Telegram Web Link
Ishtirok etgani uchun sovrin (participation trophy)

Rivojlangan g'arb davlatlarida oxirgi paytlarda yuzaga kelgan bir fenomen bor. Fikrimcha bu holat yosh avlodda salbiy natijalarga olib keladi.

Buni nomi participation trophy, ya'ni ishtirok etgani uchun olqishlash va sovrin berish.

Oddiy misol, tuman maktablari 9-10 sinflari orasida futbol "chempionati" o'tkazilmoqda. Unda ishtirok etgan barcha o'quvchi va komandalarga sovrin beriladi. Yutgan va yutkazgan yo'q. Ba'zan hisob ham olib borilmaydi.

Maqsad, sportni targ'ib qilish, kuchsizroq o'ynaganlarda motivatsiya o'lmasligini ta'minlash, sport medal uchun emas, maza qilish uchun foydalanish kerak ekanligini targ'ib etish. Bir qarashda juda ijobiy va yaxshi holat. Ammo o'quvchilar kim yaxshi va kim yomon o'ynashini juda yaxshi bilishadi. Yutqazgan ishtirokchilar aslida medalga sazovor emasligini ham biladi.

Ammo hammasi ham emas. Salbiy ta'siri shuki bunday avlod yaxshi natijaga erishish uchun qattiq harakat qilmasa ham bo'ladi, ozgina harakatinga seni olqishlashlari, senga sovrin berishlari kerak degan fikr bilan ulg'ayadi.

Ammo hayot ozgina harakat qilganga sovrin bermaydi. Bunday avlod ertaga haqiqiy hayot qiyinchiliklari yuziga musht urganida o'zini eplay olmay qolib, depressiyaga tushishni boshlaydi.

Jamiyatimiz bunday g'arbiy trendlarga qarshi turishini aytishadi. Ammo o'zi bilmagan holda mana shunday fenomenlarni targ'ib qilayotganidan bexabar bo'ladi.

Ayni vaqtda rivojlanib borayotgan sport turlari bunga misol bo'la oladi. Turli marafon, triatlon musobaqalarini olaylik. Odatda bunday xalqaro musobaqalarda cut-off vaqtlari bo'ladi, ya'ni belgilangan soat ichida tugatish kerak. Shundagina siz tugatgan hisoblanasiz va medal olasiz.

Ammo ayrim turdagi musobaqalar belgilangan vaqtda tugata olmaganlarga ham medal berish odati bor. Chunki "soqqa biznes". Shularga yaqqol misol bu Ironman musobalari.

Belgilangan maksimum vaqtda tugata olmaganlarga ham "finisher medal" berar ekan.

Bir jihatdan "nima farqi bor, o'lib ketmaydimi?" deyishimiz mumkin. Ammo yuqoridagi "ishtirok etgani uchun sovrin" olish fenomeni va uni kelajak avlodlar uchun salbiy oqibatlari haqida o'ylab ko'rish zarurmi deyman.

Bek Olimjon
17.08.25
Norvegiya
Men kofe ichaman, ichgandayam "ot dushi" maza qilib ichaman

Uzbda bunday kofe ichishimga, o’zi umuman kofe ichishga ozgina shubha bilan qarashadi. 

Tushunaman, men haqimda qayg'urishgandek ☺️

Nega shubha bilan qarashadi kofega o’zi?

Sababi kofega nisbatan tobe'lik, ya'ni o'rganib qolishdan qo'rqishadi. 

Kofega o'rganib qoladimi odam?

Ha, kofega nisbatan o'rganib qolish bor narsa.

Ammo shu o'rinda odamlar o'zlarining kofega nisbatan tanqidlarida ko'p jihatlarni unutishadi. 

Kofe ta’sir mexanizmi haqida qisqacha.

Kofe tarkibidagi bizni o'ziga "o'rgatib" oladigan modda bu - kafein moddasi. 

Asosiy ta'siri bizni uyqusirashimizga sabab bo'ladigan miyamizdagi adenozin degan moddani bloklash orqali tetiklashtirish hissini beradi.

Mayli bu haqida keyinroq. Tanqidga qaytamiz. 

Odamlar kofe ichganni tanqid qiladi yoki kofe ichishga nisbatan ozgina shubhaliroq qarashadi, lekin aslida o'zbeklar kafeinga juda o'rgangan xalqmiz.


Qanday deysizmi? 

Bir chashka/bokal/finjon (or whatever idish)ni oladigan bo'lsak, undagi kofe tarkibidagi kafein miqdori o'rtacha 40-60mg.

Rosa achchiq qilib damlangan, o'zi 3 xo'plamu narhi 5 dollar turadigan ESpresso (EKSpresso emas pls!) tarkibidagi kafein miqdori 60-70mg. 


Endi solishtiramiz. 
- achchiq espressodagi kafein - 60mg
- Coca-cola 1litr - 90-100mg
- Pepsi 1litr - 90-100mg  
- Gorilla energetik - 500ml 160 mg
- Red Bull - 250 ml 80 mg
- Achchiq qora choy 1litr - 300-700mg
- Achchi ko'k choy 1litr - 300-700mg 


Tak chto, o'rtqolar!

O'zilar choynakni chayqab tashlab, achchiq 95 dan har doimgi dozadan 2 qoshiq ortiqchasi bilan solib, dam yegizib, ustiga popugi bor qalpog’ini kiygizib qo’yib, maza qilib simirib, chiqqan shama cho’pagida tishni kovlab o'tirgan holda, kofe ichuvchilarni tanqid qilmanglar 😁

Siz va biz bitta qayiqdamiz!

Siz ham maza qilyapsiz o'sha kafeindan. Siz allaqachon o’rganib bo’lgansiz kafeinga!

Hammaga zo'r kofe ichishini tilab,

ishda kofe ichib o'tirgan
Bek Olimjon 
19.08.25
Norvegiya

PS. Bu post izohlardagi savoldan keyin yozildi

PPS. Kafein sutkalik maks dozasi 400mg deyiladi
Hamma AI haqida fikr bildirmoqda.

Men ham qatordan qolmay 😊

AI tibbiyotga kirib kelgan allaqachon. Hozirgi AI deb atalayotgan turdagi yechimlarni biz 2010-yil Karolinska Institutida magistraturada o'tgan edik (hozirgidek keng qamrovda emas edi)

Tibbiyotda AI ishlatilmoqda, foydalanish ortmoqda.

Men shifokor sifatida havotirdamanmi?

Aslo havotirda emasman.

Nazarimda AI yetarli darajada tez rivojlangani yo'q. Bundanda jadalroq rivojlanishi xohlagan bo'lar edim.

AI sabab ishimga zarar yetishidan havotirdamanmi?

Ikki karra yo'q, aslo havotirda emasman. Aksincha men byurokrat tizimlar AI ni yanada ko'proq va kengroq ishlatishga tezroq ruhsat berishlari tarafdoriman. Nazarimda jarayon sekin kechmoqda.

AI hattoki meni shifokorlik faoliyatimni olib qo'ygan taqdirda ham meni mutaxassis sifatida almashtira olmaydi.

Mutaxassis sifatida menda "maxsus bilim va ko'nikmalar" bor. Buni Naval "Specific knowledge" deydi.

Mendagi specific knowledge bu tibbiyotdagi nazariy va amaliy bilimlar + biznesdagi nazariy va amaliy bilimlar + bemorlar va xodimlar bilan muloqot bilimlari + yashayotgan madaniyatim haqidagi bilimlar + IT ko'nikmalari.

AI bularni nafaqat barchasini, balki har birini 100% almashtira olmaydi.

Aksincha, AI orqali imkoniyatlar oshib boradi.

To'g'ri ayrimlar ishini yo'qotadi. Huddi 19-asrda lampochka ixtirosi tufayli shag'am savdosi qattiq zarar ko'rgani kabi.

Procter & Gamble kompaniyasi asosiy savdosi shag'am ishlab chiqarish bo'lgan. Lampochka ixtirosidan keyin sovun, atir-upaga o'tib ketgan. Bir qancha shag'amchilar bankrotga uchragan.

AI ishimni olib qo'yadi deb qo'rqqanlar ishini AI ga yo'qotadi.

Shu sabab ham specific knowledge muhim.

AI bilan gaplashib o'tirgan...

Bek Olimjon
21.08.25
Norvegiya
Paiziev24
Орадан вақтлар ўтиб, 21 аср ўзбек тадбиркорлари давраси расмини бер деса, сунъий интеллект қоринли акалар расмини чиқариб берса керак. Ўзбекистонда бўлганимда бунга унча эътибор бермас эканман, ҳозирда танишларим ва тадбиркорлар расмларини ижтимоий тармоқларда кўрсам, кўпчилигида қорин бор.

Эрталабки ошлар ва ширин овқатлар бор жойда қоринни текис ушлаш ҳам қийин иш-да.

@paiziev24
Va nihoyat, va nihoyat xalq havas va taqlid qiladigan tadbirkorlarimiz ichida salomatlik haqida o’ylash, qayg’urish, gapirish boshlanmoqda.

Bu hursand qiladigan ijobiy o’zgarish.

Chunki odamda havas orqali odatlarni o’zgartirish osonroq.

Salomatlik haqida postlar yozishimni bilasizlar. Bu mavzu men uchun yurakka yaqin mavzulardan.

Mana bu post esa 2024 may oyidan. Qalb nolasi desa ham bo’ladi 😔

https://www.tg-me.com/DrBekOlimjon/731

Uzb yurak qon-tomir kasalliklaridan o’lish bo’yicha dunyoda 1-o’rinda 😔

Bunday bo’lmasligi kerak…

Bek Olimjon
21.08.25
Norvegiya
4 yoshida o’qishni boshlashiga undovchi sabab, 3 yoshida nima o’ynashi…


Bek Olimjon
26.08.25
Norvegiya
Kecha fiziologik test o'tkazdik do'stlar bilan. VO2 max va laktat profil testi. 

Bir yilgi aerobik mashg'ulot natijalari qanday bo’ldi? Nima o’zgarishlar bo’ldi?

Hosilni yig’ish vaqti keldi.

Natija shuki, VO2 max deyarli o'zgarmagan, bir oz pasayish bor, lekin bu normal va kutilgandek.

Rasmdagi laktat profilda bir yil davomida metabolik salomatlik qanchalik o'zgarganini yaqqol ko'rish mumkin bo'lgan grafik. 

Qora chiziq iyul-2024, qizil chiziq avgust-2025.

Oddiy qilib tushuntirganda quyidagi xulosalarga kelish mumkin;

- puls o'zgarmagan holda tezlik 1km/soatga oshgan
- yuqori miqdordagi laktatga chidamlilik yaxshigina oshgan

Bu nima degani? 
1. Chidamlilik oshgan. 10km/s (6min/km) tezlikda laktat 2.0 dan oshmagan holda yugurishim mumkin. Bu degani organizm metabolik jihatdan charchamaydi, bu yerda muskullar dosh bera olsa bo'lgani, 30-40km yugurish mumkin.

2. O'tgan yili tempo mashg'ulotlarini 11km/s (5:30min/km), endi bemalol 4:45-5min/km da qilish mumkin.

3. VO2 max mashg'ulotlarini qilish uchun bir yil oldin tezlik 13,5km/s (4:26min/km) talab etilgan bo'lsa, endi bunga erishish uchun 17,5km/s (3:25min/km) kerak bo'ladi. Bu degani sprint vaqtidagi tezlik yaxshigina oshgan degani. 

Endurance sport (chidamlilik sporti) bilan shug'ullanuvchilar laktat profilni o'ng tomonga siljishiga harakat qilishlari zarur. 

Bu oson bo’lmaydi. Uzoq oylar, yillar talab etadi.

Bu natijalarni boshqalar bilan solishtirish noto’g’ri bo’ladi. Sababi o’ta individual ko’rsatkichlar. Odam faqat o’zini o’ziga solishtirish orqali rivojlanishni ko’rish mumkin.

Raqamlar aldamaydi!

Xullas shunday gaplar o'rtoqlar. Juda sekinlik bilan erishiladigan natijalar…

Bek Olimjon
28.08.25
Norvegiya
Men har qanday qiziqqan sohamdagi bilimlarni dunyodagi eng toplardan o’rgana olayotganimdan shukurdaman.

Bek Olimjon
31.08.25
Norvegiya
Shaxsiy maqsad tomon yurishimdagi bosqichlar.
(Moliyaviy maqsadlarga ko'proq to'g'ri keladi.)


1. Men nima xohlashimni aniqlab olishim kerak.
(muhim savol: bu rostdan ham men xohlagan narsami yoki yo'q? Am I racing my owbn race?)


2. Maqsadga erishish uchun nimalar qilish kerak?
(muhim savol: sarflangan vaqt va energiya maqsad uchun qurbon qilishga arziydimi? Opportunity cost)


3. Shu maqsadga, talab etilgan vaqtni yarmini sarflab qanday erishsa bo'ladi?
(muhim savol: samaradorlikni qanday qilib 200% oshirish mumkin? Leveraging)


Bek Olimjon
01.09.25
Norvegiya
odat shakllanishi uchun u takroriy bo'lishi kerak (consistency)

odat shakllanishi uchun maqsad va harakat orasidagi masofa imkon qadar qisqa bo’lishi kerak (less friction)

bu 3 yoshli bola uchun ham 30 yoshli ota uchun ham tegishli (human psychology)

bola ta’limi uchun eng birinchi o’rinda ota-ona mas’ul (parental duty)

Bek Olimjon
02.09.25
Norvegiya
Bugun qiziq suhbatlar bo’ldi.

Qizim men bilan ishga boradi.

7 yoshli odamcha bilan suhbatlar butunlay kutilmagan burilishlarga boy bo’ladi. Mag’izli joylari shunda chiqadi. Ko’p narsa o’rganaman shunday suhbatlardan.

Norvegiyadagi milliarder bir insonni bemor sifatida qabul qildim bugun. Ancha suhbatlashdik. Kelishdan oldin O’zbekiston haqida keng o’rgangani hayron qoldirdi meni. U suhbat foydalari haqida boshqa safar endi.

Ishdan keyin esa bir yaqin mentorim bilan ko’rishdik.

10 yildan beri mentor.

Undan pul boshqaruvi va oiladagi munosabatlar haqida ko’p narsa o’rganaman.

Oxirgi 2 safardan beri bir narsani qayta-qayta takrorlamoqda.

Quloq solmayapman shekilli.

Fikri bola tarbiyasi haqida.

Aytadiki: «Bek, make sure you invest IN your children, so that you don’t have to invest FOR your children! Then you will have the life you want.»

Tarjimasi: «Bek, bolalaringa investitsiya qil, shunda bolalaring uchun investitsiya qilishga majbur bo’lmaysan! Shunda sen o’zing xohlagan hayotga erishasan.»

Bu yerda birinchi kelgan investitsiya vaqt, mehr, e’tibor, bilim, tarbiya ma’nosida, ikkinchisi esa pul ma’nosida aytilmoqda.

Mablag’ joylashish, investitsiya strategiyadi haqida so’raganimda, pinagini ham buzmadi. Savol umuman qiziq emasligini yuzidan sezish qiyin emad edi.

Oddiy qilib: «ha, shunday qilsang bo’ladi, fikring noto’g’ri emas.» dedi xolos 😁

Ma’lum darajadan keyin pul qiziq bo’lmay qolishini borgan sari ko’proq his qilib boryapman.


Bek Olimjon
02.09.25
Lillestrøm,
Norvegiya
Dunyo hech qachon hozirgidan
- sog'lomroq
- boyroq
- tinchroq
- xavfsizroq
- ko’proq bilimga ega
- innovativroq
- o'zaro bog'langanroq
- imkoniyatlar ko’proq
- to'qroq
- ilmga to’siqlar kamroq
bo'lmagan...

To'g'ri muammolar ko'p.
To'g'ri turli "ammo-lekinlar" ko'p.
Bunday "ammo-lekinlarni" cheksiz muhokama qilish mumkin.

Muhokama qilish yaxshidir.

Shuni yodda tutish kerak; muhokamalar 95% qismi shovqindan iborat.

Shovqin esa imkoniyatlarni ko'rishimizga xalaqit beradi.

Tanlov o'zimizda...

Bek Olimjon
03.09.25
Norvegiya
Meni qanday hayot kechirishim farzandlarim uchun boshlang'ich nuqta.

Ayolimga qanday munosabatda bo'lishim o'g'lim uchun boshlang'ich nuqta.

Sport bilan shug'ullanishim oilam uchun boshlang'ich nuqta.

Oilamni, pulimni, ishimni, kunimni, tanamni, eng muhimi fikrlarimni qanday boshqarishim barchasi farzandlarim uchun boshlang'ich nuqta.

Ularda ertaga tanlov bo'ladi:
Yoki men na’muna bo’lib qo’yib bergan boshlang'ich nuqtadan hayot boshlashadi, yoki o'zlari uchun boshqa nuqta topishadi.

Umid qilaman, men qo'yib bergan nuqtani tanlashadi. Ammo bunga kafolat 100% emas.

Bek Olimjon
05.09.25
Kongsvinger,
Norvegiya
Hayot tarzi dizayni haqida

Yoshim 38 da, juda katta ehtimol bilan hayotim yarmini yashab o’tdim.

Otam 63 yoshda, otam otasi 63 yoshda olamdan o’tgan.

Muhit, jamiyat, hayot tarzi kabi omillarni inobatga olsak men statistik jihatdan ulardan uzoqroq yashashim mumkin.

Ammo o’lim haq, ertaga kelishi ham mumkin (black swan event).

Bularni o’ylab ko’rsam, hayot juda qisqa ekanligini anglab yetaman.

Anchagina qisqa umrim qolgan.

Endi qolgan hayotni qanday qilib yaxshi dizayn qilish kerak, qanday qilib mazmunli hayot kechirish kerak, qanday qilib afsuslanmaydigan hayot kechirish kerak degan savollarha javob topish muhim.

Bling-bling, sayohat, plyaj, kurort, dabdaba, rolex va hok hayotim mazmunini o’zgartirmasligini avvalroq tushunib yetganman.

O’zim uchun mazmunli kun qanday bo’ladi?
- budilniksiz erta uyg’onish
- yaxshi kofe
- oila bilan yaxshi nonushta
- kuniga 2-3 soat jismoniy harakat
- 2-3 soat ish
- bolalar bilan vaqt
- yozish
- bilim olish -> rivojlanish
- qiziqqan loyiha ustida ishlash
- hamfikr insonlar bilan suhbat


Bu gaplarni eshitganlar:
«Shuncha narsa o’rganib jamiyatga foydangiz tegmas ekanda!» deyishadi.

Qiziq jihati shuki, ortga qarasam qancha hotirjamlikka intilganim sari atrofimga foydam ko’proq tekkan ekan.

Qachonki ko’p ishlasam foydam kamayib ketadi, stres oshadi, g’azabdorroq bo’laman, salomatlik yomon tomonga ketadi, oilamda stres oshadi…


Shu sabab men quyidagi yondashuvni tanlaganman:

1. avval o’zingni qutqar (ruhan, jismonan, ma’nan…)

2. keyin oilangga yordam ber

3. undan ortsang keyin katta oilangga

4. undan ortsang keyin jamiyatga


Umr juda qisqa…

Shovqinni kamaytirishni yoddan chiqarmasligim kerak…


Bek Olimjon
06.09.25
Hamar,
Norvegiya
Buyum va kiyimlar haqida

Shaxsiy moliya ustidan to’liq nazorat qilishimizda biz kundalik ishlatadigan buyum va kiyimlarga e’tibor berishimiz shart.

Sababi ularga ko’p pul sarflaymiz. Ayniqsa ular arzon bo’lsa.

Biror narsa sotib olishda nimalarga e’tibor berish kerak?

Avvalo biror narsani sotib olishdan oldin bu ”ehtiyoj” yoki ”xohish” ekanini tushunib olish muhim.

Agar ehtiyoj bo’lsa olish kerak, xohish bo’lsa kamida 10 kuncha kutib turgan ma’qul.

Ehtiyoj va xohish farqini qanday bilamiz? Oddiy misol iPhone 8 bu ehtiyojni to’liq qoplaydi, iPhone 15 esa bu xohish.

Qayerdan? Atrofdagilar sabab. Status o’yinlarida ekanimiz sabab. Misol men oxirgi model Macbook olishga imkoniyatim bo’lsada haligacha 2016-yilgi modelni ishlataman.

Biror buyum yoki kiyim sotib olishda ularning qaysi xususiyatlariga e’tibor berish lozim?

• umr davomidagi narhi past bo’lishi (bu haqida pastroqda)
• yetarli darajada sifatli bo’lishi (brend degani har doim ham yuqori sifat degani emas!)
• chidamli bo’lishi
• sotish yoki hadya qilish oson bo’lishi
• kichik va yengil bo’lishi
• Ta’mirlash oson bo’lishi, imkon bo’lsa o’zingiz ta’mirlay oladigan bo’lishi


Umr davomidagi narhi (lifetime cost)

Misol men 2018-yili bir kurtka olganman. Arc’teryx kompaniyasiniki. Alpinistlar uchun ixtisoslashgan bo’lgani uchun chidamli.

O’sha payt narhi 500$ edi. Yilning 8 oyida kiyaman. Kundalikda ham, sayohatga ham, sportga ham. Hiking uchun ham.

Yana kamida 8 yil kiyishga chidaydi. Aytaylik mayli 10 yilga chidaydi deylik. Butun umrlik narhi 500$, yillik narhi 50$.


Amortizatsiya narhi
Buyumga ”siz to’lagan narh - ishlatilgan holatdagisi narhi”/”ishlatilgan yillar soni”.

Aytaylik o’sha kurtkani hozir sotsam bemalol 200$ sotishim mumkin. 500 - 200/6 = 50$.

Boshqa bir misol. 2018-yili 1000$ga velosiped olgan edim, 60% chegirma bilan. 6 yil davomida 4000km yurdim. Hozir yangisi narhi 2000$. O’zimdagini 1000$ ga sota olaman. 1000 - 1000 / 6 = 0$.

Yana bir boshqa misol. Bir tanishim oilasi bilan 4 oycha oldin ijaraga mebelsiz uyga ko’chib o’tdi. Ungacha ota-onasi bilan yashar edi. Yangi mebellar oldi. 4000$ ga divan oldi. Ijaraga bergan odam uyini sotadigan bo’lib qolib, yana ota-onasi uyiga qaytib o’tishga majbur bo’ldi.

Haligi divan endi garajda, Norvegiyada yog’in ko’p, namlik yuqori. Bu shaxsiy moliyasini boshqara olmagan inson tanlovi bo’lgan.


Kiyim haqida
Kostyum-shim kelib chiqishi Angliyadan. Sovuq iqlimda yaxshi isitilmagan ishxonalarda ishlovchi odamlarni issiq kiyimga ehtiyojidan kelib chiqqan. Shu sabab jundan bo’lgan kostyum-kamzil-shim (3-piece) kiyish an’anaga kirgan.

Bu forma issiq o’lkalarda ham rasmiy forma sifatida tarqalgan (India, Afrika va hok). Fikrimcha bu noto’g’ri. Inson iqlimga mos holda odob chegarasida kiyinishi kerak.


Qanday kiyimlar tanlash kerak?
Yuqorida buyumlarga bo’lgan talablarni ko’rib chiqdik. Kiyimlarni sotib olishda ham shu talablarni qo’yish yordam beradi. Shunda modadagi kiyimni emas, sifatli va uzoq yillar chidaydigan kiyim oladigan bo’lamiz.

Ko’rasizlar hali, sizlar netda kuzatadiganlar sekin-sekin chidamli, tabiat (outdoor) uchun chiqarilgan kiyimlarga ommaviy o’tishni boshlaydi. Uzbda u turdagi sifatli kiyimlar ko’p emas hali.

(davomi keyingi postda…)


Bek Olimjon

19.05.24
Norvegiya
oldingi post davomi

Bizdagi bor kiyimlarni nima qilish kerak? Ulardan qanday foydalanish kerak?

Erkaklar uchun kiyim tanlash osonroq. Rangi mos keladigan kiyimlarni guruh-guruh qilib chiqsa bo’ladi. Misol qora jeans, qora paypoq va ko’k futbolka bitta guruh. Kulrang shim, kulrang futbolka va oq paypoq bitta guruh.

Mavjud kiyimlarni mana shunday qilib guruhga ajratib chiqish mumkin.

Aksar holatlarda 2 ta guruhdan yangi uchinchi (hatto to’rtinchi) guruhni yasash mumkin.

Misol qora jeans, qora paypoq va kulrang futbolka. Yoki yana bir boshqa kombinatsiya.

Buni fasllarga qarab ajratish mumkin. Odatda 5 yoki 6 ta guruh yetadi va bu uchun ko’p kiyim kerak emas.

Agar 6 ta guruh bo’lsa har kuni turli kiyim kiyish mumkin va atrofdagilarni ”yana bir xil kiyim kiyvopti” degan fikridan qo’rqmaysiz.

Aslida bir xil rangdagi kiyimdan bir nechta guruh bo’lgani yaxshi. Bu decision fatigue ni oldini oladi.

Bunday ajratib chiqish aslida alohida ”ilm” va nomi capsule wardrobe deyiladi. Netda bir qancha tutorials bor. Bu usulni ayollar ham qilsa bo’ladi va mashhur vloggerlar bor internetda. Ular qanday qilishni yaxshi o’rgatishgan.


Endi kiyimlarni eskirishi haqida

Kiyimni eskirishi asosan uni yuvilishi bilan bog’liq. O’rtacha yaxshi sifatli bir kiyim 100 marta yuvilishga chidaydi. Zo’r sifatli kiyim (misol oldingi postdagi kurtka) 200 martaga chidaydi.

Aytaylik har kuni ertalab toza paypoq kiyasiz. Sifatli paypoqdan 7 ta olgansiz.

Bir kun kiyib kirga tashlash va har yakshanba yuvish orqali 100 hafta kiyish mumkin. Bu 2 yil degani.

Bu uzoq muddatga o’xshab tuyulishi mumkin, lekin kafolat beraman yaxshi ko’rgan va kamida 5 yil oldin olgan futbolkangizni hali ham kiyasiz.

Bunday yondashuv keraksiz kiyim olmaslikni ta’minlaydi.

Mana shunday yondashuv orqali bir buyumni umumiy narhidan ko’ra bir martalik ishlatilish narhini aniqlash mumkin (cost per use).

Aytaylik bir paypoqni 10 mingga olindi va 5 martadan keyin yaroqsiz bo’ldi. Bir martalik narhi 2 ming. Bir paypoqni 50 mingga olindi va 50 marta kiyildi. Cost per use 1000 so’m. Bunda qimmatrog’ini olish yaxshiroq.


Men kundalik holatda faqat krossovka kiyaman. Asosan Hoka krossovkalari. Ishga ham, sportga ham, kundalik uchun ham. Krossovkani yugurishda o’rtacha 600km dan keyin almashtiraman. Sababi yirtilgani emas, demping funksiyasi pasayadi. Yugurishga bo’lmasada yurishga kiyish mumkin uni. Bittasi 800-1000km atrofida xizmat qiladi.

Rasmiy poyafzal uchun 13 yil oldin olgan bitta jigarrang Balmorals (the Oxford’s wing tip) bor. Nega Balmorals? Jeans, chinos, kostyum shimiga tushadi.

Nega jigarrang? Kiyimlar rang kombinatsiyasi ko’proq. Qora, ko’k, jigarrang, kulrang shimlar bilan tushaveradi. Muhimi ishlatilgandan keyin tozalab moylab olib qo’yishni esdan chiqarmaslik.


Kiyimlardan voz kechish haqida

Ko’pchiligimizda keragidan oshiqcha kiyimimiz bor. Ularni nima qilish kerak?

Keraksizidan qutulish kerak. Qanday qilib?

Sotish yoki hadya qilish yoki tashlab yuborish orqali.

Xo’p ajratish mezoni qanday bo’lishi kerak?

• bu kiyimni bugun kiydim (qolishi kerak)
• buni bu hafta kiydim (qolishi kerak)
• Buni bu oy kiydim (qolishi kerak)
• Buni oxirgi 6 oyda kiydim (faslga qarab qolish yoki qolmasligini hal qilasiz)
• Buni oxirgi 12 oyda bir marta kiydim (yo’qotish kerak)
• Bu kiyimim borligini bilmagan edim (yo’qotish kerak)

Bu mezondan mustasno yilda bir-ikki marta rasmiy marosimlarda kiyiladigan kiyimlar. Misol men uchun ”kostyum-shim+ko’ylak+galstuk+rasmiy palto”.



Hamma boy bo’la oladi.

Qanoat qilishni o’rgansa agar.

Odam o’zini moddiy jihatdan baxtli his qilish formulasi:

Baxt = bizdagi bor narsalar / biz xohlaydigan narsalar


Bek Olimjon

20.05.24
Norvegiya
Bolam yaxshi maktabda o'qisin deymiz: tanlov qimmat bog'cha

Yaxshi universitetda o'qisin deb xususiy maktabni tanlaymiz.

Yaxshi universitetda o’qish kerak. Kontrakt baland (scholarship olish ehtimoli past)

Bu tanlovlar tubida yotadigan eng asosiy maqsad, agar farzand yaxshi universitetda o'qisa yaxshi ishga kira olish imkoniyati bo'ladi. Natijada yaxshi pul topa oladi. Natijada hayot sifati yuqori(roq) bo'ladi.

Barcha harakatlar farzand kelajagidagi hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan. Shu bilan birga bilvosita ota-ona qarigandagi hayotini yaxshilashga qaratilgan.


Bu turdagi yondashuvga shubchaki fikr sifatida muqobil variant

Agar bolani eng arzon yoki tekin bog'cha va maktabga berilsa, agar o'zi kira olsa tekinga universitetda o'qisa

va "qimmat" bog'cha, maktab, universitetga sarflanadigan pullarni barchasini oyma-oy passiv indeksli fondga investitsiya qilib borilsa, yillik o'rtacha 10% o'sish bo'lsa...

Agar mabodo o'sha bola universitetda o'qib birorta soha mutaxassisi bo'lmasada eng dastlab qo'yilgan "ko'p pul topish" maqsadiga erishish imkoniyati juda yuqoridek ko'rinmoqda. 


Misol aytaylik bola bog'cha 3-7 yoshda boradi, 4 yil, oyiga 200 dollar
Maktabga 11 yil boradi, oyiga 500 dollar
Universitetga 4 yil boradi, oyiga 1000 dollar
Jami 19 yil. 

19 yillik investitsiya natijasi  288 ming dollar bo'lar ekan. Bunda bola 22 ga kirgan bo'ladi. Endi shu pulni yana 10 yil tegmasa (hech qanday qo'shimcha oylik pul kiritmagan holda), bola 32 ga kirganda 785 ming dollar atrofida pul bo'lar ekan. 

Aytishimiz mumkin, pul topishdan boshqa maqsadlar ham bor, misol mazmunli hayot kechirish. Men aytgan muqobil tanlov bunga to'sqinlik qilmaydigandek. Aksincha vaqt ko'proq bo'lishi hisobiga turli sohalarga kirib ko'rish imkoniyatini beradigandek. 

Men bu fikrlarim bilan qaysidir bir tarafni olmoqchi emasman, shunchaki muqobil variant ham yo'q emasligini aytmoqchiman. 

Bek Olimjon
15.09.2025
Kongsvinger,
Norvegiya
Bir qiziq holat bo'ldi.

Birinchi bemorim soat 08:30 da, men 08:35 ga yetib kelaman. Bemor kelib tekshiruvllardan o'tib chiqqunicha men bemorni qabul qilishga tayyor bo'laman. 

Kelsam bemor eshik oldida turipti. Klinika ochilmagan. Bugun klinikani ochish kerak bo'lgan yordamchi ishga kelmagan. 

Tel qildim, javob bermadi. SMS yozdim, javob yo'q. 

Eshikni ochib, bemorni tekshiruvdan o'tkazishni boshladim. 

Yordamchim tel qildi. Qo'rqqanligi va havotirda ekanligi ovozidan sezilib turipti. Kelayotganini aytdi. 

Men chindan havotir oldim. Har narsa bo'lgan bo'lishi mumkin. Halokatga uchragan bo’lsachi?

Kelganida uyalgani yuzidan yaqqol sezilib turar edi.

Uxlab qolganini aytdi va qaytarilmasligini aytib uzr so'radi. 

Bu ishxonada birinchi marta bo'layotgan voqea. U meni so'kadi deb o'ylagan ekan. 

Tabiiyki birinchi reaksiyam bajarilishi kerak bo'lgan ish bajarilmaganiga jahlim chiqqani bo'ldi. Qattiqroq gapirishim kerak deb o'yladim. 

Ammo bir mentorim doim "choose kindness" deydi. Ya'ni "mehribon bo'lishni tanla".

Hech qanday so'kmagan, g'azablanmagan holda tel qilganimda boshimdan o'tgan fikrlarni aytdim unga. 

"Uxlab qolganing bugun sodir bo'lishi mumkin bo'lgan eng yaxshi narsa. Bundan battari ham bo'lishi mumkin edi. Men halokatga uchragansan yoki nimadir shu darajada jiddiy bo'lganki, xabar berishga ham ulgurmagansan. Hammamizda bo'ladi bunday holat. Uxlab qolish bor narsa. Endi ishlashimiz kerak." 


Inson yuzidagi hayron qolish va yengillik shunday ko'rinib turar edi. 

Mehr muhim. 

Choose kindness!


Bek Olimjon
16.09.25
Kongsvinger,
Norvegiya
Bu post bilan ari uyasiga cho’p tiqyapman 😊

Shunday bo’lsada fikrimni yozmoqchiman.


Inson hayotida uni keskin o’zgarishiga sabab bo’ladigan hodisalar barmoq bilan sanoqli darajada kam sodir bo’ladi.

Misol yurak xuruji sabab bir o’limdan qaytgan odam, jismoniy hayotini tubdan o’zgartiradi. Chekish, ichishni tashlaydi.

Yoki kimnidir o’limi inson ruhiyatiga qattiq ta’sir qiladi. Ko’p holatda ijobiy.

Har bir otada mana shunday ruhiy jihatdan ijobiy tomonga o’zgarish imkoniyati beruvchi lahza bor - bu ota bo’lish ne’mati.

Ayniqsa o’sha otani tug’ruq jarayonida bevosita ishtirok etishi erkak kishi dunyosini ijobiy tomonga yaxshigina o’zgartira oladi.

Shaxsan menda ana shunday bo’lgan. Atrofimdagi ko’p otalar ham buni tasdiqlashadi.

Men do’stlarimga bunday imkoniyatni aslo qo’ldan boy bermasliklarini qayta-qayta aytsamda urf-odatlarni ro’kach qilishadi.

Bunday imkoniyat juda ko’p otalarga 2-3 marta beriladi xolos.

Nafaqat farzand bilan munosabatiga, balki ayoligq bo’lgan munosabatiga ham yaxshigina ijobiy ta’siri bor.

Urf-odat < ruhiy rivojlanish


Bek Olimjon
17.09.25
Lillestrøm
Norvegiya
Bir norveg, fikri anchagina teran inson bor. Ismi Spetalen. 

Yoshi 60 dan oshgan. Intervyu yoki pocastlari 3-4 tagina xolos, lekin fikri anchagina o'tkir. 

Juda asosli va tanqidiy yondashadi. 

O'zini-o'zi ko'targan odam. Katta investor.

Qayd etilishicha 500+ million dollarga ega. 


Firklaridan ko'p narsa o'rganaman. 

Bir intervyusi yakunida undan boshlovchi so'radi: 

"Sizni yoshlarga tavsiya etadigan biror kitobingiz bormi?»


Savolga javobi shunday bo’ldi: «Yoshligimda o'qigan bir muallif kitoblari bor. Bozor qanday ishlashini tushunishimga yordam bergan eng muhim kitoblardan." deb muallif va kitob nomini aytdi. 

Kitoblar 1955 - 1962 yillarda chop etilgan ekan. 

Topdim o'sha kitoblarni. 

25 ta kitobni 100 kronga (10 dollar) oldim. 60km uzoqdagi shahardan olib keldim. «Bir bagaj» bo’ldi.

25 tadan birinchisini o'qib chiqdim.

Investitsiyaga yoki biznesga umuman aloqasi yo'q.


Bek Olimjon
18.9.25
Kongsvinger
Norvegiya
2025/10/20 07:12:56
Back to Top
HTML Embed Code: