Telegram Web Link
Andijondagi jonli uchrashuvdan fotolavhalar.
Bunday ilmga chanqoq yoshlar bilan kelajagimiz buyuk.
👍327144🔥5526
~ Xalqqa ko‘rinadigan haqiqatlar kerak, mavhumlari emas.

~ Fikrga qarshi munosib qurol bilan chiqish zarur, bu ishga miltiqlar yaramaydi.

~ Chinakam mulk himoyalanganligi va shaxs dahlsizligi – mana shu chinakkam ijtimoiy erkinlikdir.

~ Davlat ishlarida arifmetik ko‘plikni siyosiy ko‘plikdan farqlay bilish kerak.

~ Darhaqiqat, xalq yig‘inlarida hamisha ehtiroslar vaʼzxonlik qiladi.

~ Volter odamlar qancha maʼrifatli bo‘lsalar, shuncha erkin bo‘lishlarini nazarda tutgan. Uning izdoshlari esa xalq qancha erkin bo‘lsa, shunchalik maʼrifatli bo‘ladi deishdi. Hamma balo shundan.

~ Podshohlar o‘zlarini mulkdordek tutib, mulkdorlar esa o‘zlarini podshohdek tutsalar davlat xastalanadi.

~ Siyosat afsonaviy Sfinks yalmog‘iziga o‘xshaydi. Jumboqlarnini yecha olmaganni yamlab yutadi.

~ Biz shunday zamondamizki, arzimas bo‘lib yashash qonunlardan ko‘ra ko‘proq asraydi va aybsizlikdan ko‘ra vijdonni ko‘proq tinchitadi.

~ Til bu – tashqariga yuzlangan tafakkur, tafakkur esa – ichki suhbat.

~ Kitob bosma sanʼati g‘oyalar artileriyasidir.

~ Hozirgi aslzodalar – ajdodlarining sharpalari xolos.

~ Aksar ateistlarimiz isyonkor katoliklardan yollangan.

~ Xotira hamisha qalbga malaylik qilishga tayyor.

~ Aql – tarixchi, ehtiroslar – aktrisalar.

~ G‘ayrioddiy aqllar birinchi galda odatiy, kundalik narsalarga qaratilgan bo‘ladi. Oddiy aqllar ko‘zlariga esa faqat g‘ayrioddiy narsalarga tushadi.

~ Qorinda g‘oya tug‘iladi (yaʼni g‘oya tug‘ilishi uchun qorin to‘q bo‘lishi kerak).

~ Biz haqimizda gapiradiganlarning to‘qqiztasi yomonlaydi, va yaxshilaydigan bittasi shuni ham yaxshi uddalamaydi.

~ Monteskyening «Qonunlar ruhi» asari Nil daryosidek ulug‘vor va sermahsuldir, shu bilan birga Nildek irmoqlari qop-qorong‘u (murakkab demoqchi).

~ Qabrim toshiga yozib qo‘yinglar: «Uni bizdan dangasalik o‘limdan avval olib ketdi»

Antuan Rivarol aforizmlari

Ernst Yungerning “Rivarol” tarjimalari to‘plamidan
🔥70👍608💯7
📍TOSHKENT SHAHRIDA JONLI UCHRASHUV

“Fikrat” tahliliy dasturining FIKRATONLINE KLUB ekspertlari Siyosatshunoslar Hamid Sodiq va Avazbek Isaboyev bilan 3-MAY kuni soat 15:00 da Toshkent shahrida "Liberalizm tanazzuli: Simulyakr qopqonida" mavzusida jonli uchrashuv tashkil qilmoqdamiz. Ushbu tadbirda o'zingizni qiziqtirgan savollar bilan qatnashishingiz mumkin.  
💡 Joylar cheklangan.  

Qo‘shimcha maʼlumot uchun: ➡️
@nurbekgofurov +998909204978
👏53👍28🔥176
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
Mavzu: Marksizm, fashizm va feminizm

Ekspertimiz: Fikrat tahlilchisi, siyosatshunos Hamid Sodiq va Avazbek Isaboyev

Tomosha qiling https://youtube.com/live/Dhv5G7l_56E?feature=share

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
telegram |instagram | facebook | youtube | fikratonline
🔥41👍35👏74
"Озеро кооперативи" ташқи ишлар вазири С. Лавров ўзини кўча боласи каби тутиши табиий. Чунки унда, "кучли" ва "кучсиз" деган дихотомиядан бошқа тушунча мавжуд эмас.
Бу типдаги инсонлар тумшуғининг тагидаги мушт билан ҳисоблашади ҳалос.

@Hamid_Sodiq
👍227💯73😁217
Естественно, что министр иностранных дел "Кооператива Озеро" С. Лавров ведет себя как дворовый хулиган. Потому что у него нет иного понимания, кроме дихотомии "сильный" и "слабый."
Люди такого типа считаются только с кулаком под челюстью.

П. С. Ўзбекча ёзибсан деб ҳафа бўлмасин)

@Hamid_Sodiq
😁320💯48👍3312
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
Mavzu: “Sunʼiy intellekt qonun bilan shug‘ullanmoqchi”

Ekspertimiz: Fikrat tahlilchisi, siyosatshunos Hamid Sodiq

Tomosha qiling https://youtube.com/live/Dhv5G7l_56E?feature=share

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
telegram |instagram | facebook | youtube | fikratonline
👍60🔥83
2025/07/13 21:00:28
Back to Top
HTML Embed Code: