Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchi_2025

ADTIda diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi


Andijon davlat texnika institutining bakalavriat va magistratura ta’lim bosqichlarini tamomlagan bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi tashkil etildi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, yirik ish beruvchilar va ota-onalar ishtirok etdi.

Marosim davomida muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida fikrlar bildirildi.

Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida Andijon davlat texnika institutini transport, energetika, qurilish, iqtisodiyot va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha 2116 nafar bitiruvchi tamomladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍4517👏8🔥4
#dayjest #Bitiruvchi_bandligi_2025

“Bitiruvchi bandligi – 2025”: Respublika bo‘ylab yoshlarga kasb va ishga yo‘naltirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda


Oliy ta’lim muassalarida “Bitiruvchi bandligi – 2025” loyihasi doirasida mehnat yarmarkalari, “Karyera kuni” hamda “Biznes marafon” seminar-trening tadbirlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

➡️Farg‘ona davlat texnika universitetida “Muvaffaqiyatli bandlik – sifatli ta’limning ishonchli kafolati!” shiori ostida mehnat yarmarkasi hamda “Biznes marafon” tashkil etildi.

➡️Buxoro davlat universitetida “Bitiruvchi bandligi – 2025” loyihasi doirasida “Karyera kuni” yarmarkasi va “Biznes marafon” seminar-treningi o‘tkazildi.

➡️Namangan davlat texnika universitetida viloyatdagi OTMlar bitiruvchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi va muvaffaqiyatli tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon” o‘tkazildi.

➡️Jizzax politexnika institutida “Bitiruvchi bandligi – 2025” biznes marafoni boʻlib oʻtdi.

➡️TATU Urganch filialida “Karyera kuni” doirasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi hamda biznes marafon bo‘lib o‘tdi.

➡️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Karyera kuni” – mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

➡️Qoraqalpoq davlat universitetida yoshlarni ish bilan ta’minlash va ularning tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish maqsadida "Karyera kuni" bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi va “Biznes marafon” seminar-treninglari tashkil etildi.

➡️Urganch davlat universitetida “Karyera kuni” bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi hamda “Biznes marafon” seminar-treninglari tashkil etildi.

➡️Buxoro davlat texnika universitetida “Bitiruvchi bandligi – 2025” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

➡️Guliston davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi va “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi talabalar uchun “Biznes-marafon” tadbiri tashkil etildi.

➡️Toshkent davlat agrar universitetida bitiruvchilar uchun “Karyera kuni” doirasida “Biznes marafon” bo‘lib o‘tdi.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍8
#Qabul2025 #Eslatma

2025/2026-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda

Akademik litseylarga qabul
📊 Bugungacha 47 500+ ta ariza kelib tushgan.
🗓 Qabul 10-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
▶️Video qo‘llanma

9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul
📊 Bugungacha 128 000+ ta ariza kelib tushgan
🗓 Qabul 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
▶️Video qo‘llanma

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarga suhbat asosida oʻqishga qabul
📊 Bugungacha 900+ ta ariza kelib tushgan
🗓 Qabul 25-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
▶️Video qo‘llanma

Magistraturaga qabul
📊 Bugungacha 4400+ ta ariza kelib tushgan.
🗓 Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
▶️Video qo‘llanma

📞 Ishonch telefoni: 1006
📞 Texnik savollar uchun: +998712031324
🤖 @my_edu_yordam_bot

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
35👍13🔥2
#Tayinlov

Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markaziga yangi rahbar tayinlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xoliqov Abduvali Jonizoqovich Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori etib tayinlandi.

Bungacha A. Xoliqov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash va ta’lim sifatini ta’minlash departamenti boshlig’i vazifasida faoliyat yuritib kelgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍140😁2321🔥16🎉4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2025 #Eslatma #Videoqoʻllanma

Bugun, akademik litseylarga hujjat topshirishning soʻngi kuni


2025/2026-oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlar my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinmoqda.

Bunda abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

🔹 3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

🔹 O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar) — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).


Qabul jarayoni bugun, soat 23:59 da yakunlanadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
22👍1👏1😱1
#Texnikum #Malaka_oshirish

Texnikum o‘qituvchilari Germaniyada malaka oshirmoqda


Qashqadaryo viloyatining 6 ta texnikumida nemis ta’lim standartlarini joriy etish rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur texnikumlarning o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari Germaniyaning Layptsig shahrida joylashgan Hunarmandlar palatasi Ta’lim va texnologiyalar markazida 2 oylik malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda.

Ular “Metallar texnologiyasi” hamda “Bino va inshootlar qurilishi” yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni to‘liq nemis standartlari asosida o‘zlashtirishmoqda.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab Qarshi, Shahrisabz, Koson, Chiroqchi va G‘uzor tumanlaridagi texnikumlarda nemis standartlariga asoslangan Ausbildung tizimi joriy etiladi. O‘quvchilar ushbu tizimga maxsus test sinovlari orqali qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1914🔥1
Fargʻona texnikumlarida yoshlar uchun toʻgaraklar va kurslar keng yoʻlga qoʻyilmoqda

9-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov Fargʻona viloyatidagi bir qator texnikumlarda boʻlib, taʼlim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Uchkoʻprik tumanidagi 2-sonli politexnikumda oʻtkazilgan uchrashuvda tuman hokimi oʻrinbosari va Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi rahbari, shuningdek, viloyatdagi barcha kasbiy taʼlim tashkilotlari direktorlari hamda yoshlar ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/67499

#Kasbiy_taʼlim #Texnikum

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
8👍8🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangilik #xalqaro_talim

💨 Buyuk Britaniya ta'lim standartlari endi O‘zbekistonda! Endi siz O‘zbekistonni tark etmagan holda, Buyuk Britaniya universiteti darajasini qo‘lga kiritishingiz mumkin!

🗣Bu imkoniyat Xalqaro malakalar va baholash markazi (IQAC) tomonidan taqdim etilmoqda. Mazkur Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida rasmiy faoliyat yuritadi. IQAC dasturlari Buyuk Britaniyaning OFQUAL malakalar tizimi bilan to‘liq moslashtirilgan.

👨‍🎓 Yo‘nalishlar haqida batafsil.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥3👍2🥰2
2025/07/14 09:19:30
Back to Top
HTML Embed Code: