Telegram Web Link
Uyimizdagi o'quv qurollari safiga yangi vakil qo'shilgan.

Unga Harald deb ism berdik.

Bolalar hozircha unga qo'lqop, kepka, do'ppi, sharf va hok kiydirib o'ynashyapti. Qayerda qanday suyaklar bor ekanligini kashf etishyapti. Bo'yi 180cm, ozgina balandlik qilganini hisobga olmasa, Harald o'z vazifasini bajarmoqda.

Bolalarku birdaniga yaxshi ko'rishib o'ynab ketishdi. Kattalar moslashishi ozgina qiyin bo'ldi. Ayniqsa kechasi sal uyqusirab pastga tushganingda g'ira shirada zina orqasida tursa 😁

Ba'zan kechasi hamma uxlagandan keyin o'qish uchun chiroqni yoqib olib, jim-jitlikda, qorong'ida kitob o'qib o'tirib xayol bilan atrofga qarasam zina orqasidan tirshayib turadiyu 😁

Hozir esa oddiy o'yinchoqdek biz uchun.

Radikal yondashuvmi? Balki.

Juda ko'pchiligimiz mashinamiz qanday tuzilganini, undagi benzanasosu, chuchvara datchik qayerda joylashganini yaxshi bilamiz. Ammo bizni butun umr ko'tarib yuradigan, bizni qabrgacha olib boradigan tanamiz qanday tuzilgan ekanligini bilmaymiz.

Bunday bilimlar muhim deb hisoblayman. Osteologiyadan boshladik buni biz 😂

"Eee, uyda shunaqa o'yinchoq ham bo'ladimi, yo'qotish kerak buni" deydiganlar, hali sizlar Charlotta ismlisini ko'rganingiz yo'q 😁

Tanamizni o'rganishimiz muhim. U ruhimizni o'rganishga yordam beradi.

Bek Olimjon
25.06.25
Eidsvoll,
Norvegiya
Yana o’sha eski mavzu ko’tarildi bugungi post izohlarida.

Tibbiyot talabalari til o’rganishi.

Nega judaaa ko’pchilik boshlab davom ettira olmasligini tushuntirishga harakat qiladigan bitta post yozgan ekanman bir paytlar.

Marhamat - gummaxo’r bola haqidagi maqola


https://www.tg-me.com/DrBekOlimjon/645
Tanlovdagi e’tibor paradoksi

Shaxsiy hayotimizda o’ta muhim bo’lgan qarorlar ustida o’ylashga yetarlicha vaqt sarflamaymiz.

Bo’lajak xotin yo er tanlashda - yetarlicha bosh qotirmaymiz.

Nega desa - hmm, ota-onam aytgani uchun, ularga nega desa, hmm, qarindosh-urug’ oldida…

Kasb tanlashda - nega buni tanlading desa, hmm, bilmasam, shu ish chiqib qolgan edi, Iran falonchiga havas qilgan ekan…

O’qish tanlashda - nega desa, hmm, bilmasam, shunga kirsa ko’p pul toparkan, ish topish oson ekan, amakim ishga olib kirib qo’yar ekan…

Do’stlar tanlashda - nega desa, ha endi sinfdoshda, chidaymizda tantiq bo’lsa ham…

O’zinga mos yangi do’st topishga nega harakat qilmayapsan desa - ha endi, vaqti keb qolar…

Semirib ketyapsan, o’lasan bu ketishda, nega o’zingga e’tibor bermaysan desa. Ha endi, savlatli bo’lgan yaxshida… Meni suyagim og’ir…

Ba’zan shunday tuyuladiki, do’ppini yechib qo’yib, jiddiy yondashib, Hayot ga real qarab, muammo ustida 10 daqiqa bosh qotirmaymiz.


Ammo…

Jentra yo Trekker - tuganmas suhbat….

Taniropka necha foiz bo’lishi keragu, radarga tushsa nima qilish kerak, gapda do’stlar bilan 2 soat tortishiv…

Ideal vodiy oshi qanday bo’ladi mavzusi munozarasi yillar davom etadi.

Telefonga qanday chixo’l, soatga qanday rimishok, zagsga nechta qora moshina, roddomga nechta masha i medved…

Meni kundalik hayotdan nolishimga nima sabab bo’lyapti va uni qanday bartaraf etishim mumkin degan savol bersak agar bizni buyuk daho faylasufga chiqarishsa kerak.

Bek Olimjon
27.06.25
Nordkisa
Norvegiya
Ko’p tibbiyot talabalari so’raydigan savol.

«Chet tili o’rganyapman. Maqsadim chetga (misol Germaniyaga) borib mutaxassis bo’lish. Hozir tanlagan soham bo’yicha shogird tushmoqchiman. Nima deysiz, bu to’g’ri yo’lmi?»

Noto’g’ri yondashuv!

1. maqsadingiz chetda mutaxassis bo’lish. Borsangiz sizga mutaxassislikni o’rgatishadi o’sha joyda.

2. chetda yashash uchun mutaxassislikdan ko’ra mustaqil bo’la olish muhim. Afsuski ko’p o’zbek yoshlarimiz mustaqil emas. 20+ yoshda ham 100% ota-ona qaramog’ida. Chetda mustaqil bo’la olish ko’nikmalari foydasi katta.

3. yoshlikda bitta soha tanlab, undan boshqasini tashlab qo’ygandan ko’ra mustaqil bo’lishga intilish hayotda ko’proq foydasi tegadi.

4. o’z muammolaringizni hal eta olish ko’nikmasi juda muhim. High agency juda muhim.


Shuning uchun shogird tushgandan ko’ra pul topishga harakat qiling. Jismoniy mehnat bilan, afzalrog’i (qo’lingizdan kelsa) aqliy mehnat bilan.

Bek Olimjon
01.07.25
Härjedalen,
Shvetsiya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Marokashdagi «Qum marafoni» (MDS Atlantic Coast) videosi tayyor bo’pti.

Ammo kecha YouTube kanalim o’chib ketipti 😁

Mayli, yaxshilikka!

2025-yilgi mavsumni Sahroi kabirdagi 120kmlik marafon bilan boshlagan edik.

Ajoyib challenge, eng muhimi ajoyib sarguzasht va xotiralar bo’lgan edi.

Komfort zonadan ozgina tashqariga chiqish, yangi imkoniyatlar kashf qilishimizni kafolatlaydi.

To’liq videosi 40min, zo’r chiqqan, YT kanal uxlagani uchun qanday qo’yishni bilmay turippan 😁 Ammo bunga bosh qotirishga vaqt yo’q.

Yangi sarguzashtlar bilan bandman! 😁

Bek Olimjon
02.07.25
Shvetsiya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Havo harorati +9, suv harorati +10, shamol+yomg'ir, loy+qor!

1,9km suzish, 10 gradusda
105km velikda shu havoda
21km yugurish

Bu ekstremal triatlon!

Bu postda "men buni uddaladim" degan joyi bo'lishi kerak edi.

Ammo, yo'q, men buni uddalay olmadim! Suzish qismida taslim bo'ldim. DNF deydi buni, did not finish!

Sababi nima edi?
- ruhan tayyor emasligim? (duxim yetmadimi?)
- jismonan tayyor emas edimmi?
- o'zimga ko'p ishonganmidim?

Bir dunyo savollar. Bularga javob topish uchun qaytishda 7 soatlik rulda yolg'iz vaqtim bor edi.

Bunday "mag'lubiyatdan" keyin emotsiyaga berilgan holda tiniq fikrlay olmaslik ehtimoli juda katta. Shu sabab ham bunday holda qaror qabul qilmaslik kerak.

Ammo men savollarga javob topishim kerak edi.

O'zi nima bo'lgan edi? Suvga tushdim, suzishni boshladim, sovuq his qilganim yo'q, ammo nafas olishni boshqara olmadim. Nafas olishda ritm yo'q, uni to'g'rilash uchun harakat qildim, chalqancha yotdim, harakatdan to'xtab ham ko'rdim. Yo'q, nafas olish juda tez edi, keyin bosh aylanish boshlandi. To'lqin ko'p bo'lgan suvda suzayotgan vaqtda bosh aylanishi bu yaxshi belgi emas. Davom ettirish ahmoqlik edi. Davom ettirish injiqlik. Qaror = taslim bo'lish.

Ammo qaror to'g'ri bo'ldimi? Balki qo'rqoqlik qildim?

Savollar ko'p.

Jismoniy ko'rsatkichlarga qarasam, bu masofani men tugata olishim kerak. Ammo oldin hech qachon triatlon qilmaganman. Ekstremal u yoqda tursin, eng qisqa masofasini ham qilmaganman.

"O'zingga juda yuqori ishonib yuborgansan!" degan fikr va o'zimga bo'lgan shubha paydo bo'lishni boshladi. Ochiq suvdan qo'rqishniku gapirmasa ham bo'ladi.

Bu savollarga tezroq javob topish zarur edi.

Kecha yo'l yurib uyga keldim, oilamni ko'rib hursand bo'ldim. Bugun o'sha masofani bosib o'tishga qaror qildim.

1,9km ochiq suvda, +14 gradus
105km velikda, 700m ko'tarilish
21km yugurish

Yolg'iz, hech qanday tashqi yordamsiz (ovqat va suv o'zim bilan), muxlislaru qarsaklarsiz, finish chizig'i yo'q, medal yo'q.

Maqsad, "o'zi jismonan tayyormiding?" degan savolga javob topish edi.

Bu aslida yaxshi yo'l emas. Closing by simulation deyiladi. Emotsional travmani unutishga simulyatsiya orqali harakat qilish. Xavfi - agar uddasidan chiqa olmasam, shubha yanada ortadi va travma kuchayadi.

Ammo riskni oldim. Sababi tunda tinch uxlashim va oldinga qarab yurishim uchun. Yagona talab past tempda harakat qilish, ya'ni men zona 2 dan oshmasligim zarur edi. Sabab travma oldini olish va ertaga davom eta olish.

Barchasini belgilangan vaqtda bemalol o'ta oldim. Suzishdan keyin velikni mashinadan ol, g'ildiragini qo'y, keyin ol, yana mashinaga sol va hok. Shu kabi ortiqcha harakatlarga vaqt ketgan bo'lsa ham ulgura oldim.

Mental jihatdan ijobiy ta'sir etuvchi omillarni olib tashlash uchun 600m uchburchakni 3+ marta suzish, velikda bir tomon 3,5km bo'lgan yo'lda 15 marta borib kelish, yugurish uchun har doimgi tanish yo'l (asfalt+o'rmon).

Jami vaqt 7 soat 50 minut. T1 ga 17 minut, teshilgan balonni tuzatishga 10+ minut, T2 ga 15 minut. (rasm izohlarda)

Sarflangan kaloriya: 4550kcal
suzish - 550kcal
velik - 2400kcal
yugurish - 1600kcal


Iste'mol qilingan kaloriya: 2587kcal
suzish - 200kcal
velik - 1348kcal
yugurish - 1039kcal

Kaloriya defitsiti: 1963kcal

yo'qotilgan suv - 6,2litr
ichilgan suv - 5,1litr

Kofein: 300mg

Zona 1+2 (asosiy fokus)
suzish: 30+12 min
velik: 75+90 min
yugurish: 74+18 min

Jami vaqt zonalar bo'yicha
Zona 0: 161 min (34%)
Zona 1: 179 min (38%)
Zona 2: 120 min (25%)
Zona 3: 10 min (2%)

Xulosa:
- jismoniy jihatdan tayyor eding

- katta ehtimol bilan sovuq suvga tayyor emas eding!

Taxminiy mexanizm: sovuqda shok+gipotermiya -> taxipnea+panika+giperkapniya -> cho'kish hissi ->taslim bo'lish

Yana bir tahmin: kofein kamaytirish sababi

Umumiy xulosa: oldingdagi vazifani yetarli darajada tahlil qilmagansan va tayyorlanmagansan! O'zingga shubha qilishga asos yo'q. DNF bu mag'lubiyat emas. Bu shunchaki ma'lumot. Uni amalda qo'llash orqali bilim olding. Keyingisi sari!


Bek Olimjon
04.07.25
Eidsvoll,
Norvegya
Hayotimiz borgan sari torayib boradi

Umr o’tgan sari hayotimiz torayib boradi.

Majoziy emas, balki haqiqiy lug’aviy ma’noda torayib boradi. 

Bolalikda daraxt tepasiga chiqish, tom ustida yurish, undan sakrash muammo emas. Yoshlikda esa charchashni his qilmaydi odam. Kuniga 16 soat tinmay ishlagandan keyin ham kechasi bilan video ko’rish ertangi kunga ta’sir qilmaydi. Yoshlikda toqqa chiqish muammo emas. Hansirash haqida o’ylamaydi odam. 

Yoshlikda imkoniyatlar cheksizdek, karyera, umr yo’ldosh tanlash. 

Aql teran bo’ladi. Yangi bilim o’zlashtirish oson. Yoshlikda do’st orttirishga imkoniyatlar har qadamda. 

Sayohat uchun ham cheklovlar anchagina kam.


Umr o’tgan sari bularning har birida imkoniyatlar cheklanadi. Hatto shu darajaga borishi mumkinki, toqqa chiqish u yoqda tursin, hovliga chiqish og’ir ishdek bo’lib qoladi umr o’tgan sari.
O’rta yoshdagi insonlar o’z hayotidagi eng asosiy maqsadlardan biri mana shu “hayot torayishini” imkon qadar kechga surish bo’lishi kerak ekan… Bek Olimjon
08.07.25
Kongsvinger
Norvegiya
Sayohat uchun pulingiz bo’lmaganida sayohat qiling. Shu asl tajriba bo’ladi.

Sayohat uchun pulingiz bo’lganida qilingan sayohatda soxtalik alomatlari juda ko’p bo’ladi.


Bek Olimjon
11.07.25
Norvegiya
Bir postda «hayot kengayib borishini o’rgandim» deb yozgan edim.

Keyinroq esa «hayot torayib boradi» degan post yozdim.

Hayot kengayib borishi deganda men o’z hayotimdagi tajribalarga asoslanib yozgan bo’lsam, torayib boradi degan post umumiy, jamiyat miqyosidagi fikrlar edi.

Hayotim kengayib borishiga misol:
- yoshlikda reaktiv usulda yashalgan bo’lsa, hozir yashash tarzini strukturali ravishda dizayn qilish usulida yashash.

Ya’ni 20 yil oldin sodir bo’lgan hodisalarga reaksiya bilan yashalgan bo’lsa, endi sodir bo’ladigan hodisalarni dizayn qilish orqali.

Avvalgi holatga misol: student -> fan -> imtihon -> baho -> reaksiya -> salbiy emotsiya

Yoki ish (boshliq) -> vazifa (buyruq) -> harakat cheklanishi -> salbiy emotsiya

Kengaygan variantga misol: salbiy emotsiyaga sabab bo’ladigan vaziyatlarni butunlay bartaraf etish. Natijada vaqt va «miyada joy» kengayadi. Uni ijobiy emotsiyalar olib keladigan hodisalar bilan to’ldirish.

Jismoniy holatda hayotimiz torayib boradi. Bu normal fiziologiya. Ammo uni imkon qadar kechga surish mumkin.

Hayot torayishini tezlashtiradigan omil bu rivojlanishdan to’xtash.


Rivojlanish = bilim x harakat


Bek Olimjon
12.07.25
Norvegiya
2015-yil Norvegiyaga kelganimda bir do’st topganman.

Yoshi mendan 21 yoshga katta, hayotni ko’rgan inson edi. Hozir esa mentorimga aylangan.

Shu odam maqsadlarimni eshitgandan so’ng:

«Bek, senga eng muhim maslahatim shuki, fokusni jamla, shovqinni yo’qot!» degan edi.

Buni muhim ekanligini bilar edim. Uni muvaffaqiyatli bir insondan eshitish yana ishonchimni orttirgan.


Fizikada signal va shovqin nisbati degan tushuncha bor.

Radio eshitganlar biladi buni. Radio qulog’ini burab ovoz tiniq bo’lishidan oldin rosa shovqin bo’ladi. Ozgina o’tib ketib qolsa yana o’sha shovqin bo’ladi. Signal bu radio kanaldagi tiniq musiqa, atrofidagisi esa statik shovqin (vishillab turadigan ovoz)

Yoki to’yda gaplashishga harakat qilib ko’rganlar biladi. Orqadagi muzika sabab gaplashish juda qiyin. Signal bu suhbat, musiqa orqadagi shovqin.

Yoki telefonda gaplashyapsiz, antenna chiqmayapti. Oradagi uzilishlar shovqin, tiniq gap esa signal.


Qisqa qilib aytganda signal bu kerakli, biz qidirayotgan ma’lumot. Shovqin esa bizga xalaqit berayotgan ma’lumot.

Signal va shovqin nisbatiga kundalik hayotdan misollar.

0:100 nisbat
Turli kundalik yangiliklar. Misol tgda «oppodengni kanali» degan joylarda keladigan tezkor xabarlar.

50:50 nisbat
Turli podcastlar. Tinglovchi darajasiga qarab bu nisbat o’zgarsada, ko’p podcastlar ichida keraksiz info ko’p.

80:20 nisbat
Turli kitoblar. Foydali info ko’p kitoblarda, lekin suv ham ko’p.
Yana o’sha gap. O’quvchi darajasiga va u qidirayotgan ma’lumotga qarab bu nisbat o’zgarishi mumkin.


Eng muhim savol: biz olayotgan ma’lumotni signal yoki shovqin ekanligini qayerdan bilamiz?

Buni aniqlash oson ish emas, ammo filter sifatida ishlatish mumkin bo’lgan mezon quyidagicha:

Bu ma’lumotim bugungi va ertangi hayotimni ijobiy tomonga o’zgartirishga xizmat qiladimi?

Do’stim «fokusni ushla, shovqinni yo’qot!» deganida signal va shovqin nisbatiga e’tibor ber, signal nisbatini oshirib, shovqin nisbatini pasaytir degan edi.

Har bir odam uchun «Men signalmanmi yoki shovqin?» degan savol alohida taftish talab etadi. Bu haqida esa keyinroq.

Bek Olimjon
13.07.25
Norvegiya
Qiziq podcast bo'ldi

Ko'z salomatligi haqida gaplashdik.

Turli xil ko'z kasalliklari haqida. Sog'lom hayot tarzi, jismoniy mashg'ulotlar, ironman, triatlon haqida gaplashdik.

Ulug'bek salomatlikni yaxshilash uchun nimalar qilish kerak degan savolga chin dildan ilm qidirayotganlardan.

Tavsiya etaman. Balki foydasi tegar.

https://www.youtube.com/watch?v=2L9WbWhGBqk
Ingliz tilida «The Cracked Mirror» degan ibora bor.

Tarjimasi «Darz ketgan oyna» deyiladi.

Oyna bir qarashda tiniq, zo’r, siz xohlagan haqiqatni ko’rsatayotgandek bo’ladi.

Siz bundan hursandsiz. Bir kun oyna bir oz qiyshayib turgandek ko’rindi.

Oynaga yaqin borib qaradingiz, ko’rsangiz oyna yuzi aslida avval siz o’ylaganidek tiniq emas, ustida dog’lari bor, bir joyidan darz ketganini ko’rdingiz.

Darz ketgan oyna endi o’z oynalik funksiyasini bajarmay qolmaydi. Oyna yillab butun oilaga yaxshi xizmat qilishi mumkin.

Ammo siz darz ketgan joyga har doim ko’zingiz tushadi.

Bu vaziyat oynani butunlay almashtirish kerak degani emas.

Hayotda ham shunday!

Insonlarni ko’rasiz. Avvaliga tiniq oynadek. Yaqinroqdan kuzatsangiz tashqi bosimlar sabab darz ketgan joylarini ko’rasiz.

Bu ulardan voz kechish kerak degani emas. Bu shunchaki inson tabiati. Inson tashqi bosimlarga tez taslim bo’luvchi jonzot ekanligidan dalolat.

Muammo shuki endi o’sha darz ketgan joylarni ko’rmaslikni iloji yo’q.

Muhimi o'z oynamizga qarashimiz. Bizdagi dog'lar qancha? Oynamiz darz ketganmi?

Self-awareness is vital!

Bek Olimjon
16.07.25
Eidsvoll,
Norvegiya
O'zbeklar boksga zo'r... Jahon chempionlari chiqqan...

Kenyaliklar yugurish bo'yicha dunyoga mashhur... Chempionlari ko'p...

Samarqandliklarga ko'proq grin karta ko'proq chiqadi...

Oldinlari binolar juda mustahkam qurilgan...

Zo'r biznes uchun tavakkal qilish shart...


Statistikada "survivorship bias" degan tushuncha bor. O'zbek tiliga to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilsak "yashab qolishdagi bir tomonlama yondashuv" desa bo'ladi, lekin bu asl ma'noni tushuntira olmaydi.

Shuning uchun ma'nosi haqida qisqacha.

2-jahon urushi vaqtida, Amerika armiyasi harbiy samolyotlarini yanada zirhli qilishni maqsad qiladi. Bu uchun samolyot tanasining eng ko'p o'q tekkan joylarini yanada zirhli qatlam bilan yopishga harakat qiladi.

Bir qarashda juda to'g'ri yondashuv. Shunda Wald ismli statistika mutaxassisi bu ahmoqona yondashuv ekanini aytadi.

Uning fikriga ko'ra armiya o'q yeb qaytgan samolyotlarga qarab xulosa chiqarishi mutlaqo xato edi. Agar armiya samolyotlarini yanada mustahkamroq qilmoqchi bo'lsa o'q yeb qaytmagan, qulab tushgan samolyotlarga e'tibor berishi zarur edi. Mana shu "survivorship bias" tushunchasiga asos bo'ldi.

Bundan nima o'rganish mumkin?

Har qanday masalada xulosalarimiz bir tomonlama bo'lishi, biz masalaga bir tomonlama yondashayotgan bo'lishimiz mumkinligini anglatadi.

Kenyaliklar ichida yugurish bo'yicha chempionlari ko'pligi aniq. Ammo xalqaro darajaga chiqa olmaganlariga nisbatan olganda bu juda-juda past ko'rsatkich.

Huddi shunday "Samarqandliklarga ko'p grin karta chiqadi" deyish ham.

Ko'p chiqishiga sabab ko'p o'ynalishi. Boshqa viloyatlarga nisbatan bir necha barobar ko'p grin karta o'ynashadi ular. Bu alohida sanoatga aylangan. Bir necha yildan beri shunday.

Biznesda tavakkal qilish kerak deymiz. Chunki biz maza qilib eshitadigan tadbirkorlar o'z hikoyasida qanday tavakkal qilish orqali omadi kelgani, boy bo'lgani haqida ko'p gapirishadi.

Ammo biz tavakkal qilib o'xshamaganlar haqida eshitmaymiz.

Agar biz havas qilgan inson faqat muvaffaqiyatlar haqida gapirayotgan bo'lsa savol berishimiz zarur. Shaffoflikka shubha qilish va xulosalarimizni savolga tutish zarur.

10 soniyaga to'xtab, fikrlasak, bunday misollardan 3-4 tasi ko'z oldimizda ko'rinadi.

Kallaga kelgan misollardan izohda bo'lishing biz bilan...

Bek Olimjon
23.07.25
Norvegiya
Qizim so’raydi:

- Dada, agar ko’z duxtir bo’lmaganizda kim bo’lishni xohlar edingiz?

Men javob beraman:
- Katta ehtimol bilan velosiped ustasi, qizim.

Sal hayron qolgandek bo’ladi.

Tushunaman, tabiiy reaksiya.

Ammo negadir shu velosipedga bolalikdan juda qiziqaman. Nega bilmayman.

Men ich-ichimdan maza qilaman shu bilan ishlasam, velosiped haqida o’qisam, videolar ko’rsam, o’rgansam.

Xillari, turli avlod komponentlari, funksiyasi, natijalar, xullas barchasi kayf.

O’zim qursam vashe maza qivoraman.

Nazarimda velosiped bu inson ixtirolari ro’yhatida top 10 talikka kiradigandek.

Mana bu videoni ko’rib maza qivorganimdan yozdim buni

https://youtube.com/shorts/S2WluEaj1ts?si=fwtNOP3OaHNmfXXB

Barchaga xayrli kun tilab

Bek Olimjon
25.07.25
Norge


PS. Velik ustasi bo’lgandayam eng professionali bo’lishga, Pogacar, Blummenfelt kabilar veligini qurish bilan ishlashga harakat qilar edim.
Bu post uyatchang, o'ziga ishonchi past bo'lgan, o'ziga shubha qiladigan bir qiz haqida.

U qiz haqida birinchi marta 3 yilcha oldin o'qigan edim, shundan beri sayohatini kuzatib boraman. Qiziq juda.

Ayni vaqtda Innsbruck universitetida (Avstriya) ilmiy tadqiqotchi bo'lib ishlaydi, psixologiya yo'nalishi. Professor bo'ladi vaqti kelib. Lekin bu emas asl qiziqtirgan narsa.

Uning ismi Jana Kesenheimer. U ultramasofadagi velosportchi. Kunlab davom etadigan, nafaqat yuzlab, balki minglab kilometer masofalardan iborat bo'lgan musobaqalarda qatnashadi.

Bunday musobaqalarga bir misol "The Transcontinental Race", Yevropa qit'asi bo'ylab velomarafon.

Hech qanday tashqi yordamsiz, ~5000km dan iborat musobaqa.

Bu yilgisi Ispaniyada Atlantika sohilidan boshlanib, Yevropani ko'ndalang kesib o'tib, Ruminiyada Qora dengiz sohilida tugaydi. Balandlik haqida aniq ma'lumot yo'q. Sababi har bir ishtirokchi o'z yo'lini o'zi tuzadi.

Janaga qayta-qayta "sen bu musobaqada ishtirok etib uni tugata olasan!" deyishlariga qaramasdan uzoq yillar o'ziga ishonchsizlik bilan yuradi. "Bu musobaqa uchun kuchim yetmaydi!" degan fikr bilan yuradi.

Buni yengib o'tish uchun 10 dan ortiq qiyin marafonlarda ishtirok etadi. Oxiri, o'tgan yili mana shu musobaqada qatnashishga jur'at topdi va ayollar ichida birinchi bo'lib marraga yetib keldi (11 kunda).

Bu yil ham ana shu musobaqada ishtirok etmoqda. Musobaqa boshlanganiga 2 kun bo'ldi. U birinchi kuni 610km, kecha 408km masofani bosib o'tdi. Tog'lar osha! Birinchi kuni Everestga chiqqandek balandlik (8500m+), kecha 6700m+ ko'tarilgan. Shunchaki wow deydigan natijalar. Bu holat yana 9-10 kun davom etadi.

Bu raqamlar bilan tanish bo'lmagan odamlar uchun solishtirishga bir misol. Toshkentdan Chorvoqqa borib kelish ~100km va 300-400m+ ko'tarilish.

Jana ishtirok etgan eng birinchi musobaqasida u haqida film ham qilishgan. Kor'ishni tavsiya etaman. Ajoyib film (https://www.youtube.com/watch?v=g_joucawmh0&ab_channel=StephanWieser)

Janani Stravada ham topish mumkin. Instagramda jananas.banjana Kuzatsangiz salom ayting 😊🇺🇿

Bizga sen qila olmaysan deyishadi. Uzoq yillar davomida quloqqa qo'rg'oshin bo'ladi bu gaplar. Keyin biz "men qila olmayman" degan xulosaga kelamiz va butun umr shu ishonch bilan o'tamiz.

Atrofga qarasak bu fikr xato ekanligiga isbot ko'p. Ilhom beruvchi insonlar juda ko'p.

Bek Olimjon
30.07.25
Norvegiya
O'tgan hafta dam olish kunlarini ajoyib insonlar davrasida o'tkazdim.

Ular rasmdagi insonlar. Har biri haqida alohida post yozaman. Har biri bilan suhbat davomida o'zim uchun olgan saboqlar bilan o'rtoqlashaman.

Rasmda men, Maksimillian (orqadagi kepkali yigit), Olaf (oq futbolkadagi), Jørg (qora futbolkadagi). Barchasi Germaniyalik. Ular bilan Norvegiya g'arbiy sohilida ikki kuncha vaqt o'tkazdim. Maks va Jørg Germaniyadan Norvegiyaga yelkanli qayiqda kelishdi. Olaf esa katta yelkanli qayig'i bor. U qayiqda yashaydi. U Shvetsiyadan Norvegiyaga keldi.

Bu post Maks haqida.

Maks 25 yoshda. Kasb-hunar kollejini tamomlagan. Hozirda temir mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada ishlaydi. Bundan 6 yilcha oldin dadasidan qarz olib 12m lik eski qayiqni sotib oladi, 14000€ ga.

Uni ta'mirlaydi, bir necha oylar davomid. 3 yil oldin o'zi mustaqil Germaniyadan Norvegiyaga dengizda sayohat qiladi. Bu safar u Jørg bilan sayohat qildi va 6 kun deganda Norvegiya sohiliga yetib kelishdi.

Endi o'z qayig'ini ikkita 25-26 yoshli qizlarga ijaraga berib o'zi yo'l orqali Germaniyaga qaytib ketmoqchi. Qizlar qayiqni Germaniyaga olib borishadi, dengiz orqali.


Men nimalarni o'rgandim?

- sayohatchi, sarguzashtchi ruhidagi o'ta xushmuomala inson

- erta yoshidayoq noan'anaviy yo'lni tanlagan holda o'z hayotidan zavq olib sayohat qilmoqda

- bir necha yillar davom etadigan loyihani boshlab olgan, 18 yoshida

- 25 yoshida o'zi va boshqa 2 ta inson hayotiga javobgarlikni olib kema kapitani (skipper) sifatida yo'lga chiqa olish matonati

- qayig'iga bir necha yil vaqt va mehnat sarflagan bo'lsada, uni 2 ta qizga ishonib topshirib keta olish riski

- ko'p mablag'i bo'lmasada sayohat uchun katta orzular qilishi. Yanagi yili Shotlandiyaga, keyin Grinlandiyaga sayohat qilmoqchi

- o'ta mehmondo'st inson (meni ham sayohatga taklif etdi, Berlinga borsam albatta uni uyida qolishimni aytdi)

"Yelkanli qayiqni albatta qiyinchiliklari bor, ammo qiynalib erishganing kayfi bosqacha" deydi.

Bek Olimjon
07.08.25
Norvegiya
Men nega Ingliz tilisiz zamonaviy tibbiyotni o’rganib bo’lmaydi deyishimga yana bir asos.

Mana bu postni kechadan beri menga kamida 5 ta odam yuborib, rostdan ham shundaymi deb so’rashmoqda.

Bu post bir dori haqida. Postda yozilishicha Amerikada ko’rlikni davolaydigan yangi dori topilgan. Buni huddi bir katta inqilobdek vahima bilan yozishgan.

Aslida esa haqiqat qanday?

Postda aytilayotgan dori topilganiga kamida 40 yil bo’lgan va amaliyotda ishlatiladi.

Shunchaki dozasini kamaytirib, qog’ozga o’rab sal maqsadni burib, boshqa nom berib, sotishga ruhsat olishgan. Bu yangilik emas. Buni asl manbani o’qigan odam tushunadi.

Manba esa Ingliz tilida.

Eng achinarlisi, bu o’zbek tilidagi post Uzbda tibbiyot sohasida ilmiy ish qilayotgan doktorantlar kanalida tarqatilgan 😞 30k+ obunachisi bor.

Ilmiy tadqiqotdan asl maqsad tanqidiy ilmiy yondashuvni o’rganish. Bu yerda esa… 😞


Bek Olimjon
10.08.25
Norvegiya
Bugungi post men 20 yildan beri tanigan do’stim haqida.

U 61 yoshda. Mana bu rasmdagi qora futbolkada. (Orqadagi Maks haqida post yozgan edim)

Ismi Jørg, nemis, kasb-hunar kollejida o’qituvchi. U bilan 2005 yili Andijonda tanishganman. U bizdagi kasb-hunar kollejlarida mexatronika fani bo’yicha o’rgatgani borgan edi. Men tarjimonlik qilgan edim. Shundan beri aloqadamiz. Men Berlinga borganda uni albatta ziyorat qilaman 😊

Jørg 18 yoshimda «yaxshi» soqqa qilishimga katta hissa qo’shgan odam. Shu odam tavsiyasi bilan meni Shvetsariya elchixonasi loyihalaridan biriga ishga olishgan edi.

Keyin nega meni tavsiya qilgansan deb so’raganimda «sen dunyo haqida yanada ko’proq bilishga juda qiziqar eding» (you had great curiosity to learn about the world).

Jørgdan hozirgacha o’rgangan narsalarim juda ko’p.
U juda oddiy yashaydi. Ishga velikda borib keladi. Sport jihatdan juda faol. Boylik to’plashga aslo qiziqmaydi. Har doim shunday bo’lganman deydi. 80-yilgi eski VW mashinasi bor, o’zi tuzatadi. Deyarli hamma narsani o’zi tuzatadi, veligidan tortib tomidagi quyosh paneligacha. O’ta hotirjam inson.

Uni hayotidagi bir voqea meni aqlim qamrab olishi qiyin bo’lgan bir fenomenni qayta-qayta to’g’ri ekanligini isbotlaydi.

«Boylik orttirish borasida sen hayotda bir marta to’g’ri investitsiya qilsang bo’ldi, muhimi uni yo’qotmaslik» (you have to be right once, more important not to lose it).

2003 yili Berlinda 200 ming yevroga uy oladi bir eski aeroport yaqinidan. Aeroport faoliyati to’xtagan, shaharning qimmat joylarida biri bo’lgan hozir. Yaqinda qo’shnisi huddi shunday ammo remonti ancha pachoq uyni 1,4 million yevroga sotganini aytdi.

Ikkita qizi bor, o’qishni tugatgan, media sohasida ishlaydi, biri Shvetsariyada, yana biri Fransiyada.

Jørg 2 yildan keyin nafaqaga chiqadi.

2 hafta oldin birga Norvegiyada tog’ga sayohatga chiqdik.

Atrofdagi bir nechta 25-30 yoshlilardan ko’ra jismoniy holati ancha yaxshi. Men bilan hech qanday muammosiz tez-tez yurib chiqib tushdi. Ertasi kuni na oyog’i, na beli og’riganini aytdi. O’z vaqtida salomatligiga juda yaxshi investitsiya qilgan odam.


Bek Olimjon
12.08.25
Norvegiya
Yurak urish zonalari

Ohirgi podcastdan keyin yurak urish zonalari nima va qanday o’lchash mumkinligi haqida savollar ko’p bo’ldi.

Bu post sport bo’yicha kichik doiradagi kanalimizda avvalroq yozilgan post. Aynan shu zonalar haqida ma’lumot beradi.


Kardioni rivojlantirishda eng ko'p uchraydigan xato bu tez yugurish. Odam hansiramasa o'zini yugurmagandek his qiladi. Sekin yugursa zerikarli bo'ladi. Qolganlardan sekin yuguryatganidan uyaladi. Stravada pace past ekanligini ko'rib uyat his qiladi. Shunga tez yugurishim kerak deb o'ylaydi.

"Tez yugurish" tezlikka qaralmaydi, yurak urish zonalariga qaraydi.

Kardioni rivojlantirishdagi eng muhim kalit bu "yashil zonada" yugurish.

Agar inson ohirgi 6 oy davomida muntazam va tartib bilan uzoq muddatli kardio mashqlarini qilmagan bo'lsa, barcha fokusni yashil zonaga qaratishi lozim. Kerak bo'lsa yashil zonani ham zona 1 qismiga qaratishi lozim.

Eng katta foyda mana shunda. 20-30 yillik tajribaga ega bo'lgan pro atletlar ham jami mashg’ulotlar 80-90% qismini ana shu yashil zonada o'tkazishadi.

Boshlanishiga bu zona o'ta sekin bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan yurak urishi ortmagan holda tezlik ortib boradi. Mana shuni kardio rivojlanishi deyiladi.

Fokusni yashil zonaga qaratish juda muhim!

Agar bir oz yugurganda odam sariq zonaga o'tib qolsa demak, sekinlashish zarur.

Yurak urish zonalarini aniqlash bir qancha usullari bor. Misol uchun qondagi laktatni o'lchash orqali, organizm kislorod o'zlashtirish qobiliyatini o'lchash orqali (VO2max), maksimal yurak urishni o'lchash orqali va hok.

Ammo bu usullar uchun ko'pchilikda imkoniyat yo'q.

Uzb sharoitida ishonchli o’lchash imkoniyatlari juda cheklangan ekan (qilib ko’rdim!)

Shuning uchun soddalashtirilgan "tanadagi hissiyotga asoslangan" usul qo'llaniladi. Bu usul isbotini topgan va juda ko'p pro atletlar ham shu usuldan foydalanishadi.

Rasmda har bir zonani hissiyotga qarab o’lchash haqida yaxshi info berilgan.

Bek Olimjon
11.08.25
Norvegiya
2025/10/20 10:45:45
Back to Top
HTML Embed Code: