Telegram Web Link
#TalabaEkspo_2025 #Samarqand #Taqdimot #diplom_topshirish

“TalabaExpo – 2025”: Samarqanddagi nufuzli oliygohlar taqdimot o‘tkazdi, bitiruvchilarga diplomlar tantanali topshirildi

Kasb ko‘rgazmasining ikkinchi kuni doirasida Samarqandda faoliyat yuritayotgan bir qator oliy ta’lim muassasalari ishtirokida taqdimotlar va diplom topshirish marosimlari boʻlib oʻtdi.

Xususan, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti, Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali rahbarlari tomonidan ushbu ta’lim muassasalarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, zamonaviy o‘quv dasturlari, shuningdek, bitiruvchilari va ularning muvaffaqiyatli mehnat faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/63032

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
21👍5🎉5😁2
#Dolzarb_90_kun #Kibersport

🗣“Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika turnirining hududiy bosqichi yakunlandi!

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan kibersport respublika musobaqasining hududiy saralash bosqichlari yakunlanish arafasida. Musobaqa davomida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari “Dota2”, “CS2”, “FC25” kibersport o‘yinlari hamda “Just Dance” fidjital raqs turlari bo‘yicha o‘zaro bellashib, yakuniy final bosqichi yo‘llanmasi uchun bor mahoratlarini ishga soldilar.

Natijalarga ko‘ra quyidagi oliygoh talabalari yakuniy final bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi:
☑️Jizzax viloyati hududiy bosqich g‘oliblari:
➡️“Dota2” va “FC25” bo‘yicha O‘zMU Jizzax filiali
➡️“CS2” va “Just Dance” bo‘yicha Jizzax SAMBHRAM universiteti

☑️Andijon viloyati hududiy bosqich g‘oliblari:
➡️“FC25”, “Dota2” va “Just Dance” bo‘yicha Andijon davlat texnika instituti
➡️“CS2” bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot instituti

☑️Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bosqich g‘oliblari:
➡️“CS2”, “Dota2” va “Just Dance” bo‘yicha Qoraqalpoq davlat universiteti
➡️“FC25” O‘zDJTSU Nukus filiali

☑️Surxondaryo viloyati hududiy bosqich g‘oliblari:
➡️“Dota2” va “Just Dance” bo‘yicha Termiz davlat universiteti
➡️“CS2” bo‘yicha Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
➡️“FC25” bo‘yicha TTA Termiz filiali

☑️Toshkent viloyati hududiy bosqich g‘oliblari:
➡️“Dota2” va “CS2” bo‘yicha Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” Olmaliq filiali
➡️“FC25” va “Just Dance” bo‘yicha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

☑️Navoiy viloyati hududiy bosqich g‘oliblari:
➡️“CS2” bo‘yicha Navoiy innovatsiyalar universiteti
➡️“Dota2” va “FC25” bo‘yicha Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

☑️Namangan viloyati hududiy bosqich g‘oliblari:
➡️“Dota2” va CS2” bo‘yicha Namangan davlat texnika universiteti
➡️“FC25” bo‘yicha Namangan davlat pedagogika instituti


🗣Toshkent shahrida oliy ta’lim tashkilotlari soni bir muncha ko‘pligi sababli hududiy bosqichda 1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan barcha jamoalar final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Ular bilan tanishing:
☑️“CS2” bo‘yicha:
➡️1-o‘rin: Toshkent shahridagi INHA universiteti
➡️2-o‘rin: Toshkent shahridagi Vebster universiteti
➡️3-o‘rin: EMU universiteti

☑️“Dota2” bo‘yicha:
➡️1-o‘rin: Toshkent shahridagi Vebster universiteti
➡️2-o‘rin: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
➡️3-o‘rin: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

☑️“FC25” bo‘yicha:
➡️1-o‘rin: Yangi O‘zbekiston universiteti
➡️2-o‘rin: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
➡️3-o‘rin: Toshkent shahridagi Vebster universiteti

☑️“Just Dance” bo‘yicha:
➡️1-o‘rin: TMC instituti
➡️2-o‘rin: ISFT Instituti
➡️3-o‘rin: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Eslatib o‘tamiz, musobaqaning final bosqichi 23-25-iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍8🔥6👏2🥰1
2025/07/13 22:30:29
Back to Top
HTML Embed Code: