Telegram Web Link
🌿 — Qattiq shamollabmanmi, hech tuzalay, demayapman. Onamlarnikiga borib, davolanib kelsammikin? Siz ham bolalar bilan qiynalyapsiz...

— Qachon "Onamnikiga boraman",
desang, "yo'q" demayman, gulim.
Faqat bu holatda enmas. Sabr qilamiz. Davolanishing, yotib dam olishing, kuchga kirishing uchun hamma sharoitni qilib beraman. Nimaiki dard orttirgan bo'lsang, hammasi - men, roʼzgʼorim, farzandlarim tufayli bo'ldi.
Kerak boʼlsa, do'xtirga olib boraman,
davolanasan. Faqat ota-onangga
sezdirma. Ularnikiga o' ynab-kulib
borib kel. Kasalingni koʼtarib borma.
Bo'ldi, sen u xonadondan chiqib
ketding. Sen menikisan - muammolaring, dardlaring ham meniki...

@falsafasi_hayot 🍃
93😢15❤‍🔥12👏7🕊6👍3🐳2
🌿 Bir keksa ayol avtobusga chiqdi... Ammo o‘tirishga o‘rindiq topa olmadi... Bir kishi keksa ayol ehtirom ko‘rsatib, o‘rnini bo‘shatib berdi. Har yili hajga borgin, deb duo qildi... Keksa ayol duo qilganidan beri bu kishi hech vaqosi yo‘q kambag‘al bo‘lishiga qaramasdan to‘qqiz marta haj qildi... Yaxshiliklarga past nazar bilan qaramang ☺️

@falsafasi_hayot 🕊️
135👍27🔥17🕊10💯8😢5😇5
Zamzam — Allohning ajoyib moʻjizasi!

ka’batullohdan atigi 20 metr uzoqlikda joylashgan Zamzam qudug‘i har soniyada 18 litr suv chiqaradi. Quduqning chuqurligi esa 30 metrni tashkil etadi.

Olimlar quduqqa tushib, suv manbalarini aniqlash uchun harakat qilishdi. Lekin kompas ishlamay qoldi!

Gʻavvoslar chuqurroqqa tushishdi. Nazoratchilardan biri shunday dedi:

"Har 50 sm pastga tushganimizda, 50 yil o‘tmishga qaytgandek bo‘lardi!"

Ular quduqning to‘g‘ri chuqur tushib, oxirida Ka’ba tomonga egilib ketishini aniqlashdi. Bu qism tosh ichiga o‘yilgan bo‘lib, Zamzam suvi to‘planadigan tabiiy rezervuarga aylangan ekan.

Eng hayratlanarlisi: Ka’ba tarafidan kelayotgan manbalardan olingan suv namunalarini laboratoriyada tahlil qilishdi. Va natija:
Unda oddiy suvda uchraydigan hech qanday mikrob yo‘q!

Allohning moʻjizasi bo‘lmish Zamzam suvi nafaqat shifo, balki ilmni ham lol qoldiradi...

@falsafasi_hayot 🍃
110👍15🔥87
🌿 Sulton Abdulhamidxonning poyabzali yirtilganda uni o‘zi qaytadan tikib ta’mirlab olar edi.
Saroy xizmatchilari "Nega yangi poyabzal sotib olmaysiz" - mamlakatning boyligi o‘z qo‘lingizda-ku? - deyishganida, sulton: "Xazinadagi boylik meniki emas - xalqniki, men musulmonlarni xaqini o‘z extiyojim uchun sarflay olmayman, men bu yerga ularni bexuda sarflash uchun emas, uni muxofaza qilish uchun kelganman" - der edi.

Shu sababdan duradgorlik bilan shug‘ullanib, yog‘ochdan xar xil buyumlar yasar, xizmatchilar esa, buyumlarni bozorda sotib kelishar, tushgan pulni sulton o‘zi va oilasi extiyoji uchun sarflar edi.
Abdulxamidxonni taxtdan ag‘darishgach, uning saroyiga talonchilar ishonch bilan, katta boylik umidida sulton cheksiz boylikni yashirgan bo‘lsa kerak" - degan xayolda kirishadi.

Ular biror teshik tuynukni xam qoldirmasdan, xammayoqni tintib chiqishgach, taxorat qilish uchun suv to‘ldirilgan obdasta, sochiq va joynamozdan bo‘lak xech narsa topa olmaydilar va noumid u yerdan qaytib chiqib ketadilar.

- Obidxon Xamidov.

Reaksiyalaringizni qoldiring ))

@falsafasi_hayot 🍃
🔥6959😢43👍31👏82💔1
🌿 Bizning paytimizda g‘ijimlab otish yo‘q edi.
Yirtilsa, yamalar, tikilardi.
Hammasi yodimda — kattadan kichikka navbat bilan kiyilardi kiyimlar.
Ba’zan kichraygan kiyimlar o‘lchanar, kesilar, yopinchiq tikilardi.
"Uvol bo‘lmasin, qizim,- derdi buvim.- Bir joyga kerak bo‘ladi, bir narsaga kerak bo‘ladi..."

Bugun esa hamma narsa uvolu isrof.
Moddiy ne’matlarni qo‘ying, ma’naviy ne’matlaru, his- tuyg‘ular hattoki yaxshi insonlar ham uvol bo‘yapti...

@falsafasi_hayot 🍃
😢6927👍16💯14🔥10💔2
🌿 Bir kun xufton namozini o‘qishni endi boshlaganimda negadir Sharh surasini o‘qigim keldi. Judayam erkin xotirjamlik ila o‘qishni boshladim. O‘qir ekanman ''Innamal usri yusro'' deganda bo‘g‘zimga tiqildi. Yana qaytardim, yana qaytardim, yig‘ladim, yig‘ladimki. Ichimda aytyapmanki Robbim, menga aytyapsanmi? Sinovlarda qiynalib ozor chekayotganimni bilib menga shu so‘zlaringni menga yetkazyapsanmi deya yig‘lab o‘qidim.

Sharx surasi:

1. Sening ko‘ksingni keng qilib qo‘ymadikmi?
2. Va sening yukingni yengillatmadikmi?
3. Yelkangni bosib turganni?
4. Va sening zikringni yuqori ko‘tarmadikmi?
5. Bas, albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir.
6. Albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir.
7. Forig‘ bo‘lsang (ibodatga) uringin.
8. Va faqat Robbingga rag‘bat qilgin.

Tarjima: Tafsiri Xilol.

@falsafasi_hayot 🍃
103😢32🕊5🔥4💔21😁1
🌿 Erim meni sevishini asosiy sabablari:

— Xech qachon oilasini yomonlamadim;
— Onasini oʻzimni onamdan ortiq koʻrdim;
— Aka-ukalariga oʻz jigarlarimdek jon kuydirdim;
— Oʻzimni oilamdan uni oilasini ustun qoʻydim;
— Oqibatli boʻlishlari uchun xar xafta ovqat qilib chaqirdim;
— Erimni uyidagi gapni ona uyimga borib aytmadim.

Xozir shu ishlar odatimga aylangan!

@falsafasi_hayot 🍃
👍8133👏20😁16😢7🔥4🤓1
Bu fayzli inson butun dunyodagi eng go‘zal vazifaga ega. Uning yoshi 90 yoshdan oshgan va u Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning ravzalari kalitlariga ega bo‘lgan "Eshik og‘alaridan"dandir.

Ular mehmonlar uchun xonalarni ochish vazifasi bilan sharaflangan. Shuningdek, ularning vazifasi Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning Ravzalarini tozalashdir.

Tarixan, Ravza muhofizlari masjidun Nabaviyda chiroqlarni yoqish va xizmat qilish bilan ham shug‘ullanganlar.

Shayx Sarhitiy ismli bu kishi go‘zal atirlar to‘plashni o‘zlariga odat qilgan inson bo‘lgan, lekin u shunday degan: “Qasamki, men o‘sha xonalarni ochganimda, u yerdagi hidlardan go‘zalroq, xushbo‘yroq hidni hech qachon his qilmaganman.” 💚🌿

Shams.....

@falsafasi_hayot 🍃
131💯14😢10❤‍🔥9👏8🕊8
🌿💔....

Ota-onasini tez-tez yo'qlab borishni,
borganda ham urush-janjal, dilxiralik, ko'z yoshlar, yalinib-yolvorishlar bilan emas, xursandchilik bilan borib kelishni orzu qiladi... Eri uni jigarlaridan qizgʼonadimi yoki
gap o'rgatishadi, deb o'ylaydimi, har holda ota-onasinikiga boradigan kun qovogʻidan qor yog'adi. Uyiga ruxsat olish shunchalar qiyinki, yuragi bezillaydi.. Qani endi unga sog'inchini, hislarini tushuntirib bera olsa...

U ham farzand... toʼrtta non koʼtarib, ota-onasidan xabar olishni xohlaydi. Ammo non tugul, baʼzan yoʼlkirasiga ham pul topilmaydi. Uyda ikkitadan mashina boʻla turib, avtobusga osilib borgan paytlari ko'p... Quruq qoʻl bilan bormay deb, uydan nimadir pishirib oladi. Yo'l bo'yi oʻksiganidan
toʼyib-to'yib yigʼlagisi keladi. Ammo
ota-onasiga sezdirib qo'ymaslik uchun ko'z yoshlarini ichiga yutadi...

@falsafasi_hayot 🍃
😢8747💯7💔6🔥1
🌿 Yaxshi ayol bir vaqtni o‘zida hamma narsang bo‘la oladi.

U Bomdodga uyg‘otuvchi- budilnik, qorningni to‘yg‘azuvchi- oshpaz, g‘amgin paytlaringda- hamdard, hursand paytingda- hamsuhbat, kasal paytingda- tabib, mulkingni asrovchi- xazinabon, ko‘nglingni ovlovchi xuri-g‘ilmon, adashganingda yo‘lingni yorituvchi- fonus, bolalaringga-tarbiyachi, gunohlaringdan qo‘rib, poklovchi-masihingdir!.

Yaxshi erkak ham xuddi shu kabi, sen o‘sib ulg‘aygan va tashlab kelganing- u ortda qolgan yaqinlaring o‘rnini to‘ldirguvchi, otangday suyanch bo‘ladigan, onangday g‘amho‘rlik qiladigan, akangday sha’ningni o‘ylaydigan, opangday og‘riqlaringni so‘ramay o‘rnini topadigan, singlingday qalbingni izzat qiladigan, ukangday yoningga tirkog‘ichlik qiladigan, o‘ksitmaydigan, injitmaydigan va yolg‘iz ayollikni havas qildirmaydigan bo‘ladi!

Chunki umr qisqa. U yaxshi hamroh bilan o‘qilgan eng go‘zal hikoyaga aylanishi uchun ikki tomon ham bir-birini qadrlashi kerak!

©️Ummu Zaynab Ummu

@falsafasi_hayot 🍃
51🕊9😢5👍2💔1
🌿 Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning tuyalari — "Qasvo"ning ajab bir holati bor edi. U zot vafot etganlaridan so‘ng tuyasi bu ajralishni ko‘tara olmadi, qattiq qayg‘uga botdi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbati va yonib yig‘lashi shunday darajaga yetdiki, u yig‘idan ko‘zlarini yo‘qotdi. (ko‘rmay qoldi). Sahobalar tuyaning ko‘ziga qora bog‘lam bog‘lab qo‘yishdi. U bir oy davomida yeb-ichishni bas qildi va shunday holda halok bo‘ldi. O‘sha paytda uning yoshi 14 da edi...

Hurmo daraxtining tanasi ham Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan ayrilishni ko‘tara olmay nola chiqarib yig‘ladi, shikoyat qildi, vahimaga tushdi. Tuya esa o‘z sevimli sohibi — Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan ayrilib, yolg‘izlikni his qildi, g‘amga botdi va halok bo‘ldi.

U holda insonlar qalbi nima bo‘ldi ekan?
Laa havla va laa quvvata illaa billah...

@falsafasi_hayot 🍃
😢15038🔥10💔6😭4👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

Istigʻfor — Alloh tomonidan biz bandalariga berilgan eng katta tuhfa, ajib bir neʼmat... Istigʻfor aytar ekanmiz, Alloh bizni boshimizga keladigan har qanday yomonlik va qiyinchilik yoʻlini oʻz rahmati va marhamati ila yopib qoʻyadi... Istigʻfor aytishni boshlagan kunimdan boshlab ishoning, Alloh boshimga zarracha yomonlik, kulfat va balo keltirmadi... Birorta inson qalbimga zarracha ozor yetkizmadi. Aksincha Alloh juda koʻp tanish, notanish insonlarning mehr-muhabbatini his qilishlikni nasib etdi... Istigʻfor shunday bir goʻzal moʻjizaki, u ila qalbingiz halovatga, ruhingiz sakiynatga erishadi ☺️... Shu sabab bilan ham kanalda aynan istigʻfor aytish boʻyicha tanlovlar qildik, Alloh nasib qilsa yana tez kunda 3-tanlovni oʻtkizish niyatidamiz ))

Yodingizda boʻlsa, doim Istigʻfor va zikr aytib yuradigan nonvoy haqidagi voqeani kanalda yozgan edim. Hozir aynan shu voqea olingan kinoni koʻrib qoldim, judayam suyunib ketib sizga ham ilindim...
Albatta tomosha qiling..

Mohinur ))

@falsafasi_hayot 🕊️
82😢18👍7❤‍🔥61
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖤 .....

Qalbimda, sen tomonga sog'inchim bor Madina.🫀

Agarda siz ham Madinani sog'ingan bo'lsangiz yurakchani bosing. ❤️


@falsafasi_hayot 🍃
337😭15❤‍🔥10🕊6🔥3😢2
🌿 Farzandlaringizga Fotiha surasini o‘zingiz yodlating! Chunki u Fotihani hayoti davomida har namozlarida o‘qiydi. Ya’ni, hayotida necha marta o‘qisa, undan sizga kelib turadigan ajrni boshqaga berib qo‘ymang!

@falsafasi_hayot 🍃
102👏9🔥6❤‍🔥4🕊2
🌿 Ikki dasta gulni olgancha, avtobus o‘rindig‘iga horg‘in cho‘kkaladim.
- Guldastalaringni kimga olgansan?-sovuqdan junjikkan otaxon eski telpagini xiyol ko‘targancha so‘radi.
- Ota-onam..,-hali endigina og‘iz juftlagandim, otaxon:
- Gulni nima qilardi ota-onang, bolam. Bir nonu bir novvot bilan yo‘qlasang, jannat shunda!-horg‘in so‘zlagan otaxonning gaplari qaltirab chiqdi.
- Bolalarim uzoq yillardan beri chetda ishlab yuribdi. Bir nonu, bir novvot bilan kirib kelar, deb kutmagan kunimiz yo‘q. Gohida pul jo‘natishadi. Pulda taft bormidi? Gohida videovizipmi, allambalo qilishadi. Videovizipida mehr bormi, bolam?..-otaxon choponining yenglari bilan ko‘z yoshlarini artdi.

... Avtobus to‘xtadi. Otaxon tushishga chog‘landi. Beixtiyor otaxonga ergashdim. U sovuq bo‘lishiga qaramay, bekat o‘rindig‘iga o‘tirdi. Yuragim izilladi.
- Guldastalarni ushlab turing, otajon, men tezda kelaman!-otaxondan javob ham kutmay, guldastalarni uning qo‘llariga tutdim.

Bekatning naryog‘idagi do‘konga yugurdim. Non, novvot, holva, qan-qurs va yumshoq yeguliklar oldim. Otaxonga gullarni qanday tutqazgan bo‘lsam, shunday ushlab turardi.

- Sovqotdiyzmi, otajon!?
- Barakalla, gapimga kirib, ota-onangga nonu novvot ham olibsan!-qo‘limdagi sumkaga ishona qildi otaxon kulib.
- Yo‘q, otajon... Bu sizga va onaxonga!
Otaxon og‘iz juftlamoqchi edi, guldasta ushlagan qo‘llaridan tutdim:
- Biz ota-onamizga endi nonu novvot ololmaymiz. Iltimos, rad etmang, farzandimdan deb qabul qiling! Bu gullar ota-onamning qabriga..,-ko‘zlarimdan izzillab yosh oqdi.

***
Otaxon Gʻijduvondan ekan. Haydovchidan otaxonni uy manziligacha oborib qo‘yishini so‘radim.
...Mashina ortidan qancha vaqt qotib qarab qoldim, bilmadim, qo‘llarim muzlab qolgan, gullarni ko‘tarishgayam majolsiz edi...

Laylo Hayitova sahifasidan olindi.

@falsafasi_hayot 🍃
85😢73🕊5
🌿💔...

"Dada, men keldim... Bemalol bo'lib keldim. Ertalabdan keldim... Doim aytardingiz, "shoshib kelib, shoshib ketasan", deb. "Diydoringga to'ymayapmiz", der edingiz.. "Erta boraman, indin boraman deb sizni ko'p kuttirdim, vaqtida yo'qlolmadim.. Ihaq boʻlib, yoʻl poylashingingizni bilsam ham, oʻzimdan ortib kelolmadim... Xonangizga kirsam, tokchada men yaxshi ko'rgan tog' asali, yongʼoq, mayiz, yog'li qurut va... bir dasta pul turibdi. Onamning aytishicha, bularni men uchun saqlabsiz.. "Qizing kelganda beraman", deb kun sanabsiz.. Dada, sizning qo'lingizdan olganimdagina bu narsalar qadrli va yoqimli ekan... Endi hech biri tatimayapti... Dadajon, sizga manti qilib bermoqchi edim. Qovoq mantini yaxshi koʼrardingizku.. Ulgurolmadim... Endi hech qachon qovoq mantini yeyolmasam kerak, tomogʼimdan o'tmaydi, sizsiz..

@falsafasi_hayot 🍃
😢9434😭33💔12😁1🕊1
🌿 Ro‘zg‘or

—Senga hech qachon olib kelgan narsam yoqmaydi, qachon qarama kamchilik topasan! Fozil jahl ustida qo‘lidagi yuklarni siltab-siltab, gapirib-gapirib oshxonaga tashidi. Mavluda, baribir, o‘zinikini oqlab turib oldi. To‘g‘ri-da, eri o‘zi ovqat qilmaganidan keyin bilmaydi-da.
"Olib kelgan bulg‘or qalampiringizni qarang. Hammasi yashil. Uch xil ranglisidan oling degandim. Sabzini ahvolini? Mushak sabzi olinn degandim. Katta-katta sabzi ko‘tarib kelibsiz! Piyozning oqidan, qizilidan, oddiysidan—har xil qilib oling desam, shuni ham oqini topib kelmabsiz. Qovunni uzunchog‘idan oling desam, dumalog‘idan ko‘tarib kelibsiz",—dedi-yu boshi baloga qoldi. Qo‘y go‘shtini to‘g‘ri tanlamaganini aytishga ulgurolmay qoldi. Eri uyni boshiga ko‘tarib, baqirib ketdi.
Mavludaning nima aybi bor?
Shirin-shirin ovqatlar qilib bermoqchi edi.
Agar qaynonasi kirib qolmaganda ularning janjali, xudo biladi, nima bilan tugardi.

—Bolam, baraka top, sen vazifangni bajarding, bugun yakshanba, kirib biroz dam ol, biz Mavludaxon bilan bolalarni olib aylanib kelamiz.

Adolat opa kelini va ikkita nevarasini olib eng kichik ovsinining uyiga kirib borganda ayol ko‘rpachalarni yoz oftobiga tashlayotgan ekan. Quchoq ochib kutib oldi. Hovli juda oddiy, eski, pasqam imoratdan iborat, ammo, qandaydir fayzli, ozoda edi.
—Shu hovlida uchta ovsin sira janjal qilmay yashaganmiz, dedi qaynonasi. Keyin o‘tganlarning ruhiga tilovat qildi.
Ovsini tushlikka ovqat qilmoqchi edi, Adolat opa to‘xtatdi
—O‘tiring, Sabo, sizni sog‘inganman, ovqatni ana, Mavludaxon qiladilar. Ro‘zg‘orni ko‘rsatib yuborsangiz bo‘ldi.

Sabo kelinchakni oshxonaga boshladi.
—Adolat opam kartoshka yaxshi ko‘radilar. Piyoz bilan qovurasiz, —deli ayol qopda turgan kartoshkani ko‘rsatib.
Mavluda kartoshkalarni ko‘rib og‘zi ochilib qoldi. U umrida bunaqangi mayda, qurutdan sal kattaroq kartoshkani ko‘rmagan edi.
—Bu-urug‘lik kartoshkami, judayam mayda ekan? —so‘radi u tozalashdan oldin
—Yo‘g‘e, nega urug‘lik bo‘larkan, ro‘zg‘orbopda, baraka topsinlar amakingiz kecha ro‘zg‘orimni butlab berdilar. Piyoz mana bu yerda
Piyoz kartoshkadan ham mayda edi.
—Bularni qanday to‘g‘raysiz? Qachon tozalab bo‘lasiz? —gapirib yubordi kelinchak.
—Shuni tozalamaganda nima ish qilaman. Mehnat qilib, pul topib, kamiga oshxonamgacha olib keladilar-u tozalamaymanmi? Oltin boshlari omon bo‘lsin. Ha, go‘shtimiz tugagan, tuxum solib yuborarsiz-a?

Mavluda ovqat tayyor bo‘lguncha qaynonasi uni nima uchun bu yerga olib kelganini tushunib bo‘ldi.
Ovqat pishganda amakijon keldi. Qo‘ltig‘ida kichkinagina tarvuz bor edi. Sabo opoqijon uyiga Hazrat Piri kirib kelgandek kutib oldi. O‘tirmoqchi bo‘lgan ko‘rpachasini bir qoqib to‘shab orqasiga yostiq qo‘ydi. Kichkinagina tarvuz tilla tarvuzga tenglashtirildi.

Uyga o‘ychan qaytdi. Dono qaynonasi bu safar ham unga yaxshigina saboq berib qo‘ygan edi.

Feruza Salxodjayeva

@falsafasi_hayot 🍃
👏6830👍15😍1
🌿 Men hech qachon egilmayman demang...

Men hech qachon bu ishni qilmayman, qo‘limni sovuq suvga urmayman demang...

Men pokman, shu darajada o‘zimga to‘g‘rimanki, bir vagon erkakning ichiga tushsam, sha’nimni o‘z bilganimcha saqlay olaman demang...

Men baland oxurdan yem yeganlardanman, aslo past ketmayman, demang...

Umuman hech narsada katta gapirmang!

Hech narsada!

Dunyo fitnakordir, fitnalarni katta gapirib o‘zingizga chaqirmang!

Egilmayman, men shunaqa g‘o‘ddayganman, kerak bo‘lsa men bilan hisoblashishsin, chunki men shuni istayman deyish ketmaydi...

Dunyo egilmagan bellarni sindirib ulardan rels quradi-da ustidan arava yurgazib, aravada quyon ovlaydi...

Ta’biringiz shu...

Taqdiringiz mana shu yo‘ldan o‘tishini - to‘g‘ri, bugun tush ko‘rmagansiz...

Lekin bu ertami-indin sodir bo‘ladi...

Qilmayman degan ishingizni kun keladi qilishga majbur bo‘lasiz, hatto eng past ko‘ringan ishingizni ham qilasiz...

Mening taqvoyim kuchli, men hech qachon etagimni zino uchun ko‘taradigan odam emasman deb balki o‘zingizga ishonganingizdan og‘iz ko‘pirtirdingiz, ammo...

Qayerdan bilasiz, balki tasodifiy kelgan qandaydir bir dard etagingizni ko‘tarib boshingizga kiyishga majbur etib qo‘yar...

Undan ko‘ra so‘rang: xushimni o‘zim bilan qil, bu fitnakor dunyodan, bu zino yomg‘irdek yog‘ayotgan olam javonibdan quruq o‘tishni, zino yomg‘iri ostida shalabbo bo‘lib ketmaslikni O‘zing nasib et, deb...

Bandai ojizsiz, bandai ojizmiz...

Ojizligimiz har borada...

So‘rang: davron berib sinamasin, imkon berib sinamasin, olib sinamasin, berib sinamasin...

Hushingizda bo‘ling: bergani sinov, olgani sinov, yo‘qotganingiz sinov, topganingiz sinov, og‘iz ko‘pirtirgan mavzuyingiz sinov, katta ketgan imkoningiz, sizga yetgan faqirlik sinov, boylik va hatto ko‘zingizga qarab bugun kulib turgan bolangiz ham sinov...

Hammasi sinov!

Sinovli dunyoda fitnadan omon o‘ting, qadrdonim...

©️Azizaxon Ismoilova


@falsafasi_hayot 🍃
👍6224🔥11😢5💯3🕊21😍1💔1
🌿 Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshladim.
★Ka’batullohdagi moʻjiza★

Men 13 yoshimda ko‘rish ne’matidan ayrildim. Yillar o‘tib turmushga chiqdim. So‘ngra farzandlik bo‘ldim. Aslo qiyinchiliklardan shikoyat qilmadim yoki hayotimdan nolimadim. Hamisha Allohning atosiga rozi bo‘lib hayot kechirdim.
70 yoshga to‘lganimda Baytulloh al-Haramni ziyorat qilishga qaror qildim. O‘g‘lim va nevaralarim safarga hozirlik ko‘ra boshladilar. Men juda ham Baytulloh al-Haramni ko‘rish ishtiyoqida edim. Shu sog‘inchim sabab bo‘lib, ilk marotaba ko‘z nurlarimni qayta tiklash maqsadida shifokor ko‘riklaridan va tekshiruvlaridano‘tdim. Ammo shifokorlar ko‘z nurlarimning qaytishiga aslo umid yo‘qligi haqida xabar qildilar. Men ko‘z nurimdan 57 yil avval ayrilib bo‘lgan ekanman...
Makkatul Mukarramaga safar qilinadigan kun ham keldi. Men tinmay «Ey Robbim koshki edi Ka’bai sharifni oz muddatga bo‘lsa ham ko‘ra olsam edi. Robbim, uni ko‘rishga qodir bo‘la olmasam, qanday qilib uning qarshisida turay?» deb qayta qayta takrorlar edim.
O‘g‘limdan tinmay:
- «Yetib keldikmi? Ka’bai sharif qarshimizdami?»,deb so‘rar edim.
Ka’baga yetib kelganimizdan so‘ng esa Allohning xohishi va inoyati ila Ka’ba ko‘zlarimga sekin asta ko‘rina boshladi.
Shu lahzada o‘g‘lim menga:
- "Mana onajon, Ka’ba ro‘paramizda turibdi", deb aytdi.
Men:
- Ha, ha, u naqadar ham go‘zal. Ey Alloh, naqadar xashamatli va ko‘rkam ekan.
Allohu akbar, Allohu akbar. Allohga behisob hamdlar bo‘lsin.
Ey Robbim o‘zingga shukr, deb bor ovozim bilan qichqirib yubordim.
O‘g‘lim xayron bo‘lib mendan so‘radi:
- Onajon, qanday qilib ko‘rayapsiz? Axir ko‘zlaringiz bu ne’matdan ojiz ediku!?
Men unga:
- Men Ka’bani ko‘rayapman. U shundoqqina, mana ro‘paramda turibdi. Seni ham ko‘rayapman. Atrofimda yig‘ilganlarni ham ko‘rayapman o‘g‘lim, deb aytdim.
O‘g‘lim Allohning moʻjizasidan xayratda qolib, bor ovozi bilan "Allohu akbar", "Allohu akbar" deb qichqirdi.
Atrofimizga bir zumda xojilar, zobitlar, xabarchilar ham yig‘ilib oldi.
Shunday qilib yig‘ilganlarningbarchasi Tunislik xoji Fotima onaning hayotiy qissasidan xabardor bo‘ldilar. Allohga behisob shukrlar bo‘lsinki, Allohning Karami Fotima ona bilan bardavom bo‘lib qoldi.
Bandasi chin dildan Al-Mannon va Karim Zotdan so‘rab turganida qanday qilib Mehribon Zot Robbimiz ato etmasin.
Buyuk Robbimiz turganida nega bandasidan umid qilamiz?
Xikmatlar chashmasi
Hayotdagi bor maqsading Allohning roziligi bo‘lsa naqadar go‘zal!
Yuraging Alloh ishqida urib tursa, tiling Alloh zikrida bo‘lsa, naqadar go‘zal!
«Har bir amalim xolis Alloh uchun» deb niyatingni yangilab tursang naqadar go‘zal!
"Subhanalloh, valhamdu lillah, va laa ilaaha illalloh, vallohu akbar!
Va la havla va laa quvvata illaa billaah!"

Shams.....

@falsafasi_hayot 🍃
96😢30❤‍🔥7👍52🕊2🔥1
🌿 Xotin eridan so‘rayapti:
- Adasi, dugonam turmushga chiqyapti, shunga, to‘yona qilib unga nima hadya qilsam ekan?

Er:
- to‘yi kuni kelin eng go‘zal bo‘lishini istaysanmi?
- albatta.
- unda, yaxshisi, sen to‘yga borma! Chunki sen eng go‘zalsan, eng bebahosan. Agar borsang, kelin sening yoningda eng go‘zal bo‘lmay qoladi)

Bu so‘zlarni eshitgan xotin bir jilmayib, o‘zida yo‘q xursand bo‘lib, to‘yga bormaslikka qaror qilibdi.

Buni ko‘rgan er, yangi ko‘ylakning, go‘zallik salonning va hadyaning chiqimi yonga qoldi, deb taktikasi ish berganidan u ham xursand)

Xotin esa ovqat pishirib, idish-tovoqlarni yuvib, hamon jilmayib yurgan emish))

P.S: shunaqa gaplaar,)

© Abdulhodiy Yusuf

@falsafasi_hayot 🍃
🤣110😁3020🔥5😢4👏3👍21🤓1
2025/10/25 15:11:43
Back to Top
HTML Embed Code: