Telegram Web Link
Jannat rayhonlari!

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🥰5532👍13🔥4💯2
Farzandlarimizda yaxshi xulqlarni shakllantirish

Xulq – insonning ichki dunyosi, tarbiyasi va boshqalar bilan muloqotini ifodalovchi xatti-harakatlar majmuidir. Yaxshi xulq odob, muomala madaniyati, boshqalar bilan samimiy va hurmatga asoslangan munosabatda bo‘lishni o‘z ichiga oladi.

Farzandlarimizda rostgo'ylik, omonatdorlik, va'daga vafo, mehnatkashlik, halollik, sabr kabi go'zal xulqlarni shakllantirishimiz kerak.

Yaxshi xulqlarni shakllantirishning samarali usullari:

Go'zal o‘rnak bo‘ling. Bolalar ko‘proq ko‘rganlarini o‘rganadi. O‘zingizda o‘sha fazilatlarni namoyon eting.

Qoidalarga amal qilishni o‘rgating. Oilada aniq qoidalar belgilab, ularga rioya qilishni bolalarga tushuntiring.

E’tirof va mukofotlash. Farzandingizning yaxshi xulqlarini ko'rib, ularni e’tirof eting va rag‘batlantiring.

Odobdan saboq bering. Farzandlaringizga salomlashish, minnatdorchilik bildirish kabi oddiy odoblarni o‘rgating.

Kitoblar o‘qib bering. Go'zal xulqlar haqidagi hikoyalar va ertaklar bolalarga ijobiy ta'sir qiladi.

Bolalarni go'zal xulqli qilsih vaqt va mehnat talab etadi. Ammo bu tarbiya farzandingizning kelajakda muvaffaqiyatli va hurmatli inson bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Xulq-odob har bir ota-onaning bolasi uchun qoldiradigan eng qimmatli merosidir.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍31💯84🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qilma, qoʻyma, tegma emas, "oʻqi" deng!

📚 Farzandingiz shaxsiy kitoblari qatoriga qarang-chi… Til oʻrgatuvchi, ensiklopedik, ilm tanituvchi kitoblar barobarida odob-axloq saboqlarini beruvchi kitoblar ham bormi?

Gʻiyosiddin Yusufning "Goʻzal xulqlar" (Bolalar uchun odob-axloq saboqlari) kitobida harflar bilan endi tanishib, kitobga mehr qoʻygan bolalarga 40 ga yaqin mavzularda ta’sirli saboqlar berilgan.

🪄 Ushbu kitob sabr, vafo, ilm, saxiylik, xushmuomalalik, sodiqlik, kamtarlik, rostgoʻylik, itoat, doʻst tanlash, va’daga vafo hamda uzr soʻrash bobida bolangizning yolgʻiz oʻziga nasihat qiladi.

❗️Bugundan farzandingizga olib berishingiz mumkin!

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 187 bet;
• Narxi – 29.000 soʻm.


🚗 Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud!

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004 | +998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥113
​​"Ayolning zakovati erkaknikidan koʻra boshqacha ishlaydi. Ayollar miyasining ikki tarafida soʻzlashuv markazi bor, ikki miya orasida elektr oqimi tez ishlaydi. Shuning uchun ayollarning muomala-munosabat qobiliyati kuchli boʻladi. Lekin nadomatlar boʻlsinki, bugun ayollarning koʻpchiligi aqlini oʻz baxtsizligi uchun qoʻllaydi".

📚 Sema Marashlining
" To'ydan keyin ham muhabbat bo'lsin" kitobidan #Iqtibos

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥52👍23😁8💔62😱2
Noma'lum ayol kundaligidan

“Avvallari biz ko‘proq vaqtni birga o‘tkazardik, reja va orzularimizni muhokama qilardik, yutuq va muvaffaqiyatsizliklarimizni baham ko‘rardik. Endi esa ish, do‘stlar va har xil qiziqishlar bizning ko‘p vaqtimizni egallab olgan. Goho biz bir-birimizga begonadek bo‘lib qolayotganday tuyuladi. Keling, o‘zimiz uchun vaqt ajratamiz. O‘sha avvalgi yaqinlikni qayta his qilish uchun. Axir munosabatlar doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik talab qiladi. Aks holda, ular so‘nib qolishi mumkin. His-tuyg‘ularimni tushunishingizni va avvalgi mehr-muhabbatni tiklashimizni chin dildan istayman”.

Tanish holatmi? — 💔

#Tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💔9840👍23🔥10💯8💋1
Go‘zal xulqli bola uyatga qolmaslik uchun amallarda quyidagilarga e’tiborli bo‘lishi lozim:
• hayosiz bolalar bilan do‘st bo‘lmaslik;
• biror ishni qilishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rish;
• jahl ustida harakat qilmaslik.

Ko‘pincha asabiylashganda turli yomon xatti-harakatlarni qilib, keyin o‘zimiz uyalib qolamiz. Shuning uchun jahl chiqqanda to xotirjam bo‘lguncha biror narsa qilishga oshiqmaslik lozim. Axir «Jahl kelganda aql ketadi» deydilar.

G'iyosiddin Yusufning "Go'zal xulqlar" kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍3322🔥9🥰3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'smir farzandlar bilan yuzaga keladigan ba'zi muammolarda ota-ona qanday yo'l tutishi kerak?

#tarbiya

Yanada ko‘proq videolar
👍27🔥54
Ayollar suhbati

Kofe ustida, odatdagidek, o‘sha maxsus ayollarga xos suhbat davom etardi. Unda mantiqiy bog‘liqlik umuman yo‘q edi, ammo u qandaydir yashirin narsa bilan bog‘langan ko‘rinardi, chunki suhbat tinimsiz davom etaverardi.

Lev Tolstoy

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁117👍1511🤔9🔥1
Juftingiz bilan munosabatingizda bankomatdan pul olayotgandek hisni tuyishingiz kerak, qarzga pul berayotgandek emas! Ya'ni beminnat harakat qiling.

#Munosabatlar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁119🔥31👍2112💯4
Sizdagi barcha kamchiliklarni ko‘rgan, lekin baribir sizni sevishdan va hurmat qilishdan voz kechmagan ayolni yo‘qotib qo‘ymang!

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥103💯37👍2319💔11❤‍🔥7
Munosabatlarni buzuvchi xatti-harakatlar

▫️ Beparvolik — juftingizning his-tuyg‘ularini e’tiborsiz qoldirish va hurmatsizlik qilish.

▫️ Uzoqlashish — muammolarni muhokama qilishdan bosh tortish va muloqotni uzish.

▫️ Himoyalanish va oqlanish — mas’uliyatni qabul qilish o‘rniga bahona topish.

▫️ Tanqid — juftingiz kamchiliklariga e’tibor qaratish, bu esa kelishmovchilik yuzaga kelishiga va hamjihatlikning yo‘qolishiga olib keladi.

Bunday xatti-harakatlar eng mustahkam munosabatlarni ham yemirishi mumkin. Ulardan qochish uchun o'z ustingizda ishlash lozim.

#Munosabatlar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
49👍28💯3🔥2💔2
2025/07/09 15:25:57
Back to Top
HTML Embed Code: