Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Kunni go‘zal niyat bilan boshlang, «Bugun albatta yaxshiliklar bo‘ladi!» - deya, yaxshi gumonda bo‘ling.

Chunki kuningiz - ko‘zingiz bilan  ko‘rganingizdek emas, qalbingiz bilan ko‘rganingizdek o‘tadi.

Kuningiz va ko‘nglingiz
oydin bo‘lsin!

Yangi kun muborak, qadrligim

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Surat sohibi aytadi: Tuyaning hovuzda o‘tirib, so‘ngra o‘rnidan turib bo‘talog‘ini emizayotganini ko‘rib, hayratda qoldim va tuya sohibidan buning sababini so‘radim.

Tuya egasi: Bunday jazirama kunlarda tuya bolasini emizishdan oldin sutini sovutish uchun hovuzga o‘tiradi, so‘ng o‘rnidan turib, bolasini emizadi, deb javob berdi.

«Ular tuyaning qanday yaratilganiga nazar solmasmi?»

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Vafo...

• 1889 yil... Suriya, Shom shahri…
• Suratdagi sirtdagi kishining ismi Samir, nasroniy…
• Samirni ko‘tarib olgan kishi esa musulmon, ismi Muhammad.
• Samir nogiron edi, yurolmasdi, Shom ko‘chalarida kezishi uchun Muhammadga muhtoj edi…
• Muhammadning esa ko‘zi ojiz, u ko‘chadagi chuqurlarga tushib ketmasligi uchun sirtidagi Samirga muhtoj edi.
• Ya’ni Samirning yurar oyog‘i Muhammad, Muhammadning ko‘rar ko‘zi Samir edi.
• Biri ko‘ra olar, ikkinchisi yura olardi!
• Bir-biriga suyangan ko‘r musulmon va cho‘loq nasroniy!
• Bu ikki do‘st birga yurib, birga turar, bitta joyda ishlab, bitta joyda dam olishardi.
• Samir eski shahardagi qahvaxonalarning birida qissalar aytar, Muhammad esa o‘sha qahvaxona eshigi oldida xumus sotardi…
• Kun kelib Samir vafot etdi!
• Uning vafoti Muhammadni og‘ir qayg‘uga soldi.
• Bir hafta uyini berkitib olib, yig‘ladi.
• So‘ngra uning uyiga yupatish uchun borgan insonlar vafot etgan holda topishdi!
• Vafo uchun diniy e’tiqod bir xil bo‘lishi shartmas, balki inson bo‘lish lozim xolos!
• O‘z dindoshining orqasidan xiyonat qilib yurganlarga zora ibrat bo‘lsin, vafodorlarga oqibatda mujda bo‘lsin deb, ushbu tarixiy hodisani sizlarga ham ilindim.

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Arab saytlarida koʻp aylanyapti shu voqea ...

Liviyalik yigit aeroportga yetib keldi, lekin hujjatlari tekshirish uchun ushlab qolinib, reysiga ulgurolmadi. Samolyot uchib ketdi, ammo ko‘p o‘tmay texnik nosozlik sababli yana aeroportga qaytdi.

Yigit shu vaqt mobaynida aeroportda qolib, moʻjiza bo‘lishiga umid qildi. Samolyot qaytganida u yana bortga chiqishga urinib ko‘rdi, ammo kapitan unga shunday dedi:
«Sen kech qolding — seni bortga qo‘ya olmayman».

Yigit qat’iylik bilan javob berdi:
«Men hajga ketyapman. Siz xohlamasangiz ham, men chiqaman».
Biroq samolyot yana usiz uchib ketdi. Va yana texnik nosozlik ro‘y berib, samolyot ikkinchi bor qaytdi.

Bu safar kapitan usiz uchishdan bosh tortdi.

Yigit bortga chiqdi va ular Saudiyaga omon-eson yetib borishdi.

Agar Alloh xohlasa — barcha to‘siqlarga qaramay, moʻjiza albatta ro‘y beradi.

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Hamd Robbim

Qalbim yanada qattiqlashdi, nigohlarim yanada sovuqlashdi…o’zgardim Robbiy…
Har safar bir zarba kelganida o’zgardim…o’zgardim…balki aynan shunday bo’lishim kerak edi…

Hamd Robbim…endi yanada dadil qadam bosyabman.
Hech kim uchun o’zimni fido qilmayabman.
Avval o’zimni eshtishni o’rganyabman.
Balki shuni o’rgatmoqchi eding…
Tushuna oldimmi, darsingni anglay oldimmi bilmadim…
Qayta-qayta zarba olmasdan, eng avvalida olishi kerak bo’lgan darsni olib, anglay oladiganlardan qilgin bizni!
Chunki bandalaring juda zayif…

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Uchta duo shak-shubhasiz qabul bo‘ladi: mazlumning duosi, musofirning duosi va ota-onaning farzandlari ziddiga qilgan duosi», dedilar».

"Onam maktabda o‘qiyotgan davrim, bir qog‘ozga hazilnamo ohangda " Ilohim katta bo‘lib uchuvchi bo‘lsang, o‘z samolyotingda meni Makkaga olib borgin" deb yozib ko‘ksimga osib qo‘ygandilar.
Mana hozir ulg‘ayib uchuvchi bo‘ldim.Men boshqarayotgan samolyot to‘g‘ri Makkaga uchmoqda.Yo‘lovchilar ichida onam ham bor!"

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Ayol o‘g‘lini bir shapaloq urdi!
Kech bo‘lganda qayerdan kelyapsan?
Bolakay o‘ng qo‘lini kuylagining ichiga tiqib olgan edi.
Yuzida ikkilanish zohir buldi!
Qirdan...
Nimadir o‘g‘irladingmi? Men uyda o‘tir degandimku.
Qani ko‘rsat!
Yana bitta tarsaki tushgach, bolakay qo‘ynidan bir dona boychechak chiqardi.
Izlab izlab bittagina topdim deya kurka pisa qo‘lini cho‘zdi onasiga....
Tug‘ilgan kuningiz bilan ayajon!!!.
Onaning ko‘zlarida yosh g‘iltilladi..."kechir...onangni bolam"...!_

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Sadaqa raddi balo...

Alloh bu yigitning jonini besh kundan so‘ng olishimni buyurdi.

-Bir kuni bir yigit va qiz Sulaymon alayhissalomni oldilariga kelib nikohlarini o‘qishni so‘radilar.
Sulaymon alayhissalom ham ularning nikohlarini o‘qidilar.
Ular ham sevinch ichida qaytdilar. Ular ketgach ortlaridan Azroil alayhissalom keldilar va:
- Ey Allohning Nabiysi! Sen bu ikki yoshning sevinchlari uzoq davom etadi, deb o‘ylama. Zotan, Alloh bu yigitning jonini besh kundan so‘ng olishimni buyurdi.
Hazrati Sulaymon alayhissalom o‘sha yigitni kuzata boshladilar. Ammo yigit besh oy o‘tsa ham yashashda davom etar edi. Nihoyat, Sulaymon alayhissalom buning sababini Azroil alayhissalomdan so‘radilar. Azroil alayhissalom shunday javob berdilar:
- O‘sha yigit sening oldingdan chiqqach, bir yo‘qsilga sadaqa qildi. Yo‘qsil xam umring uzoq bo‘lsin deb duo qildi. Alloh xam yo‘qsilning duosini qabul qildi va yigitning umri uzaytirildi dedi.

" Oilam bilan xar kuni bir xayot darsi o‘rganamiz kitobidan"

@falsafasi_hayot 🍃

🌿 Ota rizosi...

Toʻyga bir oy qolganda qiz yigit bilan uchrashib keldi-yu, unga tegmayman deb turib oldi. Bu gapni avval onasiga aytdi. Otasiga aytishdan qoʻrqdi. Chunki kuyov boʻlmishning otasi padari buzrukvori bilan juda qalin doʻst edilar. Taqdir ekan, ular boshqa viloyatga koʻchib ketishdi. Yillar oʻtib esa ikki doʻst oʻzaro rishtalarni mustahkamlash niyatida farzandlarining taqdirini bogʻlashga ahd qildilar. Qarangki, uchrashuvga chiqib kelgan qiz mening boshqalardan qayerim kam, deya yigʻlashdan tinmasdi. Hamma hayron. Keyin sababini bilishsa, yigitning oyogʻi oqsoq ekan. Bu gapni eshitgach, ota ham dovdirab qoldi. Lekin toʻyni qoldirishni isnod deb bildi.

Ayol yigʻlab dardini toʻkadi. Erkak esa ichiga yutadi. U yigitning aybini yashirgan doʻstidan xafa boʻldi. Biroq, yigit oqsab yursa-da aqli hushi joyida, toparmon-tutarmon, qalbi musaffo edi.

Ham otasining ezilayotganini koʻrgan, ham opasining iztirobiga dosh berolmagan singil oʻrtaga chiqdi:

— Mana men tegaman oʻshanga, — dedi. — Oyogʻi oqsagani hech narsamas, qalbi butun boʻlsa boʻldi. Otajonim, qaddingizni koʻtaring. El-yurt oldida yuzingiz shuvut boʻlishini xohlamayman!!!

Shu bilan toʻy ham oʻtdi. Opasining oʻrniga turmushga chiqqan singilning hozir toʻqqizta farzandi, 16 ta nabirasi bor.

Opa esa boy-badavlat oilaga kelin boʻldi. Ammo tirnoqqa zor boʻlib, armon bilan dunyodan oʻtib ketdi.

…Har gal shoirning:
«Inson qalbi bilan aslo oʻynashmang,
Inson qalbi bilan sen qilma hazil.
Inson qalbi – oftob aks etgan chashma,
Goh bulutday yengil, goh togʻlarday zil. Inson qalbi bilan hazillashmang, siz” deb boshlanuvchi sheʼrini oʻqisam, mana shu voqea lop etib koʻz oʻngimdan oʻtaveradi..!

@falsafasi_hayot 🕊
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☝🏻 Agar ishlaringiz yurishmayotgan boʻlsa;

💰 Rizq eshiklarim yopiq deb oʻylasangiz;

😥 Insonlarga muhtoj boʻlishdan charchagan boʻlsangiz - 🤲🏻 Ushbu duolarni kunda ixlos bilan ayting! Inshaalloh tez fursatda foydasini koʻra boshlaysiz!

🤲🏻 Duolar ketma-ketligi videoda batafsil koʻrsatib berilgan. Inshaallah manfaatli boʻlsin!

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Yandeks taksi chaqirdim. Mashina kelib, manzilga yo‘l oldik.
Hayol surib ketayapman. Xaydovchi yoshlari katta odam, mashinani nihoyatda yaxshi boshqarar ekanlar. Ko‘chalarni, odamlarni tomosha qilib, ko‘zim rulga qistirib qo‘yilgan qog‘ozga tushdi. Qarab qo‘yaveraman, qo‘yaveraman. Oxiri qiziqishim ustun kelib so‘radim:

-Amaki, anavi qog‘oz nimaaa?? 👀

-Qaysi? Xaa, bumi? Bu o‘zbekcha so‘zlarni inglizcha tarjimasi.

-Nega??

-Til o‘rganyapman. Chet elliklar ko‘p chiqyapti, yana Amerikagayam ketmoqchiman. Til o‘rgansam yaxshi ish topoliman. O‘zimga foyda.

-Qoyil lekin! Nechchi yoshdasiz, amaki?

-Ellikka kirdim...

50 yoshda ba’zilar "bo‘ldi, xayotimni yarmidan ko‘pini yashab qo‘ydim" deb, oyoq qo‘lni cho‘zvolishadi. Kimdir esa xayotini ikkinchi bahorini kutadi.

Izlanishdan tuxtamaylik, bizni ulkan marralar kutmokda xurmatli xaydovchilar...

Amakiga respekt! Yaxshi niyatlariga yetkazsin🤲

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Mushkianbar nima ekanini hamma bilsa kerak ammo uning qanday paydo bo‘lishi hammaga ham ma’lum emas.
Urg‘ochi oxu quralayni tuqqach qornining pastki qismida bir shish paydo bo‘ldi. U vaqt o‘tishi bilan kattarib rasmdagi tusga kiradi va oxuga og‘riq bera boshlaydi. Shu payt ona oxu undan qutilmoq uchun daraxtga ishqalanadi. Ishqalanish natijasida pishib yetilgan "shish" uzilib yerga tushadi. Uni topib, ochilsa ichidan yog‘ga o‘xshash ammo nihoyatda hushbo‘y xidli modda chiqadi. Anashuni mushkianbar deyiladi.

Ahir bu har narsaga qodir yaratgan egamni moʻjizasi boʻlmay nima?

Post foydali boʻlgan boʻlsa, reaksiyalaringizni qoldiring ☺️

@falsafasi_hayot 🍃
Zino yomg‘ir kabi yog‘ayotgan zamonda iffat shamsiyasi ila quruq qola olgan afifalar darxaqiqat jannatga loyiqdirlar...

@falsafasi_hayot 🍃
🍃 Taslim boʻlmang...

Yaxshi koʻrganlaringiz tashlab ketsa ham, dard ustiga dard cheksangiz ham, Hamyoningizda pulingiz tugasa ham, Ikki yuzli insonlar orqangizdan gapirib, kulsalar ham, Eng yaqin doʻstlaringiz sirtingizdan zarba berib, xiyonat qilsalar ham, Sizga hech kim tasalli boʻlmasa ham, Qadrlaganlaringiz koʻz yoshingizni artmasa ham, Yaxshilik qilgan insonlaringiz qiymatingizni bilmasa ham, Hayot oʻn boʻlakka boʻlsa ham,
Uch kunlik dunyo uchun hech biriga ranjimang...
Eng muhimi - jon sogʻligi...
Qolgani behuda gaplar...
O'zingiz bilan kelishishga harakat qiling...
Istasangiz ham istamasangiz ham hayot davom etadi...
Muhimi taslim boʻlmang...
Endi esa tabassum qiling 🙂


Reaksiyalaringizni kutaman ))

@falsafasi_hayot 🕊️
🍀 Shirmon non...

Er va xotin oʻttiz yil birga xayot kechirdi. Oʻttiz yillik xayoti davomida ayol xar kuni ertalab shirmon non yopar edi. Bu ish anʼanadek boʻlib qolgan edi. Nonushta vaqti ayol shirmoy nonni oʻrtasidan kesib, ikki qismiga xam sariyogʻ surtdi-da, odatdagidek nonning tepa qismini eriga berayotganda birdaniga toʻxtab qoldi...
U oʻyladi: “Birga yashaganimga oʻttiz yil toʻlgan bu kunda, shirmoy nonning men yaxshi koʻradigan sedanali, qizarib pishgan tepa qismini oʻzim yeyishni xoxlayman. Oʻttiz yil mobaynida yegim kelsa-da, bundan voz kechdim. Shu kungacha erim uchun namunali ayol boʻldim, solix farzandlarni tarbiya qildim, qarindoshlarni izzat, doʻstlarini xurmat qilib keldim. Vafodor, yaxshi beka boʻlib, uy-xoʻjalik ishlariga qaradim, oilamiz uchun qancha-qancha kuch va sogʻligʻimni sarf qildim. Xozir esimga kelmayotgan boʻlsa xam, yana koʻplab yaxshi ishlarni qilgan edim. Shunday ekan, shirmoy nonning tepa qismini mening xam yeyishga xaqqim bor”.
Oʻz fikrini maʼqullab, oʻttiz yillik anʼanani buzib, shirmoy nonning past qismini eriga uzatdi. Kutilmagan oʻzgarishdan er quvonib, ayoliga tabassum ila, shunday dedi:
- Azizam! Bugun menga qimmatbaxo sovgʻa taqdim etding. Buni qaragin, shirmoy nonning men uchun shirini boʻlgan past qismini yemaganimga xam oʻttiz yil boʻldi. Bu qismini xar erta yeyishni xoxlar edim, lekin shirmoy nonning shirin boʻlgan past qismi sening xaqqing boʻlganligi va men senga xar doim yaxshisini ilinganim uchun buni aytishga, soʻrashga botina olmadim.
Ayol aslida yaxshilik egasi kim ekanini tushundi. Tabassum bilan qalb tubidan shukr qildi.


@falsafasi_hayot 🕊
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Qo‘li kuyib qolgan qizcha bobosiga:
- “ Bobo, qo‘limni bir kuygani azobiga chidolmayapman, do‘zax azobiga qanday chidaymiz Bobo?!”
Qizchani bu so‘zlaridan ko‘zlariga yosh olgan keksa Bobosi:
- “ Ey bilmadim qizim, gunohlarimizni kechirsin Allohim”
Yig‘layotgan Bobosini yuzlaridan o‘pib, yupatish uchun qizchasi:
- “ Xammasi yaxshi bo‘ladi Bobo, qo‘rqmang jannat siz uchun ochiq”
Bobosi:
- “ Qizim boshing omon bo‘lsin”
Qizcha:
- “ Jannatga o‘zim olib kiraman bobo”…….

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 KO‘NGIL OLISH

Bir kishi uylandi. Bir necha yillardan so‘ng zavjasi ovqat qilayotgan paytda oshxonaga kirdi.

Ovqatning mazasini totib ko‘rdi. Ovqat sho‘r bo‘lgan edi. U g‘azablanmadi, idishlarni sindirmadi, xotinini so‘kmadi, qaynonasini qiziga ovqat qilishni o‘rgatmaganlikda ayblamadi.

Xotinining yelkasiga qo‘lini qo‘yib dedi:

-Bugun menga yangi kelin bo‘lgan vaqtingni eslatding. O‘shanda ovqat qilishni bilmas eding. Ovqatni tuzini ko‘p solib yuborar eding.

Xotini so‘radi:
- Bugun ham ovqat sho‘r bo‘libdimi?

Er dedi:
- Ha. Ammo bu menga eng saodatli kunlarimni eslatdi!

U zavjasining ko‘nglini oldi. Shu bilan birga o‘z istagiga go‘zal uslub bilan erishdi.

Insonlar tuyg‘usi va qalbidan ularga aziyat beradigan narsalarni olib tashlashning savobi, kishilar o‘tadigan yo‘ldan ularga aziyat beradigan narsalarni olib tashlashning savobidan kam emas!

@falsafasi_hayot 🍃
Gʻamginmisiz, istig‘for ayting!

Qarzdormisiz, istig‘for ayting!

Faqirmisiz, istig‘for ayting!

Bemormisiz, istig‘for ayting!

Zaifholmisiz, istig‘for ayting!

Bo‘ydoqmisiz, istig‘for ayting!

Befarzandmisiz, istig‘for ayting!

📿 Zero, yechim - Istig‘fordadir...

@falsafasi_hayot 🍃
Solih salaflar ehtiyojlari uchun qiladigan duolarini arafa kuniga saqlab qoʻyishar edi. Qanchadan qancha orzu umidlar va duolar arafa kuni oqshomida ijobat qilingan. Ramazon oyidagi qadr kecha qaysi kunligi aniq boʻlmagani uchun uni bilmaymiz. Ammo Zulhijjaning Arafa kuni haqida Alloh bizga aniq xabar berib qoʻygan. Shunday imkoniyat boʻlsa ham kamchilikka yoʻl qoʻyamizmi?
Agar arafa kunining oqshomida oʻzing bilan oʻzing xoli qolish imkoni boʻlsa, yaʼni xoli qolib duo qilish imkoni boʻlsa uni amalga oshir. U asr namozidan to shom namozining azonigacha boʻlgan fursat oraligidadir.
Solihlardan biri: Allohga qasam! Arafa kuni biror duo qilsam, bir yil oʻtmasidan turib uni xuddi tongni yorishgani kabi amalga oshganini koʻrdim", deb aytdi.

@falsafasi_hayot
🌿 ....Sizni kutishmagan joyga ~ oshiqmang, bormang...
....siz uchun yopilgan eshikni ~ taqqillatmang, ochmang...
....xaqiqiylari siz bilan qoladi, soxtalari baribir ketadi..
....qichqirmang, faryod urmang, sizni tushunadiganlar ohista shiviringizni, goxo sukutingiznida tushunadilar...
....kimga siz qadrlisiz ~ ular siz uchun albatta vaqt topadilar..
....kimga kerak emassiz ~ bor vaqtinida qizgʻonadilar...
....yoningizdagi siz unga kerak boʻlgan insonlarni qadrlang...
....siz unga kerak emas odamni qoʻyib yuboring, ushlamang...
....Shoshilmang. Hamma narsani oʻz vaqti bor..
....hayot aslida juda oddiy.....Biz uni oʻz dunyoqarashlarimiz bilan oʻzimiz uchun yasab olgan muammolarimiz bilan murakkablashtiramiz xolos..!

Malika Salimova


@falsafasi_hayot 🕊
2025/06/30 15:47:35
Back to Top
HTML Embed Code: