Telegram Web Link
#Qoidaga_muvofiq

Iste’molchi majburiyatlaridan xabardormisiz

Iste’molchilarni o‘zlari ekspluatatsiya qilayotgan elektr tarmoqlari, asboblar va uskunalarning zarur texnik holati va xavfsizligi ta’minlanishi, elektr energiyasi iste’molining belgilangan rejimiga rioya etilishi uchun javobgar hisoblanadi.


1️⃣ Shuningdek, elektr energiyasidan foydalanish paytida paydo bo‘ladigan avariyalar, yong‘inlar, hisoblagichlarning nosozliklari va boshqa qoida buzarliklar to‘g‘risida elektr ta’minot korxonasini darhol xabardor qilish lozim.

Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga ko‘ra O‘zenergoinspeksiya va uning hududiy boshqarmalari tomonidan davlat nazoratini amalga oshirilishi davomida bu kabi holatlar ko‘plab uchramoqda.

✈️ Quyidagi holatlar yuzasidan iste’molchilarga yuklatilgan majburiyatlarni doimo yodda tuting.

Unitmang! Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi!

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_ma’rifat_soati_36_son

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchiSiyosiy ma’rifat soati


Har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.


🔴 Navbatdagi o‘quvni YouTubeda tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Texnologik reglament talablariga zid ravishda faoliyat yuritgan metan “zapravka” gaz taʼminotidan ajratildi

Oʻzenergoinspeksiya Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Sh. Rashidov tumanida joylashgan “A. G. O.” MChJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida oʻrnatilgan texnologik jarayonlarining amaldagi meʼyor va qoidalarga muvofiqligi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.

Oʻrganish jarayonida ushbu AGTKSh faoliyatida texnologik reglament talablariga zid ravishda faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.


Ushbu holatdagi qoidabuzarlikka sabab bo‘luvchi omillar to‘liq bartaraf etilgunga qadar mazkur AGTKShlar tabiiy gaz taʼminotidan ajratildi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
#Tezkor_tadbir

Samarqand viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi


Oʻzenergoinspeksiya Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va IIB hamokorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Ishtixon tumanida "Ch. T." oilaviy korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 560,7 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NO COMMENT 1️⃣ Gaz ta’minoti obyektlarida belgilangan normadan ortiqcha tabiiy gazning texnologik yoʻqotish holati

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Energetika obyektlarida mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilmoqda

O‘zenergoinspeksiya Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan "Milliy elektr tarmoqlari" AJga qarashli energetika obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining holati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, 110/35/10 kVli "Yangi qo‘rg‘on" nimstansiyasida o‘rnatilgan quvvati 25 000 kVA kuch transformatorining yuklama ostida rostlash qurilmasi avtomaik holatdan qo‘lda boshqaruvga o‘tkazilgan. Shuningdek, masofadan boshqarish kaliti mavjud emas hamda avtomatik chastotani yuksizlantirish qurilmasi 35 kVli "L-Malikcho‘l" havo tarmog‘ida kiritilmagan.


Yuklama ostida rostlash va avtomatik chastotali yuksizlantirish qurilmalarini doimiy ishchi holatda bo‘lishini taminlashi uchun tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
#nazorat

Loyiha hujjatlariga xulosa olmasdan elektr tarmog‘iga ulangan iste’molchiga chora ko‘rildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Taxiatosh tumanida joylashgan "L. T." oilaviy korxonasi O‘zenergoinspeksiya tomonidan tegishli tartibda loyiha hujjatlariga xulosa olmasdan elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma asosida elektr tarmog‘iga ulanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida iste’molchiga nisbatan O'zbekiston Respublikasining 701-sonli Qonuniga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobari miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.


Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 165-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Mavsumga tayyorgarlik jarayonlari va neft mahsulotlarining sifati bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘zenergoinspeksiyaning markaziy apparati va barcha hududiy boshqarma xodimlari ishtirokida tashkil etilgan yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgalik, tabiiy gaz va neft mahsulotlari sifati bo‘yicha hududlarda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, gaz taqsimlash punktlari, yuqori va kichik bosimdagi gaz quvurlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarni oldini olish hamda ushbu obyektlarda doimiy ravishda o‘rganishlarni tashkil etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.


1️⃣Yig‘ilishda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish va avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarda profilaktik tadbirlarini kuchaytirish hamda mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari yuzasidan mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan yig‘ilish ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_energiya

Joriy yilning 9 oyi davomida Oʻzenergoinspeksiya tomonidan isteʼmolchilarga Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha jami 2 ming 130 ta quyosh elektr stansiyasining elektr taʼminoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#nazorat

Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan
brigada ish joyidan chetlatildi

O‘zenergoinspeksiya Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Jizzax shahridagi 141-sonli transformator punktidan chiquvchi havo tarmog‘ini daraxt shoxlarini kesish va salqi simlarni tortish ishlarini olib borayotgan brigada xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotganligi aniqlandi.


1️⃣Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.

Ma’lumot o‘rnida: Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etish baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Quvasoy shahrida 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan "Metan
zapravka" aniqlandi

Oʻzenergoinspeksiya Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Quvasoy shahrida joylashgan “M. M. C.” MChJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, muhrlar buzilganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 2 milliard 944 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_texnologiya_joriy_etilmoqda

Oʻzenergoinspeksiya tomonidan o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarini ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida o‘rganish va profilaktika tadbirlarida “Bodi kameralar”dan foydalanish tizimi yo‘lga qo‘yildi.


Bu albatta Inspeksiyada ish samaradorligi va o‘z faoliyati ochiqligini ta’minlash hamda korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tashkil etildi.


🔴 Bu haqda quyidagi lavhamizda batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyani oldini olish va kelgusidagi ustuvor vazifalarga qaratilgan seminar o‘tkazildi

O‘zenergoinspeksiya Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari uchun tashkil etilgan tadbirda Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ichki lokal hujjatlar qabul qilinganligi hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik borasida muhokama qilindi.

Seminarda bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda korrupsiya illatini yo‘qotish borasida tabdir ishtirokchilariga batafsil maʼlumot va tavsiyalar berib o‘tildi.


Tadbir yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
#Tezkor_tadbir

Jizzax shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi


Oʻzenergoinspeksiya Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jizzax shahrida joylashgan "A. C. M." MChJga qarashli mexmonxona binosida gaz ta’minoti tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 224,4 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
2025/10/18 16:03:00
Back to Top
HTML Embed Code: