Telegram Web Link
🔊 Edifier Huazai New Play: RGB yoritgichli shaffof mini-kalonka

ℹ️ 96 kHz/24-bit Hi-Res Audio qo‘llab-quvvatlaydigan portativ Bluetooth karnay RGB yoritgichi 7 ta rejim, 16.8 mln rangda yorishadi.

- Kuchli ovoz: 30W chiqish quvvati, TWS-stereo ulanish
- 4 rejim: Musiqa, O‘yin, Kino, Tabiiy muhit
- DIY ekvalayzer va USB audio rejimi

🔋 15 soat batareya, 1 kg vazn

🎮 Gamerlar, musiqasevarlar va estetlar uchun zo‘r variant!

💵 Narxi — 519 yuan (~$72).

👉 #texnologiya | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔑 Parolni almashtirish vaqti keldi!

🕸 Internetga 89 millionta Steam foydalanuvchisining ma’lumotlari sizib chiqqani aniqlandi. Ma’lumotlar bazasida login ma’lumotlari va SMS orqali yuboriladigan kodlar ham bor.

🎮 Parolingizni darhol almashtiring va ikki bosqichli himoyani (Steam Guard) yoqing!

💸 Foydalanuvchilarni shaxsiy ma'lumotlarini xakerlar $5,000 sotishayotganmish.

👉 #steam | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
Video message
🔥 Tadbirda ishtirok etish BEPUL ekan!
🤩 Hamma kelishi mumkin deyishdi.

🎮 GameFest 2025 — bu shunchaki festival emas, bu GLOBAL SAHNA!

🌎Bu yil dunyoning 30+ davlatidan vakillar Toshkentga tashrif buyurmoqda!
Ular orasida:
🇺🇸 AQSH
🇩🇪 Germaniya
🇯🇵 Yaponiya
🇮🇳 Hindiston
🇰🇷 Janubiy Koreya
🇨🇳 Xitoy
🇹🇷 Turkiya
…va yana ko‘plab davlatlar!

O‘zbekiston bunday miqyosdagi sahnada MEZBON bo‘lmoqda!

📆 16–17 may.
📍 IT Park Complex

📱 Batafsil ma'lumot shu yerda - Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Huawei MateBook Fold Ultimate Design: Birinchi bukiluvchi ekranli noutbuk

📅 Ushbu noutbuk 2025-yil 19-may kuni taqdim etilishi rejalashtirilgan.

⚙️ Asosiy xususiyatlar:
- Displey: Bukiluvchi ekran, to‘liq ochilganda planshetga o‘xshash ko‘rinish hosil qiladi.
- Protsessor: Huawei’ning o‘zida ishlab chiqilgan Kirin X90 chipi.
- Operativ xotira: 32 GB RAM.
- Doimiy xotira: 2 TB SSD.
- Operatsion tizim: Huawei’ning yangi HarmonyOS 5 tizimi.
- Dizayn: “Forged Shadow Black” nomli qora rangda, charmga o‘xshash tekstura bilan.

💻 Bu noutbuk Huawei’ning bukiluvchi qurilmalar bozoriga kirishidagi ilk qadami bo‘lib, Lenovo ThinkPad X1 Fold va ASUS ZenBook 17 Fold OLED kabi modellarga raqobatchi sifatida ko‘rilmoqda.

👉 #huawei | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦 Bluetooth 6.1: Xakerlarga xayr! Salom, maxfiylik va quvvat tejamkorlik!

📡 Yangi Bluetooth Core 6.1 standarti taqdim etildi — u nafaqat xavfsizlikni oshiradi, balki batareyani ham avvalgidan yaxshiroq tejaydi.

🛡 Avval Bluetooth manzillari har 15 daqiqada yangilanardi — bu esa kuzatuvchilar uchun oson nishon edi. Endilikda esa manzillar tasodifiy 8–15 daqiqa oralig‘ida o‘zgaradi, istasa — 1 soniyadan 1 soatgacha sozlash mumkin.

⚙️ Endi barcha maxfiy manzillarni chipning o‘zi generatsiya qiladi — markaziy protsessor aralashmaydi, bu esa batareyani tejaydi va gadjetlarning avtonomligini oshiradi.

🧬 Yangi algoritm NIST tomonidan tasdiqlangan — bu uni deyarli kuzatib bo‘lmas holga keltiradi. Ma’lumotlar havoda maksimal xavfsizlikda uzatiladi.

📅 Yangi chiplar va moslashgan dasturlar bozoriga 2026-yildan boshlab chiqishi kutilmoqda. Ammo bu texnologiya allaqachon maxfiy aloqa kelajagi sifatida e’tirof etilmoqda.

👉 #bluetooth | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Huawei buklanadigan ekranli noutbukni taqdim etdi — MateBook Fold Ultimate Design

ℹ️ Kompaniya bu — dunyo bo‘yicha eng katta ikki qatlamli OLED panel ekanligini ta’kidlamoqda.

📱 Qurilma ochilgan holatda 18 dyuymli 4:3 formatdagi ekran, buklangan holatda esa 13 dyuymli 3:2 formatdagi noutbuk sifatida ishlaydi.

⚖️ Og‘irligi — 1,16 kg, korpusda buklangan holatda foydalanish uchun maxsus stend mavjud.

⚙️ Texnik tavsifi:
• Ekran: Noutbuk rejimida: 13", 2472×1648 Tandem OLED, yorqinlik 1600 nitgacha, to‘liq ekran rejimida: 18", 3296×2472
• Protsessor: Kirin X90
• Tizim: Harmony OS 5
• Xotira: 32+1024 GB yoki 32+2048 GB
• Batareya: 6400 mA·soat, 74,69 W·soat
• Aloqa: Wi-Fi 6, Bluetooth 5.2
• Portlar: 2× USB-C 3.2
• O‘lchamlar:
– Noutbuk holatida: 193,7×288,5×14,9 mm
– Ekran holatida: 288,5×382,5×7,3 mm

💸 Narxi: 43 000 000 so'm ekan.

📦 To‘plamda tashqi klaviatura, zaryadlovchi va g'ilof mavjud.

👉 #huawei | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍏 Apple WWDC25 konferensiyaga taklifnomalarni yubora boshladi

ℹ️ Apple ishlab chiquvchilar va jurnalistlarga WWDC25 (Worldwide Developers Conference) konferensiyasiga taklifnomalarni yubordi. Tadbir 9-13 iyun kunlari boʻlib oʻtadi.

🆕 Birinchi kuni, 9-iyun soat 22:00 da kompaniya yangi operatsion tizimlarini taqdim etishi kutilmoqda: iOS 19, iPadOS 19, WatchOS 12, macOS 16 va visionOS 3.

💥 Agar insayderlarning maʼlumotlariga ishonsak, iOS'ning yangi dizayni 2013-yilda chiqqan iOS 7 dan beri eng katta oʻzgarish boʻladi.

📺 Tadbir translyatsiyasi Apple veb-saytida, YouTubeʼda va Apple Developer ilovasida koʻrsatiladi.

👉 #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Servercore bulut provayderi O‘zbekistondagi ma’lumotlar markazi asosida S3-xotirani ishga tushirdi

Endilikda S3 obyektli xotirasi Toshkent mintaqasida @ServercoreNews boshqaruv paneli orqali foydalanishga tayyor. S3 yordamida mediakontentlar, zaxira nusxalar (backup), ma’lumot to‘plamlari (dataset), sun’iy intellekt modellari kabi ma’lumotlarni xavfsiz saqlash va ularga tezkor kirishni tashkil qilish mumkin.

Servercore tomonidan taqdim etilgan xotira asosiy afzalliklari:

— Toshkentda joylashgan foydalanish zonasi.
— Yuqori xizmat darajasi kafolati (SLA) — 99,99%.
— Ikki xil saqlash turi — standart va sovuq (kam foydalaniladigan ma’lumotlar uchun).
— Masshtablanish imkoniyati — S3da cheksiz miqdordagi obyektlarni saqlash mumkin.

Uch karra ma’lumot nusxalash (replikatsiya) — har bir blok uchta alohida serverda saqlanadi, bu esa hatto bitta server ishdan chiqqanda ham ma’lumotlarga kirishni kafolatlaydi.

Obyektli xotirani ijaraga olish uchun quyidagi havola orqali o‘ting
⚡️ 10 Gbit/s va sun'iy yo'ldoshlar bilan bevosita aloqa: Xitoyda yangi avlod 5G-A tarmogi ishga tushirildi

📡 Xitoy mobil texnologiyalarning yangi davrini boshladi. 17-may, Telekommunikatsiyalar kuni China Telecom operatori 5G-A (Advanced) tarmog'ini ishga tushirdi - bu oddiy 5G tarmoqlariga qaraganda 10 barobar tezlikni ta'minlaydi.

🌐 Ma'lumot yuklash tezligi 10 Gbit/s, yuborish tezligi esa 1 Gbit/s gacha oshadi. Bu og'ir raqamli xizmatlar uchun yo'l ochadi: 16K striming, keng hajmli AR-dasturlar va AI-ni mobil qurilmalarda darhol ishlatish imkoniyati.

🌍 Lekin eng muhimi - sun'iy yo'ldoshlar bilan bevosita aloqa. 5G-A tarmogi foydalanuvchilarga yer infratuzilmasi bo'lmagan joylarda ham barqaror internet ta'minlaydi. Bundan tashqari, yangi AI-xizmatlaridan foydalanish mumkin: aqlli bulutli saqlash, spam filtrlash va shaxsiylashtirilgan videokoriklar.

🏙 Ishga tushirilgan paytda tarmoq 31 viloyatda 50 million kishini qamrab oldi. Bu dunyodagi eng yirik 5G-A joriy etilishi - va ehtimol, Xitoy modeli boshqa mamlakatlar uchun namuna bo'ladi.

👉 #5g #5ga | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👀 Nimoʻlyapti? Bormi ogʻriq?!

➡️ #bitcoin | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 21:51:04
Back to Top
HTML Embed Code: