Telegram Web Link
🎓Diqqat, talabalar!

Darsdan qolish — bu shunchaki “bugun bormayman” emas… bu sizni akademik qarzdorlar ro‘yxatiga olib kiruvchi yo‘l!

📘Kredit-modul tizimiga ko‘ra:
➡️ Har bir fan uchun — 6 kredit, ya’ni 180 soat ajratiladi.
➡️ Shundan 72 soat — darsda o‘tirish (auditoriya mashg‘ulotlari),
➡️ 108 soat — mustaqil ta’limga tegishli.

Endi eng muhim nuqta 👇
Agar siz auditoriya soatlarining ¼ qismini, ya’ni 18 soatni qoldirsangiz, yakuniy nazorat eshigi siz uchun yopiladi.

Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba — akademik qarzdor!
📉Akademik qarzdor esa — kursdan qoldiriladi!

Shunday ekan, har bir dars — bu sizning kelajagingiz sari 1 qadam.
Bir kun darsni qoldirish — orzularingizni 1 qadam orqaga surishdir!

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥22
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
20 ta OTMda test shaklida HEMIS 🆔 — sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan raqamli yordamchi ishga tushirildi.

💡 Talabalar uchun barcha sun’iy intellekt asosidagi tahlillar my.hemis.uz platformasida jamlandi.

🚛 HEMIS AI — bu talabalarning raqamli yordamchisi bo‘lib, o‘quv jarayonini chuqur tahlil qiladi, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholaydi va shaxsiy rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar taqdim etadi

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2
Endi OTMda kim grant yutsa, stipendiyani ham oʻsha oladi

🇺🇿“Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga koʻra, birinchi yilda grantga kirgan talaba ikkinchi yili yillik baholari qoniqarsiz boʻlsa, kontraktga tushib ketadi.

➡️Farmonda yozilishicha, taʼlim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat toʻliq taʼlim grantini yutgan talabalarga toʻlanadi.

➡️Yaʼni, birinchi yilda grantga kirgan talaba OTM da “tekin” oʻqiydi va stipendiya oladi. Keyingi oʻquv yilida agar u kontraktga tushib ketsa, davlat hisobidan stipendiya olmaydi. Agar kontraktni stipendiyali qilib toʻlsa, unda oladigan stipendiyasi oʻzi toʻlagan pul hisobidan boʻladi.

➡️Shu hisobda, ikkinchi va undan yuqori kurslar mobaynida 1 yillik grant yutgan talabalar ham shunday imtiyozga ega boʻladi. Yaʼni, 1 yil mobaynida “tekin” oʻqiydi va davlat hisobidan stipendiya oladi.

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥21
5821-savol:

Assalomu Alaykum, Meni oʻylashim boʻyicha Grandga taqsimlash bo'yicha 2ta usulda amalga oshiriladi. 1-Akademik oʻzlashtirish (GPA) 80% 2-Ijtimoiy faollik(Ma'naviy-Ma'rifiy ishlar boʻyicha tadbirlarga kitobxonlikka, Volontyorlik va boshqalar 100ballgacha) 20% , Endi Maksimum GPA ball 5 boʻlsa Grandni 80% i oʻtadi, yoki 4.5GPA boʻlsa 72%, bu qanday aniqlanadi, Olgan GPA ballni 16 soniga koʻpaytirish orqali ya'ni 80/5=16, shunday,Bu Akademik oʻzlashtirishdan olgan baho edi. Endi Ijtimoiy faollikdan olgan baho 20% ini beradi, ya'ni Man 100 ballik sistemadan 80 ball olsam, (80/100)×20= 16 ballni qoʻlga kiritaman, Oxirida Akademik oʻzlashtirish ballari va Ijtimoiy faollik balli qoʻshilsa 72+16=88ball ni qoʻlga kiritaman... Xuddi shu usulda hisoblanadimi... Javob uchun rahmat

Javob:
Ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.
1) Ta’lim grantiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hisoblab chiqiladi va mutanosib tarzda 80 ballik mezonda baholanadi. Bunda talabalarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi talabalarning GPA ko‘rsatkichini “ 16” soniga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
2) Ta’lim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi (IFK) Ijtimoiy faollikni aniqlash bo‘yicha komissiya tomonidan aniqlanadi va 20 ballik mezonda baholanadi.
Bunda talabalarning ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi baholash mezoniga asosan hisoblangan natijani “5” soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.

Talaba balli=GPA*16+IFK/5

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2👍1
​​Inson ulg'aygani sari negadir undan samimiylik uzoqlashadi. Manfaatlar ustun kela boshlaydi. Xohlamasak-da.
Bu - ulgʻayishning shafqatsiz qonuniyatlaridan eng achinarlisi!

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥84👍1👏1
Imtiyozli kvota asosida talaba bo‘lganlarning granti 4 yillikmi

➡️Agar to’lov-shartnoma asosida talabalikka tavsiya etilgan talabalar grantning qayta taqsimotida ishtirok etishi va yuqori reyting ko’rsatkichga ega bo’lsa, davlat granti asosida o’qishini davom ettirishi mumkin bo’ladi.

➡️Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar ham qayta grant taqsimotida ishtirok etadimi?

Qarorda belgilangan tartibga ko’ra, quyidagi talabalarga davlat granti 4 yil uchun ham beriladi va ular grant taqsimotida ishtirok etmaydi:

Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar. Bular:

a) yetim yoki chin yetim bo’lgan, mehribonlik uylarida tarbiyalangan talabalar

b) nogironligi bo’lgan talabalar

d) harbiy xizmatchilar hamda ularning farzandlari bo’lgan talabalar

e) hududiy kvota egalari (masalan, Qoraqalpog’iston Respublikasidan bo’lgan talabalar)

📑Shuningdek, Prezident va vazirliklar tomonidan ajratilgan maxsus grant hamda Xalqaro fan olimpiadalari, nufuzli tanlovlarda g’olib bo’lganda beriladigan grantga sazovor bo’lgan talabalarning davlat granti o’qish yakuniga qadar amal qiladi.

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1
G'ulomov Diyorbek | Blog
Grand taqimosti bo'yicha IJTIMOIY FAOLLIK.pdf
Grand taqsimoti bo'yicha to'g'ri va to'liq ma'lumotlar bilan ishlaringizni amalga oshiring.

Yur tadbirga grand bolasan degan gaplarga kamroq ishoninglar!

Hujjatlar kerak lekin o'qish eng asosiysi.
84🔥3
🚆 Toshkent metro xaritasi.
Hurmatli talabalar
Saqlab oling, albatta foydasi tegadi.

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3👏31
Chin dildan istalgan narsa albatta amalga oshadi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf


@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
157🔥5👍2🎉1😍111
168👍43🔥2
Maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim tartibi tasdiqlanmoqda

Ta'lim to'g'risidagi qonunga tegishli o'zgartirishlar kiritish bo'yicha qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.


➡️Unga ko'ra, maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli joriy etilib, tahsil olish muddati bakalavriatda kunduzgi ta'lim shaklining kamida 1,5 barobari (6-yil)dan 8 yilgacha bo'lishi magistratura esa 4 yilgacha bo'lishi ko'zda tutilmoqda.

⚫️Ya'ni endilikda oliy ta'limda quyidagi ta'lim muddatlari paydo bo'ladi:

Kunduzgi ta'lim
👉Bakalavriat – 4 yil (ayrim yo'nalishlarda 3 yil),
👉Magistratura – 2 yil (ayrim yo'nalishlarda bir yil);

Sirtqi ta'lim
👉Bakalavriat – 5 yil

Kechki ta'lim
👉 Bakalavriat – 4,5 yil
👉 Magistratura – 2 yil

Masofaviy ta'lim
👉Bakalavriat – 4 yil
👉Magistratura – 2 yil

Maqbullashtirilgan kunduzgi ta'lim
👉Bakalavriat – 6 yildan 8 yilgacha,
👉Magistraturada – 3 yildan 4 yilgacha.

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥21
Non yegan eshigingni qattiq yopma…

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
115👍5🔥43👏1
TALABA QACHONDAN O‘Z MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA ISHLASHI MUMKIN?

Pedagogika yo‘nalishida o‘qiyotgan kunduzgi, kechki yoki sirtqi ta’lim shaklidagi talabalar — 3-kursdan boshlab o‘qish jarayoniga xalaqit bermagan holda ishlashlari mumkin.

Yurisprudensiya yo‘nalishidagi talabalar ham 3-kursdan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlash huquqiga ega.

Boshqa yo‘nalish talabalari uchun esa alohida taqiq mavjud emas — ular darsdan bo‘sh vaqtlarida ishlashlari mumkin. Muhimi, ish dars jarayoniga xalaqit bermasligi lozim.

🎓O‘qish — bilim,
🧠Ish — tajriba!
Ikkalasini uyg‘un olib borish esa muvaffaqiyat kalitidir!

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍3🔥32👎1
Tabiat, do‘stlar va yaxshi kayfiyat — bugungi kun shular bilan to‘ldi 🌿
Jamoamiz bilan maroqli piknik o‘tkazdik, kulgu, suhbat va iliq muhit — hammasi bir joyda!

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16🔥3😁3😍2
Xalqaro talabalar uchun eng katta stipendiyalarni taqdim etadigan universitetlar

AQSH dunyodagi eng qimmat taʼlimga ega davlatlar qatorida. Amerikaliklar ko'pincha universitetda ta'lim olish uchun kredit olishadi. Bu xalqaro talabalar uchun oson emas, chunki norezidentlar uchun narxlar ancha yuqori. Ammo stipendiya tufayli siz xarajatlarning 100 foizini qoplashingiz mumkin.

Biz siz uchun chet elliklar uchun eng katta stipendiyalar taqdim etuvchi universitetlarni toʻpladik:

1. Haverford kolleji, o'rtacha stipendiya - $76,600
https://www.haverford.edu

2. Vashington va Li universiteti, o'rtacha stipendiya - 75,605 dollar
https://www.wlu.edu

3. Wesleyan universiteti, o'rtacha stipendiya - $75,536
https://www.wesleyan.edu

4. Dartmut kolleji, o'rtacha stipendiya - $75,460
https://home.dartmouth.edu

5. Dyuk universiteti, o'rtacha stipendiya - $72,325
https://duke.edu

6. Amherst kolleji, o'rtacha stipendiya - $71,655
https://www.amherst.edu

7. Vassar kolleji, o'rtacha stipendiya - $71,036
https://www.vassar.edu

🚀Ps: ma'lumotlarni boshqa ilmiy doiralarga ham yuborib qo'ying!

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍1🔥1
Chegara qo'yishni o'rganing. yaxshi inson bo'lish, hamma narsaga chidash degani emas..

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥3👍1
🇺🇿 "Men hurmatli ota-onalarga qarata aytmoqchiman: qizlaringizni oʻqiting, orzu-umidlarini roʻyobga chiqarishlarida ularga koʻmakchi boʻling!"

Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!”, — dedi Shavkat Mirziyoyev

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥11
🇺🇿Prezidentimiz matbuot kotibi Sherzod Ikromovich Asadov endilikda o‘zining Telegram kanalini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritishni boshlabdilar

Sherzod Asadov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi, shuningdek Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot siyosati departamenti rahbari. Sherzod Asadov ko‘p tillarni biladigan, zamonaviy kommunikatsiya va diplomatiyani chuqur tushunadigan mutaxassis. Ular Prezident faoliyatiga oid yangiliklarni jamoatchilikka yetkazuvchi asosiy rasmiy manba hisoblanadi.

Albatta ularga obuna bo‘lganman, kirib ko‘rib, chin dildan quvondim — o‘zbek tili va lotin yozuvi bilan yuritilayotgan rasmiy sahifa faxr bag‘ishlaydi!


@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍432
2025/10/25 05:40:39
Back to Top
HTML Embed Code: