Telegram Web Link
🌿 Jannat xaqida qisqacha bilmagan narsalaringizni bilib oling!

Jannatda nimalar bor va nimalar yo'q:

1. Jannatda abadiy xursandchilik bor mahzunlik yo'q

2. Jannatda abadiy quvvat bor uyqu yo'q

3. Jannatda abadiy yoshlik bor qariling yo'q

4. Jannatda abadiy salomatlik bor kasallik yo'q

5. Jannatda Alloh Ta'allohni roziligi bor g'azabi yo'q

6. Jannatda Alloh Ta'allohni jamoli bor bundan buyuk mukofot yo'q

Shunday Jannat uchun xarakat qilmaymizmi?

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Imkoniyat hammaga beriladi...

E’londa shunday yozilgandi:
- Dengiz bo‘yidagi uch qavatli villa sotiladi. Basseyn va bog‘i bor. Narxi bir dollar.
- Bema’nilik! - ming‘irladi daydi va gazetani irg‘itib yubordi.
Ko‘chada yegulik izlab yurib, devorga osilgan e’longa ko‘zi tushdi:
- Dengiz bo‘yidagi uch qavatli villa sotiladi. Basseyn va bog‘i bor. Narxi bir dollar.
- Adashib yozishganmikin? - o‘yladi u va yo‘lida davom etdi.
Shohko‘chaga chiqqach, katta qilib yozilgan e’lonni ko‘rdi:
- Dengiz bo‘yidagi uch qavatli villa sotiladi. Basseyn va bog‘i bor. Narxi bir dollar.

Daydi o‘ylanib qoldi. U bunday e’lonni qaysi ahmoq yozganligini bilishga qiziqdi va tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldi. Uning cho‘ntagida bir dollaridan boshqa yo‘qotadigan narsasi yo‘q edi. E’londagi manzilga borib, villaga ko‘zi tushdi.

Eshik qo‘ng‘irog‘ini chaldi. Eshikni bir go‘zal ayol ochdi.
- Kechirasiz, e’lon bo‘yicha keluvdim. Bu hazilmi?
- Nima deyapsiz! Aslo, hazil emas.
- Narxini aytaman: bir dollarmi?
- Ha bir dollar. Agar sotib olishni istasangiz, marhamat, kirib ko‘rishingiz mumkin.

Ko‘rganlaridan quvonchga to‘lgan daydi so‘nggi dollarini ayolga berdi va muhtasham villa sohibiga aylandi. Lekin baribir uning narxi nima uchun bunchalik arzonligini bilishga qiziqdi. Ayol unga jilmayganicha javob berdi:
- Marhum erim o‘limidan oldin qilgan vasiyatida ushbu villani sotishimni va pulini uning ma’shuqasiga berishimni aytgan. Erimning vasiyatini bajarishim kerak-ku. E’lon yarim yil osilib turdi va birgina siz ushbu e’longa qiziqib keldingiz...

Ozgina tabassum 🙃

@falsafasi_hayot 🍃
🌿💚 Aka....

Aka to‘rtta bolasi bilan yosh beva qolgan singlisidan habar olgani bordi.
Borsa, singlisi uyda yo‘q. Jiyanlari varrak yasab o‘tirishibdi.
-Onangni ancha bo‘ldimi ketganiga?!
-Bir soatcha bo‘ldi- dedi salafanga cho‘p bog‘layotgan bola.
-Nimaga ketdi?!
-Raisdan un so‘ragani ketdi, nonimiz qolmadi...
Aka bir bezovta qimirlab qo‘ydi.
-Salafanni qayerdan olding?
-Molxonani eshigida turgandi, varrakni uchirib bo‘lib, yana qoqib qo‘yamiz...
-Ungacha sigir sovqotsinmi?!
Bola yerga qaradi.
-Sigirni sog‘yapsizlarmi o‘zi?!
-Ha onam sog‘ib shirguruch qilib beryaptilar...
-Hmm. Yana qanaqa ovqat qilib beryapti?!
- Shirguruch... Shirqovoq...
Aka o‘rnidan turdi, odatda darsi erta tugagan kunlari kelib, singlisiga qurayotgan issiqxonasida ishlardi. Mehnat qurollari o‘sha yerda saqlanardi. Bolalar molxona eshigidan sug‘urib olgan salafanni bolg‘achani olib chiqib qayta qoqdi. Bolalar foydalanib, otib ketishgan "mix sug‘urgich" ni yerdan olib issiqxonaga qo‘yib chiqdi.
Shu bilan bolalarga "tezda kelaman, onang kelsa biron joyga ketmay tursin" deb tayinlab, velosepedini yetaklab chiqib ketdi.
Akasi kelganini bolalaridan eshitgan Otikani ichi zil ketdi. " Akam men tirik ekanman, birovga yalinmagin" deb ko‘p aytardilar, jahllari chiqqan bo‘lsa kerak" deb o‘yladi.
Shom cho‘kdi. Eshik bezovta taqqilladi. Otika yugurib borib, eshikni ochdi: ostonada peshonasidan makkadek-makkadek ter chiqib ketgan, velosepedi qorniga bir qop unni tiqib olgan akasi jilmayib turardi.
-Voy aka-ya, terlab ketganizi qarang, yo‘llarimiz adir, pastlik, tepaga yuk bilan chiqish qiyin bo‘lgandir-a?! Bollalar ahmoq, sizni urintirib qo‘ydikmi, o‘zizni sakkizta bolangiz bor, ortiqcha yuk bo‘lmay digandim, nima qilardiz a, ovvora bo‘lib...
Otika tinmay javrar, yengi bilan akasining peshonasidagi terlarni artib, yig‘lamsirab aylanib o‘rgilar edi.
- Ey Otika singil uchun aka bug‘doyzorni ezib o‘tsa, gunoh bo‘lmas ekan, baland-pasni gapirasan a?! Chaqir Bahodirjonni, unga varrak olib keldim, faqat tomda uchirmasin, bohabar bo‘l!
Endi esa kirib, bir piyola sovuq choying bo‘lsa olib chiq! Otika sovuq choy uchun uyga yugurib kirib ketdi.

@falsafasi_hayot 🍃
🌿Men bolalik chog‘imda otamdan biz “Lazi (gruzin) millatidanmizmi?” deb so‘raganimda, otam esa, otasiga xuddi shunday savol bilan murojaat qilganida, bobom juda chiroyli javob bergan ekanlar;

"O‘g‘lim, biz bu dunyoni tark etib, yaratganning oldiga borganimizda: «Robbing kim, Payg‘ambaring kim, qaysi dindansan?”, deb so‘ralamiz. Biroq hech kim qaysi millat, qaysi rangdaligi so‘ralmaydi. Shuning uchun millating kim deb so‘ralsang, doimo "MEN MUSULMONMAN" deb, javob berishni ta’kidlagan ekanlar!

— Rajab Toyyib Erdog‘an,
Turkiya Prezidenti


@falsafasi_hayot 🍃
🌿 - O‘qi, gulim, sen faqat o‘qi... Ertaga o‘zingdan-da ilmli bo‘lgan ummatni tarbiyalashing kerak...

Qo‘lingdan ko‘p narsa keladi, charchadim dema, eplay olmayman dema. Sen barini uddalaysan. Seni bu yo‘lda qo‘llaguvchi Robbing bor, shuni unutma...

@falsafasi_hayot 🍃
🌿💚...

- Ba'zida judayam injiq, ba'zida yigʼloqi boʼlib qolaman. Aybga buyurmang...

- Injiqliklaringni men koʼtarmasam, kim koʼtaradi, gulim?. Uyqingning tayini yo 'q. Sogʼligingdan, halovatingdan kechib, joning azobda qolib... farzandlarimni dunyoga keltirding... Ularning hamma erkaliklarini ogʼrinmay koʼtarasan. Nega endi men sening arzimas injiqlaringni ko tarolmas ekanman?!

@falsafasi_hayot 🍃

🌿 Ishq bir hasratdir..
Hojar onamizdek bir goʻdak bilan choʻllarda Allohga omonat yashamoqdir.

🌿 Ishq ishonchdir...
Ibrohim Xalilullohdek eng sevganini eng sevganiga ikrom qilmoqdir.

🌿 Ishq hayodir..
Odam Atodek gunohlardan uyalib qirq yil osmonga qaray olmasdan yigʻlab, avf soʻramoqdir.

🌿 Ishq fidoyilikdir..
Yaʼqub alayhissalom kabi Allohga qilgan birgina xatosi uchun eng suyganining firoqida hijronda yashamoqdir.

🌿 Ishq fidokorlikdir.. Xuddiki bor davlatini din uchun fido qilgan Xadicha onamizdek.

🌿 Ishq rashkdir..
Xuddiki Oisha onamizdek, vafot etgan boʻlsalar ham sevganlarini Xadicha onamizdan qizgʻanib koʻz yosh toʻkkandek.

🌿 Ishq kechirishdir..
Yusuf alayhissalomdek oʻziga minglarcha xiyonatlarga sevgi bilan javob bergandek.

🌿Ishq yigʻlamoqdir.. Tanimaydigan ummatining gunohlari uchun yigʻlamoq kabi..

🌿Ishq Alloh uchun moʻminni sevmoqdir...Xuddiki Sevimlisi Hamzaning jigarini sugʻurib olgan Vahshiydan moʻmin boʻlgani uchun nafratlanmagan Habibimiz (s.a.v)dir..!

@falsafasi_hayot 🕊
🌿 Yolg‘onchi

- Qo‘rqma qizalog‘im, men yaxshiman, - deya yupatdi isitma aralash hansirayotgan ayol. Besh-olti yoshlar atrofidagi qizcha yig‘lashdan to‘xtab bir muddat onasiga tikildi. Ammo yaxshiligiga ishonmadi shekilli yana yig‘lay boshladi. Shu payt dadasi kelib qoldi. Yuziga umidvor tikilib turgan qizalog‘iga nima deyishini bilmay bir oz o‘ylanib turdi.
- Onam o‘ladimi? - so‘radi qizcha to‘satdan.
- Kim aytdi bu gapni?
- Kecha o‘lsam, uylansangiz ham qizimni zinhor bolalar uyiga bermang, menga o‘xshab mehrga zor bo‘lmasin, dedilar-ku.
- Onang yolg‘on gapiribdi, hali uzoq yashaydi.
Qiz bolaligidagi shu xotiralarni eslab mehribonlik uyi derazasiga tikilar ekan, haqiqiy yolg‘onchi kim ekanligi haqida o‘ylardi.

— Saida Ibodinova

@falsafasi_hayot 🍃
❗️Payg‘ambarimiz Sollallohu Alayhi Vasallam sevib iste’mol qilgan 10ta oziq-ovqat:

• Arpa;
• Xurmo;
• Anjir;
• Uzum;
• Asal;
• Tarvuz;
• Sut;
• Qo‘ziqorin;
• Zaytun yog‘i;
• Anor.

@falsafasi_hayot 🍃
Mahzun bòlmang!
Taqdir qilguvchi Zot barcha narsani hikmatsiz qilmasligi va bandaga nima foydali ekanligini bilguvchiroqdir...

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Nasiba...

Deraza ortidan lip etib sharpa o‘tdi.
- Ashraf ota, - dedi Oyjamol.
– Nima qildik?
Er-xotin jigar qovurib, endi yemoqchi bo‘lib turishgan edi. Egamqul aftini keskin burishtirib:
- Oshga pashsha tushdi. Yashir, - dedi.
- Ko‘zimiz uchib turuvdi-ya! Qorong‘udayam tinmaydi bu chol...

Oyjamol qovurdoqni yashirdi. Eshik ochildi, ro‘molga tovoq tugib olgan chol ko‘rindi.

— Kampir osh qiluvdi, - dedi chol.
— Sizlargayam ilindik…

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Usmoniylar davrida qishning sovuq kunlarining birida, bir kishi derazadan tashqarini tamosha qilayotib, sut-qatiq sotuvchining ovozini eshitib, xotiniga debdi:
- Sut-qatiq olaylikmi onasi?
- Xamma narsa bor, sut-qatiqqa extiyojimiz yo‘q.
- Bizni extiyojimiz bo‘lmasa, sut-qatiqchining extiyoji bor. Bu sovuqda bu ko‘chadan uchinchi bor o‘tishi...

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Diqqat: hovli sotiladi!

• Darvozalari: sakkizta.
• Kaliti: «Laa ilaaha illalloh».
• Oltin va kumush g‘ishtdan qurilgan.
• Maydoni: Yer va osmon oralig‘icha.
• Narxi: Allohga hech narsani sherik qilmaslik.
• Xarid sanasi: Qiyomat kuni.
• Xususiy egasi: taqvodorlar.
• Manzili: Firdavs.
• Nomi: Jannat.

Alloh taolo barchamizni ana shu makon ahlidan qilsin!


@falsafasi_hayot 🍃
🌿🤲🏻...

O'glim....
Bugun kiprigimda asrab-avaylaganim, duru gavharimni sizga - egasiga topshirdim.. Kechagina jajji qoʻlchalari bilan bo'ynimdan quchib, meni ishga kuzatib qo'ygan qizalogʻimni bugun ortidan duo qilib, men kuzatib qoldim... Ota uyiga mehmon qizim oqqush misol kelin bo'lib, uyimizni huvillatib ketdi... O'glim.. Sizdan iltimos.. qalbimning bir parchasi boʻlgan qaro ko'zligimni ehtiyot qiling,.. Onasi halitdan burchak-burchaklarda yigʼlab olyapti... Ko'nikkunimizgacha yo'qlab turinglar, yo'q bo'lib ketmanglar... Qizimni sizga, sizni Allohga topshirdim...

🍃 Har bir qiz uzatgan otani qalbidan shular kechishi aniq, iltimos kimnidir asrab avab oʻstirgan omonatiga hiyonat qilmang...

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Uy—bu devor yoki jihozlar, chiroyli ta’mirlangan shift emas...
Bu—boʻshliqni toʻldiradigan iliqlik.
Bu—javonlarga orasta qilib taxlangan, ba’zan esa, tartibsiz yotadigan narsalar.
Bu—muxabbat bilan tayyorlangan taom.
Bu—yaqin insoning bilan boʻlishishing mumkin boʻlgan choyshab.
Bu—choy uchun finjonlar, birgalikda oʻqish uchun kitoblar, tongi bagʻriga bosishlar, tungi suhbatlar.
Bu—oilaviy oʻchoq.
Bu—sen bilan birga, shu yerda hayot kechiradiganlar yaratadigan shinamlik.
Axir, eng avvalo uy—bu insonlar.
Aynan shu insonlar har kuni, sen his qilishni istagan shukuhni yaratib beradi.
Bu—seni kutishlarini bilgan holda, takror va takror qaytishni istaydigan joying.
Yaxshi koʻrgan ishing bilan shugʻullanish, mexr va muxabbat ulashish.
“Uydaman” degan iborani hamma har xil tushunadi.
Men uchun esa, bir-biriga yaqin boʻlish—uyda boʻlishni anglatadi. 🏠🤍

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 "Hayotdan hursandman" derdi u baxtiyor jilmayib, kampiridan keyin ancha cho‘kib qolgan bo‘lsa-da...

Rostdanam hayotdan roziga o‘xshardi...

Chunki uning telefoniga "tring" etib xabarlar kelardi. Noma’lum kimlardandir...

Ko‘chada kim bilandir quyuq so‘rashardi, xuddi yaqin tanishidek uyiga chorlardi...

Hiyobonga chiqib yam-yashil maysaga termulib, baxtiyor jilmayib kimnidir o‘ylardi. Balki xotiralarni eslar...

Kechalari esa uyidan xira yog‘du taralardi.

Vafot etdi. Uzoqdagi "qizi" keldi. O‘g‘li kela olmadi...

"Otangiz juda xursand yashardi, kimlar bilandir xabarlashib turardi" deyishdi.

Qiz yelka qisdi. Telefonini topib qarashdi.
Maysaning suratlari, MCHS xabarlari yana tinmay terilgan lekin gaplashishning iloji bo‘lmagan raqamlar bor ekan...

©️Azizaxon Ismoilova

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Erkaklardan biri aytadi: “Ayolimga biroz qattiqqo‘llik qilib yuborsam yoki u va men o‘zaro janjallashib qolsak yoki biron muammo ustida tortishib qolsak, jahl bilan tezroq xonadan chiqib ketishga harakat qilaman. Ko‘cha eshigi oldida yetib bormayman hamki, vallohi, ichkariga qaytib undan uzr so‘rab ko‘nglini olish, yarashib olish ishtiyoqi qalbimni to‘ldirib oladi. Bu haqda unga aytib berganimda, u mendan: “Bilasizmi, nega bunday bo‘ladi?” deb so‘radi. Men: “Yo‘q, nimaga ekan?”, dedim. U: “o‘zaro janjalimizdan so‘ng xonadan chiqishingiz bilan men tinmay istig‘for ayta boshlayman. Keyin esa siz kirib kelasiz va uzr-ma’zur aytib, ko‘nglimni ola boshlaysiz” deb javob berdi. Ha birodarlar, (buning sababi) Alloh taolo bayon qilgan ushbu istig‘fordir: “Modomiki, ular istig‘for aytar ekanlar, Alloh ularni azoblovchi emas”, Anfol surasi, 33-oyat.

@falsafasi_hayot 🍃
🍀 Bir yigit ushbu suratni ijtimoiy tarmoqqa joylab, shunday deb yozibdi:

Men uch yildan beri ishlayman va birinchi olgan maoshimdan boshlab xar oy bir qismini onamga beraman, toki menga qilgan yaxshiliklarini oz bo‘lsada qaytarmoqchi bo‘laman.

Kuni kecha meni chaqirib, menga bir sumkacha berib, shunday dedilar: Bu, menga bergan pullaring, ol! Undan bir riyol xam ishlatmadim. Uni sening to‘yinga yig‘ib qo‘ydim, ol, 18,000 riyol (salkam 5000$).

Onangiz bilan musobaqalashsangiz, shuni bilingki, mag‘lub - doimo siz bo‘lasiz...

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Ota qiziga "Falonchi sizni zikr qilmoqda" dedi, qiz tabassum qildi. Shu bilan rozilik berdilar.

Nazokat, farosatni qarang! Ota va qiz bir-birini tushunishini qarang! Bu ota Muhammad sollallohu alayhi va sallam, qiz esa Zaynab roziyallohu anho edilar!

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Keksa ayol kafega kirdi. Ofisiant qiz unga taomnoma keltirdi va nima buyurtma qilishini so‘radi.
Onaxon so‘radi:
- Bir bo‘lak tort qancha turadi?
- Uch yevro,- deya javob berdi ofisiant.
Keksa ayol cho‘ntagidan bir hovuch mayda-chuyda pul chiqardi va ohista sanay boshladi. So‘ng yana so‘radi:
- Bir bo‘lak oddiy keks qancha?
Ofisiant qiz ayolga g‘azab bilan tikildi. Ko‘p stolga qarashi kerak edi,shuning uchun biroz shoshayotgandi. Besabrlik bilan javob berdi:
- Ikki yevro!
- Yaxshi.Unda bir bo‘lak oddiy keks olaman!- dedi onaxon.
Ofisiant qiz jahl bilan keksni olib keldi va hisob varaqasini stol ustiga tashladi. Ketayotib "Qurumsoqlar" deya o‘zicha g‘udranib qo‘ydi.

Keksa ayol shirinlikni yeb bo‘lib ohista qo‘zg‘aldi. Pulni stol ustiga qo‘yib,kafedan chiqdi. Ofisiant qiz stolni tozalash uchun kelib, keksa ayolning bir yevro choychaqa tashlab ketganini ko‘rdi. Ko‘zlari yoshlandi. Ayol qizga choychaqa berish uchun oddiy keks yegandi.Lekin u onaxondan uzr so‘rashga kechikkandi...

@falsafasi_hayot 🍃
2025/06/30 19:22:13
Back to Top
HTML Embed Code: