Telegram Web Link
🍀 O'zingizni baxtiyor eting

Bilasizmi? Ikki-uch bo'lmag'ur kishilar o'zingizni qiynashingizga arzimaydi... Yolg'on-yashiqni ma'rifat deb bilganlarni o'zingizga do'st tutmang... Sizni o'ylamaydiganlar uchun kechalaringizni bedor o'tkazishingiz shart emas... Va yana bir narsa: hech narsa yanoqlaringizga tabassum ilib olishingizdan muhim emas... 🙂 O'zingiz uchun ham o'zingizni oz bo'lsa-da baxtiyor eting!..

Har qanday holda ham Allohga nisbatan goʻzal gumon qiluvchilardan boʻling )) mana koʻrasiz, Inshaalloh hali hammasi yaxshi boʻladi 🙃 Har bir qaro tun ortida albatta yorugʻ bir tong bordir...!

@falsafasi_hayot 🕊
80🔥15👍11🐳5😢1💯1
🌿 Allohni ishini qarang a!?

Misrlik yigitning dengizga "bizni kechiring, qardoshlarimiz" deb otgan yeguliklari qancha masofa bosib, g‘azzaliklarga yetib borganini ko‘rganimdan beri "MashaAlloh, Allohning qudratini-ya!?" deyapman. Allohning ishini qarang, bu yigit beparvo bo‘lmadi, qo‘lidan kelganini qildi, Ibrohim alayhissalomga suv toshigan chumoliday ish qildi, Alloh esa uni noumid qilmadi, dengizning u tomonidagi odamning rizqini yetkazib qo‘ydi. Agar fanga suyansangiz, dengiz u tomonga oqmaydi! Qanday yetkazdi bilasizmi? Alloh yerni, osmonni, quyoshni bandasi uchun musaxxar qilib, xizmatkor qilganiday, dengizni ham xizmatkor qilgan edi. Qiziqsangiz, nahl surasidagi 14 oyatni o‘qing, rizqingiz uchun uniyam xizmatkor qilib qo‘yganini bir ming besh yuz yil avval aytib qo‘ygandi.

@falsafasi_hayot 🍃
123😢36👏16🔥52👍2
🌿....

- Naqadar baxtlidir ular…

- Kimlar?

- Birga namoz o’qib, so’ngida bir-birin duo qilganlar…

Ps/ Qadrligim, sizga atalgan storiesga qoʻyish uchun goʻzal videolar.. yoqsa reaksiyalaringizni kutib qolaman))

@falsafasi_hayot 🍃
79🔥15🕊5😢3😇3
🌿 Ota qiziga "Falonchi sizni zikr qilmoqda" dedi, qiz tabassum qildi. Shu bilan rozilik berdilar.

Nazokat, farosatni qarang! Ota va qiz bir-birini tushunishini qarang! Bu ota Muhammad sollallohu alayhi va sallam, qiz esa Zaynab roziyallohu anho edilar!

@falsafasi_hayot 🍃
👍3224❤‍🔥8👏1

Bir hamshira ayol o‘z sahifasida ushbu rasmni joylab, tagiga shunday izox qoldiribdi; «Mana bir necha kundirki, bu bemorni ahvolidan xabar olish uchun biror kishi hatto yaqinlari ham kelmadi. Ammo, har kuni bir kabutar uchub kelib, bemorni ustiga qo‘nadi. Bemorni o‘zi aytishicha u har kuni o‘ziga yaqin bo‘lgan bir bog‘da ushbu kabutarni boqar ekan».

@falsafasi_hayot 🕊️
67😢30👏11👍10❤‍🔥6🕊5😘2
🌱 Shifoxonada yotgan qariyaning ahvoli to‘satdan og‘irlashib qoldi. Shifokor cholning aft-angorini ko‘rib, cho‘chib tushdi:
— Hamshira!
O‘limi yaqinlashganini sezgan chol:
— Shoshma, o‘g‘lim. Senga bir vasiyatim bor.
— Bolalaringizga xabar beraman...
— Yo‘q, shoshma! Avval gapimni eshit.
— Mayli, ayting.
Qariya ko‘zlarida yosh bilan:
— Uyimdagilarga kechqurun, soat 10 dan keyin xabar ber, bu juda zarur! Sababini so‘rama. So‘nggi iltimosim va vasiyatim shu...
Shifokor noiloj rozi bo‘ldi. Cholning joni peshinga yaqin uzildi. Vasiyatga amal qilib, uyidagilarga kechasi xabar qilishdi.
Tunda yetib kelgan to‘ng‘ich o‘g‘il:
— Kech xabar beribsiz? — dedi.
— Otangiz shunday vasiyat qildi.
— Vasiyat? — o‘g‘il turgan joyida kotib qoldi. Ko‘z yoshlari yonoqlariga oqib tusha boshladi, — Eh otaginam-a! Bugun men to‘y qilgandim... O‘g‘limning to‘yi buzilmasin deb, bechora otam hatto yaqinlari bilan ham vidolashmabdi-ya…

@falsafasi_hayot 🍃
😢12717🔥6❤‍🔥5
🌿 Bugun haqiqiy sadoqatni koʻrdim...

Misrlik ayol, 8 yildan beri kasal erini yelkasida koʻtarib yurar ekan.

Hali turmush qurishganiga 1 yil boʻlmasdan, kuyov bolani moshina urib, oyoqlari ishlamaydigan boʻlib qolibdi. Er ayoliga istasang uyinga ketishing mumkin deb taklif berganida: “Sizni qanday boʻlsangiz shundayin qabul qilaman, kerak boʻlsa ishlayman! Robbimning menga bergan barcha narsasiga rozi boʻlaman” deya javob beribdi... Shu-shu, mana 8 yildan beri ayol, erini yelkasida koʻtarib domga olib kirar, domdan olib chiqib yurar ekan... Erning mol dunyost yoʻq boʻlsa ham uni tashlab ketmadi. Mashaalloh(

Haqiqiy solih hamda solihalar shunday sadoqatlik boʻladi deb oʻylayman...

Er ham  ayol ham turmushining yaxshi kunlarida ham, ogʻir kunlarida ham u bilan birga boʻladi... Shunday ayollarimizga Allohning rahmati, oʻzining jannati boʻlsin!

@falsafasi_hayot 🍃
66👍12🔥7😢5🕊5

🍀 Saxovatni gʻishtdan oʻrgandim...!

– Saxiylikni kimdan o'rganding, – deb so'radilar Xotam Toyidan.
– G'ishtdan o'rgandim, – deya javob qildi.
– Xech zamonda g'ishtdan ham bir narsa o'rganib bo'larkanmi?

– Odamlarning qator turib bir-biriga g'isht uzatganlarini ko'rganmisiz? Bir gal men shunday hasharda qatnashdim. Ajib bir holdan o'zim uchun xulosa chiqardim: qachonki qo'limdagi g'ishtni uzatsamgina menga g'isht uzatishdi. Uzatmay, qo'lda tutib
tursam, g'isht kelishi ham to'xtadi.

Hayol qildim deydi Xotam toyi: Demak, mol-dunyo ham shunday. Infoq-ehson chiqarib tursang, biringga o'n keladi, baxillik qilsang, boridan ham baraka ketadi...!


@falsafasi_hayot 🕊
79❤‍🔥66👍2🕊2
🌿 Chiroyli duolar ekan. Sizga ham ilindim dugonajonlar...

Mehribon Rahimli Alloh nomi bilan Boshlayman !

Allohim, Mehribonim,
Rahimli  Rahmonim,
Xoliqim, Razzoqim,
Sultonim, Qiblagohim,
Sajdagohim Gʻoiblarni bilguvchi faqat Sensan, Bizlarni yo‘qdan bor qilgan zot o‘zingsan. O‘zingga banda, Xabibingga ummat qilganing uchun,O‘zini tanittirib Onalik (otalik) maqomini berganliging uchun O‘zingga Shukrlar,
Shukronalar bo‘lsin.
Robbim! Sendan Ojizlik bilan, xorlik, qullik bilan duo qilib so‘rayman o‘zingdan yalinib yolvorib so‘raganim gunohlarimni AFV ET, MAGFIRAT QIL. O‘tmishda qilgan  katta-yu kichik, Kabira va Sag‘ira, Xufyona  va oshkora gunohlarimni O‘zing kechir!Qolgan xayotimni,   umrimni xayrli,  barokatli, mazmunli, savobli amallar bilan o‘tkazishga qodir qil, Robbim! Dinu-Dunyo ishlarimni O‘zing o‘ngla, o‘zing  oson qil, O‘zingdan boshqasiga, xatto o‘g‘il qizlarimgayam bir daqiqa, bir nafas  muxtoj qilma, umrimni uzoq qilginki, sen bergan umrning natijasida tutolmagan ro‘zalarimni tutay, o‘qiyolmagan namozlarimni o‘qiy Sen meni nima uchun  yaratgan bo‘lsang, faqat shu narsa bilan mashg‘ul bo‘lay, Kechasiyu - Kunduzi zikringda bo‘lib, Bergan ne’matlaringni Shukrini qilib, Sening rizoligingni topay, qarilik gashtini farzandlarim ardog‘ida,uylarining to‘rida, qo‘llarim hamisha duoda bo‘lib, Shirin so‘zlik bilan oʻg‘il-qizlarimga, Kelin, nevaralarimga Mehr berib , ulardan mehr-oqibat ko‘rishlikni nasib qil. Qayta-qayta Xaj, umralar qilib Ka’bai Muazzamani Tavoflar qilib, Ka’bapushga bosh qo‘yib erkalanish, Labbayka aytishdek Ulug‘ Baxtni nasib qil! Paymonam to‘lib, Umrim poyoniga yetganida Tahoratli pok xolimda, Men seni suyub turganimda, Sen meni sevib turganingda, Sen menga omonat qilib bergan butun vujudim O‘zimga bo‘ysinib turganida, tillarim zikringni qilgan xolatda, ko‘zlarim kalomingni ko‘rib turganida, Oyoqlarim ilm majlislaridan Uzilmagan vaqtlarida, Peshonam sajdada turgan xolatda,O‘z qo‘llarim bilan ehsonlar qilib, O‘zgalar omonati bo‘lsa Salomat bergan vaqtimda, Rizoligingni Topgan xolatimda, Laa ilaahaa Illalloh Muhammadur Rasululloh Kalimasi Tilimga jo bo‘lgan xolatda Omonatingni topshirishni so‘rayman!

Reaksiya bosib yaqinlaringizga  yuborishni unutmang!

@falsafasi_hayot 🍃
157😢31👍20🔥8🐳2👏1🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖤 Yur Jannatga birga ketamiz…
Qur’onimiz bilan sunnatni olib, ozchilik ketayotgan yo’lga tushamiz…
Sen menga, men esa senga hamrohlik qilib..
Qani yur Jannatga birga ketamiz…
Qalbimiz berkitib shayton so’ziga, dunyoni qoldirib uning o’ziga…
G’arib ko’rinsak ham dunyo ko’ziga, qani yur Jannatga birga ketamiz, Jannat qalbligim…

Bilsang bas, tanlagan yo’limiz haqdir…

@falsafasi_hayot 🍃
63😢104🔥3
🌿 Allohning goʻzal 99 ismi 🌸

1. ᴬˡˡᵃʰ - الله
2. ᴬʳ-ᴿᵒʰᵐᵃⁿ - الرحمن
3. ᴬʳ-ᴿᵒʰⁱᵐ - الرحيم
4. ᴬˡ-ᴹᵃˡⁱᵏ - الملك
5. ᴬˡ-Qᵘᵈᵈᵘˢ - القدوس
6. ᴬˢ-ˢᵃˡᵃᵐ - السلام
7. ᴬˡ-ᴹᵘᵐⁱⁿ - المؤمن
8. ᴬˡ-ᴹᵘʰᵃʸᵐⁱⁿ - المهيمن
9. ᴬˡ-ᴬᶻⁱᶻ - العزيز
10. ᴬˡ-ᴶᵃᵇᵇᵃʳ - الجبار
11. ᴬˡ-ᴹᵘᵗᵃᵏᵃᵇᵇⁱʳ - المتكبر
12. ᴬˡ-ᴴᵒˡⁱq - الخالق
13. ᴬˡ-ᴮāʳⁱ - البارئ
14. ᴬˡ-ᴹᵘˢᵒᵛᵛⁱʳ - المصور
15. ᴬˡ-ᴳ'ᵒᶠᶠāʳ - آل الغفار
16. ᴬˡ-Qᵒʰʰᵃʳ - القهار
17. ᴬˡ-ⱽᵃʰʰᵃᵇ - الوهاب
18. ᴬʳ-ᴿᵒᶻᶻᵃq - الرزاق
19. ᴬˡ-ᶠᵃᵗᵗᵃʰ - الفتاح
20. ᴬˡ-'ᴬˡⁱᵐ - العليم
21. ᴬˡ-Qᵒᵇⁱᶻ - القابض
22. ᴬˡ-ᴮᵃˢⁱᵗ - الباسط
23. ᴬˡ-ᴴᵒᶠⁱᶻ - الخافض
24. ᴬʳ-ᴿᵃᶠⁱ - الرافع
25. ᴬˡ-ᴹᵘ'ⁱᶻᶻ - المعز
26. ᴬˡ-ᴹᵘᶻⁱˡˡ - المذل
27. ᴬˢ-ˢᵃᵐⁱ - السميع
28. ᴬˡ-ᴮᵃˢⁱʳ - البصير
29. ᴬˡ-ᴴᵃᵏᵃᵐ - الحكم
30. ᴬˡ-ᴬᵈˡ - العدل
31. ᴬˡ-ᴸᵃᵗⁱᶠ - اللطيف
32. ᴬˡ-ᴴᵒᵇⁱʳ - الخبير
33. ᴬˡ-ᴴᵃˡⁱᵐ - الحليم
34. ᴬˡ-'ᴬᶻⁱᵐ - العظيم
35. ᴬˡ-ᴳ'ᵒᶠᵘʳ - الغفور
36. ᴬˢʰ-ˢʰᵃᵏᵘʳ - الشكور
37. ᴬˡ-'ᴬˡⁱʸʸ - العلي
38. ᴬˡ-ᴷᵃᵇⁱʳ - الكبير
39. ᴬˡ-ᴴᵃᶠⁱᶻ - الحفيظ
40. ᴬˡ-ᴹᵘqⁱᵗ - المقيت
41. ᴬˡ-ᴴᵃˢⁱᵇ - الحسيب
42. ᴬˡ-ᴶᵃˡⁱˡ - الجليل
43. ᴬˡ-ᴷᵃʳⁱᵐ - الكريم
44. ᴬʳ-ᴿᵒqⁱᵇ - الرقيب
45. ᴬˡ-ᴹᵘʲⁱᵇ - المجيب
46. ᴬˡ-ⱽᵃˢⁱ - الواسع
47. ᴬˡ-ᴴᵃᵏⁱᵐ - الحكيم
48. ᴬˡ-ⱽᵃᵈᵘᵈ - الودود
49. ᴬˡ-ᴹᵃʲⁱᵈ - المجيد
50. ᴬˡ-ᴮᵃ'ⁱˢ - الباعث
51. ᴬˢʰ-ˢʰᵃʰⁱᵈ - الشهيد
52. ᴬˡ-ᴴᵃqq - الحق
53. ᴬˡ-ⱽᵃᵏⁱˡ - الوكيل
54. ᴬˡ-Qᵒᵛᵛⁱʸʸ - القوى
55. ᴬˡ-ᴹᵃᵗⁱⁿ - المتين
56. ᴬˡ-ⱽᵃˡⁱʸʸ - الولى
57. ᴬˡ-ᴴᵃᵐⁱᵈ - الحميد
58. ᴬˡ-ᴹᵘʰˢⁱ - المحصى
59. ᴬˡ-ᴹᵘᵇᵈⁱ' - المبدئ
60. ᴬˡ-ᴹᵘ'ⁱᵈ - المعيد
61. ᴬˡ-ᴹᵘʰʸⁱ - المحيى
62. ᴬˡ-ᴹᵘᵐⁱᵗ - المميت
63. ᴬˡ-ᴴᵃʸʸ - الحي
64. ᴬˡ-Qᵒʸʸᵘᵐ - القيوم
65. ᴬˡ-ⱽᵃʲⁱᵈ - الواجد
66. ᴬˡ-ᴹᵃʲⁱᵈ - الماجد
67. ᴬˡ-ⱽᵃʰⁱᵈ - الواحد
68. ᴬˢ-ˢᵒᵐᵃᵈ - الصمد
69. ᴬˡ-Qᵒᵈⁱʳ - القادر
70. ᴬˡ-ᴹᵘqᵗᵃᵈⁱʳ - المقتدر
71. ᴬˡ-ᴹᵘqᵒᵈᵈⁱᵐ - المقدم
72. ᴬˡ-ᴹᵘ'ᵃʰʰⁱʳ - المؤخر
73. ᴬˡ-'ᴬᵛᵛᵃˡ - الأول
74. ᴬˡ-ᴬʰⁱʳ - الأخر
75. ᴬᶻ-ᶻᵒʰⁱʳ - الظاهر
76. ᴬˡ-ᴮᵃᵗⁱⁿ - الباطن
77. ᴬˡ-ⱽᵃˡⁱ - الوالي
78. ᴬˡ-ᴹᵘᵗᵃ'ᵃˡⁱ - المتعالي
79. ᴬˡ-ᴮᵃʳʳ - البر
80. ᴬˡ-ᵀᵃᵛᵛᵃᵇ - التواب
81. ᴬˡ-ᴹᵘⁿᵗᵃqⁱᵐ - المنتقم
82. ᴬˡ-ᴬᶠᵘᵛᵛ - العفو
83. ᴬˡ-ᴿᵒ'ᵘᶠ - الرؤوف
84. ᴹᵃˡⁱᵏ-ᵘˡ-ᴹᵘˡᵏ - مالك الملك
85. ᶻūˡ-ᴶᵃˡᵃˡⁱ-ᵛᵃˡ'ⁱᵏʳᵒᵐ - ذو الجلال والإكرام
86. ᴬˡ-ᴹᵘqˢⁱᵗ - المقسط
87. ᴬˡ-ᴶᵃᵐⁱ - الجامع
88. ᴬˡ-ᴳ'ᵒⁿⁱ - الغني
89. ᴬˡ-ᴹᵘᵍ'ⁿⁱ - المغني
90. ᴬˡ-ᴹᵃⁿⁱ' - المانع
91. ᴬᶻ-ᶻᵒʳʳ - الضار
92. ᴬⁿ-ᴺᵃᶠⁱ - النافع
93. ᴬⁿ-ᴺᵘʳ - النور
94. ᴬˡ-ᴴᵃᵈⁱ - الهادي
95. ᴬˡ-ᴮᵃᵈⁱ - البديع
96. ᴬˡ-ᴮᵃqⁱ - الباقي
97. ᴬˡ-ⱽᵃʳⁱˢ - الوارث
98. ᴬʳ-ᴿᵒˢʰⁱᵈ - الرشيد
99. ᴬˢ-ˢᵒᵇᵘʳ - الصبو

@falsafasi_hayot 🍃
111👍10❤‍🔥6🔥5😢3💯2👏1😍1💔1😘1
🌿💚...

"Kelib ovora bo'lib yurma, qizim. Uyimiz sovuq. Ertaga ishga chiqasan. Bugun shirin bir ovqatni qilib, bolalaring bilan dam olib o'tir. Bizdan xavotir olma"...

Onasidan kelgan smsni o'qiganida ota uyi tomon yo'lga chiqib bo'lgandi. Onasi uni ehtiyotlab, avaylab shunday xabar yozganini sezdi. Hozir kirib borsa, ularning qanaqa quvonishini tasavvur qilib, yuziga tabassum yugurdi... Eshikni sezdirmay ochib, oshxonaga mo'ralasa, onasi yeng shimarib, xamir qorayotgan ekan. Mehnatning zo'ridanmi yoki hayot tashvishlaridanmi, onasi ko'ziga cho'kib, kichkina bo'lib qolganday ko'rindi. Ichidan zil ketdi. "Onajonim!" Uchib borib, hayratda qolgan onasining bag'riga otildi...

- Voy, o'zim o'rgilay, keldingmi, bolam! Ko'z oldimdan o'tib turganding... Sog'ingandim, aylanib ketay sendan! Kelibsan-da, baribir... Ona-bola bir-birini quchgancha yig'lab oldilar. Farzandining halovati uchun sog'inchini ichiga yutib yashayotgan onaizor bir kulib, bir yig'lardi...

@falsafasi_hayot 🍃
117😢60👍11
🍂💔...

𝑨𝒏𝒊𝒒 𝒆𝒔𝒍𝒂𝒎𝒂𝒚𝒎𝒂𝒏 ..
𝑸𝒊𝒍𝒅𝒊𝒏𝒈 𝒒𝒐‘𝒏𝒈‘𝒊𝒓𝒐𝒒,
𝒀𝒐𝒌𝒊 𝒎𝒆𝒏 𝒕𝒆𝒓𝒅𝒊𝒎𝒎𝒊 𝒓𝒂𝒒𝒂𝒎𝒍𝒂𝒓𝒊𝒏𝒈𝒏𝒊.
𝑯𝒂𝒓 𝒉𝒐𝒍𝒅𝒂, 𝒕𝒐‘𝒌𝒊𝒍𝒊𝒃 𝒌𝒆𝒕𝒅𝒊𝒚𝒖 𝒇𝒊𝒓𝒐𝒒,
𝑮𝒖𝒔𝒊𝒓𝒊𝒏 𝒆𝒔𝒉𝒊𝒕𝒅𝒊𝒎 𝒒𝒂𝒅𝒂𝒎𝒍𝒂𝒓𝒊𝒏𝒈𝒏𝒊.
𝑯𝒖𝒅𝒅𝒊 𝒌𝒆𝒄𝒉𝒂𝒈𝒊𝒅𝒆𝒌...
𝑯𝒖𝒅𝒅𝒊 𝒃𝒊𝒓 𝒌𝒖𝒏𝒈𝒂,
𝒀𝒐𝒌𝒊 𝒃𝒊𝒓 𝒔𝒐𝒏𝒊𝒚𝒂 𝒚𝒂𝒔𝒉𝒂𝒅𝒊𝒌 𝒂𝒚𝒓𝒐.
𝑨𝒙𝒊𝒓 𝒐‘𝒙𝒔𝒉𝒂𝒕𝒎𝒂𝒅𝒊𝒎 𝒔𝒆𝒏𝒊 𝒉𝒆𝒄𝒉 𝒌𝒊𝒎𝒈𝒂,
𝑺𝒆𝒏 𝒎𝒆𝒏𝒅𝒂𝒏 𝒚𝒂𝒙𝒔𝒉𝒊𝒔𝒊𝒏 𝒕𝒐𝒑𝒎𝒂𝒅𝒊𝒏𝒈 𝒈𝒐‘𝒚𝒐!
𝑨𝒔𝒍𝒊𝒅𝒂 𝒐𝒓𝒂𝒅𝒂𝒏 𝒐‘𝒕𝒅𝒊 𝒃𝒊𝒓 𝒂𝒔𝒓,
𝑰𝒌𝒌𝒊 𝒖𝒎𝒓 𝒐‘𝒕𝒊𝒃 𝒌𝒆𝒕𝒅𝒊 𝒎𝒊𝒏𝒈 𝒂𝒇𝒔𝒖𝒔,
𝑲𝒊𝒎𝒈𝒂 𝒋𝒂𝒉𝒍 𝒒𝒊𝒍𝒅𝒊𝒌, 𝒚𝒐 𝒌𝒊𝒎𝒈𝒂 𝒋𝒂𝒃𝒓,
𝑲𝒊𝒎𝒏𝒊 𝒃𝒊𝒓 𝒌𝒐‘𝒓𝒊𝒔𝒉𝒈𝒂 𝒎𝒖𝒔𝒉𝒕𝒐𝒒𝒎𝒊𝒛 𝒉𝒂𝒏𝒖𝒛?!
𝑨𝒏𝒊𝒒 𝒆𝒔𝒊𝒎𝒅𝒂 𝒚𝒐‘𝒒,
𝑸𝒂𝒚𝒔𝒊 𝒃𝒊𝒓𝒊𝒎𝒊𝒛,
𝑬𝒔𝒉𝒊𝒌𝒏𝒊 𝒒𝒂𝒓𝒔 𝒆𝒕𝒊𝒃 𝒚𝒐𝒑𝒅𝒊𝒌 𝒔𝒐‘𝒏𝒈𝒊 𝒃𝒐𝒓.
𝑲𝒆𝒚𝒊𝒏 𝒃𝒊𝒓 𝒖𝒎𝒓𝒈𝒂 𝒃𝒊𝒛𝒍𝒂𝒓 𝒊𝒌𝒌𝒊𝒎𝒊𝒛,
𝑬𝒔𝒉𝒊𝒌𝒌𝒂 𝒕𝒆𝒓𝒎𝒖𝒍𝒊𝒃 𝒐‘𝒕𝒅𝒊𝒌 𝒖𝒎𝒊𝒅𝒗𝒐𝒓!
𝑯𝒂𝒎𝒎𝒂𝒅𝒂𝒏 𝒒𝒊𝒛𝒊𝒈‘𝒊,
𝒚𝒆𝒄𝒉𝒊𝒎𝒔𝒊𝒛 𝒋𝒖𝒎𝒃𝒐𝒒,
𝑶𝒗𝒐𝒛𝒊𝒏 𝒌𝒖𝒕𝒂𝒎𝒂𝒏 𝒒𝒂𝒅𝒂𝒎𝒍𝒂𝒓𝒊𝒏𝒈𝒏𝒊.
...𝑸𝒊𝒛𝒊𝒒, 𝒔𝒆𝒏 𝒒𝒊𝒍𝒅𝒊𝒏𝒈𝒎𝒊 𝒃𝒖𝒈𝒖𝒏 𝒒𝒐‘𝒏𝒈‘𝒊𝒓𝒐𝒒,
𝒀𝒐𝒌𝒊 𝒎𝒆𝒏 𝒕𝒆𝒓𝒅𝒊𝒎𝒎𝒊 𝒓𝒂𝒒𝒂𝒎𝒍𝒂𝒓𝒊𝒏𝒈𝒏𝒊!?

@falsafasi_hayot 🍃
😢5734💔21👍8❤‍🔥5
🌿 Qo‘shnining kosasi!
(Juda ibratli hikoya, hamma o‘qisin!)

– Qizalog‘im, borib buvingga qarash. Bugun ehson berishayotgan ekan. Men ishdan qaytgach boraman. Hech yo‘q, ul-bul obkeb berib turarsan.

Kichkina edim. Onamning bu so‘zlarini eshitib, bormayman, deb xarxasha qila boshladim. Shunda onam men rad etolmaydigan sababni ko‘rsatdi:

– Qizim, ehsonda xizmat qilish savob. Boraqol!

Bordim. Ancha-muncha yarim-yorti ishlarga qarashdim. Xizmat qilayotgan kelinoyilarning bolalariga qarab turdim. Kelganimdayoq buvimga: «Savob topish uchun keldim. Menga ko‘pgina ish buyuring», degandim. Shuning uchun bo‘lsa kerak, xizmat qilishga shay turganlar ko‘pligiga qaramay buvim imlab chaqirib qoldilar. Uchib bordim.

– Qizalog‘im, kattaroq kosaga sovuq choydan to‘ldirib quyib kel. Anorxon buving ko‘p chanqaydi.

Yugurgilab ketdim. Idishlar orasidan eng katta kosani tanlab choy quyib keldim. Buvim idishni oldilar-da, unga sinchiklab qaradilar:

– Bu qo‘shnining kosasi-ku. Joyiga olib borgin-da, boshqasiga qo‘yib kel.

– Ichib olsinlar, keyin...

– Bo‘lmaydi, qizim, hoziroq obor. Meni qarzdor qilib qo‘yma!

Buvimning buyruqlarini bajardim. Ammo ularning so‘zlarini tushunolmay rosa qiynaldim. Ko‘p idish sindirganim uchun shunaqa qildilar, deb bola ko‘nglim bir oz ranjib ham oldi. Ammo mehmonlar ketgach, buvim shubhalarimni tarqatdilar va galdagi unutilmas saboqni dilimga joyladilar:

– Bolajonim, boyagi gapimdan ranjigan ko‘rinasan? Sen olib kelgan boyagi kosada kecha qo‘shni ovqat chiqargan ekan. Undagi taomni yeyishga haqimiz bor, ammo kosani ishlatishga aslo haqimiz yo‘q. Chunki qo‘shni uni bizga ishlatish uchun bermagan. Agar ishlatsak, qo‘shni haqiga xiyonat qilgan bo‘lamiz. Arzimasdek tuyulgan bu narsa bo‘ynimizga birovning haqi degan ulkan qarzni iladi. Birovning haqini bu dunyoda o‘tamasang, qiyomatda, to‘lov uchun savobdan bo‘lak hech vaqoying bo‘lmagan, har bir savob o‘zing uchun kerak bo‘lgan paytda to‘laysan. Shuning uchun bu borada ehtiyotkor bo‘lish kerak. Qo‘shniga kosasini olib kirib, unga ruxsatingizsiz choy quyib qo‘ydik, rozi bo‘ling, deb so‘rab chiqqin!..

Bugun ushbu voqeani yodga olarkanman, dilimda qo‘rquv paydo bo‘ldi. Eh-he, men qanchadan-qancha idishlarga egalarining ruxsatisiz «choy quyib» qo‘yganman. Yoru birodarlar, qo‘ni-qo‘shnilar, sizlarning qancha «idishlar»ingizdan ruxsatsiz «foydalandim», qancha haqlarni bo‘ynimga ildim. Ularning to‘lovi qiyomat kunida gardanimga tushmasligi uchun hammangizdan rozilik so‘rayman.

@falsafasi_hayot 🍃
53😢28👏5💔41
🌿 Oila mustahkam boʻlishi uchun ​​muhim tavsiyalar:

AYOLLAR UCHUN:
1. U bilan tortishmang!
2. So‘ziga quloq soling!
3. Ota-onasini hurmat qiling!
4. U doim to‘g‘ri ish qilishini e’tirof qilib turing!
5. Telefonini titmang!
6. Unga taalluqli masalalarni yodda tuting!

ERKAKLAR UCHUN:
1. Ayolingizga pul bering!
2. Doimo unga pul berib turing!
3. Pul berishni unutmang!
4. Beradigan pulingizni berishni yoddan chiqarmang!
5. So‘ramasidan turib pul bering!
6. Unga pulim yo‘q, demang!
7. Pul berishni to‘xtatmang!

#ozgina_tabassum ☺️🙃

@falsafasi_hayot 🍃
😁60🤣5418
🌷 Ba’zi gullar kechroq ochadi.
Ba’zisi sekinroq...
Lekin bu ular yomon degani emas...

Xuddi shunga o'xshab, siz ham 25 yoshingizgacha turmushga chiqishingiz yoki 30 ga yetmasdan “muvaffaqiyatli” bo‘lishingiz shart emas!

Siz faqat bitta narsaga majbursiz: Siz bo‘lishga...
Haqiqiy bo‘lishga. Munosib hayot kechirishga.

Boshqalarning taqvimiga qarab emas, qalbingiz ovoziga quloq solib yashang!

@falsafasi_hayot 🍃
77👍12🐳4👏3❤‍🔥2🔥1
💜 Yaxshi ayol dunyodagi eng yaxshi odamga turmushga chiqishi mumkin. Muhammad alayhissalomning zavjalari Oisha roziyallohu anhu misoli. Bu turmush Oisha onamizning Allohga muhabbatlarini susaytirmadi va jannat vojib bo‘ldi.

🖤 Yaxshi ayol dunyodagi eng yomon odamga xam turmushga chiqishi mumkin. Fir’avnning xotini Osiyo roziyallohu anhu misoli. Bu turmush Osiyo onamizning Allohga muhabbatini susaytirmadi va jannat vojib bo‘ldi.

💛 Yomon ayol dunyodagi eng yomon odamga ham turmushga chiqishi mumkin. Abu Laxabning xotini. Ummu Jamil misoli.
Bu turmush ularning Allohga isyonini o‘zgartirmadi va jahannam vojib bo‘ldi..

💚 Yomon ayol dunyodagi eng yaxshi insonga xam turmushga chiqishi mumkin. Lut alayhissalomning kofir xotini misoli. Bu turmush kofir ayolning Allohga isyonini o‘zgartirmadi va jahannam vojib bo‘ldi..

💙 Ayol hech kim bilan turmush qurmasligi xam mumkin. Maryam onamiz misoli. Shunda ham Alloh uning darajasini dunyodagi barcha ayollardan ustun qilib qo‘ydi va jannat vojib bo‘ldi...

🌿 Azizlarim har birimiz Alloh tomonidan taqdirimizga yozilgan juftimizga shukr kilaylik, kamchilik va xatolarini kechirib birgalikda sabr bilan yashab o‘tsak, ajab emas, bizlarga ham jannat vasliga yetishni Parvardigor nasib etsa.

@falsafasi_hayot 🍃
🔥7057😢20👏7💯4👍1
🌿 Umaviylar sultoni Hishom ibn Abdurahmon taxtga chiqqanida (h.172/m.788 yil) hali yosh, uylanmagan edi. Turmush qurish istagi tug‘ilib, o‘ziga munosib kelinlikka nomzodlarga Qur’oni karimni yod olganlikni shart qilib qo‘ydi. Shunda birgina Galin degan joydan yetti yuz yigirma nafar Qur’on hofizi bo‘lgan qiz chiqdi. Keyin sulton ikkinchi shart qo‘yishga majbur bo‘ldi: bo‘lajak zavjasi Imom Molikning “Muvatto” hadis kitobini ham yod bilishi kerak edi. Shunda ham kelinlikka nomzodlar kamaymadi: Qurtubaning o‘zidan besh yuz nafar qiz ham Qur’onni, ham “Muvatto”ni yod bilishi aniqlandi

(“Musulmonlarning taqvim kitobi”, 2000 yil, 2-chorak).

Uzukka ko‘z mos tushganiday kelinlar ham kuyovlarga munosib bo‘lgan ekan...

@falsafasi_hayot 🍃
52🕊5👏3😢2
2025/10/24 11:34:19
Back to Top
HTML Embed Code: