Telegram Web Link
#Mavsumga_tayyorgarlik

Gaz taqsimlash qurilmalarida olib borilgan taʼmirlash ishlari ko‘rikdan o‘tkazilmoqda

O‘zenergoinspeksiya Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida Mirzo Ulug‘bek tumanida olib borilgan o‘rganishlarda 31 ta gaz taqsimlash punktidan 9 tasida kamchiliklar aniqlandi.

Unga ko‘ra gaz taqsimlash qurilmalarida o‘rnatilgan regulyatorda quvurlar montaj qilinmaganligi, gaz bosimini nazorat qilish uchun manometrlar o‘rnatilmagan. Shuningdek, past bosimli gaz quvurlari tartibsiz tortilganligi va gaz quvurlar tayanchlari o‘rnatilmaganligi ma’lum bo‘ldi.


Mazkur taʼmirlash ishlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hududdagi masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#Tezkor_tadbir

Farg‘ona viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi


Oʻzenergoinspeksiya Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Yozyovon tumanida "M. Z. K." fermer xo‘jaligi elektr hisoblagichga tashqi ta‘sir ko‘rsatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 244,8 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#Mavsumga_tayyorgarlik

Ijtimoiy soha obyektlarida
mavsumga tayyorgarlik holatlarini o‘rganish jarayonida kamchiliklar aniqlanmoqda

O‘zenergoinspeksiya Respublika ishchi guruhi tomonidan so‘ngi bir haftada Andijon viloyatidagi 594 ta ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganish davomida 2 381 ta kamchiliklar aniqlandi.

Misol uchun, isitish tizimida 329 ta holat, qozonxonalarning energiya samaradorligi, ventilyatsiya va yong‘inga qarshi xavfsizlik choralari hamda yoqilg‘i zaxirasi bo‘yicha 459 ta kamchiliklar qayt etildi.


1️⃣Shuningdek, ko‘mir saqlash omborlarining tayyorgarlik holati va ko‘mir zaxirasining yong‘inga qarshi saqlanishi bo‘yicha 324 ta hamda elektr qurilmalarining ishchi holati bo‘yicha 351 ta kamchiliklar aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha masʼullarga ko‘rsatmalar berildi va bajarilishi nazoratga olindi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NO COMMENT 1️⃣Energetika obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganilmoqda.

📌 Jizzax viloyati

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qoidaga_muvofiq

Yerga yotqizilgan kabel liniyalarining muhofaza zonalari

Axborot belgilari kamida har 500 metrda, shuningdek, kabel liniyalarining yo‘nalishini o‘zgartirish joylarida o‘rnatilishi lozim. Shuningdek, Axborot belgilarida kabel liniyalarining xavfsizlik zonalari kengligi va kabel liniyalari egalarining telefon raqamlari ko‘rsatilishi kerak.


Muhofaza zonalarining kengligi:

✈️ Past kuchlanishli kabel liniyalari (1 kV gacha) – kabel o‘qidan har ikki tomonga kamida 0,5 metr.

✈️ O‘rta kuchlanishli kabel liniyalari (1 kV dan 35 kV gacha) – kabel o‘qidan har ikki tomonga 1 metr.

✈️ Yuqori kuchlanishli kabel liniyalari (35 kV dan 110 kV gacha) – kabel o‘qidan har ikki tomonga 1,5 metr.

✈️ Juda yuqori kuchlanishli kabel liniyalari (110 kV dan yuqori) – kabel o‘qidan har ikki tomonga 2 metr.

Muhofaza zonalarida kabel liniyalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish yoki qurilish ishlarini faqat elektr tarmoqlari tashkiloti bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi mumkin.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Sertifikatlanmagan elektr qurilmalaridan
foydalanib kelgan AJga nisbatan chora ko‘rildi

O‘zenergoinspeksiya Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jizzax shahrida "E.Sh.B.S.K." AJda sertifikatlashtirilmagan energetika uskanalaridan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 47-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 149,2 mln so‘m miqdorida moliyaviy sanksiya qo‘llanildi.


1️⃣Ma’lumot o‘rnida: iste’molchilar tomonidan sertifikatlashtirilmagan energetika uskunalaridan foydalanish — sarflangan yoki uzatilgan energiya qiymatining 10 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsumga_tayyorgarlik

Gaz taqsimlash qurilmalarida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarining belgilangan meʼyorlarda olib borilish holati ko‘rikdan o‘tkazildi

O‘zenergoinspeksiya Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha Ohangaron va Zangiota tumanlarida olib borilgan o‘rganishlarda ta‘mirlash ishlari yakunlangan 61 ta gaz taqsimlash punktidan 24 tasida kamchiliklar aniqlandi.

Unga ko‘ra gaz taqsimlash qurilmalarida o‘rnatilgan regulyatorda quvurlar montaj qilinmaganligi, gaz bosimini nazorat qilish uchun manometrlar o‘rnatilmagan. Shuningdek, past bosimli gaz quvurlari tartibsiz tortilganligi va gaz quvurlar tayanchlari o‘rnatilmaganligi ma’lum bo‘ldi.


Mazkur taʼmirlash ishlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hududdagi masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AQSHning yirik kompaniyalari va investisiya jamg‘armalari rahbarlari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Состоялся «круглый стол» с руководителями крупных американских компаний и инвестиционных фондов.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
AQSH Prezidenti Donald Tramp "Truth Social" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida quyidagi postni yozib qoldirdi:

"Shu oy boshida men O‘zbekiston Prezidenti hurmatli Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashgan edim. Bugun men Prezident Mirziyoyevni "Boeing" bilan ULKAN bitim imzolangani bilan tabriklayman! "Uzbekistan Airways" 8 milliard dollardan ortiq mablag‘ evaziga 22 ta 787 Dreamliner samolyotini xarid qiladi. Bu Qo‘shma Shtatlarda 35 000 dan ortiq ish o‘rinlarini yaratadi. Prezident Mirziyoyev - bir so‘zli inson va biz boshqa ko‘plab masalalar ustida birgalikda ishlashda davom etamiz! Bu masalaga e’tiboringiz uchun tashakkur".


Президент США Дональд Трамп написал следующий пост на своей странице в социальной сети Truth Social:

"Ранее в этом месяце я разговаривал с глубоко уважаемым Президентом Узбекистана Шавкатом Мирзиёевым. Сегодня хочу поздравить Президента Мирзиёева с подписанием ВЕЛИКОЙ сделки с Boeing! На сумму более 8 миллиардов долларов Uzbekistan Airways приобретает 22 самолета 787 Dreamliner. Это создаст более 35 000 рабочих мест в Соединённых Штатах. Президент Мирзиёев – человек слова, и мы продолжим совместную работу над многими другими вопросами! Благодарю за ваше внимание к этому делу".


Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#Tezkor_tadbir

Xiva shahrida 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona fosh etildi


Oʻzenergoinspeksiya Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Xiva shahrida "Ch. Q." xususiy korxonasiga qarashli qurilish obyektida elektr qurilmalar o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 95 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#Qoidaga_muvofiq

Yer ustidagi (ochiq) maishiy aholi gaz quvurlari uchun asosiy talablar

Quvurlar devorga yoki ustunga maxkamlangan bo‘lsa, maxsus kronshteynlar yoki qaplamalar bilan himoyalanadi. Xavfsizlik masofalariga ko‘ra, yonib turuvchi materiallar saqlanadigan joylardan kamida 3 metr bo‘lishi lozim.


Quvur o‘tkazish balandligi :

🔘 Yer yuzasidan (yo‘lak, hovlidan) o‘tganda: 2,2 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
🔘Avtomobil yo‘li ustida: 5 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
🔘Temir yo‘l ustida: 7,1 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
🔘Gaz quvuri binolar devorida 1,5 metrdan yuqori balandlikda o‘tkazilishi shart.
🔘Yoriq va tirqishlari bor devorlar bo‘ylab quvur o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

1️⃣Oraliq masofalariga ko‘ra, yer usti quvurlari bilan elektr havo tarmoqlari orasidagi masofa 0,5 metrdan hamda yorug‘lik, telefon kabellari va boshqa kommunikatsiyalardan 0,25 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.

Yer usti quvurlari payvand usuli bilan biriktiriladi. Rezbali birikmalar faqat gaz hisoblagich va uskuna oldida ruxsat etiladi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Buxoro viloyatida sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan MChJga nisbatan chora ko‘rildi


O‘zenergoinspeksiya Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Kogon tumanida joylashgan ulgurji neft mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanayotgan “I.-S.” MChJda 59,8 tonna Ai-80 markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarliklar natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan neft mahsuloti qiymatining 50 foizi miqdorida 288.9 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.


1️⃣Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu MChJda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Gaz quyish shoxobchalari va fuqarolar xavfsizligi hamda hisob-kitoblar shaffofligini ta’minlovchi “UGaz” tizimi ishga tushirildi

Yurtimizda tabiiy gaz resurslaridan samarali foydalanish va iste’molchiga xavfsiz xizmat ko‘rsatish maqsadida zamonaviy axborot tizimlari joriy etilmoqda.

“Yagona integrator UZINFOCOM” MCHJ tomonidan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyatidagi jarayonlarni real vaqt rejimida qayd etib boradigan “UGaz” tizimi joriy etildi.
👉 VMQ-387, 06.07.2024

“UGaz” tizimi orqali har bir gaz quyish shoxobchasida jarayonlar real vaqt rejimida qayd etiladi. Bu esa:

qo‘lda hisob-kitob olib borish zaruriyatini kamaytiradi;
noqonuniy holatlarning oldini oladi;
jarayon shaffofligini ta’minlaydi;
iste’molchilar uchun xavfsizlik darajasini oshiradi.

Avtomashina gaz quyish shoxobchasiga kirganda uning texnik ko‘rikdan o‘tganligi avtomatik tarzda tekshiriladi. Agar texnik ko‘rik muddati tugagan bo‘lsa — tizim operatorga xabar beradi.

⚠️Shuningdek, agar yoqilg‘i turi mos kelmasa yoki ballon ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, tizim bu haqda ham operatorni shu joyning o‘zida ogohlantiradi. AGTSHK, haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlaydi.

Tizim orqali tabiiy gazni sotish jarayonlarining shaffofligi ta’minlanadi. Ya’ni, gaz quyish shoxobchasi qabul qilib olayotgan gaz hajmlarining aniq hisob-kitobi yuritiladi. Bu esa, shoxobchalarning tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olishga xizmat qiladi.

Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, AGTKSHlaridagi har bir gaz to‘ldirish kolonkasi va undagi xodim faoliyati onlayn nazorat qilinadi.

Bunda, AGTKSH xodimlarining barcha xizmat ko‘rsatish jarayonlari manfaatdor vazirlik va idoralar (Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “Toshshahartransxizmat” AJ, Elektron hukumat tizimlari, “Energonazorat” platformasi va OneID) bilan integratsiya qilingan.


📞 Call-markaz bilan 712022202 (815 va 814) raqamlari orqali bog‘lanish mumkin.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Havo tarmog‘ini ta’mirlash ishlarida qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan
brigada ish joyidan chetlatildi

O‘zenergoinspeksiya Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Zomin tumanidagi 0,4 kVli havo tarmog‘ini tortish ishlarini olib borayotgan brigada tashkiliy va texnik tadbirlarni bajarmasdan, xafsizlik texnikasi qoida talablariga zid ravishda ishlayotganligi aniqlandi.


1️⃣Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/21 12:02:00
Back to Top
HTML Embed Code: