Telegram Web Link
#nazorat

Energetika obyektlarida teplovizor ko‘riklari amalga oshirilmoqda


O‘zenergoinspeksiya Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida energetika obyektlarida o‘tkazilgan teplovizor ko‘riklarida elektr qurilmalarning meyoridan ortiq qizish bilan bog‘liq holatlar o‘rganilmoqda.

Misol uchun, Namangan shahrida joylashgan 294-sonli transformator punktining elektr qurilmalari teplovizor bilan o‘lchanganda kontaktlardagi harorati 413 ºC ni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich meyoriy ko‘rsatkichdan yuqori hisoblanadi.


1️⃣Shuningdek, ushbu hududdagi 7 ta transformator punktida bu kabi meyoridan yuqori qizish holatlari aniqlandi.

Mazkur holatlar bo‘yicha Inspeksiya tomonidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi va uning bajarilishi nazoratga olindi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Farg‘ona viloyatida 733 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi


Oʻzenergoinspeksiya Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Farg‘ona tumanida fuqaro A. X. ga qarashli novvoyxona hech qanday hujjatlarsiz, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 733 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#moddiy_yordam

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi

Joriy yil 19-sentyabr holatiga ko‘ra, “Mahalla yettiligi” tomonidan 317 698 ta qo‘shimcha ehtiyojmand oilalar ro‘yxati tuzildi.

Xabaringiz bor, 2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yil noyabr oyida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalar hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha shakllantirilgan ro‘yxatdagi ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratiladi.


1️⃣ Agar siz ushbu toifalarga mos kelib, ehtiyojmand oila bo‘lsangiz, joriy yilning 25-sentyabr kuniga qadar “Mahalla yettiligi”ga murojaat qiling.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bo‘yicha nazorat tadbirlari yuzasidan tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘zenergoinspeksiyaning markaziy apparati va barcha hududiy boshqarma xodimlari ishtirokida tashkil etilgan yig‘ilishda energetika va ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgalik bo‘yicha hududlarda amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga birma-bir to‘xtalib o‘tilib, tahlil qilindi.

Xususan, energetika obyektlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarni oldini olish, ekspluatatsiya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish hamda ushbu obyektlarda doimiy ravishda o‘rganishlarni tashkil etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.


Mazkur yo‘nalishda qo‘yilayotgan vazifalar hamda belgilab berilgan ishlarni to‘g‘ri tashkil etmagan hududlar mas’ullariga rasman ogohlantirishlar berildi.

Yig‘ilishda energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarining oldini olish yuzasidan profilaktik tadbirlarini kuchaytirish hamda mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari yuzasidan mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

1️⃣Yig‘ilishda sohada korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha qo‘yilayotgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha belgilab olingan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha alohida tushuntirish berildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan hududiy boshqarmalar mas’ullarining tegishli hisobotlari eshitildi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Qashqadaryo viloyatida 522 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi


Oʻzenergoinspeksiya Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Koson tumanida "B. A." fermer xo‘jaligiga qarashli elektr qurilmalari hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 522 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#Mavsumga_tayyorgarlik

Gaz taqsimlash qurilmalarida olib borilgan taʼmirlash ishlari ko‘rikdan o‘tkazilmoqda

O‘zenergoinspeksiya Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida Mirzo Ulug‘bek tumanida olib borilgan o‘rganishlarda 31 ta gaz taqsimlash punktidan 9 tasida kamchiliklar aniqlandi.

Unga ko‘ra gaz taqsimlash qurilmalarida o‘rnatilgan regulyatorda quvurlar montaj qilinmaganligi, gaz bosimini nazorat qilish uchun manometrlar o‘rnatilmagan. Shuningdek, past bosimli gaz quvurlari tartibsiz tortilganligi va gaz quvurlar tayanchlari o‘rnatilmaganligi ma’lum bo‘ldi.


Mazkur taʼmirlash ishlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hududdagi masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#Tezkor_tadbir

Farg‘ona viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi


Oʻzenergoinspeksiya Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Yozyovon tumanida "M. Z. K." fermer xo‘jaligi elektr hisoblagichga tashqi ta‘sir ko‘rsatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 244,8 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#Mavsumga_tayyorgarlik

Ijtimoiy soha obyektlarida
mavsumga tayyorgarlik holatlarini o‘rganish jarayonida kamchiliklar aniqlanmoqda

O‘zenergoinspeksiya Respublika ishchi guruhi tomonidan so‘ngi bir haftada Andijon viloyatidagi 594 ta ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganish davomida 2 381 ta kamchiliklar aniqlandi.

Misol uchun, isitish tizimida 329 ta holat, qozonxonalarning energiya samaradorligi, ventilyatsiya va yong‘inga qarshi xavfsizlik choralari hamda yoqilg‘i zaxirasi bo‘yicha 459 ta kamchiliklar qayt etildi.


1️⃣Shuningdek, ko‘mir saqlash omborlarining tayyorgarlik holati va ko‘mir zaxirasining yong‘inga qarshi saqlanishi bo‘yicha 324 ta hamda elektr qurilmalarining ishchi holati bo‘yicha 351 ta kamchiliklar aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha masʼullarga ko‘rsatmalar berildi va bajarilishi nazoratga olindi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NO COMMENT 1️⃣Energetika obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganilmoqda.

📌 Jizzax viloyati

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qoidaga_muvofiq

Yerga yotqizilgan kabel liniyalarining muhofaza zonalari

Axborot belgilari kamida har 500 metrda, shuningdek, kabel liniyalarining yo‘nalishini o‘zgartirish joylarida o‘rnatilishi lozim. Shuningdek, Axborot belgilarida kabel liniyalarining xavfsizlik zonalari kengligi va kabel liniyalari egalarining telefon raqamlari ko‘rsatilishi kerak.


Muhofaza zonalarining kengligi:

✈️ Past kuchlanishli kabel liniyalari (1 kV gacha) – kabel o‘qidan har ikki tomonga kamida 0,5 metr.

✈️ O‘rta kuchlanishli kabel liniyalari (1 kV dan 35 kV gacha) – kabel o‘qidan har ikki tomonga 1 metr.

✈️ Yuqori kuchlanishli kabel liniyalari (35 kV dan 110 kV gacha) – kabel o‘qidan har ikki tomonga 1,5 metr.

✈️ Juda yuqori kuchlanishli kabel liniyalari (110 kV dan yuqori) – kabel o‘qidan har ikki tomonga 2 metr.

Muhofaza zonalarida kabel liniyalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish yoki qurilish ishlarini faqat elektr tarmoqlari tashkiloti bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi mumkin.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Sertifikatlanmagan elektr qurilmalaridan
foydalanib kelgan AJga nisbatan chora ko‘rildi

O‘zenergoinspeksiya Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jizzax shahrida "E.Sh.B.S.K." AJda sertifikatlashtirilmagan energetika uskanalaridan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 47-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 149,2 mln so‘m miqdorida moliyaviy sanksiya qo‘llanildi.


1️⃣Ma’lumot o‘rnida: iste’molchilar tomonidan sertifikatlashtirilmagan energetika uskunalaridan foydalanish — sarflangan yoki uzatilgan energiya qiymatining 10 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/21 18:26:05
Back to Top
HTML Embed Code: