qilgan idealdagi ko’rinishi
2) o’sha biznesni tez pulga kiradigan reallikdagi ko’rinishi
Orzuimizdagi biznes uchun sarflangan vaqt va mablag’dan ko’ra, amaldagi tezroq foyda keltiradigan varianti har tomonlama yaxshi."
Nega unday?
Misol biznesni yangi ko'z klinikasi ochish misolida olaylik.
1-variant bo'yicha: zo'r remontli bino, barcha ko'z kasalliklariga tashxis qila oladigan, barcha turdagi operatsiyalarni bajarish imkoni beradiga top jihozlar.
2-variant bo'yicha: o'rtacha remontli bino, eng ko'p uchraydigan ko'z kasalliklarini tashxis qila oladigan, eng ko'p bajaraladigan operatsiyalarni qilishga ixtisoslashgan jihozlar.
Birinchisi uchun uzoq vaqt, katta mablag' va bir nechta zo'r mutaxassislar zarur. Sarflangan vaqt va pul resurslarini qoplash uchun uzoq vaqt ketadi. Risk katta.
Ikkinchisi esa nisbatan tez bo'ladi. 2-3 ta hodim bilan boshlasa bo'ladi. Nisbatan tez foydaga kiradi. Vaqt va mablag' riski kamroq. Ko'p uchraydigan kasalliklarga ixtisoslashgani uchun ertaga klinika yurmay qolsa ham apparatlar "xodovoy". Sotib yuborish osonroq.
Endi, ikkinchi variantdan birinchi variantga qarab rivojlansa bo'ladi. Birinchi variantdan ikkinchisiga o'tish doim minus degani.
Rivojlanish asosida o'zgartirishlar kiritish orqali takrorlash (iteration) yotadi.
Har qanday biznes rivoji ana shunday takrorlash ustiga quriladi.
Bir ustozim gapi bor: "Bek, birinchi navbatda pastda osilib turgan mevalarni uzishimiz kerak"
Bek Olimjon
Norvegiya
28.05.25

Bugun Norvegiyadagi Bek Eye Clinic ishga tushganiga 16 hafta bo'ldi.
Bugun 1000-bemorni ko'rdik, aniqrog'i 1000 marta tibbiy maslahat o'tkazdik.
Jami ishlayotganlar soni: 2 kishi, yordamchim va men.
Yaxshi ko'rsatkich. Ammo hali rivojlanishimiz kerak bo'lgan jihatlar juda ko'p.
Maqsad 2025-yilda 5000 ta konsultatsiya/operatsiyalar o'tkazish.
Yana 2 ta xodim olaman. Biri haftasiga 3 kun, ikkinchisi haftasiga 4 kun ishlaydigan qilib. Sababi men o'zim haftasiga 4 kun ishlayman, 09:00 dan 15:00 gacha.
Klinika asosiy qoidalaridan biri: "xizmat sifatiga salbiy ta'sir etmagan holda maksimum samaradorlikka erishish"
Ha, oson emas, lekin ilojsiz ham emas.
Muhimi xodimlarga ishonch berish va ularda o’zlari qila olmayman deb o’ylagan ishlarini qila olishlariga ishonch hosil qilish. Ish jarayoniga to’liq egalik qila olishlariga ishontirish va buni ta’minlash. (Principal-agent problem).
Rivojlanish uchun asosiy kalit mana shu muammoga yechim topishda.
Bek Olimjon
Kongsvinger

Odatda bolalarim uxlagandan keyin o’tirib kitob o’qiyman, bilim olaman.
Chunki shovqin yo’qoladi.
Shovqin yo’qolsa tahlil qila olasan.
Tahlil jarayonida fikr keladi.
Fikrlarni yozib boraman. Ba’zilarini post qilaman.
Ba’zan post qilgandan keyin o’chirib yuboraman.
Sababi mendagi afsus yoki ikkilanish emas, balki ertaman turganda post ostida izohlar bo’lishi.
Menda bir odat bor. Ertaman nima e’tiborimni olsa ishga borgunimcha o’sha narsa kallamdan chiqmaydi.
Shunga ertamandagi birinchi ish telefonni tekshirish bo’lmasligi kerak deyman.
Men telegram kanalimni tekshirmaslikka harakat qilaman.
Aks holda boshqalar istagi meni kunimni belgilab berishi mumkin.
Bu esa yaxshi emas. Boshqalar istagi xayotimizni belgilamasligi muhim.
Bek Olimjon
30.05.25
Eidsvoll, Norvegiya

Agar biznes vaqtni haddan tashqari ko’p olayotgan bo‘lsa yoki ruhiy barqarorlikni yemirayotgan bo‘lsa, u holda uni qayta baholash zarur.
Shunday paytda beriladigan eng muhim savol: «Men o’zi bu ishni nima uchun boshlagan edim?»
Ba’zan zo’r ko‘ringan imkoniyatlar — aslida kishan bo‘lishi mumkin.
Oltin kishanlarni oldindan ko’ra olish muhim.
Bek Olimjon
01.06.25

Paxsa uy → Smart uy
Ot arava → Tesla
«Domashniy» telefon → iPhone
Dial-up modem → Starlink Internet
Pochtalyon → Gmail
Shanba bozori → Amazon
Bular qisqa umrim davomida guvoh bo‘lgan rivojlanishga ayrim misollar xolos.
Bular barchasini birlashtiradigan bir jihat bor: vaqtni tejash va foydalanuvchiga komfort berish.
Texnologiya ana shu ikki jihatni taklif eta olsa -
biz unga qarshi bo’lsak ham - u rivojlanaveradi.
Dopamin, diqqat, salomatlik, depressiya va hokazo kabi salbiy jihatlari bo’lsada odamlar foydalanaveradi.
Eng qizig’i yangisini ko’rgan eskisiga qaytgisi kelmaydi.
Tesladan Moskvichga aslo qaytgisi kelmaydi odamni.
Xo’sh, yechim nima? - tahlil orqali o’zini anglash, o’z hayoti uchun javobgarlikni olish, texnologiyani ayblashni bas qilib, o’z hayoti uchun mas’uliyatni bo’yniga olish!
Bek Olimjon
03.06.25
Eidsvoll,

«Quyon ini» usuli
Men biror qiziqqan mavzuim ichiga kirib ketaman va qisqa muddat ichida maksimal ma’lumot olishga kirishib ketaman. Kutilmagan ma’lumotlar chiqadi.
Buni ingliz tilida «rabbit hole» ham deyishadi. Turli forumlar (reddit, substack…), videolar, kitoblar, podcast va hok.
Bunday bilim olish usuli eng samarali usul hisoblanadi. Ya’ni chanqoqni qondirish uchun o’rganish.
Muammo shuki unga vaqt ketib qoladi. Bu asosan kechasi bo’lgani uchun, forumlar o’qib o’tirib soat 2-3 bo’lib ketgani uchun ertangi ish kuniga ham ta’sir qiladi.
Yana bir «muammo» qiziqqan sohalar ko’pligi. Bu yana ham ko’p vaqt oladi.
Bu muammoga yechim topdim.
Men ayni vaqtda inson fiziologiyasi va chidamliligi bo’yicha o’rganyapman.
Bu sohada dunyodagi top 5 talikdagi mutaxassislar kanaliga pullik obuna bo’ldim. Ammo avvalgi postlarini o’qib chiqishga vaqt yo’q. Yillar avvalgi postlari bor.
Xo’sh nima yechim qildim?
Kanaliga obuna bo’lib (pulini to’lab), Jami postlarini olib, chatGPT ga solib har bir postini xulosasini 5 ta gap bilan chiqarib berishini so’radim.
Hayron qolarli darajada tushunarli va aniq ma’lumotlar bermoqda.
Bitta postini o’qishga sarflagan vaqt o’rniga 10 ta post xulosasini o’qiyapman. Savolim bo’lsa aniqlik kiritish uchun o’sha postni o’qiyapman. 100 bet o’qishga ehtiyoj yo’q. O’rniga 10 bet o’qib ma’lumot olsa bo’ladi.
Postlarni birma-bir o’qish yaxshiroq deyishingiz mumkin.
Ammo men uchun amalga oshmagan ishdan ko’ra 80% amalga oshgan ish ma’qul.
Menda hammasini 100% o’qishga vaqt yo’q. Boshqa loyihalar bor. Bilganlarimni amalda qo’llashim kerak.
Vaqt muhim, tezlik muhim.
Ideal 100% natijani kutishdan ko’ra 80% natijaga erishgan yaxshiroq.
Bek Olimjon
11.6.25

Maqsadlar insonni qo’rqitadigan darajada bo’lishi kerak. Aks holda yetarlicha yuqori maqsad qo’ymayotgan bo’lamiz.
Adashmasam Henry Ford aytgan edi: «qila olaman desangiz ham, qila olmayman desangiz ham, siz haqsiz» deb.
Bek Olimjon,
12.6.25
Shvetsiya

Kelajakdagi oltin kishanlar haqida
Oltin kishan haqida avvalroq yozgan edim.
Klinikaga yangi ishchi olish bo'yicha kecha bir intervyu qildim.
Vaziyat mana bunday bo'ldi.
Nomzod 50+ yoshda.
Men taklif etayotgan ish sharoit bo'yicha uning hozirgi ishidan ancha afzalliklarga ega (qisqa ish kuni, minimal stres, avtonomiya, bemorlarni hursand qilish imkoniyati, tushlik, gym, sug'urta...)
Ayni vaqtda davlat ishida ishlaydi. Davlat ishining afzalligi pensiya sharoitlari xususiy sektordan yaxshiroq. Agar uzoq yillar davomida ishlasa.
Nomzod 20+ yil davlat ishida ishlagan.
Men xususiy sektordagi ish beruvchi sifatida davlat sektoridagi pensiya sharoitlarini taklif eta olmayman. Xususiy sektor taklif etmaydi.
Nomzod uchun pensiya shartlari o'ta muhim ekanligini aytdi. Katta ehtimol bilan ish taklifiga rozi bo'lmaydi va o'z ishida davom etadi.
Yagona sabab xususiy sektordagi pensiya jamg'armasi kam ekanligi.
Nega ayni vaqtdagi ishidan ketmoqchi ekanligini so'raganimda stres o’ta ko'p ekanligi, oshiqcha ish soatlari, o'ziga vaqt yetmayotgani, majlis va talablar ko'p ekanligi va hozirgi ishi salomatligiga salbiy ta'sir etayotganini aytdi. Avtonomiya yo’q deb nolidi.
Rostgo'yligidan hursand bo'ldim.
Keyin o'ylab qoldim...
15 yildan keyingi sal kamroq topadigan nafaqa miqdorini deb ayni vaqtda salomatligini yo’qotishga rozi bo'lish bu kelajakdagi oltin kishan ekan.
Buni balki g'arbga xos xususiyat bo'lsa kerak deb ham o'yladim, ammo o'zbek jamiyatida ham bunga misollar bir nechta ekan.
Biz kelajakdagi hali paydo bo'lmagan muammolarni deb hozirdan aziyat chekishga, umrimizni, salomatligimizni qurbon qilishga tayyor ekanmiz.
Qiziq vaziyat...
Bek Olimjon
13.06.25

Kecha mentorlarimdan biri bilan 4+ soat vaqt sarfladim. Olgan narsalarim anchagina bo'ldi. Ammo bugun boshqa narsa haqida yozmoqchiman.
Bugun bir do'stimni uchratgan edim, o'g'liga maslahat berishimni iltimos qildi.
O'g'li 18 ga kiradi. Norvegiyada litseyda o'qiydi. Litsey 3 yil, 2-yilni tamomladi. Qo'shimcha darslar olib fanlarni erta "yopgani" va imtihondan o'tgani uchun endi Oslo universitetida 1-2 ta fanlarni olmoqchi, shu jumladan matematikani (hali univerga kirmay turib, buni iloji bor).
Otasi havotirda, "men bolam shifokor bo'lishini xohlayman, bolam ko'p bekor vaqt o'tkazmasin deyman, to'g'ri yo'ldan ketsin deyman va hok".
Bola bilan bir oz gaplashdim, bola qat'iyatli, intizomli bola. 3 ta tilda erkin gaplasha oladi. Tarbiyali, farosatli. Nimalar qilmoqchi ekanligini biladi. 17 yoshda tabiiyki ota bilan fikrida farq bor juda katta bo'lmasada.
Men qanday maslahat berdim?
- ishga kir dedim, haftasiga 5-10 soat ishlagin
- shaxsiy moliyani o'rgan, keyin mikroekonomikani o'rgan
- matemni yaxshi bilasan, statistikani yaxshi o'rgan
- qaysi yo'nalishni tanlashni o'zing bilasan, xohlasang tibbiyot, xohlasang muhandislik, bu asosiy muammo emas hozir
- sportga e'tibor ber, muskul chiqarishga emas, konditsiyani yaxshilaydigan sport turlariga
- fokus qil va shovqinni yo'qotishga harakat qil. Boshlash nuqtang anchagina oldinda, fokus bilan 5 yilda hayoting davomida kerak bo'lgan narsalar 60-70% ga erisha olasan, 23 yoshingda
- hayotdan noliydigan, shikoyat qiladigan odamlardan uzoq bo'l. Ular quyosh chiqishidan ham, yomg'ir yog'ishidan ham noliyverishadi
- sen to'g'ri yo'ldasan, maslahat ol, ammo unga 100% amal qilma.
Bek Olimjon
14.6.25
Nannestad,

O'tgan hafta Norvegiya Salomatlik Vazirligi bolalar necha soat ekran ishlatishlari kerakligi bo'yicha tavsiyalarini muhokamaga qo'ydi.
Unga ko'ra
- 2 yoshgacha bo'lgan bolalar ekran ishlatmasligi kerak
- 2-5 yoshli bolalar bo'sh vaqtida 30-60 minut
- 6-12 yoshli bolalar bo'sh vaqtida 1-1,5 soat
- 13-18 yoshdagilar bo'sh vaqtida 1,5-3 soat bilan chegaralash zarur.
Bo'sh vaqt deganda bog'cha va maktabdan tashqaridagi vaqt tushuniladi. Bog'chada emasu, ammo maktablarda o'qish uchun maktab bergan planshet/kompyuter ishlatishadi bolalar.
Ota-ona bolalar bilan birga bo'lganda ularga quyidagilar tavsiya etiladi:
- bolani yupatish yoki band etish uchun ekran bermaslik
- ovqat vaqtida ekran bermaslik
- orqa fonda ekran bo'lmasligi
- ekran bolalar jismoniy harakatini cheklashiga yo'q qo'ymaslik
- bola uyqudan oldin kamida 1 soat avval ekran ishlatishni to'xtatishi
- bola yotoqxonasida ekran bo'lmasligi
- bola bilan ekranda ko'radigan mavzular haqida gaplashish va ularni aql va hissiyotlarimizga qanday ta'sir etishi haqida suhbatlar qurish.
Tavsiyada aytiladiki: "ota-ona o'zlari ekran bilan band bo'lgan vaqtda bola uchun ota-ona yuz ifodasini o'qishi, atrofda nimalar sodir bo'layotganini tushunishi qiyin bo'ladi. Eng achinarli holatlarda bola o'zini inkor etilgan deb his qiladi"
Eng qiziqi joyi mana bu bo'ldi.
"Ota-onalar o'zlari na'muna bo'lishlari shart!"
Tajribamga asoslanib shuni aytishim mumkinki, odatda bu turdagi rasmiy tavsiyalar minimum dozani tavsiya etishadi.
Bek Olimjon
15.06.25
Eidsvoll

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bilasizlar men tabiatni o’ta sevaman.
Toqqa sayohatlar esa vashshe jonu-dilim.
Unga chiqvolib baqirish esa voydoood kayf.
Buni boshdan kechirib ko’rmaguncha, mazasini bilmaysiz.
Buni ot dushi his qilish uchun, hamrohlar, ayniqsa tajribali, eng muhimi kaypiyati chotkiy yo’lboshchi bo’lishi juda muhim.
Toqqa yo’lboshchilik qilish bo’yicha men tavsiya etadigani bu Yusufxon. Ayniqsa endi boshlamoqchi bo’lganlarga juda ma’qul. (Norveg mehmonlarga ham juda ma’qul keldi a tak)
Butun sayohat davomida kayfiyatni doim 🔥olib yuradi.
Kanalini bir ko’rishni maslahat beraman.
Mana kanali 👉 https://www.tg-me.com/go_on_foot

Yoshim 38 da. Oxirgi 15 yilda o’rgangan foydali odat va o’gitlarim
Hozir ish vaqtida, bemorlar orasida yozgim kelib qoldi 😊
Qandaydir tartib bilan emas, kelganini qoralamasdan yozyapman. To’liq emas, to’g’ri yoki xato emas 😊
O’z ustimdan kulishni o’rgandim.
Atrofni o’taa jiddiy qabul qilmaslikni o’rgandim.
Hayot bu atrofimiz emas, balki ichimizdagi hissiyot va fikrlarimizdan iborat ekanini o’rgandim.
Yo’q deya olish ko’p imkoniyatlarga eshik ochishini o’rgandim.
Xaq ekanligimni isbotlashdan ko’ra energiya sarflamaslik muhim ekanligini o’rgandim.
Diskomfort bu boshlanish nuqta, manzil emasligini o’rgandim.
Hayot kengayib borishini o’rgandim.
Ko’p pul topish jarayoni linear emasligini o’rgandim.
Ko’p pul topish men o’ylaganidek qiyin emas ekanligini angladim.
Ko’p pul < hotirjamlik ekanini o’rgandim.
Tez qaror qabul qilish kuchini o’rgandim.
Voz kecha olish kuchli ko’nikma ekanini o’rgandim.
Ishonch chegaralarim atrofimdagilarga uzviy bog’liq ekanini o’rgandim.
Qaytadan boshidan boshlash > mag’lubiyatdan qo’rqib boshlamaslik.
Barchasi nisbiy ekanini o’rgandim.
Hayotim bir vaqt o’zida ham bir chaqmoqdek tez, ham o’ta uzoq bo’lishi mumkin ekanligini o’rgandim.
Oiladagi hotirjamlik > har qanday boylik.
Fikr va maqsaddagi aniqlik > har qanday harakat
Biror sohada yangi o’rganuvchi bo’lish > biror sohada mutaxassis bo’lish ekan. Mana shu ayni vaqtda ko’p energiya berayotgan ko’nikma.
Bular ayrimlarini xatolar orqali, ammo aksari atrofimdagilar bilan suhbat, tahlil, tafakkur va tajriba sabab o’rgandim.
Bek Olimjon
17.06.25

Buni qayerdadir o’qigan edim, manbasi esimda yo’q. Ma’no mana bunday edi.
Oila boshi bo’lgan erkak kishi sifatida oilam uchun, farzandlarim uchun jonimni berishga roziman deysiz.
Haqiqatdan ham shundaymi?
agar shunday bo’lsa
- nega ular uchun sog’lom ovqatlanmaysiz?
- nega ular uchun o’z orzularingiz yo’lida qattiq mehnat qilmaysiz?
- nega ular uchun o’z sog’ligingizga e’tibor bermaysiz?
- nega ular uchun uyga erta kelmaysiz?
- nega ular uchun bilim olmaysiz?
- nega ular uchun yomon odatlaringizni tashlamaysiz?
Ular uchun o’lishga tayyorman deysiz, unda nega ular uchun yashamayapsiz?
Nega o’zingiz uchun yashamaysiz?
Bek Olimjon
18.06.25

Men hayotda har tomonlama yuqori natijaga erishgan insonlar bilan ko’p suhbat qurdim.
Ularni jamlab turuvchi bir umumiy jihat bor.
Ular nima xohlashlarini juda aniq bilishadi.
Ular maqsadi buloq suvidek tiniq.
Maqsadini tiniq qilib olgandan keyin unga erishishi uchun qattiq mehnat qiladi.
…
Hayotda va hayotdan nima xohlashimizni aniq bilishimiz zarur!
Maqsad aniq bo’lishi juda muhim.
Aks holda bizga nima xohlashimiz kerak ekanligini aytishadi va bu bizning xohishimiz ekanligiga ishonamiz.
Aks holda bizning maqsadlarimiz nima bo’lishi kerak ekanligini aytishadi va o’sha maqsadlar ortidan quvib umr o’tkazamiz.
Umr oxirida esa u xohish va maqsadlar bizniki emasligini tushunamiz.
Umr oxirida…
Bek Olimjon
19.06.25

Dacha sotib olish haqida
Kecha oila bilan bir dachaga keldik. Baliq ovlagani. Kanal kuzatuvchilari bilishadi, 7 yosh qizim baliq oviga qiziqadi.
Kelgan joyimiz ajoyib manzarali joy. Baliq ham chiqdi. Bugun yana davom ettiramiz.
Norvegiya tabiati o’ta zo’r. Bu yerda tog’ va o’rmonlarda dacha sotib olish milliy sport desa ham bo’ladi. Atrofimdagi odamlar deyarli barchasida bor. Pul topgan dacha oladi.
2-3 haftadan beri mana shu dacha sotib olish mavzusi ko’tarilgan. 3 ta do’stim bilan bu haqida ancha tahliliy suhbat bo’ldi.
Kecha, bugun xotin bilan maslahat bo’ldi.
Qaror - sotib olmaslik.
Asosiy sabablari:
- dachaga egalik qilish bu moliyaviy majburiyat (liability)
- doimiy bir joyda ekanligi (vaqt o’tib zerikarli bo’ladi)
- ko’chmas mulk sifatida zo’r investitsiya emas
- oshiqcha energiya talab etadi
- erkinlikni cheklaydi
Muqobil nima?
Ijaraga olish varianti.
Sabablari:
- moliyaviy majburiyat emas
- Norvegiya turli joylarida olish mumkin
- erkinlik
- miya energiyasini talab etmaydi (bosh og’riq emas)
- me’ros muammolari yo’q
sotib olish < ijaraga olish
Sotib olish imkoniyati borligi, sotib olish kerak degani emas (har qanday harid = vaqt+energiya+fokus)
Qo’lingdan keladi degani, uni qilishing kerak degani emas (self-discipline).
Boshqalar qilgani uchun sen ham qilishing kerak emas (Status games).
Bek Olimjon
21.06.25
Finnskogen

Boshqalardan hech narsa kutmay yashash - bizni baxtli qiladimi?
Hozir bir do’stim bilan telefonda gaplashganda bir fikr paydo bo’ldi.
Baxtli bo’lish uchun boshqalardan hech narsa kutmasdan yashash kerak ekan. Shu yaxshi ekan deydi do’stim.
100% to’g’ri gap!
Boshqalardan biror narsa kutmasdan yashash odamni hotirjam qiladi.
Fikrimcha boshqalardan biror narsa kutmasdan yashash orqali odam qisman baxtli bo’ladi.
Buni yana bir pog’ona yuqoriga ko’tarish mumkin.
Aslida baxt tushunchasi juda keng. Bizga eng tanish bo’lgani bu oiladagi baxt tushunchasi.
Oilada er xotindan biror narsa kutmasa tabiiyki erkin bo’ladi ikkisi ham. (NB. Kutmadi degani ikkisi ham vazifasini qilmaydi degani emas!)
Bir dono do’stim aytgan edi: ”xotinimni o’zgarishini talab etishim, janjalni boshlanishi” deb.
Menimcha to’liq baxtli bo’lish boshqalardan hech narsa kutmagan holda odam o’zini eng yaxshi holatiga erishganda bo’ladi.
Aytaylik, er xotinidan hech narsa kutmagan holda eng zo’r er bo’lishga harakat qilganida.
Bolalardan qo’rquv va hurmat kutmagan (talab etmagan holda), eng zo’r na’muna bo’ladigan dada bo’lishga harakat qilganda.
Hamkasblardan hech narsa kutmagan holda, yordamga tayyor hamkasb bo’lganda.
Biror moddiy foyda kutmagan holda, biznes hamkorlarga yordam berishga tayyor bo’lganida va hok.
Boshqalardan hech narsa kutmaslik bu osonroq yo’l. Ular hech narsa kutmasa ham biz o’zimizni eng yaxshi variantimiz bo’lishga harakat qilishimiz qiyinroq yo’l.
Qiyinroq yo’lni tanlash foydasi ko’proq…
Bek Olimjon
22.6.25
Eidsvoll
Norvegiyga

Soatimiz - smart,
Telefonimiz - smart,
Mashinamiz - smart,
Uyimizdagi chiroqlar smart,
Hattoki velosipedimiz ham smart,
Sovutgichu eshik qulflari ham smart…
Endi o’zimiz ham «smart» bo’lishimiz kerakmi deyman…
Bek Olimjon
24.06.25