Telegram Web Link
🌿 Rasmdagi - asalari. Aytishlaricha, AQSH Milliy aeronavtika va kosmik tadqiqotlar agentligi (NASA)ning ilmiy markazida asalari tasvirlangan plakat osib qo‘yilgan. Unda shunday yozuv bor:
«Asalarining aerodinamik tana tuzilishi umuman uchishga moslashmagan, biroq yaxshiyamki, asalari buni bilmaydi».
Fizika va aerodinamika qonun-tamoyillariga ko‘ra, uning qanotlari juda kichik bo‘lgani uchun qanotga nisbatan ulkan tanani parvozda ushlab turishi imkonsiz. Lekin asalarining bundan xabari yo‘q, u fizika qonunlarini bilmaydi va uchaveradi.
Xulosa shuki, qanotlar katta-kichikligidan qat’i nazar, uchishdan asalari singari to‘xtamaslik kerak.


@falsafasi_hayot 🍃
47🔥14👏9😁61👍1
🌿💚...

"Kelib ovora bo'lib yurma, qizim. Uyimiz sovuq. Ertaga ishga chiqasan. Bugun shirin bir ovqatni qilib, bolalaring bilan dam olib o'tir. Bizdan xavotir olma"...

Onasidan kelgan smsni o'qiganida ota uyi tomon yo'lga chiqib bo'lgandi. Onasi uni ehtiyotlab, avaylab shunday xabar yozganini sezdi. Hozir kirib borsa, ularning qanaqa quvonishini tasavvur qilib, yuziga tabassum yugurdi... Eshikni sezdirmay ochib, oshxonaga mo'ralasa, onasi yeng shimarib, xamir qorayotgan ekan. Mehnatning zo'ridanmi yoki hayot tashvishlaridanmi, onasi ko'ziga cho'kib, kichkina bo'lib qolganday ko'rindi. Ichidan zil ketdi. "Onajonim!" Uchib borib, hayratda qolgan onasining bag'riga otildi...

- Voy, o'zim o'rgilay, keldingmi, bolam! Ko'z oldimdan o'tib turganding... Sog'ingandim, aylanib ketay sendan! Kelibsan-da, baribir... Ona-bola bir-birini quchgancha yig'lab oldilar. Farzandining halovati uchun sog'inchini ichiga yutib yashayotgan onaizor bir kulib, bir yig'lardi...

@falsafasi_hayot 🍃
😢7422👏32🔥1
💛 Dardingizni dard hisoblaydigan insonni seving...

🍀Joningiz yonganida yolg’on ko’z yosh to’kkanni emas, siz sevinganda quvongan, xafa bo’lsangiz ezilgan, qisqasi dardingizni o’z dardi deb bilgan insonni seving... Kurashsangiz ham ular uchun kurashing... Charchasangiz ham ularni deb charchang...

☀️Unday insonlar yo’q-ku, demang.. Aslida bor, ha, ishoning, chindan sevgan go’zal qalblar mavjud. Uxlasangiz, tepangizda sizmi bergani uchun Allohga shukr aytguvchi, nima bo’lsa ham yoningizda qoladigan insonlar bor...
Si, yo’q deb o’ylaysiz, biroq ular bor... ‼️

@falsafasi_hayot 🍃
43😢12🔥6❤‍🔥5🐳3
🪴✿Agar uyqungiz kelmayotgan bo‘lsa, istig‘for ayting... ko‘p-ko‘p ayting. Istasangiz sanang, istamasangiz yo‘q..

Oradan bir soat o‘tsa ham aytavering, baribir uxlab qolasiz. Ajr olganingiz qoladi...
Bu har holda qo‘zichoq yoki yulduz sanab yotishdan ming chandon afzal ish..)

Tushingizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kirsinlar...

🌙 Tuningiz hayrli oʻtsin qadrligim )) ✿

@falsafasi_hayot 🍃
29💯16❤‍🔥33😢3
🌿 Bozor darvozasidan kirib-chiqayotganlar darvoza oldida sovuqdan junjikib o‘tirgan chamasi uch- to‘rt yoshli qizchaga befarq qarab o‘tolmasdi. Kimdir unga qand, kimdir yumshoq kulcha uzatardi.
O‘ttiz yoshlardagi ayol bozor-o‘charini qilib bo‘lgach, darvoza oldiga kelib sumkalarini yerga qo‘ydi. Shu payt yonginasida katta-katta qora ko‘zlari javdirab turgan qizaloqqa ko‘zi tushdi. Sovuqda dir-dir titrayotgan qizchaga ichi achidi. Yaqiniga keldi. Muzlagan qo‘lchalaridan tutdi, bag‘riga bosdi va:
- Aylanay qizim, sovqotibsan-ku, oying qani? Nega bir o‘zing bu yerda turibsan?
Qizaloq ko‘zlarini yumib-ochib, yig‘lab yubordi:
- Oyim... Hozir kelaman... Deb... Kelmadi...
Ayol qizchani bag‘riga bosarkan cho‘ntakchasida buklangan qog‘ozga ko‘zi tushdi. Uni ochib, o‘qiy boshladi:
"Assalomu alaykum! Kim qizimni farzandlikka olib, bag‘riga bossa, mendek bag‘ritosh onani kechirsin. Ota-onam dunyodan o‘tganiga ancha bo‘ldi. Qizim bilan har joyda, ijara uylarda yashadim. Tikuvchilik qildim. Ammo ishim oldinga yurmay, juda qiynaldim. Qizim ham men kabi qiynalishini istamayman.
Kechqurun Rossiyaga jo‘nab ketyapman. Qizimni siylaganni Xudo siylasin!"

Ayol xatni o‘qirkan, ko‘zlaridan duv-duv yosh oqardi. Qizchani bag‘riga bosgancha lablari pichirladi:
"Bechoragina..." U qizchani dast ko‘tardi. Bir qo‘lida sumkalari...
Ularning zil - zambildek og‘irligi endi ayolga sezilmasdi...😥😥😥

Ibrat uchun yaqinlarga ulashing! Reaksiyalaringizni qoldiring...

@falsafasi_hayot 🍃
53😢44👏10👍5❤‍🔥3
💰RIZQINGIZ TORMI? QALBINGIZ TINCH EMASMI?

Unda kunni butun vujudingiz, yuragingiz bilan Alloh rizq beruvchi ekaniga ishonib o‘tkazing! Mana bu kunlik ZIKR REJASIni bajaring — natijasini Allohning O‘zi sizga ko‘rsatadi, Inshaalloh...

1. Tongda uyg‘ongan zahoti:
🌿 “Ya Fattah, Ya Razzaq, Ya Wahhab” — 33 marta.

Bu Ismlar Allohning rizq eshiklarini ochuvchi eng qudratli eshiklardir.


2. Bomdod namozidan so‘ng:
🌿 “Astaghfirullāh wa atūbu ilayh” — 100 marta

Chunki gunoh qalbni ham, rizq yo‘lini ham tor qiladi. Tavba esa ochadi!


3. Ishga ketayotganda yoki kun boshida:
🌿 “Rabbi inni lima anzalta ilayya min khayrin faqir” — 7 marta

(Ey Rabbim, menga yuborajak har qanday yaxshilikka muhtojman!)
Bu duo Muso (a.s)ning duosi — Alloh bu duo orqali ularga rizq, boshpana va juft nasib qilgan edi!


4. Kun davomida:
🌿 Iloji boricha ko‘p ayting: “Ya Latif, Ya Karim"

Noziklik va karomat egasidan rizq tilang — U hech qachon rad etmaydi.


5. Shomdan keyin:

🌿 “La ilaha illallohul Malikul Haqqul Mubin” — 100 marta.

Hadisda kelgan: bu zikr orqali faqirlik ketadi, qalbga yengillik keladi.


6. Uxlashdan avval:
🌿 Qur’onning Mulk va Voqi’a suralarini o‘qing.

Ayniqsa Voqi’a surasi — baraka kaliti! Har kecha o‘qing, natija ko‘rasiz, Inshaalloh.

👆Rizqni pul deb o‘ylamang. Rizq – bu sog‘liq, totuvlik, halol non, iymonli farzand, xotirjam yurak.

Siz ham bu duolarni bajaring. Yaxshilikni birovga ulashing – balki siz sababli bir inson barakaga erishar!

🤲 Alloh rizqingizni dengizdek keng qilsin! Duolaringizda bizni ham eslab qoʻying...

@falsafasi_hayot 🍃
62👍9❤‍🔥3
Negadir...

Negadir dasturxonda kamroq taom qolsa, onalarning qorni hamisha «to‘q» bo‘ladi...

Negadir yangi kiyim olish navbati onalarga yetsa, ularning kiyimlari hamisha «but» bo‘ladi...

Negadir onalar aksirsa, yo‘tal tutsa, shunchaki «tomog‘i qichishgan» bo‘ladi...

Negadir oilaga tashvish tushsa, bor mas’uliyat onalar zimmasiga tushadi... O‘zlarini qurbon qilishga tayyor turadilar...

Negadir onalar hech yig‘laganini ko‘rsatmaydilar, agar ko‘zida namlik ko‘rsak, shunchaki ko‘zlari «og‘riyotgan» bo‘ladilar...

Biz mana shu «rost»larga o‘zimizni ishontirishga urinamiz, negadir?!...

اشرف..

@falsafasi_hayot 🕊️
😭3316😢9❤‍🔥6🔥2🕊2
🌿...

-Onasi, ertaga qizimiz kelarkanmi?! Ee, baraka topsin, axiyri keladigan bo'libdi-da! Juda sog'ingandim... Nabiralarim ham koʻz oldimdan oʻtib turgandi... Kelishiga o'zim bir qo'lbola
palov qilib beray! Qizing o'choqda pishgan oshni yaxshi ko'radi... Ro'yxat
qil, onasi! Nima kaming bor?! Yoz, hammasini. Sahar turib, bozorga boraman. Qovun-tarvuz, mevalarning sarxilidan olaman. Patir non bilan qaymoq ham qo'shib qo'y, ro'yxatga...

***
Otaning quvonchi ichiga sig'mas, yosh boladay oʻzini qo'yarga joy topolmasdi...

@falsafasi_hayot 🍃
44😢23👍6🔥21
🌙 Tahajjud namoziga qiynalmay
turishingiz uchun 5 maslahat

Kechki ovqatni kamroq isteʼmol qiling;

Uxlashdan oldin tahorat oling;

Allohdan yordam soʻrab
duo qiling;

Budilnik qoʻying;

Ertaroq yotib uhlashga
harakat qiling!

🌟 Tuningiz osuda oʻtsin qadrligim ))

@falsafasi_hayot 🍃
👍2916
🌱 “Kimning rizqi kechiksa, bas, “Laa havla va laa quvvata illaa billah”ni koʼp aytsin!”

Аbu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Аlloh kimga bir neʼmat bergan boʼlsa, bas, Аllohga hamd aytishni koʼpaytirsin! Kimning gunohlari koʼpayib ketsa, Аllohga istigʼfor aytsin! Kimning rizqi kechiksa, bas, “Laa havla va laa quvvata illaa billah”ni koʼp aytsin!”
(Imom Tabaroniy “Kabiyr”da rivoyat qilgan).

@falsafasi_hayot 🕊️
25👍12😭6❤‍🔥2

🌿 Muammolaringiz koʻpmi? Yechim nimada..?

Koʻpchilik odamlar, “ishim yurishmayapti”, “qarzim koʻp”, “omadim kelmayapti”, “kasallik arimayapti”, “muammodan boshim chiqmayapti” deb noliydi.

Vaholanki, shariatda bu borada hamma koʻrsatmalar kelgan. Masalan, boshiga tashvish tushgan odam namozlarga eʼtiborliroq boʻladi. Koʻproq nafl namozlar oʻqib, Allohdan madad soʻraydi.

Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Nabiy sollallohu alayhi va
sallam boshlariga biron yumush tushsa, darrov namoz oʻqishga chogʻlanardilar.
(Abu Dovud va Ahmad rivoyat qilgan. Rivoyat sanadi sahih).

Qolaversa, ishi yurishmayotgan odam koʻproq istigʻfor aytadi.

Zero, Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar:
“Kimda-kim koʻp istigʻfor aytsa, Alloh oʻsha (banda) uchun har qanday gʻam-tashvish va tanglikdan chiqish yoʻlini (paydo) qiladi, uni oʻzi oʻylamagan tomondan rizqlantiradi”. (Abu Dovud, Ahmad, Tabaroniy va Hokim rivoyat qilgan).

Qiyin damlarda duoga yanada koʻproq eʼtibor berilsa, maqsadga muvofiq boʻladi.

Ibn Umar roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Albatta duo tushgan va tushmagan narsalarda foyda beradi. Shunday ekan, ey, Allohning bandalari, sizlar oʻzingizga duo qilishni lozim tutinglar”

(Termiziy va Hokim rivoyat qilgan. Hadis sanadi hasan).

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallamga salavot aytilsa, boshga tushgan gʻam-gʻussa ariydi.

Siz qavm-qarindosh, yor- birodarlaringizni, eng asosiysi ota- onangizni ranjitmaganmisiz, ularga yaxshi muomalada boʻlasizmi? Yaqinlaringiz koʻnglini ogʻritganmisiz?
Mana shu jihatga ham eʼtibor bering.
Chunki ota-onasini norozi qilgan “farzand”ning zinhor biri ikki boʻlmaydi..

Xullas, siz ibodatlarga mustahkam boʻling, doim Allohni zikr qiling, Oʻzigagina suyaning. Keyin, feʼlingizni kengroq qiling, huda-behudaga jigʻibiyron boʻlavermang, har qanday ishni ogʻir-vazminlik bilan hal qiling. Hammasi Allohdan ekanligiga ishoning!

🌥 Yangi kun muborak, aziz dindoshim ))

@falsafasi_hayot 🕊
34😢16👍6❤‍🔥4👏2
Agar sizga: "Sen imkonsiz narsa haqida orzu qilyabsan" deyishsa, shunday deya javob bering:
☝️Mening Robbim hamma narsaga qodir!..

@falsafasi_hayot 🍃
38👍1110🔥5
"Bandaning kuchi tugagan joyda Allohning yordami boshlanadi, umidingizni yo'qotmang". Allohga ishoning!

@falsafasi_hayot 🍃
55😭13🔥64

Tarjima

-- Otajon!
-- Labbay?
-- Messi afsonami yoki Ronaldumi?
-- Qur’oni Karimning barchasini bir rakatda o‘qigan Usmon ibn Affon afsonadir, bolam... ☺️

@falsafasi_hayot 🕊️
88👍7😢51
​​🌿 Insoniylik millat tanlamaydi!

Afg‘onistonda, Salang tonneli yonidagi tog‘larda, dengiz sathidan 3000 metr balandlikda joylashgan yo‘l chetida, Askar halok bo‘lgan joyda yulduzcha hamda «Malsin Sergey V. 1965–85» deb yozilgan granit tosh sukut bilan turibdi. Qo‘shinlar Afg‘onistondan chiqib ketganidan keyin yuzlab yodgorliklar tahqirlandi va yo‘q qilindi, ammo bu yodgorlik hech qachon buzilmadi, aksincha u doim asrandi, tozalanib, go‘zal holatda saqlandi.

Sergey Malsin Nijniy Novgorod viloyatidan bo‘lgan oddiy yigirma yoshli yigit edi. U armiya yuk mashinasi haydovchisi bo‘lib xizmat qilgan va ko‘pincha xavfli hamda tor Salang dovoni orqali yuk tashir edi. Bir kuni Sergey o‘z mashinasini tonneldan olib chiqib kelar ekan, to‘satdan to‘g‘risida to‘liq tezlikda kelishayotgan avtobusni ko‘rib qoladi. Avtobus ichida ham, hatto tomida ham asosan bolalar bo‘lgan o‘nlab tinch afg‘onistonliklar bor edi. Hisob soniyalarga bog‘liq edi. Agar to‘qnashuv bo‘lsa, avtobus jarga tushib ketishi mumkin edi. Sergey rulni keskin burib, o‘z yuk mashinasini tik tog‘ devori tomon hidoyat qiladi va yo‘lni avtobusga bo‘shatib beradi. Mashina parcha-parcha bo‘lib ketadi, lekin avtobusdagi bolalarning birortasiga ham zarar yetmaydi. Uning tirik qolish imkoniyati yo‘q edi — u bu soniyalar hayotining so‘nggi lahzalari ekanini aniq anglab turgan.

Yodgorlik Sergey halok bo‘lgan maskanning aynan o‘zida o‘rnatilgan. U doim tozalanadi, yaqinda unga suv keltirish uchun quvur ham o‘rnatildi. Endilikda u issiq fasllarda ishlab turadigan kichik qo‘l kuchi bilan yaratilgan favvoraga aylandi.
Afg‘onistonlik haydovchilar bu yodgorlik oldida muntazam to‘xtashadi, suv ichishadi, kuch to‘plashadi va o‘z hayotini o‘nlab odamlarni qutqarish uchun fido qilgan oddiy askarning jasoratini yodga olishadi.


@falsafasi_hayot 🍃
❤‍🔥21💔105😍2
​​🌿 Londonda har kuni metro bekatiga kelib, platformada o‘tiruvchi ayol bor. U bu yerga faqat bitta ovozni eshitish uchun keladi — 1950-yillarda yozib olingan yo‘lovchilar uchun e’lon ovozi. “Mind the gap” (“Oraliqqa e’tibor bering”) degan bu iborani hamma biladi — poyezddan tushganda ehtiyot bo‘lishni eslatadigan so‘zlar. Bu ovozni esa Margaret MakKolumning turmush o‘rtog‘i — Osvald Lourens yozib qoldirgan.

2003-yilda Osvald vafot etdi. Uning o‘limi Margaret yuragida ulkan bo‘shliq qoldirdi. Ammo ayol uning huzurini his qilishning bir yo‘lini topdi — har kuni metro bekatiga kelib, sevganining ovozini eshitadi. Faqat bitta jumla, ammo shu so‘z orqali u yana uning yonida bo‘ladi.

Vaqt o‘tib, texnologiya rivojlandi va bu inson ovozi o‘rniga xis-tuyg‘usiz robot ovozi qo‘yildi. Margaret bu holatdan keyin London transport boshqarmasiga murojaat qilib, erining ovozi yozilgan kassetani so‘radi — shunda u uni uyda eshitishi mumkin bo‘lardi.

Bu yurakni titratuvchi hikoyani eshitgan kompaniya ayolning iltimosini rad etmadi. Ular Osvaldning ovozini tiklab, uni Margaret yashaydigan mahalladagi yagona bekat — Embankmentda qayta joriy qilishdi. Endi shu bekatdan o‘tuvchi har bir yo‘lovchi Osvald Lourensning “Mind the gap” degan ovozini eshitishi mumkin.

Bu go‘zal ish orqali shahar ma’muriyati bizga bir narsani eslatadi: abadiy muhabbat haqiqatan ham mavjud.

Anna Glok "Nezatoptannaya Angliya".

@falsafasi_hayot 🍃
🔥1715😢6❤‍🔥3🕊1
—Бу ерга ётинг, мени вақтим йўқ .
Доктор аёл жахл қилди.
Розия секин айтилган жойга ётди. Кўзларидан беихтиёр ёш оқарди.
—Бунча вахима қиласиз? Шу биргина апаратга тушиш қийинми?
Доктор, Розияни қорнига апаратини қўйди.
—Куёвбола, яқинроқ келинг.
Доктор Диёрга қаради.
—Аёлингиз хомиладор.
—Нима? Зўрку Аллоҳга шукур, Нигинамни қайтариб берди.
Қумри опа, йиғлаб юборди.
—Шошманг, сиз охригача эшитинг .
Диёр, Қумри опага қараб гапирди.
—Боласи қанчалик бўлибди?
Диёр жиддий қиёфада гапирди.
—Икки ярим ойлик, тез орада жинси хам анниқланади.
—Мени келганимга қанча бўлди ва қизингиздан сўрангчи, мен келганимдан буён қўлимни учини теккиздиммикин?...
2
QIZ

• Otadan so‘rashibdi:
- Qiz yaxshimi, o‘g‘il?!
- Qiz! -, debdi ota, shosha-pisha.
- Nimaga?-, deyishibdi.
- Yoshligimda onam eng shirin taomlarni pishirib, oxirgi luqmasini ham mening og‘zimga qo‘yardi.
• Yesam ko‘zlari quvnardi. Keyin uylandim, ayolim shirin taomlar pishirib, menga beradi, yesam o‘zi yegandek xursand bo‘ladi.
• Qiz ko‘rdik, dasturxonda o‘tirsak qizim o‘zi yaxshi ko‘rgan yegulikni olib, menga yedirmoqchi bo‘ladi, yesam xursand bo‘ladi…
• Keyin o‘g‘il ko‘rdik, dasturxonda nimani yegim kelib, ko‘zim o‘shanga tushsa o‘g‘lim o‘shani mendan oldin shartta olib og‘ziga tiqadi…
• Mendan oldin ulgurganiga xursand bo‘ladi, yaramas…)
• Xullas qiz boshqacha-, dermish…
• Sizlarda ham shundaymi?!)
• Allohim!
• Qizi yo‘qqa qiz, o‘g‘li yo‘qqa o‘g‘il, farzandi yo‘qqa aralash farzandlar ato qil!
• Ulg‘ayishib ummatning ozod va baxtli kunlarini ham ko‘rishsin!
• Omin!

@falsafasi_hayot 🍃
26❤‍🔥4
Учта кампир гаплашиб ўтиришибди.😁

Биринчи кампир: ⠀
— Ёшим 60 га чиқди, биттаям тишим тушмаган, туф-туф кўз тегмасин, - дебди.
Иккинчи кампир:⠀
— Ёшим 65 га чиқди. Сочларим ҳудди ёшлигимдагидай қалин, қора. Туф-туф кўз тегмасин, - дебди.
Учинчи кампир:
— Мақтанишга бошқа нарса тополмадиларми? Тўғри ёшим силарникидан анча катта. 70 даман, тишларим аллақачон тўкилиб, сочларим ҳам оқариб ётибди. Лекин ман...
😅 Давом
1
#ЖИРКАНЧ_ҲИЁНАТ
—Дадам ҳали ҳам қайтмадимикан? -дадасини хонаси олдидан ўтаркан. Оёқ кийимга кўзи тушмагач ҳайрон бўлди. Аёлидан ҳавотир ҳам олди. Ҳомиладорлигида чўчиб кетмасин деб.
—Дадамни оёқ кийими? У бу ерда нима қиляпти? -ўз уйи айвонида турган. Бир ҳафта олдин дадасига олиб келган тапичкасини кўриб ҳайрон бўлди. —Ўғлим ўйнаб олиб келган бўлса керак.
Ўзига-ўзи гапирар экан. Хоналаридан ғўнғир-ғўнғир овозлар келди.
—Ҳали ҳам ухламабдимикан? Ўғлим эркалиб қилаётган бўлса керак.
Иссиқ ҳаво...
Эшик-деразалар очиқ. Аммо пардалари тўсилган хона.
Собир аста хонасига қадам босди...
Не кўз билан кўрсинки....😱😱
2025/10/22 14:46:55
Back to Top
HTML Embed Code: