Telegram Web Link
#nazorat

Xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotgan brigada ish joyidan chetlatildi

O‘zenergoinspeksiya Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Buxoro tumanidagi 978-sonli transformator punktida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan brigada tashkiliy va texnik tadbirlarni bajarmasdan, ko‘chma yerlagich o‘rnatilmagan holda xafsizlik texnikasi qoida talablariga rioya qilmasdan ishlayotganligi aniqlandi.


1️⃣Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.

✈️ Ma’lumot o‘rnida: Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etish baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining Gabala sammitida turkiy dunyoning birdamligini mustahkamlash, jahon siyosati, iqtisodiyoti va gumanitar sohadagi rolini oshirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Jumladan:

- mintaqaviy va global xavfsizlik masalalari bo‘yicha yondashuvlarni muvofiqlashtirish maqsadida Samarqandda TDT tashqi ishlar vazirlari va maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi qo‘shma uchrashuvini o‘tkazishni taklif etdi;

- Strategik sheriklik, abadiy do‘stlik va qardoshlik to‘g‘risidagi shartnomani tez fursatda qabul qilishni qo‘llab-quvvatladi va Turkiy davlatlar tashkilotini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqdi;

- Turkiy davlatlarning iqtisodiy sheriklik bo‘yicha Doimiy kengashini tuzish va uning Loyiha ofisini Toshkentda joylashtirishni taklif etdi;

- Yangi iqtisodiy imkoniyatlar makonini shakllantirib, Turkiy davlatlarning Sanoat alyansi, "Turkiy yashil yo‘laklar" tizimi va "Yashil transformatsiya" konsorsiumini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi;

- Organik qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Ekspertlar guruhini tashkil etish va turkiy organik mahsulotlarning yagona brendini jahon bozoriga olib chiqishni taklif qildi;

- O‘rta koridorni rivojlantirish va uni Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li hamda Transafg‘on yo‘lagi loyihalari bilan bog‘lashni qo‘llab-quvvatladi, bojxona tartibotini raqamlashtirish va tariflarni optimallashtirish muhimligini taʼkidladi;

- Turkiy investitsiya jamg‘armasi faoliyatini kengaytirish hamda xalqaro va milliy moliya institutlari bilan hamkorlik dasturini qabul qilishni tavsiya etdi;

- Sunʼiy intellekt va kreativ iqtisodiyot bo‘yicha “yo‘l xaritasi"ni qabul qilish va Turkiy dunyo xalqaro ko‘rgazmasini O‘zbekistonda o‘tkazish g‘oyasini ilgari surdi;

- O‘zbekistonda qo‘shma tadqiqotlar va innovatsiyalar maydoniga aylanadigan Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etilishini eʼlon qildi;

- Ekstremistik va radikal mafkuraga qarshi kurashish bo‘yicha harakatlar rejasi va yoshlarning ekologik savodxonligini oshirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ishlab chiqishni taklif etdi;

- 2026-yilda "Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodi – Turkiy dunyo maʼnaviy hayotida" mavzusida xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.


Telegram
| Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
#nazorat

Farg'ona viloyatida sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi

O‘zenergoinspeksiya Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida “F. N. B.” MChJga qarashli AYOQShda Ai-80 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarliklar natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan neft mahsuloti qiymatining 50 foizi miqdorida 17,6 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.


1️⃣Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zenergoinspeksiya faoliyati bo‘yicha Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Prezidentimizning “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zenergoinspeksiyaning 2025-yil faoliyatining to‘qqiz oyi yakunlari Jamoatchilik kengashi va OAV xodimlari ishtirokida muhokama qilindi.

Tadbirni Jamoatchilik kengashi raisi Zoir Kenjayev ochib berdi hamda ishtirokchilarni yig‘ilish kun tartibi bilan tanishtirdi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi holati bo‘yicha keng jamoatchilikka hisobot berishi tartibi joriy qilinishi va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar boyicha hisobot berildi.

Hisobot davrida 2025-yilda Inspeksiya tizimida korrupsiyaga qarshi komplayens xizmati faoliyati samarali tashkil etildi.

Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqilgan 11 ta ichki me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solingan qayt etildi.


Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli masʼullarning hisobotlari eshitildi hamda Kengash aʼzolari tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi, qator takliflar va zaruriy tavsiyalar berildi.

OAV vakillari tomonidan sohada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tayyorlangan hisobotlarni keng yoritish, bu boradagi targ‘ibotni kengaytirish borasida fikr almashildi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ilgari surgan tashabbuslar

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Diqqat, tanlov!

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasidagi quyidagi vakant lavozimlar uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:

🔍Ish yuritish va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i.

🔍Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi yetakchi mutaxassis.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.


Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Surxondaryo viloyatida 1 mlrd
so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ishlab chiqarish sexi aniqlandi

Oʻzenergoinspeksiya Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi, IIB va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jarqo‘rg‘on tumanida yakka tartibdagi tadbirkor M. D. ga qarashli qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish sexida hisoblagichsiz, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 17 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NO COMMENT1️⃣ Umumiy ovqatlanish shoxobchasi hisoblagichsiz o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati

📌 Samarqand viloyati

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Toshkent viloyatida
sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi

O‘zenergoinspeksiya Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida “J.” MCHJga qarashli AYOQShda Ai-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarliklar natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan 1 212 litr avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida jarima qo‘llanildi.


1️⃣Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

Energotejamkor gaz jihozlariini o‘rnatish va uning afzalliklaridan xabardormisiz?


Bu sizni xarajatlaringizni kamaytiradi.


1 ta xonadon misolida tejaladigan tabiiy gaz miqdori bo‘yicha quyidagi infografikada batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
#Korrupsiya_haqida_xabar_ber_adolat_uchun_kurash

Sen kurashmasang, kimdir unga yo‘l ochadi


Jim turish — bu illatga ijozat berishdir. Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi.


Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

🔴O‘zenergoinspeksiya: Ishonch telefoni: +99871 208-10-15,
Telegram-bot: @energoInspeksiya_bot

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi

O‘zenergoinspeksiya Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Qamashi tumanida “P. P.” MChJga qarashli AYOQShda Ai-80 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarliklar natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan neft mahsuloti qiymatining 50 foizi miqdorida 19,1 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.


1️⃣Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Toshkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan parrandachilik fermasi
fosh etildi

Oʻzenergoinspeksiya Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida fuqaro T. K. ga qarashli parrandachilik fermasida o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 310,6 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NO COMMENT1️⃣ Fermer xo‘jaligi tomonidan suv nasoslarini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati

📌 Qashqadaryo viloyati

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/17 19:22:35
Back to Top
HTML Embed Code: