Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2025 йил июль ойида пенсия тўловларини нақдсиз шаклда олувчиларга маблағлар тўлиқ (💯%) молиялаштирилди.

Пенсия жамғармаси томонидан жорий йилнинг июль ойи тўлов рўйхатларига киритилган 4,2 млн нафар пенсия олувчилар учун талаб этилган маблағлар тижорат банкларига молиялаштирилиб берилди.

💳 Ўз навбатида пенсия тўловларини нақд пулсиз шаклда олувчи 3,5 млн нафар (ёки жами олувчиларнинг 85 фоизи) фуқароларнинг банк карталарига маблағлар тўлиқ юклаб берилиши таъминланди.

Амалдаги қонунчилик талабларига мувофиқ пенсия пулларини нақд шаклда олувчиларга пенсия пуллари 4 июль кунидан бошлаб тасдиқланган графикларга асосан Халқ банкининг сайёр кассалари томонидан етказиб берилишини маълум қиламиз.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
▫️▫️▫️▫️▫️

📣 Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlanmoqda!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi PF–26-son Farmoni (“Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”) ijrosini taʼminlash maqsadida, 2025-yil uchun belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar doirasida ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya xabarnomalarining foydalanilmagan qismi hisobidan arizalar 2025-yil 10-iyul kuni soat 09:00 dan boshlab qabul qilinadi.

Hurmatli fuqarolar!
Siz subsidiya olish uchun quyidagi usullardan birini tanlagan holda ariza topshirishingiz mumkin:

Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish orqali
Elektron tarzda my.gov.uz portali orqali quyidagi havola orqali:
🔗 https://my.gov.uz/oz/service/325

❗️Eslatma:
Subsidiya olish uchun ariza beruvchining ijtimoiy mezonlar asosida kamida 30 ball toʻplagan boʻlishi lozim.


📌 Ariza beruvchi va uning yaqin qarindoshlarining (bunda yaqin qarindoshlar arizada ko’rsatilgan hollarda) o’rtacha daromad miqdori quyidagi chegaralarda boʻlishi zarur:
🔹 Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda: MHTEKMning
2,7 baravardan (3 118 500 soʻm) 8 baravargacha (9 240 000 soʻm)
🔹 Toshkent shahrida: MHTEKMning
2,7 baravardan (3 118 500 soʻm)9,2 baravargacha (10 626 000 soʻm)

🏠 Ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻi nomida butun respublika boʻylab mulk huquqi asosida turar joy mavjud boʻlmasligi lozim.

🛡 Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar alohida mezonlar asosida baholanadi.

Batafsil maʼlumot uchun: my.gov.uz/oz/service/325

#Ipoteka #Subsidiyalar #UyJoy

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanadi

“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanib, 31-avgust kuni oxiriga qadar davom etadi.

Bunda:

1. Loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul – 3-avgust;
2. Saralash bosqichi — 4–18-avgust;
3. Targ‘ibot bosqichi —
4. 19–21-avgust;
Ovoz berish bosqichi — 22–31-avgust kunlari o‘tkaziladi.

Joriy yildagi 2-mavsum g‘oliblari 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

Tashabbusli budjet — bu sizning fikringiz, sizning tanlovingiz va sizning mahallangiz kelajagi

#open_budget #tashabbusli_budjet
🔝 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Иқтисодий ҳамкорлик ташкилоти саммитидаги нутқи

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/08 10:05:00
Back to Top
HTML Embed Code: