Ota-onalar yo‘l qo‘yadigan xatolar
1. Farzandga mulk sifatida qaramang: Siz farzand dunyoga keltirdingiz, uning hayoti uchun sababchi bo'ldingiz, ammo bu hayotni unga Alloh bergan, siz vositachisiz, xolos. Ota-onaman deb xohlagan ishingizni qilishga haqli emassiz, u sizning mulkingiz emas!
2. Shoshilmang: tarbiya sabr-toqat talab qiladi. Shoshqaloqlik bilan qaror qabul qilmang. Avval farzandingizning fikrini tushunishga vaqt ajrating, shundan so‘ng xulosa chiqaring. Sabr-qanoatingiz farzandingizning sizga ishonishini va sizga tayanishini osonlashtiradi.
3. Shaxsiy maqsadlaringizni farzandingizga yuklamang: Farzandingiz siz erisha olmagan maqsadlarni amalga oshirishga majbur emas. Uning o‘z orzulari va intilishlari bo‘ladi. Unga o‘z maqsadlarini belgilashiga imkon bering va bu yo‘lda qo‘llab-quvvatlang.
#tarbiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

👍60🔥15❤10
Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!
Mavzumizdan kelib chiqib haqdor oilalarga yordam qilishga chaqiramiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.
Batafsil ma'lumot
Karta raqam: 9860160605493933

👍31🤔2
Kichik qadamlardan boshlang
Farzandingizni kuzating, e’tibor bering. U kelajakda kim bo‘lmoqchi?
Buni birinchi bo‘lib, albatta, siz bilan maslahatlashadi. Shuning uchun ham uning qiziqishidan kelib chiqib, o‘sha kasblar haqida o‘rganing, ma’lumot oling. So‘ngra bilganlaringizni farzandingiz bilan birgalikda baham ko‘ring.
Yoshligidan o‘zi qiziqqan sohaga yo‘naltirishga harakat qiling. Orzularining amalga oshishida yordam bering.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar

👍32❤13🔥8😱1
— Men ijodda nimagaki erishgan bo‘lsam, rafiqamning hissasi o‘zimnikidan kam emas. U meni to‘liq ish va ijod bilan shug‘ullanishimga, undan boshqa hech narsani o‘ylamasligimga imkon berdi. Men faqat repitisiya, spektakl va dublyaj bilan mashg‘ul edim. Mutlaqo ro‘zg‘orga aralashmas edim, faqat ishlab kelib maoshimni unga topshirardim ro‘zg‘orga va bolalarga taalluqli hamma narsani u qilardi. Biror marta bozorga tushib uyga xarajat qilib kelmaganman. Shuning uchun ko‘p ishga ulgurardim, xayolim bo‘linmas edi, aqliy quvvatim faqat ijodga sarflanar edi. Men undan toabad minnatdorman.
Afzal Rafiqov
#Ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Afzal Rafiqov
#Ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤145👍52💔12🔥10🌚8😱7👏5🤔5
496-savol: Erni parvarishlash nima?
Assalomu alaykum, ustoz. Yaxshimisiz?
Erni parvarishlash deganda nima tushuniladi? To‘g‘risi, erimni qanday parvarish qilishni bilolmayapman. Erni parvarishlash nima degani o‘zi? Erkak kishi kuchli va baquvvat qilib yaratilgan. Ojiza ayol uni qanday parvarishlashi mumkin?
Oldindan rahmat.
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom.
Erni parvarishlash bu umumiy tushuncha. Eringizning kiyimlarini pokiza tutib, u yoqtirgan ishlarda faol boʻlishingiz, alohida oʻzi uchun mazali ovqatlar tayyorlab berishingiz, doimo hurmat bilan muomala qilib, erlik mavqeini baland tutishingiz, qoʻllab-quvvatlashingiz va albatta tushunishingiz — bular hammasi erni parvarishlash va uning haqqini ado etishga kiradi.
#Munosabatlar
Yanada ko'proq savol-javoblar

❤80👍57😁10🔥4🥰2🤔1
Oila qurish arafasidagi yigit-qizlarni ogohlantirish uchun bir video chiqardim. Albatta ko'ring.
Videoni ko'rish
#Oila_qurish
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Videoni ko'rish
#Oila_qurish
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍39❤🔥6🔥5❤2💔2
– Onasini ko‘rmay qizini olsa nima bo‘ladi?
– Qizini olib, onangni ko‘rasan!
Kamol Qodir o'g'li
#Tabassum #oila_qurish
✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

😁310👍10🤔8👏7😱2❤1
Hayot qadri
Men juftim bilan birga kichik kafeda kofe ichib turardim. U yosh va ko‘rkam edi, men uni sevardim. Mening ustimda esa eski bir palto bor edi, u mening ongimni zaharlardi. O‘zimni xorlangan his qilardim: bu palto meni na isitardi, na bezatardi — faqatgina yomon ko‘rinish berardi.
Kafe arzon, kofe esa ta’msiz edi. Men esa orzu qilardim: qachondir chiroyli bir restoranda mazali kofe ichib, zamonaviy kiyinib yurishimni. Juftim menga porlab turgan ko‘zlari bilan qarardi, u meni sevardi va nima uchun dilgir ekanimni bilmasdi…
U yoshligida olamdan o‘tdi, men esa yolg‘iz qoldim. Keyinchalik hayotimda ko‘p kafelar va turli xil kofelar, qimmatbaho zamonaviy paltolar bo‘ldi. Ammo u yo‘q edi. Ko‘pincha o‘sha lahzani eslayman: hammasi bor edi, lekin men buni bilmasdim…
— Yelena Rog
#Ayollar #erkaklar

👍123💔64❤19🔥17❤🔥9🤔3
Erkalatib o‘ynatish
Oddiy, deyarli harakat bo‘lmagan o‘yinlar bilan bolalarni o‘ynatsa bo‘ladi. Masalan, birga mashina o‘ynash, oyoqda tebratish, ot bo‘lish kabilar.
Ammo ularning ikki qo‘lidan ushlab aylantirish yoki bir qo‘lida ko‘tarish, yerdan va o‘sha odam gavdasidan yuqoriga irg‘itish kabilar juda yomon. Chunki bunday holatlarda bolaning qo‘li chiqishi, agar yiqilsa, sinishi yoki biror joyi qattiq lat yeyishi mumkin. Shuning uchun ehtiyot bo‘lib, bola bilan qaltis harakat va o‘yinlar qilmagan va o‘ynamagan ma’qul. Ayniqsa, hali maktab yoshiga yetmagan, bog‘cha yoshidagi, asosan, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan yuqoridagi o‘yinlarni o‘ynalmasligi kerakligini maslahat beramiz.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
Oddiy, deyarli harakat bo‘lmagan o‘yinlar bilan bolalarni o‘ynatsa bo‘ladi. Masalan, birga mashina o‘ynash, oyoqda tebratish, ot bo‘lish kabilar.
Ammo ularning ikki qo‘lidan ushlab aylantirish yoki bir qo‘lida ko‘tarish, yerdan va o‘sha odam gavdasidan yuqoriga irg‘itish kabilar juda yomon. Chunki bunday holatlarda bolaning qo‘li chiqishi, agar yiqilsa, sinishi yoki biror joyi qattiq lat yeyishi mumkin. Shuning uchun ehtiyot bo‘lib, bola bilan qaltis harakat va o‘yinlar qilmagan va o‘ynamagan ma’qul. Ayniqsa, hali maktab yoshiga yetmagan, bog‘cha yoshidagi, asosan, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan yuqoridagi o‘yinlarni o‘ynalmasligi kerakligini maslahat beramiz.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
👍56❤12💯5😁2
Er gaplaridan xotini qanchalar ta’sirlanishini ko‘rmoqchi bo'lib: “Tez kunlarda ikkinchi ayolga uylanaman”, — dedi.
Birinchi kun o'tdi, hech narsani ko‘rmadi.
Ikkinchi kun ham o'tdi, hech narsani ko‘rmadi.
Uchinchi kuni esa o'ng ko'zi bilan sekin-asta yana ko‘ra boshladi. ... 😊
#Tabassum
✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Birinchi kun o'tdi, hech narsani ko‘rmadi.
Ikkinchi kun ham o'tdi, hech narsani ko‘rmadi.
Uchinchi kuni esa o'ng ko'zi bilan sekin-asta yana ko‘ra boshladi. ... 😊
#Tabassum
✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁494👍23🤔13❤7😱4🔥1
Munosabatlar haqida
Munosabatlarni inson o‘zgarar degan umidda boshlamang. Hech qanday umidlarsiz uni qabul qila olsangiz, oila quring. Agar u qachondir yaxshi tomonga o‘zgarsa, bu shunchaki qo‘shimcha mukofot bo‘ladi.
Nil Shtraus

👍105❤30🔥19❤🔥9💯8
Romantikaga vaqt toping
▫️ Juftingizni birgalikda tushlik qilishga yoki kechqurun piyoda sayr qilishga taklif qiling.
Band kunlarda ham romantik lahzalar uchun vaqt topish muhim. Kichik kutilmagan sovg‘alar, birga sayr qilish, yoqimli hazillar – bularning barchasi sevgi uchqunini saqlab qolishga yordam beradi. Romantika faqat katta voqealarda emas, balki har kuni hayotni o‘zgacha qiladigan mayda tafsilotlarda ham mavjud.
#Romantika

❤90👍43🔥17❤🔥13💔3🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ularning duosini olib kam boʻlmadim
Ota-onalar baʼzan farzand bilan bir qarorga kela olishmay qolishadi.
Farzand ota-onam tushunmayapti desa, ota-ona farzandini hali yosh deya xavotirlanadi.
Aslida bunday vaziyatda nima qilish kerak?
Yuqoridagi lavha orqali batafsil savolingizga javob olishingiz va yaqinlaringiz ulashishingiz mumkin.
#tarbiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ota-onalar baʼzan farzand bilan bir qarorga kela olishmay qolishadi.
Farzand ota-onam tushunmayapti desa, ota-ona farzandini hali yosh deya xavotirlanadi.
Aslida bunday vaziyatda nima qilish kerak?
Yuqoridagi lavha orqali batafsil savolingizga javob olishingiz va yaqinlaringiz ulashishingiz mumkin.
#tarbiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍30🔥11❤8
Nega bu odam bilan yashaysiz?
Ba'zida turmush o'rtog'ingizning ba'zi kamchiliklari, turmushingizdagi qiyinchiliklar tushkunlikka tushirib qo'yishi mumkin. "Qachongacha bu hol davom etadi?", "Bir umr qiynalib yashagandan ko'ra hozir hammasiga nuqta qo'yishim kerak" degan fikrlar keladi. Shunday vaqtda boshlang'ich nuqtaga qayting — nega bu insonga turmushga chiqdingiz?
Xolis o'ylab ko'rib, vijdonan javob bering. Masalan, u bilan birga halovat topish uchun oila qurgansiz. Shu halovatni topmadingizmi? Ba'zida kamchiliklar, ko'ngilsizliklar, hatto kattaroq janjallar ham bo'lishi mumkin. Lekin umumiy baho berganda oila qurishdan ko'zlangan maqsadga erishilgan bo'lsa, g'am qilishga arzimaydi!
Shu bilan birga, juftingizning ijobiy sifatlari haqida o'ylang. Sizga nima berdi? Bu nikohdan qanday yutuqlarga erishdingiz? Iloji boricha bu haqida daftarga yozib tahlil qilish kerak. Yuzta ijobiy sifati bo'lsa yuzta, mingta ijobiy sifati bo'lsa mingta ijobiy sifatini yozing. Keyin ham bularni dars takror qilgandek takrorlab yuring!
Ajrashish orqali nima topishingizni ham yozib ko'ring. Qaysi tomon manfaatliroq ekanini mushohada qiling.
Albatta, kamchiliklar, ko'ngilsizliklarni bartaraf qilish uchun birgalikda harakat qilish kerak. Yaxshi tomonlari bor ekan deb kamchiliklarga chidab yashashga majbursiz demayman. Katta kamchilkklarni tuzatib, kichiklariga ko'z yumish kerak. Albatta, bu kamchiliklar, ko'ngilsizliklar yuzaga kelishida o'zingizning hissangizni ham o'ylab ko'ring, yozing. Ularni bartaraf qilish uchun nimalar qilish kerakligini o'ylang. Juftingiz bilan ochiq, samimiy gaplashib olib, katta ko'ngilsizliklarning oldini olish chorasini ko'ringlar.
#Erkaklar #ayollar

👍84🥰14🔥11❤10💔3
Ayollar bilan muloqotdagi noziklik
Sergey Davlatov, “Tanlangan asarlar (to‘plam)”
#iqtibos
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Ayol bilan suhbatda bir nozik jihat bor: sen faktlar, dalillar, mantiqiy izohlar keltirasan. Sog‘lom fikrga murojaat qilasan. Ammo bir payt kelib, birdan sezasan: unga ovozingning o‘ziyoq yoqimsiz".
Sergey Davlatov, “Tanlangan asarlar (to‘plam)”
#iqtibos
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁164💯17👍12❤6🔥6💔2🤔1🌚1

👍17❤4🥰3🔥2