Telegram Web Link
#Mavsumga_tayyorgarlik

Andijon viloyatidagi ijtimoiy
soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilmoqda

O‘zenergoinspeksiya Respublika ishchi guruhi tomonidan Andijon viloyatidagi ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganilmoqda. Unda bir qator ishlarning sifati belgilangan talablarga javob bermaslik holatlari aniqlandi.

Xususan, Asaka tumani "Bobur" MFYda joylashgan 56-sonli maktab 4 dona isitish qozonlari mavjud. Qozonxonalardan 2 tasi hozirda yaroqsiz. Ko‘mir zaxirasi mavjud emas hamda 10 kVtli quyosh paneli o‘rnatilgan bo‘lsada, invertor tarmoqqa ulanmaganligi ma’lum bo‘ldi.


Shuningdek, ushbu tumanning 3-sonli maktabni ta’minlovchi 100 kVli transformator punkti ochiq (o‘quvchilar hayoti uchun xavfli). Undan moy oqishi va atroflari texnik qoniqarsiz holatdaligi aniqlandi.

Oltinko‘l tumandagi Tibbiyot birlashmasi oshxonasi binosining taqsimlash qutisida 0,4 kV taqsimlash qurilmasi kabellari tartibsiz va saqlagichlar o‘rniga qo‘lbola nostandart sim tortilganligi ma’lum bo‘ldi.

1️⃣ Bu kabi holatlar 8 ta maktab, 2 ta maktabgacha ta’lim muassasasi va 3 ta tibbiyot birlashmasida ham kuzatildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganishlar davom etmoqda.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nazorat tadbirlari 1️⃣ Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

💭 Bu haqda batafsil "O'zbekiston 24" telekanalining "Vaziyat 24" dasturi orqali efirga uzatilgan reportajda tanishishingiz mumkin

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsumga_tayyorgarlik

Energetika obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilmoqda


O‘zenergoinspeksiya Respublika ishchi guruhi tomonidan Andijon viloyatidagi energetika obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganilmoqda.

Xususan, Bo‘loqboshi tumani "Chakar gaz" konida sig‘imlarni tozalash ish rejasiga kiritilgan bo‘lsada, bugungi kun holatiga bajarilmagan. Shuningdek, qozonxona ta’mir talab hamda quvurlar va sig‘imlarda izolyatsiya ishlari olib borilmaganligi ma’lum bo‘ldi.


1️⃣ Bu kabi holatlar Marhamat tumanidagi G‘arbiy "Xo‘jaosmon" konida ham kuzatilib, sig‘imlarning texnik va estetik holati qoniqarsiz ekanligi kuzatildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qoidaga_muvofiq

Tabiiy gaz
hisoblagichiga va boshqa qurilmalarga plomba o‘rnatish tartibi

Amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga ko‘ra:

✈️ Shartnomaga asosan iste’molchilarning gaz taqsimlash stansiyasi hududida joylashgan hisoblagichlarda gaz ta’minoti va gaz uzatish tashkilotining plombalari o‘rnatiladi va tegishli dalolatnoma bilan iste’molchi ishtirokida rasmiylashtiriladi.

✈️ Gaz ta’minoti tashkiloti vakolatli xodimi tomonidan hisoblagich va o‘lchov uzel (manifold jo‘mraklari, kalibrlash boltlari, impulsli tarmoq jo‘mraklari va hokazo)larga simlarni tarang tortgan holda belgilangan tartibda plombalarni o‘rnatishi shart.

✈️ O‘zenergoinspeksiya tomonidan amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlangan taqdirda gaz ta’minoti tashkiloti vakillari ishtirokida iste’molchilarning gaz jihozlariga tabiiy gazni yetkazib berishni to‘xtatish bo‘yicha plombalar o‘rnatiladi va tegishli dalolatnoma bilan iste’molchi ishtirokida rasmiylashtiriladi.

Unitmang!

🔴 Hisoblagich, shu jumladan, o‘rnatilgan plombalarning saqlanishi va butunligi uchun javobgarlik iste’molchi zimmasiga yuklanadi.


Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Norin GESlar kaskadining ishga tushirilgan birinchi elektr stansiyasini borib ko‘rdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с введенной в строй первой электростанцией Нарынского каскада ГЭС.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish yuzasidan seminar o‘tkazildi

O‘zenergoinspeksiya Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuratura hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Inspeksiya xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida unga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Seminarda bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda korrupsiya illatini yo‘qotish borasida batafsil maʼlumot va tavsiyalar berib o‘tildi.


Tadbir yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#Tezkor_tadbir

Samarqand viloyatida
2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona fosh etildi

Oʻzenergoinspeksiya Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Samarqand tumanida "Sh. A." oilaviy korxonasi o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 160 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
2025/10/23 06:56:34
Back to Top
HTML Embed Code: