Telegram Web Link
📋 Joriy yilning 17–19-oktabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga a’zo assotsiatsiyalar va mintaqaviy assotsiatsiyalar prezidentlari hamda bosh kotiblari konferensiyasi o‘tkaziladi. Unda tashkilotga aʼzo mamlakatlar qatorida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov va bosh kotib Avaz Maksumov ishtirok etadi.

Tadbirda FIFA Prezidenti Janni Infantino, OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa, shuningdek, tashkilotga a’zo mamlakatlar qatorida, UEFA va Okeaniya Futbol Konfederatsiyasi vakillari ham qatnashadi.

“Global futbol ekspertlari bilan ochiq muloqot va tajriba almashish orqali biz o‘z assotsiatsiyalarimizga zamonaviy usullarni joriy etishga yordam beramiz. Osiyo futboli yanada yorqin, barqaror va jahon miqyosida namunali konfederatsiyaga aylanmoqda”, deya qayd etgan OFK rahbari.


Konferensiya doirasida ikki ochiq muloqot sessiyasi ham o‘tkaziladi — biri a’zo assotsiatsiyalar vakillari bilan, ikkinchisi esa besh mintaqaviy futbol assotsiatsiya (ASEAN, CAFA, EAFF, SAFF va WAFF) bosh kotiblari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu anjuman hamkorlikni yanada mustahkamlash, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va yagona maqsad yo‘lida birlikni kuchaytirishni maqsad qilgan. Bu, o‘z navbatida, OFKning dunyodagi eng ilg‘or konfederatsiyalardan biriga aylanish yo‘lidagi qat’iy niyatini yana bir bor tasdiqlaydi, deyiladi rasmiy xabarda.


Tadbir 17-oktyabr kuni boshlanadi va u OFKning YouTube sahifasida jonli efirda namoyish etib boriladi.

⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋 O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kanavaro boshchiligidagi murabbiylar shtabi Qarshi shahriga yetib keldi.

Murabbiylar O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchilarning o‘yinlarini kuzatish maqsadida quyidagi uchrashuvlarni stadiondan tomosha qilishi rejalashtirilgan:

16-oktybar
“Nasaf” — “Qo‘qon-1912”

17-oktyabr
“Mash’al” — “Xorazm”

18-oktyabr
“Dinamo” — “Buxoro”

19-oktyabr
“Paxtakor” — “Qizilqum”

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔜 2025-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Oʻzbekiston o‘smirlar terma jamoasi 18–31-oktyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etadi. Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz yig‘in doirasida U-17 Jahon chempionati ishtirokchilari — Venesuela, Kot-d'Ivuar va Burkina-Fasoga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Bahslar “Al-Hamriya” stadionida boʻlib oʻtadi.

🇺🇿 O‘zbekiston — Venesuela 🇻🇪
🗓 20-oktyabr
🏟 “Al-Hamriya” stadioni

🇺🇿 O‘zbekiston — Kot-d'Ivuar 🇨🇮
🗓 23-oktyabr
🏟 “Al-Hamriya” stadioni

🇺🇿 O‘zbekiston — Burkina-Faso 🇧🇫
🗓 29-oktyabr
🏟 “Al-Hamriya” stadioni

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋 Oʻsmirlarimiz Yaponiyani magʻlub etishdi

Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi Yaponiyaga qarshi ikkinchi uchrashuvini oʻtkazdi. Sergey Chigodayev boshqaruvidagi oʻsmirlarimiz mazkur bahsda raqiblaridan ustun kelishdi.

🇺🇿 Oʻzbekiston 2:1 Yaponiya 🇯🇵

Gollar: Takai Eito 40’, Muhammadodilxon Orifxonov 49’, 68’.

Boshlangʻich tarkib:
21. Platon Dolskiy
2. Mashhurbek Abdusoliyev
3. Adiz Abdunabiyev
6. Muhammad Mamatov
8. Islom Ravshanov
9. Laziz Abduraimov
10. Mirkomil Murodov
11. Suhrob Sadirjonov
13. Mirjamol Anvarov (s)
19. Ahror Ravshanbekov
22. Abubakir Rahimov

Zaxiradagilar: Shomurodov, Juravlev, Ibragimov, Olimov, Hayitmuridov, Orifxonov, Rahimov S, Sindarov, Aliyev, Erkinov, Qurbonov, Urokov, Qosimjonov.

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋 Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Riyod shahrida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) Ijroiya qo‘mitasining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishga OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa raislik qildi. Tadbirda Osiyo futbolining dolzarb masalalari, mintaqadagi futbolni yanada rivojlantirish, a’zo assotsiatsiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda mintaqaviy tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, boshqaruv va ta’lim dasturlarini kuchaytirish borasidagi yangi tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha muhim qarorlar muhokama qilindi.

Shayx Salmon o‘z nutqida so‘nggi yillarda Osiyo futbolida erishilgan yutuqlarni e’tirof etdi. Shuningdek, u Konfederatsiya barcha a’zo assotsiatsiyalar bilan birdamlikda harakat qilishini, murakkab vaziyatlarda ularni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini ta’kidladi.

Yig‘ilishda OFK va UEFA o‘rtasida murabbiylik ta’limi bo‘yicha yangi hamkorlik bitimlari imzolandi. Ushbu kelishuvlar orqali murabbiylar malakasini o‘zaro tan olish, tajriba almashish va o‘quv dasturlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Bitimlar 2029-yilgacha amal qiladi. Shuningdek “AFC Equal Pitch” dasturi ham tasdiqlandi. Bundan tashqari, Sohil futboli bo‘yicha navbatdagi ikki Osiyo kubogi Tailandda o‘tkazilishi belgilandi.

OFK Ijroiya qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “AFC Awards 2026” marosimiga ham Tailand mezbonlik qilishi belgilandi.

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/22 17:44:59
Back to Top
HTML Embed Code: